― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   266
pul va banklar (2)

Navbatdagi 
moliyaviy 
xabar.“Rivojlangan 
davlat 
iqtisodiyoti 
rivojlanayotgan davlat iqtisodiyotiga qachon o„xshaydi: 2008- yilning Islandiya 
moliyaviy inqirozi”. 
2008-yilda boshlangan Islandiyada moliyaviy inqiroz va iqtisodiy 
pasayishdunyoda yuqori yashash standartlariga ega kichik, boy millat uchun 
taajubli xodisalarni yuzaga keltirib,rivojlanayotgan davlatdagi moliyaviy 
inqirozssenariysi takrorlandi. 
Moliyaviy liberallashuv jarayonlarining bir qismi sifatida 2003-yilda 
Islandiya xukumati davlat ulushiga ega banklarni Island bank sanoatini 


93 
kengaytirgan maxalliy investorlarga sotdi.Ushbu investorlar nemis va britan uy 
xo‗jaliklaridan xorijiy valyutadagi depozitlarni jalb qilish hamda xorijiy valyutada 
ifodalangan kreditlar etarli va arzon bo‗lganqisqa muddatli ulgurji fond 
bozorlaridan katta miqdorda qarz olishmaqsadidachet elda filiallarni tashkil 
qilishdi.Ular fondlarni aynan bank egalariga aloqasi bo‗lgan mahalliy investitsion 
firmalarga yo‗naltirishdi. Tabiyki, fondlarning katta qismi kapital va ko‗chmas 
mulk ko‗rinishidagi yuqori riskli investitsiyalarga yo‗naltirildi. Islandiyaning 
qimmatli qog‗ozlar bozori qiymati YAIM ning 250%miqdorigacha tezkorlik bilan 
o‗sdi va firmalar, uy xo‗jaliklari hamda banklar xorijiy valyutada qarz olishdi. 
Natijada rivojlanayotgan davlatlarda bo‗lgani kabi kuchli valyuta nomutanosibligi 
sodir bo‗ldi. Bir vaqtning o‗zida Islandiyaning tartibga solish tizimi bank 
risklarini samarasiz nazorat mexanizmi bilan ta‘minlangan edi.
2008-yil oktyabrda AQSH investitsion banki Lehmann Brothers ning 
bankrotlikka uchrashi Islandiya banklarini moliyalashtirib turgan ulgurji qarz 
tizimini to‗xtatishiga olib keldi.Fond bozoriga yo‗lning mavjud emasligi natijasida 
banklar o‗larining xorijiy valyutadagi qarzlarini qayta to‗lay olishmadi. Ko‗pgina 
hollarda banklar tomonidan qabul qilingan ta‘minot boshqa Island banklarini 
aksiyalarini o‗z ichiga olib, ularning narxi oldingi qiymatini ma‘lum bir 
qismigacha pasaydi. Banklarning aktivlari shu darajada o‗sib ketgan ediki, 
mamlakatning yalpi ichki maxsulotidan deyarli to‗qqiz barobarga oshib ketgan 
edi. Natijada xukumat banklarni bankrotlikdan ishonchli tarzda qutqara olmas edi. 
Islandiyadan xorijiy kapital qochib ketdi va Island kronasining qiymati 50%gacha 
qadrsizlandi.
Valyuta kursini keskin pasayishi natijasida tashqi qarz yuki milliy valyutada 
ifodalanganda ikki barobarga ko‗paydi. Natijada Island firmalari va uy 
xo‗jaliklari kapitalining katta qismini emirilishi to‗liq masshtabli moliyaviy 
inqirozni yuzaga keltirdi. Ishsizlik darajasini uch barobarga oshishi,ish haqini 
tushishi, xukumatda katta hajmda byudjeti defitsiti shakllanishi bilan iqtisodiyot 
kuchli retsessiya holatiga tushdi. Xorijiy kreditorlar bilan munosabatlar yanada 
taranglashgan bo‗lsa, terrorizmga qarshi qonunga muvofiqxattoki island 
firmalarning aktivlari muzlatilishi Buyuk Britaniya bilan aloqalarni yanada 
og‗irlashtirdi. Ko‗pgina islandiyalik odamlar baliq ovlash va qishloq xo‗jaligi 
sanoatidagi an‘anaviy ishlariga qaytishdi. Fuqarolar yomon vaziyatning ham 
yaxshi tomonlarini topishdi: island valyutasining qadrini pasayishi islandiyaning 
mashxur balig‗i, Island pista ko‗miri va atlantik lososni xorijliklar uchun ancha 
qulay bo‗lishini ta‘minladi. 
Prudensial nazorat 1) yaxshi risk menejment va monitoring tizimi 2) mavjud 
muxim risklarni yuzaga keltiradigan faoliyatni cheklash 3) xodimlar tomonidan 
o‗g‗irlik va ruxsat etilmagan xarakatlarni oldini olish maqsadida ichki nazoratni 
o‗z ichiga oluvchi o‗z o‗rnida to‗g‗ri risk menejment jarayonlarini banklarda 
mavjudligi kafolatlash orqali xavfsizroq va sog‗lomroq bank tizimini 
qo‗llabquvvatlashga yordam beradi.Janubiy Koreya misolida ko‗rsatganidek, 
tartibga solish tizimi tijorat faoliyati bilan shug‗ullanuvchilar tomonidan 
banklarni egallab olinishiga ruxsat berilmasligi lozim. Tijorat faoliyati bilan 
shug‗ullanuvchilar banklarni egallab olishsa,Janubiy Koreyadagi chebollar 
kabibank kreditlarini o‗z maqsadlarini moliyalashtirish yo‗lida foydalanishadi. Bu 


94 
holat yuqori riskli kreditlash faoliyatini kengayishiga, o‗z navbatida bank 
inqirozini keltirib chiqaradi.
Prudensial nazorat ishlashi uchun nazoratchilarda o‗zlarining faoliyatini 
amalga oshirishlari uchun etarli darajada resurslar bo‗lishi kerak. 
Rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyoti uchun bu juda ham jiddiy muammo 
hisoblanib, prudensial nazoratchilar juda kam ish haqi olishadi va kompyuter kabi 
instrumentlar etishmaydi. Siyosatchilar tomonidan prudensial nazoratchilarga 
katta bosim mavjud bo‗lib, siyosiy ulushini olish (yoki to‗g‗ridanto‗g‗ri pora olish) 
maqsadidabanklardan ―juda ‖qattiq‖bo‗lmasliklarni talab qilishadi. Mustaqilroq 
tartibga soluvchi va nazorat agentligi siyosiy ta‘sirga qarshi turishi, o‗z ishini 
bajarishi va bank risklarini kamaytirishi lozim.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin