bo`yicha talablarni belgilaydi(qonun doirasida),diskont
stavkani samaradorligini
boshqaradi, va federal zaxira banklari belgilagan diskont stavkani tekshirib,
tasdiqlaydi. Boshqarma Kengashini Raisi iqtisodiy siyosat bo`yicha AQSH
prezidenti kotibi bo‘lib, ommaviy axborot vositalarida FZTnomidan chiqib,
Kongressga ma‘lumot beradi. Rais va boshqa boshqaruvchilar xalqaro
muzokaralarni olib borishda iqtisodiy savollar bo`yicha, AQSHni taqdim qilishlari
mumkin. Kengash professional iqtisodchilar shtatiga ega bo‘lib, ular Kengash
qarorlarini to`g`riligini isbotlab, analitik tadqiqotlarni olib borishadi.
FZT boshqaruv Kengashi tadqiqot bo`limini roli.
FZT nafaqat AQSHda balki butun dunyo bo`yicha eng katta iqtisodchilar
shtatiga ega. Tadqiqotchi - iqtisodchi shtati 1000ga yaqin odamdan iborat bo‘lib,
yarmidan ko`pi iqtisodchilar. Ulardan 500tasi iqtisodchi bo‘lib, 250tasi boshqaruv
Kengashida, 100tasi Nyu-York FZBda, qolganlari boshqa FZBlarida ishlaydilar.
ularning ilari nimadan iborat?
FZT iqtisodchilarining asosiy vazifasi-davlat
va xususiy tashkilotlarni
ma‘lumotlarini taxlil qilib, siyosiy arboblarga iqtisodiy siyosatni qanday
boshqarishi haqida va harakatlarning ehtimoliy oqibatlari nimalarga olib kelishi
haqida tavsiyalar taqdim etish, FOMCning xar bir kengashi oldidan xar bir FZB
ekspertlari bank boshqaruvchilarini batafsil milliy iqtisodiyotni rivojlanishini
bashorati to`g`risida, kengashda qurilishi mumkin bo‘lgan
savollarni muhokama
qilish haqida ma‘lumotlarni taqdim qilishi kerak.
Shuningdek viloyat bankining tadqiqot markazi FOMC majlisiga bank
prezidenti uchun o`z viloyati bo`yicha iqtisodiy siyosat va milliy iqtisodiyotni
bashoratlari haqida ma‘lumot beradilar. Boshqarma Kengashining iqtisodchilari,
milliy iqtisodni bashorat qilishga yordam beradigan katta ekonometrik modeldan
foydalanib, uning barcha jixatlari bo`yicha boshqaruvchilarga ko`rsatmalar
beradilar.
Bundan tashqari FZT ekspertlari bank nazorati guruxiga yordam sifatida
banklarning rivojlanish tendensiyasini va boshka moliya muassasalari va
bozorlarni o`rganib chiqishadi. Boshqarma Kengashi banklarning birikmasi haqida
qaror qabul qilishi kerak bo‘lgani sababli, boshqarma
Kengashi kabi tadqiqot
markazlari va shu viloyat banklari birikish bo`lishi kerak bo‘lgan joyda, raqobatli
muxitga ta‘sir qiluvchi birikish haqidagi ma‘lumotlarni yigishadi.
AQSH iqtisodiyotiga ta‘sir qiluvchi boshka mamlakatlarning iqtisodiyotini
nazarga olib, FZT ekspertlari boshka mamlakatlar iqtisodiy rrivojlanishi
ma‘lumotini, va monetar siyosatga ta‘sir qiluvchi valyuta bozorlarini
tendensiyalarini urganib chikadilar. Bundan tashqari, ekspertlar zaxira darajasi va
monetar agregatlarni
darajasini bashoratlab, ochiq bozordagi operatsiyalarni olib
borishda yordam beradilar.
FZT ekspertlari shuningdek asosiy tadkikotlarni ya‘ni monetar siyosatni
Inflatsiya darajasi va ishlab chikarishga ta‘siri, mexnat bozori rivoji, xalkaro savdo,
xalkaro fond bozorlari, banklar va boshka moliya muassasalari, viloyat
iqtisodiyotini tadkikoti bilan shugulanishadi. Bu tadkikotlarning natijalari
akademik jurnallarda va FZT nashriyotlarida keng kursatiladi. (oxirgisi
talabalar
uchun yaxshi ma‘lumot negizi bo‘lib xizmat qiladi.)
Ekspertlarning yana bir muxim faoliyat turi bu viloyat banklarining ta‘limi.
Iqtisodchilar ko`pincha axolii uchun eki bank boshqaruv kengashi uchun
takdimotlar utkazib berishadi.
Qonunchilik bo`yicha boshqarma kengashi ko`pincha monetar siyosat bilan
boglik bo`lmagan masalalarni xal qilishiga to`gri keladi. Masalan, oldin Kengash
Q kursatmalari bo`yicha kaysidir depozitlar ga foiz stavkani maksimal xajmini
belgilardi. (1986yildan so`ng muddatli depozitlar bo`yicha maksimum foiz stavka
bekor qilindi ammo, talab qilib olguncha bo‘lgan depozitlar foizlar tulanishi
me‘yori koldirildi). Qonun bo`yicha 1982yilgacha faoliyat qilgan, 1969 yil kredit
berilishi nazorati bo`yicha, Kengash prezident
tomonidan sanksiyalangan
kreditlarni nazorat va boshqarish huquqiga ega bo‘lgan. Shuningdek Kengash
qimmatli kogozlarning narxini yarmini belgilab, zaem mablaglardan xisobidan
emas balkim naqd pul bilan tulanishi lozim. Bundan tashqari prezident va federal
zaxira banklarining barcha ma‘muriyatlarining okladini belgilaydi va barcha
banklarning byudjet daromadini nazorat qiladi. Nixoyat Kengash bank boshqaruvi
bilan shugullanadi: ya‘ni yangi banklarning tuzilmasi va o`zaro qo‘shilishini, bank
xolding kompaniyalarining majburiyatlarini belgilaydi, AQSHdagi chet el
banklarini nazorat qiladi.
Dostları ilə paylaş: