― pul va banklar


SDR savati (09.01.2006 gacha)



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə238/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   266
pul va banklar (2)

 
SDR savati (09.01.2006 gacha) 
 
Valyuta 
Valyutan
ing 
SDR 
qiymatidagi 
miqdori 
Almashu
v kursi (SDR 
ga nisbatan) 
Pul 
bozoridagi 
foiz stavkasi 
Valyutan
ing 
SDR 
qiymatidagi 
ulushi (%) 
Yevro 
0.4260 
0.847503 
2.1494 
29 
Yen 
21 
0.006306
18 
0.0020 
15 
Funt 
sterling 
0.0984 
1.20193 
3.849086 
11 
Dollar 
0.5770 
0.673049 
0.93 
45 
 
 
 
SDR savati (09.01.2011 gacha) 
 
Valyuta 
Valyutan
ing 
SDR 
qiymatidagi 
miqdori 
Almashu
v kursi (SDR 
ga nisbatan) 
Pul 
bozoridagi 
foiz stavkasi 
Valyutan
ing 
SDR 
qiymatidagi 
ulushi (%) 
Yevro 
0.41 
0.837035 
13181 
34 
Yen 
18.40 
0.005961

0.0020 
11 
Funt 
sterling 
0.0903 
1.21523 
14336 
11 
Dollar 
0.6320 
0.692165 
44652 
44 
SDR savati (10.01.2011 dan) 
 
Valyuta 
Valyutan
ing 
SDR 
qiymatidagi 
miqdori 
Almashu
v kursi (SDR 
ga nisbatan) 
Pul 
bozoridagi 
foiz stavkasi 
Valyutan
ing 
SDR 
qiymatidagi 
ulushi (%) 
Yevro 
0.4230 
0.862873 
0.6540 
37.4 
Yen 
12.1 
0.007811
42 
0.11 
9.4 
Funt 
sterling 
0.1110 
1.02441 
0.50 
11.3 


105 
Dollar 
0.66 
0.646395 
0.15 
41.9 
2016 yil oktyabrdan boshlab
 SDR savati
 
muddat 
 USD 
 EUR 
 CN

 JP

 GBP 
2016–2020 
(41.7
3%) 
(30.93
%) 
(10.9
2%) 
(8.3
3%) 
(8.09%) 
SDRning valyuta savati 5 valyutadan tarkib topgan (1981 yilning 1-
yanvarigacha 16ta valyuta bo'lgan). Savatdagi har bir valyutaning solishtirma 
og‘irligi mamlakatning xalqaro savdodagi ulushiga qarab aniqlanadi. Ammo AQSh 
dollari uchun uning Xalqaro hisob-kitoblardagi ulushi hisobga olinadi. 1996-2000 
yillar davrida AQSh dollarining savatdagi ulushi 39%ni (1981 yilgacha 33%ni) 
tashkil etgan, qolgan 4 valyuta esa, Germaniya markasi - 21%, Yaponiya yenasi - 
18%, Fransiya franki va Buyuk Britaniya funt sterlingi har biri 11%dan. Xalqaro 
valyuta jamg‗armasi (XVJ) 2015-yil 30-noyabr kuni rasmiy Pekinning 
talabnomasini qondirib, 10 oydan so‗ng yuanni o‗zining valyuta savatchasiga 
qo‗shishi haqida qaror qabul qilgan edi.Yuan salkam 11 foiz ulush bilan 
savatchada darhol uchinchi o‗rinni egalladi. 
Dollar 40 foiz darajasida qoldi, yevroning ulushi esa 37 dan 31 foizgacha 
kamaydi.Xitoy Xalq Respublikasining tashqi savdo bo‘yicha yetakchiligini 
xisobga olgan holda 2016 yil oktyabrdan xitoy yuani SDR savatiga kiritildi. 
SDR kursini AQSh dollariga yoki savat tarkibiga kirgan boshqa bir valyutaga 
nisbatan hisoblanishi 3 asosiy elementni o'z ichiga oladi: 
1) taalluqli valyuta birliklaridagi valyuta komponentlari. Ular quyidagicha 
aniqlanadi: (valyutaning savatdagi solishtirma og‘irligi) h (uning AQSh dollariga 
nisbatan so'nggi 3 oy ichidagi o'rtacha bozor kursi) bundan oldingi SDR kursiga 
muvofiqlashtirilgan holda; 
2) valyutalarning AQSh dollariga nisbatan bozor kurslari; 
3) valyuta komponentlarining dollarli ekvivalenti. U quyidagicha hisoblanadi: 
(valyuta komponenti)/(valyuta kursi) funt sterlingdan tashqari, (funtning valyuta 
komponenti)*(dollarga nisbatan valyuta kursiga), (jadval 2). 
Yangi valyuta tizimida eski valyuta tizimining ayrim jihatlari meros sifatida 
saqlanib qolinganligi yuqoridagi tamoyillardan ko'rinib turibdi. Ushbu qonuniyat 
Yamayka va Bretton-Vuds valyuta tizimlarining o'zaro solishtirilishida yaqqol o'z 
aksini topadi. SDR standarti ortida "dollar standarti" yashiringan. Valyuta 
munosabatlarini erkinlashtirish jarayonlari kuchaygani bilan AQSh dollari hamon 
xalqaro to'lov va zahira vositasi sifatida qolmoqda, oltin yuridik jihatdan to'la 
demonetizatsiya qilindi. Ammo demonetizatsiya qilingan bo'lsada, u o'zgargan 
shaklda hamon o'zida valyuta tovari rolini saqlab qolmoqda. Davlatlararo valyuta 
muvofiqlashtirilishini amalga oshiruvchi XVF Bretton-Vuds valyuta tizimidan 
meros sifatida qoldi. Ta'sischilarning o'ylashicha, Yamayka valyuta tizimi o'zidan 
avvalgi valyuta tizimiga nisbatan to'lov balanslari va valyuta kurslarining 
muvozanatsizlik sharoitiga moslashuvchanroq bo'lmoqi lozim edi. Biroq Yamayka 
valyuta tizimi muntazam tarzda inqiroziy holatlarga duch klmoqda. Shu sababli 


106 
asosiy valyuta muammolarini hal etish maqsadida ushbu tizimni takomillashtirish 
yo'llari qidirilmoqda. 
SDRning 1970 yildan boshlab to hozirgi kungacha bo'lgan muomalasiga 
nazar tashlansa, ushbu valyuta (pul) birligi jahon puli bo'lishidan hali yiroqligi 
bevosita ko'zga tashlanadi. Bundan tashqari mazkur davr mobaynida quyidagi bir 
qator muammolar paydo bo'ldi: 1)emissiya va taqsimot; 2)ta'minot; 3)kursni 
aniqlash uslubi; 4)SDRdan foydalanish jarayonlari. 
SDRning muhim muammosi bo'lib uning ta'minoti hisoblanadi. Chunki SDR 
oltindan farqli ularoq o'z qiymatiga ega emas. Dastlab, boshida (1970 yildan) bir 
birlik SDR 0,888671 gramm oltinga teng edi. Bu esa o'sha davrdagi AQSh 
dollarining oltin sig‘imiga teng bo'lgan. Shunga ko'ra dastlab SDRlarni "qog‘oz 
oltin"lar deb atashgan. Shu sababli SDR shartli qiymatining o'zgarishi oltin 
qiymatining o'zgarishiga bog‘liq bo'lgan. 1974 yilning 1 iyulidan boshlab 
valyutalarning erkin suzadigan kurslariga o'tilishi munosabati bilan SDRning oltin 
sig‘imi bekor qilindi. Chunki oltin haqiqiy bo'lmagan, past, rasmiy bahoda 
baholanganligi sababli SDRni oltinga bog‘lab qo'yilishi ulardan banklararo hisob-
kitoblarda foydalanishni qiyinlashtirar edi. 1974 yilning 1 iyulidan boshlab SDR 
kursi valyuta savati asosida, dastlab ulushi jahon savdosida 1 foizdan kam qissani 
tashkil etgan mamlakatlarning 16 valyutasini o'rtacha tortilgan kursi asosida 
aniqlanadigan bo'ldi. 1978 yilning 1 iyulidan boshlab valyuta savatining tarkibi 
neft qazib chiqaruvchi davlatlar (OPEK) valyutalarining kuchayishini hisobga 
olgan holda muvofiqlashtirildi. 1981 yilning yanvaridan boshlab ushbu valyuta 
savatining tarkibi SDR shartli qiymati hisob-kitob formulasini soddalashtirish 
maqsadida 5 valyutagacha qisqartirildi. Ularning tarkibida AQSh dollari, 
Germaniya markasi, Yaponiya ienasi, Fransiya franki, Buyuk Britaniya funt 
sterlingi mavjud. 1999 yildan boshlab Germaniya markasi va Fransiya franki 
Yevro bilan almashtirildi. Ushbu valyutalar XVFga a'zo mamlakatlarning tovar 
hamda xizmatlar eksportida eng katta hajm va rasmiy zahiralarida sezilarli ulushga 
ega mamlakatlar valyutalaridir. SDR savatidagi valyutalar tarkibi va ularning 
ulushi qar 5 yilda o'zgarib turadi. XVF kunlik asosda SDR kursini AQSh dollarida 
uning kursi o'zgarishini hisobga olgan holda hisoblaydi. 
Valyuta savati SDRga milliy valyutalardan farqli o'laroq barqarorlikka 
erishish imkonini berdi. Ammo shu bilan birgalikda uning oldiga qo'yilgan 
maqsadga erishish imkoni bo'lmadi, ya'ni SDR qiymat etaloni asosiy Xalqaro 
zahira va to'lov vositasi bo'la olmadi. SDRlardan foydalanish amaliyoti ularning 
XVFning 1978 yilda o'zgartirilgan Ustavida qayd etilgan maqsadga mos emas. 
1998 yilning may oyida SDRga 4 valyuta biriktirilgan, holbuki 1980 yilda 
ularning soni 15ta edi. SDR asosan XVFning operatsiyalarida milliy valyutalar 
qayta hisob-kitob koeffitsienti, valyutalarni solishtirish masshtabi sifatida 
ishlatiladi. Kvotalar, kreditlar, daromadlar va xarajatlar ushbu valyuta hisob-kitob 
birligida ifodalangan. 
Xalqaro to'lov vositasi sifatida SDR davlatlararo operatsiyalarning 
cheklangan doirasida ishlatiladi. SDRning asosiy maqsadiga erishilmadi: ular 
to'lov balansi kamomadini qoplash maqsadida erkin ayirboshlanadigan valyuta 
sotib olishga ko'proq yo'naltirilmay (umumiy muomala hajmining 26% yaqini), 
balki mamlakatlarning XVF kreditlari bo'yicha qarzdorliklarini qoplashga 


107 
yo'naltirildi. SDRlarning yirik hajmdagi summalari fondga (olingan xorijiy 
valyutaga haq to'lash va milliy valyutani qaytib sotib olish orqali) qaytmoqda va 
fond hisobvaraqlarida asosan rivojlangan davlatlar foydasiga aktiv to'lov balansi 
bilan tez sur'atlarda yig‘ilib bormoqda. SDRlardagi jamg‘arma rasman 
manfaatlidir, chunki ular milliy valyutalarga nisbatan barqarorroq va xalqaro 
kafolatlarga egadir. Bundan tashqari XVF mamlakatlarga ajratilgan me'yorlardan 
ortiq hajmdagi jamg‘armalarni SDRlarda saqlanganligi (foydalanganligi) uchun 
foiz stavkalar to'laydi. SDRlarda jamg‘armalar saqlashning jozibadorligini oshirish 
maqsadida hisobvaraqlar bo'yicha foiz stavkalari 1970 yildagi 1%dan 1974 yildan 
boshlab besh mamlakatning o'rtacha tortilgan bozor stavkalarigacha ko'tarilgan edi. 
AQSh dollarini uzoq vaqt davomida SDR valyuta savatida ulushining yuqori 
saqlanishining sabalari: 
Birinchidan, dollarning zahira valyutasi sifatidagi imtiyozli holatidan 
foydalangan holda AQSh o'z to'lov balansi kamomadini milliy valyuta bilan, ya'ni 
o'z tashqi qisqa muddatli qarzdorliklar hajmini o'stirgan holda qoplaydi. 
Ikkinchidan, AQSh jahondagi eng yirik oltin zahirasiga (33,5 ming tonnadan 
8,138 ming tonna) ega bo'lsada, u Yevrodollarlar yordamida muddatsiz kredit 
uchun haq to'lamaydigan qarzdorga aylandi. Jahon muomalasiga dollarni 
Yevrovalyuta shaklida singdirilishi dollarning xalqaro mavqeini ko'tarish uchun 
ishlatildi. 
Uchinchidan, AQSh dollar kursi va foiz stavkalaridan o'z iqtisodiyotini 
G‘arbiy Yevropa va Yaponiya hisobiga qo'llab-quvvatlash maqsadida foydalangan. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin