16.9-jadval
AQShto‘lov balansi
Savdo balansi
Tarixiy nuqtai nazardan olib qaraganda ,tashqi savdo- xalkaro iqtisodiy
munosabatlarning ilk ko‘rinishi bo‘lib milliy xo‘jaliklarning jahon hamjamiyatiga
aloqasini ifodalaydi.Xalqaro savdo orqali dunyoda mehnat taqsimotiga binoan
135
mamlakat istiqboli belgilab beriladi.Tashqi savdo ko‘rsatkichlari to‘lov balansida
o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.Tovarlar eksporti va importi ko‘rsatkichlari savdo
balansining asosini tashkil etadi.
165
Hisob-kitob balansi- mamlakatni boshqa davlatlar oldidagi majburiyatlari va
talablari o‘rtasidagi nisbat. Odatda, hisob-kitob balansi yilning oxiriga yoki
boshiga tuziladi.
Hisob-kitob balansida mazkur mamlakatning boshqa davlatga bergan
kreditlari va kiritgan investitsiyalari, shunungdek, mazkur mamlakatni boshqa
davlatlardan olgan kreditlari va ularning kiritgan investitsiyalari aks ettiriladi.
Hisob-kitob balansi- mamlakatni boshqa davlatlar oldidagi majburiyatlari va
talablari o‘rtasidagi nisbat. Odatda, hisob-kitob balansi yilning oxiriga yoki
boshiga tuziladi.
Hisob-kitob balansida mazkur mamlakatning boshqa davlatga bergan
kreditlari va kiritgan investitsiyalari, shunungdek, mazkur mamlakatni boshqa
davlatlardan olgan kreditlari va ularning kiritgan investitsiyalari aks ettiriladi.
To‘lov va hisob-kitob balanslari o‘rtasidagi farq ushbu mamlakatning xalqaro
kredit munosabatlarining rivojlanganlik darajasini anglatadi. Bu mamlakatning
majburiyatlari va talablari o‘rtasidagi uzilish hisobidan vujudga keladi. Bunga esa
qator ijtimoiy-iqtisodiy obyektiv va subyektiv sabalar mavjud.
To‘lov balansi tuzishning muhim masalalaridan biri - bu, uning sal'dosini
o‘lchashdir. Ushbu masala keng ko‘lamdagi, ya'ni alohida xalqaro bitimlar
to‘g‘risidagi ma'lumotlarning aniqligidan tortib jadval tuzishning tarkibiy
tuzilishigacha bo‘lgan savollarni qamrab oladi hamda to‘lov balansi nazariyasi va
amaliyotining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
To‘lov balansining kamomadi yoki aktiv sal'dosining qabul qilingan aniqlash
uslubi - bu, to‘lov balansini asosiy va balanslovchi moddalarga bo‘lishdir. Asosiy
moddalarning sal'dosini "to‘lov balansining sal'dosi" deb atashadi. Ushbu
miqdorning ijobiy yoki salbiy bo‘lishiga qarab esa uni to‘lov balansining aktivi
yoki kamomadi deb atashadi.
To‘lov balansining sal'dosi muhim ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Uning
miqdori yalpi ichki mahsulot va milliy daromad hisob-kitobiga kiritiladi,
valyutaning holatiga, ichki hamda tashqi siyosatni olib borish vositalarining
tanloviga ta'sir etadi. Bundan to‘lov balansi sal'dosini o‘lchash paytidagi eng
muhim muammo sifatida moddalarni asosiy yoki balanslovchi moddalarga
tasniflash muammosi maydonga chiqadi.
To‘lov balansi sal'dosi tushunchasi operatsiyalar ma'lum bir to‘plamining
balans yakuniga aloqadordir. Ushbu tushuncha principial xarakterga egadir. To‘lov
balansining aktivligi yoki passivligi ko‘rsatkichi doim muvozanatda bo‘lgan yalpi
to‘lov balansining xarakteristikasi sifatida qabul qilinishi kerak emas. To‘lov
balansi sal'dosining ko‘rsatkichi tuzilmaviy bo‘lib hisoblanadi. Uning katta-
kichikligi birinchi navbatda ushbu moddalar yakunini ifodalovchi moddalar
tanloviga bog‘liq. Bunday tanlov o‘z holicha bo‘lishi kerak emas. U ma'lum bir
maqsadga bo‘ysungan va o‘zida taalluqli tahliliy yondoshuvni aks ettirmoqi lozim.
165
Fredric S. Mishkin. The Economics of Money, Banking and Financial Markets. P.-505
|