105
Dollar
0.66
0.646395
0.15
41.9
2016 yil oktyabrdan boshlab
SDR savati
muddat
USD
EUR
CN
Y
JP
Y
GBP
2016–2020
(41.7
3%)
(30.93
%)
(10.9
2%)
(8.3
3%)
(8.09%)
SDRning valyuta savati 5 valyutadan tarkib topgan (1981 yilning 1-
yanvarigacha 16ta valyuta bo'lgan). Savatdagi har bir valyutaning solishtirma
og‘irligi mamlakatning xalqaro savdodagi ulushiga qarab aniqlanadi. Ammo AQSh
dollari uchun uning Xalqaro hisob-kitoblardagi ulushi hisobga olinadi. 1996-2000
yillar davrida AQSh dollarining savatdagi ulushi 39%ni (1981 yilgacha 33%ni)
tashkil etgan, qolgan 4 valyuta esa, Germaniya markasi - 21%, Yaponiya yenasi -
18%, Fransiya franki va Buyuk Britaniya funt sterlingi har biri 11%dan. Xalqaro
valyuta jamg‗armasi (XVJ) 2015-yil 30-noyabr kuni rasmiy Pekinning
talabnomasini qondirib, 10 oydan so‗ng yuanni o‗zining valyuta savatchasiga
qo‗shishi haqida qaror qabul qilgan edi.Yuan salkam 11
foiz ulush bilan
savatchada darhol uchinchi o‗rinni egalladi.
Dollar 40 foiz darajasida qoldi, yevroning ulushi esa 37 dan 31 foizgacha
kamaydi.Xitoy Xalq Respublikasining tashqi savdo bo‘yicha yetakchiligini
xisobga olgan holda 2016 yil oktyabrdan xitoy yuani SDR savatiga kiritildi.
SDR kursini AQSh dollariga yoki savat tarkibiga kirgan boshqa bir valyutaga
nisbatan hisoblanishi 3 asosiy elementni o'z ichiga oladi:
1) taalluqli valyuta birliklaridagi valyuta komponentlari. Ular quyidagicha
aniqlanadi: (valyutaning savatdagi solishtirma og‘irligi) h (uning AQSh dollariga
nisbatan so'nggi 3 oy ichidagi o'rtacha bozor kursi) bundan oldingi SDR kursiga
muvofiqlashtirilgan holda;
2) valyutalarning AQSh dollariga nisbatan bozor kurslari;
3) valyuta komponentlarining dollarli ekvivalenti. U quyidagicha hisoblanadi:
(valyuta komponenti)/(valyuta kursi) funt sterlingdan tashqari, (funtning
valyuta
komponenti)*(dollarga nisbatan valyuta kursiga), (jadval 2).
Yangi valyuta tizimida eski valyuta tizimining ayrim jihatlari meros sifatida
saqlanib qolinganligi yuqoridagi tamoyillardan ko'rinib turibdi. Ushbu qonuniyat
Yamayka va Bretton-Vuds valyuta tizimlarining o'zaro solishtirilishida yaqqol o'z
aksini topadi. SDR standarti ortida "dollar standarti" yashiringan. Valyuta
munosabatlarini erkinlashtirish jarayonlari kuchaygani bilan AQSh dollari hamon
xalqaro to'lov va zahira vositasi sifatida qolmoqda, oltin yuridik jihatdan to'la
demonetizatsiya qilindi. Ammo demonetizatsiya qilingan bo'lsada, u o'zgargan
shaklda hamon o'zida valyuta tovari rolini saqlab qolmoqda. Davlatlararo valyuta
muvofiqlashtirilishini amalga oshiruvchi XVF Bretton-Vuds valyuta tizimidan
meros sifatida qoldi. Ta'sischilarning o'ylashicha, Yamayka valyuta tizimi o'zidan
avvalgi valyuta tizimiga nisbatan to'lov balanslari
va valyuta kurslarining
muvozanatsizlik sharoitiga moslashuvchanroq bo'lmoqi lozim edi. Biroq Yamayka
valyuta tizimi muntazam tarzda inqiroziy holatlarga duch klmoqda. Shu sababli
106
asosiy valyuta muammolarini hal etish maqsadida ushbu tizimni takomillashtirish
yo'llari qidirilmoqda.
SDRning 1970 yildan boshlab to hozirgi kungacha bo'lgan muomalasiga
nazar tashlansa, ushbu valyuta (pul) birligi jahon puli bo'lishidan hali yiroqligi
bevosita ko'zga tashlanadi. Bundan tashqari mazkur davr mobaynida quyidagi bir
qator muammolar paydo bo'ldi: 1)emissiya va taqsimot; 2)ta'minot; 3)kursni
aniqlash uslubi; 4)SDRdan foydalanish jarayonlari.
SDRning muhim muammosi bo'lib uning ta'minoti hisoblanadi. Chunki SDR
oltindan farqli ularoq o'z qiymatiga ega emas. Dastlab, boshida (1970 yildan) bir
birlik SDR 0,888671 gramm oltinga teng edi. Bu esa o'sha
davrdagi AQSh
dollarining oltin sig‘imiga teng bo'lgan. Shunga ko'ra dastlab SDRlarni "qog‘oz
oltin"lar deb atashgan. Shu sababli SDR shartli qiymatining o'zgarishi oltin
qiymatining o'zgarishiga bog‘liq bo'lgan. 1974 yilning 1 iyulidan boshlab
valyutalarning erkin suzadigan kurslariga o'tilishi munosabati bilan SDRning oltin
sig‘imi bekor qilindi. Chunki oltin haqiqiy bo'lmagan, past, rasmiy bahoda
baholanganligi sababli SDRni oltinga bog‘lab qo'yilishi ulardan banklararo hisob-
kitoblarda foydalanishni qiyinlashtirar edi. 1974 yilning 1 iyulidan boshlab SDR
kursi valyuta savati asosida, dastlab ulushi jahon savdosida 1 foizdan kam qissani
tashkil etgan mamlakatlarning 16 valyutasini o'rtacha tortilgan kursi asosida
aniqlanadigan bo'ldi. 1978 yilning 1 iyulidan boshlab valyuta savatining tarkibi
neft qazib chiqaruvchi davlatlar (OPEK) valyutalarining kuchayishini hisobga
olgan holda muvofiqlashtirildi. 1981 yilning yanvaridan
boshlab ushbu valyuta
savatining tarkibi SDR shartli qiymati hisob-kitob formulasini soddalashtirish
maqsadida 5 valyutagacha qisqartirildi. Ularning tarkibida AQSh dollari,
Germaniya markasi, Yaponiya ienasi, Fransiya franki, Buyuk Britaniya funt
sterlingi mavjud. 1999 yildan boshlab Germaniya markasi va Fransiya franki
Yevro bilan almashtirildi. Ushbu valyutalar XVFga a'zo mamlakatlarning tovar
hamda xizmatlar eksportida eng katta hajm va rasmiy zahiralarida sezilarli ulushga
ega mamlakatlar valyutalaridir. SDR savatidagi valyutalar
tarkibi va ularning
ulushi qar 5 yilda o'zgarib turadi. XVF kunlik asosda SDR kursini AQSh dollarida
uning kursi o'zgarishini hisobga olgan holda hisoblaydi.
Valyuta savati SDRga milliy valyutalardan farqli o'laroq barqarorlikka
erishish imkonini berdi. Ammo shu bilan birgalikda uning oldiga qo'yilgan
maqsadga erishish imkoni bo'lmadi, ya'ni SDR qiymat etaloni asosiy Xalqaro
zahira va to'lov vositasi bo'la olmadi. SDRlardan foydalanish amaliyoti ularning
XVFning 1978 yilda o'zgartirilgan Ustavida qayd etilgan maqsadga mos emas.
1998 yilning may oyida SDRga 4 valyuta biriktirilgan, holbuki 1980 yilda
ularning soni 15ta edi. SDR asosan XVFning operatsiyalarida milliy valyutalar
qayta hisob-kitob koeffitsienti, valyutalarni solishtirish
masshtabi sifatida
ishlatiladi. Kvotalar, kreditlar, daromadlar va xarajatlar ushbu valyuta hisob-kitob
birligida ifodalangan.
Xalqaro to'lov vositasi sifatida SDR davlatlararo operatsiyalarning
cheklangan doirasida ishlatiladi. SDRning asosiy maqsadiga erishilmadi: ular
to'lov balansi kamomadini qoplash maqsadida erkin ayirboshlanadigan valyuta
sotib olishga ko'proq yo'naltirilmay (umumiy muomala hajmining 26% yaqini),
balki mamlakatlarning XVF kreditlari bo'yicha qarzdorliklarini qoplashga
107
yo'naltirildi. SDRlarning yirik hajmdagi summalari fondga (olingan xorijiy
valyutaga haq to'lash va milliy valyutani qaytib sotib olish orqali) qaytmoqda va
fond hisobvaraqlarida asosan rivojlangan davlatlar foydasiga aktiv to'lov balansi
bilan tez sur'atlarda yig‘ilib bormoqda. SDRlardagi jamg‘arma rasman
manfaatlidir, chunki ular milliy valyutalarga nisbatan
barqarorroq va xalqaro
kafolatlarga egadir. Bundan tashqari XVF mamlakatlarga ajratilgan me'yorlardan
ortiq hajmdagi jamg‘armalarni SDRlarda saqlanganligi (foydalanganligi) uchun
foiz stavkalar to'laydi. SDRlarda jamg‘armalar saqlashning jozibadorligini oshirish
maqsadida hisobvaraqlar bo'yicha foiz stavkalari 1970 yildagi 1%dan 1974 yildan
boshlab besh mamlakatning o'rtacha tortilgan bozor stavkalarigacha ko'tarilgan edi.
AQSh dollarini uzoq vaqt davomida SDR valyuta savatida ulushining yuqori
saqlanishining sabalari:
Birinchidan, dollarning zahira valyutasi sifatidagi imtiyozli holatidan
foydalangan holda AQSh o'z to'lov balansi kamomadini milliy valyuta bilan, ya'ni
o'z tashqi qisqa muddatli qarzdorliklar hajmini o'stirgan holda qoplaydi.
Ikkinchidan, AQSh jahondagi eng yirik oltin zahirasiga (33,5 ming tonnadan
8,138 ming tonna) ega bo'lsada, u Yevrodollarlar yordamida muddatsiz kredit
uchun haq to'lamaydigan qarzdorga aylandi. Jahon muomalasiga dollarni
Yevrovalyuta shaklida singdirilishi dollarning xalqaro mavqeini ko'tarish uchun
ishlatildi.
Uchinchidan, AQSh dollar kursi va foiz stavkalaridan o'z iqtisodiyotini
G‘arbiy Yevropa va Yaponiya hisobiga qo'llab-quvvatlash maqsadida foydalangan.
Dostları ilə paylaş: