― pul va banklar


Izchil moliyaviy liberallashuv



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   266
pul va banklar (2)

Izchil moliyaviy liberallashuv. 
Moliyaviy liberallashuv uzoq muddatga yuqori darajada foydali bo‗lishiga 
qaramasdan, rivojlanayotgan davlatlardagi bizning tahlilimiz ko‗rsatadiki, agarda 
ushbu jarayon to‗g‗ri boshqarilmasa, xalokatli natijalarni keltirib chiqaradi. 
Liberallashuv amalga oshirilayotganda to‗g‗ri tartibga solish/nazorat tizimi va 
ma‘lumotlarning ochiqligi talablari to‗g‗ri yo‗lga qo‗yilmagan bo‗lsa, riskka 
moyillikni kamaytiruvchi zarur cheklovlar juda ham kuchsiz bo‗ladi.
Moliyaviy inqirozning oldini olish maqsadida, siyosat yurituvchilar 
o‗zlarining moliyaviy tizimini liberallashtirishdan oldinto‗g‗ri institutsional 
infratuzilmani tashkil qilishi shart. Moliyaviy inqirozni oldini olish yuqorida 
tasvirlangan kuchli prudensial tartibga solish va nazorat hamda valyutalarning 
nomutanosibligini qisqartirishsiyosatini amalga oshirish muhim hisoblanadi. 
Ushbu siyosatni amalga oshirish ko‗p vaqt olishi bois, kreditlashga ba‘zi 
cheklovlar joriy qilinishi barobarida moliyaviy liberallashuv bosqichmabosqich 
tatbiq etilishi lozim. 
149
 
16-mavzu. Pulning xalqaro munosabatlardagi xarakat
REJA: 
16.1.Pulning xalqaro munosabatlardagi harakatini yuzaga keltiruvchi omillar 
16.2.Valyuta kategoriyasi tushunchasi 
16.3.Valyutalarning turlari
 
16.4.Valyuta tizimi
 
16.5.Jahon valyuta tizimi evolyutsiyasi 
16.6.Valyuta kursi va unga ta‘sir etuvchi omillar 
16.7.Valyutaning xarid qobiliyati 
16.8. Savdo balansi, to‘lov balansi va ularning holati 
 
 
16.1.Pulning xalqaro munosabatlardagi harakatini yuzaga keltiruvchi 
omillar 
amiyat xo‘jalik faoliyatining baynalmilallashuvi, bir turdagi milliy 
valyutalarni boshqa turdagi milliy valyutalarga almashinishiga obektiv 
zarurat tuq‘diradi. Bunday zarurat, talab va taklifning tasiri asosida valyutani 
o‘ziga xos bahosi – valyuta kursi shakllanadigan maxsus bozorda tuq‘ilib, 
amalga oshadi. Mazkur bozor o‘z ichiga, xorijiy valyutalarni bir-biriga 
ayirboshlash bilan boq‘liq jami munosabatlarni olgan holda, ularning 
mohiyati, hukmron valyuta tizimini xarakteri bilan belgilanadi. Jahon bozori 
149
Frederic S.Mishkin. The economics of money, banking and financial markets. Pearson Education Limited pp. 
2013. pp. 245-263 



96 
tizimida xorijiy valyutalar bozori, tovarlar va kapitallar bozoriga nisbatan obúektiv 
ravishda ikkilamchi o‘rinni egallab, ularga xizmat ko‘rsatadi. 
Iqtisodiy, siyosiy va madaniy tusdagi xalqaro munosabatlar turli mamlakatlar 
fuqarolari bo‘lmish yuridik hamda jismoniy shaxslarning pul shaklidagi talablari 
va majburiyatlarini keltirib chiqaradi. Xalqaro hisob-kitoblarning xususiyatli 
tomoni shundaki, ushbu hisob-kitoblarda baho va to‘lov valyutasi sifatida odatda 
xorijiy valyutalar ishlatiladi, chunki hozircha umum tan olingan hamda barcha 
davlatlarda qabul qilinishi lozim bo‘lgan jahon kredit pullari mavjud emas. Shu 
bilan birgalikda har qanday mustaqil mamlakatda qonuniy to‘lov vositasi sifatida 
uning milliy valyutasi ishlatiladi. Shu sababli tashqi savdo, xizmatlar, kreditlar, 
investitsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar hamda davlatlararo to‘lovlardagi muhim 
shartlardan biri bo‘lib to‘lovchi yoki benefetsiar shaxs tomonidan xorijiy valyutani 
sotib olish yoxud sotish shaklidagi bir valyutani boshqa bir valyutaga 
ayirboshlanishi hisoblanadi. 
Jahon valyuta, kredit, moliya va sug‘urta bozorlari shartnomaning ob‘yekti 
pul kapitali hisoblangan bozor munosabatlarining o‘ziga hos jarayoni bo‘lib 
hisoblanadi. Ular xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi asosida 
shakllangan. Amal qilish nuqtai nazaridan ushbu bozorlar takror ishlab 
chiqarishning uzluksizligi va rentabelligini ta'minlash maqsadida jahon 
miqyosidagi moliyaviy oqimlarning to‘planuvi hamda ularning qayta taqsimotini 
ta'minlovchi bozor munosabatlarining tizimi bo‘lib xizmat qiladi. Institutsional 
nuqtai nazardan esa jahon moliyaviy oqimlari ular orqali amalga oshadigan 
banklar, ixtisoslashgan moliya-kredit tashkilotlari hamda fond birjalari 
yig‘indisidan iboratdir. 
Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari rivojlanishining ob‘yektiv 
asosi bo‘lib amaldagi kapitalning doiraviy aylanish qonuniyatlari hisoblanadi. 
Jahon bozorining ayrim uchastkalarida vaqtincha bo‘sh bo‘lgan kapitallar paydo 
bo‘lsa, uning boshqa bir joylarida mazkur kapitallarga doimiy talab paydo bo‘ladi. 
Kapitalning harakatsizligi uning tabiati va bozor qonuniyatlariga ziddir. Jahon 
valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari ushbu qarama-qarshilikni umumjahon 
xo‘jaligi miqyosida hal etadilar. Vaqtincha bo‘sh bo‘lgan pul kapitallari bozor 
mexanizmi yordamida takror ishlab chiqarishning uzluksizligi va tadbirkorlarga 
foydani ta'minlagan holda kapital doiraviy aylanishi jarayoniga yana jalb etiladi. 
Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari taalluqli milliy bozorlar negizida 
paydo bo‘lgan va milliy bozorlar ular bilan yaqindan munosabatdadir. Jahon 
valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlariga quyidagilar xosdir: 
- nihoyatda katta masshtablar. Ayrim baholarga qaraganda jahonning valyuta 
va moliyaviy bozorlaridagi kunlik operatsiyalar hajmi tovarlar bilan jahon savdosi 
hajmidan 50 marotaba ko‘pdir; 
- geografik chegaralarning yo‘qligi; 
- operatsiyalarning uzluksiz, sutka davomida olib borilishi; 
- yetakchi davlatlarning valyutalari hamda xalqaro hisob-valyuta birliklaridan 
foydalanishi; 
- ishtirokchilari bo‘lib asosan nufuzli banklar, korporatsiyalar hamda yuqori 
reytingga ega moliya-kredit institutlari hisoblanadi; 


97 
- ushbu bozorlarga nihoyatda ishonchli yoki salmoqli kafolatga ega mijozlar 
chiqish huquqiga ega; 
- moliyaviy xizmatlar jarayonidagi inqilobiy sharoitlarda bozor segmentlari va 
shartnoma instrumentlarining diversifikatsiyasi; 
- o‘ziga hos, xalqaro tusdagi foiz stavkalari; 
- EHMning eng yangilaridan foydalanish zaminida qog‘ozsiz operatsiyalarni 
standartlashtirish hamda axborot texnologiyalarining yuqori darajasi. 
Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari rivojlanishining ob‘yektiv 
asosi bo‘lib xo‘jalik munosabatlari globallashuvining chuqurlashishi hamda 
tegishli milliy bozorlarning cheklangan imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatning 
kuchayishi hisoblanadi. Jahon valyuta, kredit, qimmatli qog‘ozlar hamda oltin 
bozorlari rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib jahon moliyaviy 
oqimlari, bozor ishtirokchilariga taklif etilayotgan kreditlar qiymatining hajmi va 
taqsimotini muvofiqlashtiruvchi raqobat hisoblanadi. Biroq raqobat kurashi hamma 
vaqt ham samarali va nuqsonsiz emasdir. Shu sababli ushbu jarayonlarni bozor 
hamda davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi birgalikda olib boriladi. Davlat jahon 
bozorlari faoliyatiga inqirozli jarayonlarning oldini olish yoki ularni bartaraf etish 
maqsadida aralashadi. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi hom ashyo manbalari va 
iste'molchilar bozorlari uchun raqobat kurashining kuchayishi bilan samarali 
investitsiyalar hamda moliyaviy oqimlar milliy xarakterini yo‘qotgan va o‘zining 
kosmopolitik tabiatini ko‘rsatgan holda bir mamlakatdan boshqa bir mamlakatga 
stihiyali asosda oqib o‘tadi. Milliy valyuta, kredit va moliyaviy bozorlar 
o‘zlarining mustaqilligini nisbatan saqlab qolgan holda faoliyatlarini to‘ldiruvchi 
hamda milliy iqtisodiyot va pul-kredit tizimlari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shu 
kabi jahon bozorlari bilan chambarchas bog‘lanib ketmoqdalar. Jahon valyuta, 
kredit va moliya bozorlari o‘zlarining katta imkoniyatlari hamda ko‘p 
maqsadliligining tez o‘sishi natijasida xalqaro valyuta-kredit va moliyaviy 
munosabatlar hamda jahon iqtisodiyotining muhim zvenolaridan biriga aylandi. 
Milliy valyuta, kredit va moliya bozorlarining jahon valyuta bozori 
operatsiyalaridagi ishtiroki quyidagi bir qator omillar bilan belgilanadi: 
- mamlakatning jahon xo‘jaligi tizimidagi tegishli o‘rni hamda valyuta-
iqtisodiy holati; 
- rivojlangan kredit tizimi va yaxshi tashkil etilgan fond birjasining 
mavjudligi; 
- soliqqa tortishning o‘rta me'yorligi; 
- xorijlik qarz oluvchilarga milliy bozorga chiqish va xorijiy qimmatli 
qog‘ozlarga birja kotirovkasiga kirish imkonini beruvchi imtiyozli valyuta 
qonunchiligining mavjudligi; 
- qulay geografik joylashishi; 
- siyosiy tuzumning nisbatan barqarorligi va boshqa shu kabilar. 
Yuqorida zikr etilgan omillar xalqaro operatsiyalarni amalga oshiruvchi milliy 
bozorlar doirasini cheklaydi. Raqobat kurashi natijasida N'yu-York, London, 
Lyuksemburg, Frankfurt-Mayn, Singapur va boshqa shu kabi jahon moliyaviy 
markazlari shakllandi. 


98 
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqiligiga erishganidan so‘ng bozor 
munosabatlari asosida o‘z rivojlanish yo‘lini tanlar ekan, zamonaviy moliyaviy 
bozor va uning vositalariga ehtiyoj paydo bo‘la boshladi. 2003 yilda joriy valyuta 
operatsiyalari bo‘yicha so‘mni xorijiy valyutalarga erkin konvertirlashni joriy 
etilishi xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning, shu jumladan, tijorat banklarining 
valyuta operatsiyalarining sezilarli darajada oshishiga olib keldi. 
Iqtisodiy, siyosiy va madaniy tusdagi xalqaro munosabatlar turli mamlakatlar 
fuqarolari bo‘lmish yuridik hamda jismoniy shaxslarning pul shaklidagi talablari 
va majburiyatlarini keltirib chiqaradi. Xalqaro hisob-kitoblarning xususiyatli 
tomoni shundaki, ushbu hisob-kitoblarda baho va to‘lov valyutasi sifatida odatda 
xorijiy valyutalar ishlatiladi, chunki hozircha umum tan olingan hamda barcha 
davlatlarda qabul qilinishi lozim bo‘lgan jahon kredit pullari mavjud emas. Shu 
bilan birgalikda har qanday mustaqil mamlakatda qonuniy to‘lov vositasi sifatida 
uning milliy valyutasi ishlatiladi. Shu sababli tashqi savdo, xizmatlar, kreditlar, 
investitsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar hamda davlatlararo to‘lovlardagi muhim 
shartlardan biri bo‘lib to‘lovchi yoki benefetsiar shaxs tomonidan xorijiy valyutani 
sotib olish yoxud sotish shaklidagi bir valyutani boshqa bir valyutaga 
ayirboshlanishi hisoblanadi. 
Iqtisodiy, siyosiy va madaniy tusdagi xalqaro munosabatlar turli mamlakatlar 
yuridik shaxslari hamda fuqarolarining pul talabnomalari va majburiyatlarini 
keltirib chiqaradi. Xalqaro hisob-kitoblarning o‘ziga hosligi shundaki, baho va 
to‘lov valyutasi sifatida odatda xorijiy valyutalar ishlatiladi, chunki hozirgi kunda 
barcha davlatlarda qabul qilinishi majburiy bo‘lgan umum tan olingan jahon kredit 
pullari yo‘q. Shu bilan birgalikda qonuniy to‘lov vositasi sifatida har bir suveren 
davlatda uning milliy valyutasi ishlatiladi. Shu sababli tashqi savdo, xizmatlar, 
kreditlar, investitsiyalar, davlatlar aro to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarning zaruriy 
sharti bo‘lib to‘lovchi yoki oluvchi tomonidan bir valyutani boshqa bir valyutaga 
sotib olish yoxud sotish shaklidagi almashinishi hisoblanadi. 
Valyuta munosabatlari - bu, valyutani jahon xo‘jaligi muomalasida amal 
qilish jarayonida va xalqaro aloqalar sohasiga xizmat ko‘rsatishda o‘ziga hos pul 
munosabatlarining yig‘indisidir,
150
yoki davlatlar, jahon valyuta bozorining 
sub‘ektlari, muayyan davlatning rezident yoki norezident shaxslari o‘rtasida 
valyutalarni sotish, sotib olish, majburiyatlarni bajarish hamda boshqa shu kabi 
jarayonlarda vujudga keladigan munosabatlardir.
Valyuta munosabatlari - bu xalqaro aloqalarga xizmat ko‘rsatuvchi va jahon 
xo‘jaligida valyuta muomalasi jarayonida vujudga keladigan o‘ziga hos pul 
munosabatlarining majmuidir. Valyuta munosabatlari jahon valyuta tizimining 
asosi bo‘lib xizmat qiladi. Ularning shakllanish jarayonlarini o‘rganish 
O‘zbekiston uchun nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham egadir. 
Valyuta munosabatlarining paydo bo‘lishi, o‘zgartirilishi yoki tugatilishining 
huquqiy asoslari bo‘lib xalqaro kelishuvlar va ichki davlat qonun-qoidalari 
hisoblanadi. 
150
Финансово-кредитный энциклопедический словарь / Колл. авторов; Под общ. ред. А.Г. Грязновой. – М.: 
Финансы и статистика, 2004. – 1168 с 


99 
O‘zbekiston banklarining xalqaro moliya tizimlari va uning e'limentlari bilan 
aloqalarini tahlil qilar e'kanmiz, ushbu munosabatlar asosan tashqi savdoga xizmat 
qilish hamda Xalqaro moliya institutlari (XMI) va xorijiy banklardan imtiyozli 
shartlar asosida moliyavij resurslarni jalb qilishdan iborat e'kanligiga, shuningdek, 
bu borada moliyavij xavfsizlikni hisobga olgan holda e'htiyotkorona, uzoqni 
ko‘zlagan strategik siyosat olib borilayotganligining guvohi bo‘lamiz. Bunga 
ko‘ra, yuqorida ajtganimizdek, tashqi qarzlar uzoq muddatli asosda iqtisodiyot 
tarmoqlarini modernizaciya qilish dasturlariga kiritilgan investiciya lojihalarini 
moliyalash, kichik biznes va xususij tadbirkorlik sub~ektlarini qo‘llab-
quvvatlashga jo‘naltirilmoqda. Bu jarayonlarda banklar lojihalarni amalga 
oshiruvchi tashkilotlar va XMIlar o‘rtasida moliyalashdagi vositachi sifatida 
qatnashmoqda. 
"Valyuta" kategoriyasi milliy va jahon xo‘jaligi o'rtasida aloqa hamda o'zaro 
munosabatlarni ta'minlaydi. Jahon valyuta tizimi jahon pullarini amaldagi 
shakllariga asoslangandir. Jahon pullari deb xalqaro munosabatlarga (iqtisodiy, 
siyosiy, madaniy) xizmat ko'rsatuvchi pullarga aytiladi.
Har bir mustaqil davlat o'z milliy pul tizimiga ega bo'lgani singari, o'zining 
valyuta tizimiga ham ega. Valyuta tizimi tashkiliy jihatdan valyuta munosabatlari, 
valyuta fondlari hamda ushbu munosabatlarni amalga oshishi, valyuta fondlarining 
shakllanishi, taqsimoti va qayta taqsimoti bilan bog‘liq munosabatlarni amalga 
oshiruvchi hamda muvofiqlashtiruvchi davlat organlari yig‘indisidan iboratdir. 
Xar qanday davlat iqtisodida pul muhim ahami tni kasb tadi, jami tning 
ishlab chiqarish, taqsimot, muomala va iste'mol jarayonlarini qamrab oladi, 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoit ratib beradi. Pul va iqtisod 
ơzaro ơzviy boğliq bơlgan lementlardir. Agar jami t iqtisodida muammolar paydo 
bơlsa, albatta bunday muammolar, ơzining salbiy aksini jami tning pul 
muomalasida topadi. Shuning uchun pulni jami t iqtisodiy xayotining barometri 
deb bejiz aytishmagan.
Iqtisodiy nazariyada haqiqiy pul, tovar kvivalent sifatida mavjud bơlib, 
iste'molchilarning muomalaga bơlgan xtiyojlarini qondiradi. Qoğoz pullar sa, 
haqiqiy pullar qiymatining muomaladagi ifodasidir yoki vakilidir. 
Xar qanday mustaqil davlat ơz puliga ga va bunday pul shu davlat uchun 
milliy pul birligi hisoblanadi. Milliy pul birligi ơzining nomi va ma'lum bir 
muomala tarixiga ga. 
Nazari da pul va valyuta kategori lari mavjud bơlib, pul va valyuta ikkalasi bir 
narsa, ammo hamma vaqt ham pul valyuta bơlavermaydi. Agarda, muay n bir 
davlatning milliy pul birligi jahon bozoriga chiqib davlatlar ơrtasida muomala, 
tơlov va jamğarish vositasi sifatida ishlatilsa, 'ni pulning funksi larini bajarsa, u 
valyutaga aylanadi. 
Xalqaro valyuta munosabatlari – bu, valyutaning jahon xơjaligida amal kilishi 
borasida shakllanadigan va milliy xơjaliklar faoliyati natijalarining ơzaro 
almashuviga xizmat kơrsatadigan ijtimoiy munosabatlar yiğindisidir . YOki 
davlatlar, jahon valyuta bozorining sub'ektlari, muay n davlatning rezident yoki 
norezident shaxslari orasida valyutalarni sotish, sotib olish, majburiyatlarni 
bajarish va boshqa shu kabi jarayonlarda vujudga keladigan munosabatlardir.


100 
Valyuta munosabatlarining paydo bơlishi, ơzgartirilishi yoki tugatilishining 
huquqiy asoslari bơlib, xalqaro kelishuvlar va davlatning ichki qonun va qoidalari 
hisoblanadi. 
Valyuta munosabatlari nisbatan mustaqil munosabatlar bơlgani holda, tơlov 
balansi, valyuta kursi, hisob-kitob operasi lari orqali dunyo iqtisodiga sezilarli ta'sir 
kơrsatadi. 
Valyuta munosabatlarining holatiga quyidagilarga boğliq bơladi: 
-milliy va jahon iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasiga; 
-siyosiy ahvolga; 
-jahon bozorida davlatlararo munosabatlar borasidagi muammolarga va
bunda muammolarning rivojlanish tendensi lariga 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin