. Kompyuter tarmoqlarining ishlashini taʼminlovchi
vosita¬larni yaratishga koʻp sathli yondoshish gʻoyasi,
tarmoqlarda stan¬dartlashning gʻoyaviy asosi boʻlib
hisoblanadi. Aynan shu yondoshish asosida ochiq
tizimlarning bir-biri bilan bogʻlangan holda, yaʼni oʻzaro
ishlashining yettita sathli standart modeli - Open
System
Interconnection (OSI) modeli ishlab chiqilgan.
Bu model
va uning iboralari tarmoq mutaxassislari uchun oʻziga xos
universal tilga ham aylangan.
OSI modeli 80-inchi yillarning boshlarida standartlash
boʻyicha qator tashkilotlar (ISO, ITU-T va boshqalar)
ishtirokida ishlab chiqilgan. OSI modeli tizimlarning oʻzaro
ishlash sathlarini aniqlaydi, ularga standart nomlar beradi.
Modelning toʻliq tavsifi ming betdan oshadi. OSI
modelida
oʻzaro ishlash vositalarining yettita sathlari quyidagicha
nomlanadi
:
•
.
1.Fizik sath.
•
2.Kanal sathi.
•
3.Tarmoq sathi.
•
4.Transport sathi.
•
5.Seanslar sathi.
•
6.Taqdimlash sathi.
•
7.Amaliy sath (1-rasm).
1-rasm. OSI modelida sathlarning nomlanishi.