― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə241/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   266
pul va banklar (2)

16.2-jadval 
AQShning oltin nuqtalari 
 
Oddiy sharoitda 
Funt 
kursi 
oshganda 
Funt kursi tushganda 
1
 
GBP/USD:4,8660 
tashish 
xarajatlari 
bilan 4,9000 
GBP/USD:5,000 
GBP/USD:4,700 
2
 
100 GBP=490 USD 
GBP/USD:4,8660 
tashish 
xarajatlari 
bilan 4,9000 
100 GBP=500 USD 
US GB 
oltin chiqib ketadi 
AQSh 
pul 
massasi 
qisqarib 
Buyuk 
Britaniyada kengayadi , 
bu esa USD kursini 
oshishiga olib keladi 
GBP/USD:5,000 
100 GBP=470 USD 
GB US
Oltin chiqib ketadi 
Buyuk 
Britaniya 
pul 
massasi qisqarib AQShda 
kengayadi , bu esa USD 
kursini 
tushishiga 
olib 
keladi 
GBP/USD:4,700 
 
3
 
 
USD ($) 20, 672 = tro unsi oltin (31, 1 g.) 
GBP (£) 4,248 = tro unsi oltin
Oltinni valyutalardagi qiymati valyuta kursini bildirar di : 
$ 20, 672 / £ 4,248 = 4, 866 , 'ni 
£ 1 = $ 4, 866
Buning natijasida 
AQShda oltin zahirasi qisqarib, Bu k Britani da ortishiga sabab bơladi, 'ni 
AQSh pul massasi qisqaradi, Bu k Britani da pul massasining kengayishi 
narxlarning ơsishi, AQShda sa pasayishiga olib keladi. Va bu jarayon 1 
funt=4.966gacha davom etadi
.
155
155
Fredric S. Mishkin. The Economics of Money, Banking and Financial Markets.
PART 5. INTERNATIONAL FINANCE AND MONETARY POLICY. 17. The Foreign Exchange Market 


117 
Urush xarajatlarini qoplash uchun soliqlar, zayomlar va inql si bilan birga 
oltin ham jahon puli sifatida sarflandi (208 mlrd oltin doll.). Valyuta cheklovlari 
ơrnatildi. Valyutalar kursi majburiy va shu sababdan noreal di. Urush boshlanishi 
bilan markaziy banklar oltinni almashtirishni tơxtatdi va xarajatlarni qoplash uchun
missi ni oshirdi. 1920 yilga kelibAQSh dollariga nisbatan funta sterling 1/3 
qismga, fransuz franki va itali lirasi —2/3, nemis markasi sa —96%ga 
qadrsizlandi.
Milliy valyutalar zaminidagi oltin miqdorlari 1914 yilgacha o'zgarmagan va 
tabiiyki, ular o'zgarmaguncha ularning bir-biriga nisbatan kurslari ham barqaror 
edi. Shu sababli "oltin standarti" - bu, qat'iy yoki barqaror valyuta kurslari tizimi 
edi, desak mubolag‘a bo'lmaydi. Bu tizim bir qator ijobiy tomonlarga ega. Xususan 
boshqa metallarga qaraganda oltin tabiatda kam uchraydigan va noyob metall 
bo'lganligi sababli davlatlar tomonidan uning miqdorini ko'paytirish nihoyatda 
mushkul. Bundan chiqdi, davlatlar va markaziy (milliy) banklar o'z xohishlari bilan 
oddiygina pul muomalasi hajmini o'stirishga va inflyatsiyani rag‘batlantirish 
imkoniga ega emas edilar. 
Birinchi jahon urushigacha dunyoning yetakchi davlatlarida inflyatsiyaning 
nisbatan past bo'lish holatlari va yetakchi valyutalar kurslarining keskin tebranishi 
kuzatilmagan. Bunday holat o'sha yillarda pul sarmoyalari va ishchi kuchi 
resurslari bir mamlakatdan boshqa mamlakatga erkin hech qanday to'siqsiz oqib 
o'tishi mumkinligi bilan asoslangan. 
1880 yildan to 1913 yilgacha "oltin standarti" tizimi davlatlarga o'z 
xarajatlarini inflyatsiya hisobiga moliyalashtirish imkonini bermaganligi sababli 
barcha davlatlarda ijtimoiy mahsulotning hajmi tez sur'atlar bilan o'sdi.
Birinchi jahon urushining tugashi bilan ko'pchilik davlatlar o'zlarida yana 
qaytadan "oltin standartini" kiritishga urindilar. Biroq ularning bunday harakatlari 
zoe ketdi, chunki mavjud sharoitda "oltin standarti"ni kiritish uchun zarur omillar 
yo'q edi. 
Birinchi jahon urushi oqibatida jahon bozorida davlatlararo munosabatlarda 
paydo 
bo'lgan 
valyuta 
tartibsizligi 
uzoqqa 
cho'zilmadi 
va 
valyuta 
munosabatlarining "oltin standarti" o'rniga maydonga oltinga hamda yetakchi 
kapitalistik davlatlar valyutalariga asoslangan "oltin-deviz standarti" chiqadi. 
Bunda xorijiy valyutadagi davlatlararo hisob-kitoblar uchun mo‘ljallangan to'lov 
vositalari devizlar deb atala boshlandi. 
 
1922 yilda Genuya da konferensiyasida oltin-deviz standartiga asoslangan 
valyuta tizimi shakllantirildi.
Xususiyatlari: 

30 davlat valyutasi oltin va devizolarga asoslangan di 

Valyuta paritetlari bevosita (Fransiya , AQSh va B.Br.) hamda 
bilvosita (Germani va boshqa) 

Erkin xarakatlanuvchi kurslar tiklandi 

Valyutaviy tartibga solish faol siyosatga asoslanar edi 
Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari orasidagi jahon valyuta tizimini "oltin-
deviz standarti" tizimi deb atasa bo'ladi. Bu davr ayniqsa davlatning iqtisodiyotga 
kuchli aralashuvi bilan xususiyatlidir. Deyarli barcha davlatlarda bojxona to'siqlari 


118 
kiritilib, oqibatda kapitalga, ishchi resurslariga bo'lgan talab va taklifning erkin 
aloqasi jahon bozorida chegaralandi. 
Ikkinchi Jahon valyuta tizimi 1922 yilda Genuya shahrida bo'lib o'tgan 
konferensiyada davlatlararo kelishuv sifatida yuridik jihatdan shakllangan edi. 
Mazkur xalqaro konferensiya arafasida jahonning 30dan ziyod davlatlarining pul 
tizimlari oltin-deviz standartiga asoslangan edi. Davlatlarning milliy kredit pullari 
xalqaro to'lov va zahira vositalari sifatida ishlatila boshlandi. Biroq Birinchi va 
Ikkinchi Jahon urushlari orasidagi davrda zahira valyutasi maqomi rasmiy ravishda 
biror-bir valyutaga hali biriktirilmagan edi. 
Davlatlarning "oltin standarti" tizimidan qaytishi oqibatida devizli banklar va 
davlatlar qog‘oz pullar muomalasini kengaytirish imkoniga ega bo'ldilar. Birinchi 
jahon urushidan so'ng ba'zi davlatlarda qog‘oz pullar emissiyasining hajmi qar 
qanday tarixiy chegaralardan oshib ketdi va bu o'z navbatida inflyatsion 
jarayonlarning gurkirab o'sishiga olib keldi. Inflyatsiya jarayonlarining kuchayishi 
pul xo‘jaligidagi barcha zaruriy hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun kerak 
bo'lgan barcha ma'lumotlarning buzib ko'rsatilishiga olib keldi. Bir davlat 
bozoridan boshqa davlatlar bozorlariga valyutalar oqimining hajmi va sur'ati 
keskin kuchaydi. Londonning dunyoning yetakchi valyuta bozori sifatidagi mavqei 
pasaydi. Maydonga N'yu-York va Parij singari yangi yetakchi valyuta bozorlari 
chiqib, London dunyo bankiri vazifasini uzil-kesil yo'qotdi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin