Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/133
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211443
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   133
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

Ichki tarmoq
Obro‘sizlangan host
Tizimlashgan 
tahdid
Tizimlashmagan 
tahdid
5.5-rasm. Tarmoqqa qaratilgan turli tahdidlar 
Tarmoqqa qaratilgan hujumlar sonini ortib borishi natijasida 
tashkilotlar o‘z tarmoqlarida xavfsizlikni ta’minlashda qiyinchiliklarga 
duch kelishmoqda. Bundan tashqari, hujumchilarning yoki xakerlarning 
tarmoqqa kirishning yangidan - yangi usullaridan foydalanishlari, ular 
motivlarining turlichaligi bu murakkablikni yanada oshiradi. Tarmoq 
hujumlari odatda quyidagicha tasniflanadi. 
Razvedka hujumlari. 
Razvedka hujumlari asosiy hujumni oson 
amalga oshirish maqsadida tashkilot va tarmoq haqidagi axborotni 
to‘playdi va bu hujumchilarga mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
zaifliklarni aniqlash imkonini beradi. 
Razvedka hujumining asosiy maqsadi quyidagi toifaga tegishli 
ma’lumotlarni yig‘ish hisoblanadi: 
-
tarmoq haqidagi; 
-
tizim haqidagi; 


139 
-
tashkilot haqidagi. 
Razvedka hujumlarining quyidagi turlari mavjud: 
-
Aktiv razvedka hujumlari. 
Aktiv razvedka hujumlari asosan 
portlarni va operaеsion tizimni skanerlashni maqsad qiladi. Buning 
uchun, hujumchi maxsus dasturiy vositalardan foydalangan holda, turli 
paketlarni yuboradi. Masalan, maxsus dasturiy vosita router va 
tarmoqlararo ekranga boruvchi barcha IP manzillarni to‘plashga yordam 
beradi. 
Passiv razvedka hujumlari.
Passiv razvedka hujumlari trafik orqali 
axborotni to‘plashga harakat qiladi. Buning uchun hujumchi sniffer deb 
nomlanuvchi dasturiy vositadan foydalanadi. Bundan tashqari, hujumchi 
ko‘plab vositalardan foydalanishi mumkin. 
Kirish hujumlari. 
Mo‘ljaldagi tarmoq haqida yetarlicha axborot 
to‘planganidan so‘ng, hujumchi turli texnologiyalardan foydalangan 
holda tarmoqqa kirishga harakat qiladi. Ya’ni, tizim yoki tarmoqni 
boshqarishga harakat qiladi. Bu turdagi hujumlar kirish hujumlari deb 
ataladi. Bularga ruxsatsiz foydalanish, qo‘pol kuch hujumi, imtiyozni 
orttirish, o‘rtada turgan odam hujumi va boshqalarni misol sifatida 
keltirish mumkin. 
Parolga qaratilgan hujumlar. 
Parolga qaratilgan hujumlar 
nishondagi kompyuter tizimi uchun nazoratni qo‘lga kiritish yoki 
ruxsatsiz foydalanish maqsadida amalga oshiriladi. Parolga qaratilgan 
hujumlar maxfiy kattaliklarni o‘g‘irlashni maqsad qiladi. Buning uchun 
turli usul va vositalardan foydalaniladi. Keng tarqalgan hujumlarga 
quyidagilar misol bo‘la oladi: 
-
lug‘atga asoslangan hujum; 
-
qo‘pol kuch hujumi yoki barcha variantlarni to‘liq tanlash 
hujumi; 
-
gibrid hujum (lug‘atga va qo‘pol kuch hujumlariga asoslangan); 
-
Rainbow jadvali hujumlari (oldindan hisoblangan keng tarqalgan 
parollarning xesh qiymatlari saqlanuvchi jadvallar). 
O‘rtada turgan odam hujumi. 
O‘rtada turgan odam (Man in the 
middle attack, MITM) hujumida hujumchi o‘rnatilgan aloqaga suqilib 
kiradi va aloqani uzadi. Bunda nafaqat tomonlar o‘rtasida 
almashinadigan ma’lumotlarga, balki, soxta xabarlarni ham yuborish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. MITM hujumi yordamida hujumchi real vaqt 
rejimidagi aloqani, so‘zlashuvlarni yoki ma’lumotlar almashinuv 
jarayonini boshqarishi mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin