mavzu:o‟zbekistonda Ishlab chiqarilayotgan arxitektura
ashyolari va akustik ashyolarni o‟rganish.enirgiya samarador
devorbop ashyolar ishlab chiqarish
texnologiyalari va fizik-
mexanik va issiqlik-fizik xossalaini tadbiq etish
1. o‟zbekistonda Ishlab chiqarilayotgan
arxitektura ashyolari
2. akustik ashyolarni o‟rganish
3. Enirgiya samarador devorbop ashyolar
ishlab chiqarish
texnologiyalari
4. fizik-mexanik va issiqlik-fizik xossalaini
tadbiq etish
Respublikamizning qurilish maydonlarida rang-barang
mahalliy tabiiy tosh ashyolari, sement, yog‘och buyumlari,
temir, shisha, pardozbop bo‘yoq, g‘isht, har turli rangdagi
sopol qoplamalar va boshqa ashyolar ko‘plab ishlatilmoqda.
Bu esa respublikamizdagi qurilish maydonlarining yanada
go‘zal, mahobatli bo‘lishida arxitektorlarning olib borayotgan
ishlari sifatining bundan-da yaxshilanishiga katta ta’sir qiladi.
Binoni qurishda og‘ir beton o‘rniga issiqlikni kam
o‘tkazadigan juda yengil betonlarni ishlatish binoning
umumiy og‘irligini 5 marta kamaytirishi mumkin, natijada
bino uchun sarflanadigan umumiy mablag‘ ham tejaladi. 37
Xorijda faoliyat ko‘rsatayotgan arxitektorlar ish tajribalaridan
ko‘rinib turibdiki, ikkilamchi resurslardan ham har turli
mineral bog‘lovchilar, sopol buyumlar, betonlar va boshqa
pardozbop qurilish ashyolarini ishlab chiqarish hamda ularni
qo‘llash natijasida iqtisodiy jihatdan yuqori samaralarga
erishish mumkin.
Rangli qurilish ashyolari
— kompozitsiyalarda Tosh ashyolar bitta yoki bir
necha har xil rangli minerallardan tashkil topgan
bo‘lib, ular ma’lum qattiqlikka va mustahkamlikka
egadir. Tabiiy pardozbop tog‘ jinslari zinapoya,
pol yoki
maydon yuzalarini qoplashda ishqalanishga
mustahkamligiga qarab tanlanadi. Yaltirash uchun
lappak maxsus temir oksidli (xrom, qalay, temir va
h.k.) quyqa yoki kukun surtilgan kiygiz yoki namatga
o‘raladi, keyin toshtaxta yuzasi katta aylanma tezlikda
oynadek yaltiraguncha artiladi. Natijada tushgan nur
to‘lqinlari kamalak ranglar jilosini namoyon etadi.
Tabiiy toshlarning yaltirash xillari 6 guruhga bo‘linadi:
shishasimon, olmos, sadaf, ipak gazlama, mumsimon
va xira.