Penobeton bloklari g‘ovak betonning bir turi
bo‘lib, zamonaviy qurilish materiali
hisoblanadi. Mutaxassislar ta’riflaganidek,
penobeton bloklari - bu yengil beton
hisoblanib, qum, suv, sement va
ko‘pirtiruvchi qo‘shimchalardan tashkil
topgan aralashmaning qattiqlashishi
natijasidir. Penobeton bloklari bir qator
afzalliklarga ega, birinchi navbatda,
konstruksiya yengillashadi, ikkinchidan
materialga harorat o‘zgarishi ta’sir
ko‘rsatmaydi, uchinchidan, penobeton
bloklari issiqlik, sovuqlik va shovqin
o‘tkazuvchanligi juda kam.
Bugungi kunda mamlakatimizda penobeton
bloklari ishlab chiqarishga bo‘lgan talab
ancha yuqori. Shu sababli penobeton
bloklarni ishlab chiqarish investitsiyalarning
istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi. Hozirda
“KANOMA” MCHJ, “CLEVER BLOCK” MCHJ,
“DIOSON-UZ” MCHJ, “NEK BLOKSTROY”
MCHJ korxonalari tomonidan sifatli
penobeton bloklari ishlab chiqarilmoqda
.
Mahsulotlarning sifatini baholashda, uning ichki tuzilishi xossalari bilan
bog‘liq qonuniyatni o‘rganishga doir ilmiy tekshirish ishlari maxsus
tajribaxonalarda aniqlanadi. Ashyolarning fizik xossalariga quyidagilar
kiradi: ashyoning haqiqiy va o‘rtacha zichligi, g‘ovakligi, bo‘shlig‘i; nam
yutuvchanligi, suv shimuvchanligi, bug‘ va gaz o‘tkazuvchanligi;
issiqqa, yuqori haroratga, alangaga, sovuqqa va radiatsiyaga
chidamliligitok o‘tkazuvchanligi, tovush yutuvchanligi, tovushdan
muhofazalash va h.k.
Zichlik.
Ashyo zichligi uning tabiiy
holatdagi hajm birliklar nisbati, uning
o‘rtacha zichligini (p), g‘ovaklarsiz hajmi
hisoblansa, uning haqiqiy zichligini
ifodalaydi: G‘ovak va sochiluvchan
ashyolarda p<1,zich ashyolarda esa p=1
bo‘ladi.
g„ovaklik.
Ashyodagi mayda bo‘shliqlar
g‘ovaklar deb ataladi. G‘ovaklar havo, gaz
yoki suv bilan to‘yingan bo‘ladi. Ashyodagi
g‘ovaklar hajmini uning to‘la hajmiga bo‘lgan
nisbati (F, %) ifodalaydi. G‘ovaklik va zichlik
ashyoning asosiy xossalarini ifodalovchi
ko‘rsatkichlardir.
•
Ma’lumki, barcha qurilish ashyolari va konstruksiyalari tashqi tabiiy va sun’iy kuch ta’sirida bo‘ladi.
Natijada, ashyo yoki buyum tanasida ezilish, bukilish, ishqalanish, egilish va siqilish kuchlanishlari hosil
bo‘ladi. Qurilish ashyolarining mexanik xossalari shartli ravishda deformativ va mustahkamlik xossalariga
ajratiladi. Deformativ xossalarga - qayishqoqlik, plastiklik, nisbiy deformatsiya va h.k. kiradi.
Mustahkamlik xossalariga ashyoning siqilishdagi, egilishdagi va cho‘zilishdagi mustahkamligi, zarbga va
ishqalanishga qarshiligi kiradi
•
Ashyolarning mustahkamligi
. Ashyoning buzilishga qarshilik ko‘rsatish xususiyati mustahkamlik
deb ataladi. Ashyolarning mustahkamligi, odatda, mustahkamlik chegarasi - R orqali ifodalanadi. Ma’lumki,
barcha qurilish ashyolari va konstruksiyalari tashqi tabiiy va sun’iy kuch ta’sirida bo‘ladi. Natijada, ashyo
yoki buyum tanasida ezilish, bukilish, ishqalanish, egilish va siqilish kuchlanishlari hosil bo‘ladi.
•
Zarbga qarshilik.
Tabiiy va sun’iy tosh ashyolar avtomobil yo‘llari, yo‘lkalar, pol va poydevorlarga
ishlatilganda, ular zarb kuchi ta’siriga sinab ko‘riladi. Tosh ashyolarni zarbga sinash uchun namuna diametri
va balandligi 25 mm bo‘lgan silindr to‘qmoq tagiga o‘rnatiladi. Ashyoning zarbga qarshilik
ko‘rsatuvchanligi, standart namunani buzish uchun sarf etilgan ish miqdori yoki hajm birligiga (kg/sm3)
sarflan
•
Nam va quruq holatdagi deformatsiyalanish
. Ba’zi ashyolarni (gil, yog‘och va h.k.) suvga
shimdirilsa, hajmi o‘zgaradi, ya’ni ayrim hollarda ma’lum darajagacha shishadi. Hajmi kattalashganda
ashyoning chiziqli hajm o‘lchamlari o‘zgaradi, ammo quritilganda u yana o‘zining avvalgi holatiga qaytadi.
Qotish yoki qurish jarayonida ayrim ashyolarning (gil, yog‘och, beton va boshqalar) hajmi kichrayadi. Bu hol
ashyoning kirishishi deb ataladi.gan solishtirma ish bilan ifodalanadi.
•
Adgeziya.
Qurilish ashyolarining muhim kimyoviy xossalaridan biri mayda, kukun zarrachalarining
ashyolar yuzasiga yopishishini ifodalovchi adgezion mustahkamligidir. «Adgeziya» lotincha so‘z bo‘lib,
yopishish degan ma’noni anglatadi. Atomlar o‘lchamidagi mayda zarrachalar o‘zaro bir-biriga tortish kuchi
vositasida har xil tarkibdagi moddalar sirtiga yopishadi va moddani faollashtiradi. Adgeziyani topish uchun
yopishtirilgan namunaning bir o‘lcham birlikdagi yuzasini ajratishga ketgan kuchni aniqlash kifoya. Ushbu
ko‘rsatkich temirlarni payvandlashda, yopishtirishda, devor yuzasini bezash uchun ashyolar tanlashda
(emal, lokbo‘yoqlar va h.k.) katta ahamiyatga ega.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda O’zbekistonda Ishlab chiqarilayotgan arxitektura ashyolari
endilikda rivojlanmoqda .va ularning qulayligi samaradorligi bizga ishning tez va
sifatli bo’lishini va hamyon bop narxlarda baholanishini taminlaydi. Akustik
ashyolarga keladigan bo’lsak hozirda qurulish talablaridan kelib chiqib bozorda
unga bo’lgan talablar oshmoqda
Hozirda akustik plitkalar jahonning ko’plab davlatlari qurulish sanoatini
egallagani sir emas.
Hozirda yuqori keltirilgan energiya tejamkor devorbop
qurilish materiallarining qurulishda keng qo’llanilayotgani quvonarli.Misol
tariqasida benoblok mahsuloti issiqlikniyaxshi saqlash va g’ovakligi yuqori
bo’lganligi uchun o’ta yengil va samarador mahsulot. Xulosa qilib aytganda bu
mahsulotlar hozirgi zamon talabiga mos .
Foydalanilgan Adabiyotlar
1. Qosimov E.U ,,Arxitektura ashyoshunosligi” .toshkent
“noshir”natr, 2016y-265 bet
2. Qosimov E.U Samigov h.a “Qurulish ashyolaridan tajriba
ishlari”.i toshkent .”cho‟lpon”,2013y -335 bet
3. Qosimov E.U ,,Qurulish ashyolari” malumotnoma .Toshkent 2011y
-496 bet
4. samig‟ov N.A ,,Qurulish materilallari va
buyumlari”.Darslik.Toshkent. ,,cho‟lpon” 2013y -319 bet
5. Qosimov I.I ,,Arzon zamonaviy qurulish ashyolari” .toshkent.
,,cho‟lpon” nashr 2017y -320 bet
6. Qosimov E.U ,,Qurulish ashyolari”.Darslik 1.,,mehnat “2004 -
512bet
7. odilxo‟jayev A.E ,,Qurulish materiallari”.o‟quv qo‟llanma
.”o‟zbekiston xalqaro islom akademiyasi”.toshkent . 2020y
8. otaqo‟ziyev T.A . Z.A Muhammadboyeva A.A. ,,Qurulish
materiallari texnologiyalari” toshkent .fan va Texnologiya
.2019y
Dostları ilə paylaş: |