15.4.Rivojlanayotgan davlatlarda bank inqirozi ozirgi davrgacha misol sifatida ko‗rsatiladigan mashhur og‗ir moliyaviy inqirozlar AQSHdan tashqarida sodir bo‗lgan edi. Xususan rivojlanayotgan davlatlar juda xam kuchsiz bo‗lib, 1990- yillarda kambag‗allikni yo‗qotish va tezkor iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash umidida o‗z moliyaviy bozorlarinitashqi dunyoga ochib berishdi. Aksincha, AQSHda sodir bo‗lgan Buyuk Depressiyaning salbiy ta‘siri natijasidaushbu millatlarning ko‗pchiligi moliyaviy inqirozni boshdan kechirdi. 1994-yilda boshlangan Meksika inqirozi, 1997-yilning iyulida boshlangan SHarqiy Osiyo inqirozi va 2001 -yilda boshlangan Argentina inqirozi eng og‗ir moliyaviy inqirozlar hisoblanishadi. Rivojlanayotgan davlatlar, xususan Meksika, SHarqiy Osiyo mamlakatlaridan Tailand, Malayziya, Indoneziya, Filippin va Janubiy Koreyada juda yuqori o‗sish suratlari ta‘minlanayotgan sharoitdaiqtisodiy faoliyatning keskin pasayishini sodir bo‗lishiiqtisodchilar uchun turli jumboqlarni keltirib chiqardi. Rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy inqirozlarning dinamikasi Rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy inqirozning dinamikasi bozor iqtisodiyoti rivojlanishining dastlabki bosqichlaridagi iqtisodiy tuzumlar xisoblanib, dunyoning boshqa davlatlaridan tovarlar, xizmatlar va kapital oqimini liberallashtirishga erishishgandir. Qaysidir jihatdan ushbu davlatlarning mazkur iqtisodiy siyosati rivojlangan mamlakatlar, jumladan AQSHning tovalar, 148
Frederic S.Mishkin. The economics of money, banking and financial markets. Pearson Education Limited pp.
2013. pp. 227-242
H
75
xizmatlar, va kapital oqimiga nisbatan erkinliklar berish siyosatiga o‗xshasada biroq ayrim muhim jihatlari bilan farqlanadi.1rasm biz ushbu bo‗limda tadqiq qilayotganrivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy inqiroz sodir bo‗lishiga oid hodisalarni natijasi va bosqichlarini tasvirlaydi.