–
banklar naqd pullarni tashish, saqlash, ularning hisobini yuritish va
mijozlarga berish kabi qo‗shimcha mehnat va sarf xarajatdan forig‗ bo‗ladi;
– banklar depozit siyosatidan kelib chiqib foydalanuvchi plastik kartadagi
vaqtinchalik foydalanmay turgan qoldiq summalariga qo‗shimcha foiz to‗lashi
mumkin.
O‗zbekistonda plastik kartochkalarni joriy qilish bo‗yicha O‗zbekiston
Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qator qarorlari qabul qilindi.
Xususan, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24
sentyabrdagi ―Plastik kartochkalar asosida hisob – kitob
qilish tizimini yanada
rivojlantirish chora – tadbirlari to‗g‗risida‖ 445 – sonli Qarori, O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2006 yil 3 avgustdagi ―Plastik kartochkalar asosida
naqd pulsiz hisob – kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qo‗shimcha chora –
tadbirlar to‗g‗risida‖gi PQ – 433 – sonli va 2010 yil 19 apreldagi ―Bank
plastik
kartochkalaridan foydalangan holda hisob – kitob tizimini rivojlantirishni
rag‗batlantirish bo‗yicha qo‗shimcha chora – tadbirlar to‗g‗risida‖gi PQ – 1325 –
sonli Qarorlari shular jumlasidandir.
Hozirgi kunda barcha tijorat banklari o‗z plastik kartochkalariga ega bo‗lib,
ularning soni yildan – yilga ortib bormoqda.
O‗zbekiston tijorat banklari tomonidan joriy etilgan plastik kartalar bilan
hisob – kitoblar samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
– savdo nuqtalarida plastik kartalar bilan hisob –
kitoblarni amalga oshirish
uchun terminallarni ko‗paytirish;
– ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‗larni plastik kartalarga o‗tkazish
jarayonini yanada takomillashirish;
– barcha bank bo‗limlari boshqa banklarning plastik kartochkalari bo‗yicha
ham naqd pullarni echishlishini ta‘minlash kabi ishlarni yo‗lga qo‗yish lozim.
YUqorida qayd etilgan holatlar bo‗yicha Markaziy bank va tijorat banklari,
tegishli muassasalar, shuningdek, savdo nuqtalari tomonidan amlaga oshirilayotgan
ishlar plastik kartalarni yanada kengroq va samarali ishlashiga imkoniyat yaratadi.
Dostları ilə paylaş: