1-tovarlarni oldi-sotdi shartnomasini imzolash.
2- sotib oluvchi o‘z bankiga akkreditiv ochish to‘g`risida ariza beradi.
3-akkreditiv ochiladi va bu haqda mol yetkazib
beruvchining bankiga xabar
beriladi. Xabar akkreditiv telegrammasi shaklida beriladi. Mana shu vaqtdan
boshlab sotib oluvchining banki to‘lov yuzasidan kafil hisoblanadi.
4-mol yetkazib beruvchining banki mol yetkazib
beruvchini akkreditiv
ochilganligidan xabardor qiladi.
5-mol yetkazib beruvchi tovarlarni jo‘natadi.
6-mol yetkazib beruvchi tovarlar bilan bog`liq hujjatlarni o‘zining bankiga
uzatadi.
7-mol yetkazib beruvchining banki hujjatlarni tekshiradi va qabul qilib oladi.
8- mol yetkazib beruvchining banki tovarlar bilan bog`liq
hujjatlarni sotib
oluvchining bankiga jo‘natadi.
9-sotib oluvchining banki akkreditiv bo‘yicha to‘lovni amalga oshiradi.
10-sotib oluvchining banki tovar hujjatlarini sotib oluvchiga beradi.
11- sotib oluvchining banki mol yetkazib beruvchining bankini (9) operatsiya
bajarilganligi to‘g`risida yozma ravishda xabardor qiladi.
12-mol yetkazib beruvchining banki to‘lov summasini mol yetkazib
beruvchining joriy hisob raqamiga kirim qiladi.
13- mol yetkazib beruvchining joriy hisob raqamidan ko‘chirma berish.
Hujjatlashtirilgan akkreditivda ishtirok etuvchilarning o‘z nomlariga ega:
Mol yetkazib beruvchi benifetsiar
deyiladi
Sotib oluvchining banki xabar beruvchi deyiladi
Sotib oluvchi arizador diyiladi
Sotib oluvchining banki akkreditiv bank deyiladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning akkreditiv shaklining o‗z
afzalligi, shu bilan
birgalikda, bir qator kamchiliklari mavjud. Akkreditiv shakli bo‗yicha hisob-kitob
qilishning afzallik tomoni shundaki, maxsulot etkazib beruvchi uchun to‗lov to‗liq
kafolatlangan bo‗ladi. Hujjatlashtirilgan akkreditiv ning asosiy kamchiligi bu uning
qimmatligidir. Germaniya banklari aholiga ochganligi uchun 1,2-1,4% yevro oladi.
O‘zbekistonda esa akkreditiv summasi mijozning joriy
hoisob raqamidan olinib
alohida hisob raqamiga depozit qilinadi.
Akkreditiv shaklining kamchiliklari esa quyidagilardan iborat:
-
akkreditiv shakli bo‗yicha hujjatlar aylanishi texnik jiqatdan birmuncha
qiyinroq;
-
transportga
qulay emas, akkreditiv ochilgan paytda yukni jo‗natish uchun
tayyor transport bo‗lmasligi mumkin, bu esa yuk jo‗natishni
kechikishiga olib
keladi;
-
bu shaklda to‗lovchining mablag‗lari oborotdan qisman chetlashadi, boshqa
hisob-kitoblar uchun bu mablag‗lardan foydalanishga ruxsat etilmaydi;
-
akkreditiv bo‗yicha odatda faqat bir mol etkazib beruvchi bilan hisob-kitob
qilinadi.
Dostları ilə paylaş: