mumkin. Amerikaliklar uchun fransuz tovarlarining dollardagi narxi ikki
omillarning o‘zaro ta‘siri orqali aniqlanadi:
yevroda ifodalangan fransuz
tovarlarining narxi hamda yevro/dollar valyuta kursidadir.
Tasavvur qiling, amerikalik Vanda Degustator o‘zining vino kolleksiyasini
to‘ldirish maqsadida 1961-yilning qimmatbaho fransuz vinosini harid qilishga
qaror qildi. Agar Fransiyada bir litr vinoning narxi 1000 yevro bo‘lsa, ammo
valyuta kursi 1 yevro uchun 1,18 dollarga teng bo‘lsa, Vandaga vino 1080 dollarga
to‘g‘ri keladi. (1000 yevro*1,08 dollar/yevro). Tasavvur qilaylikki, Vanda o‘zining
haridini ikki oyga kechiktirdi. Vaholanki ushbu
davr mobaynida yevroning
qiymati 1,2 dollarga oshdi. Agar bir litr vinoning ichki narxi 1000 yevro bo‘lib,
ya‘ni o‘zgarmasa, dollardagi qiymati esa 1080 dan 1200 ga o‘sadi.
Boshqa tarafdan, valyutaning anologik mustahkamlanishi mamlakat ichida
xorij mahsulotlarining narxini tushiradi. 2000 dollar narxidagi Compaq komputeri
bir yevro uchun 1.08 dollarga to‘g‘ri keluvchi valyuta
kursida programmist Pyer
uchun 1852 yevroga tushadi. Agar valyuta kursi bir yevro uchun 1,02 dollar bo‘lsa,
computer 1667 yevro bahoga ega bo‘ladi.
Yevro narxining tushishi AQShda fransuz tovarlarining narxlari tushishiga
olib keladi va ayni shu bilan bir vaqtda Fransiyada Amerika mahsulotlarining
narxlari oshishiga olib keladi. Agar bir yevro 0,90 dollar bo‘lsa, Vandaga bit litr
vino 1080 dollar emas 900
dollarga, Pyer uchun Compaq komputeri 1852
yevrogamas 2222 yevroga tushadi.
Bu turdagi yondashuv quyidagi xulosani keltirib chiqaradi: mamlakat
valyutasi mustahkamlanganda (boshqa xorij valyutalariga nisbatan qiymati oshsa),
ushbu mamlakatning mahsulotlari qimmatlashadi, mamlakat ichida import tovarlar
arzonlashadi. Va aksincha, mamlakat
valyutasi qadrsizlansa, uning mahsulotlari
xorijda arzonlashadi, import tovarlar esa qimmatlashadi.
Masalan, AQShning po‘lat quyuvchi sanoati
nafaqat amerika qimmat
po‘latining xorijga eksporti qisqardi, balki AQShda nisbatan arzon import
po‘latning sotuvi ro‘y berdi. To‘g‘ri, amerikalik iste‘molchilar g‘alaba qozonishdi,
chunki import mahsulotlar arzonlashdi. Yaponiya videomagnitafonlari va
kameralari, hamda Yevropaga yo‘llanmalarning narxi dollarning mustahkamlanishi
tufayli tushdi.
64
Dostları ilə paylaş: