4.5. To‘lov tizimi va uning rivojlanish bosqihclari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning eng muhim
omillaridan biri pul aylanishini to‗g‗ri va aniq tashkil qilishdan iborat, chunki
bozor iqtisodiyoti tovar pul munosabatlarining holati va taraqqiyoti bilan
chambarchas bog‗liqdir. Korxona va tashkilotlar o‗zlarining xo‗jalik faoliyati
jarayonida doimo bir-birlari bilan aloqada bo‗ladilar. Ular o‗rtasida tovar
ayirboshlash jarayoni pul va pulli hisob-kitoblar yordamida amalga oshiriladi.
Tovar ayirboshlashning o‗zi esa pul aylanishining moddiy asosi hisoblanadi, uning
asosida boshqa pulli munosabatlar, jumladan, pensiya fondi, sug‗urta fondi, soliq
idoralari, bank muassasalari bilan bo‗ladigan pulli munosabatlar hamda banklararo
to‗lovlar vujudga keladi.
Uncha qimmat bo‘lmagan kompyuter vujudga kelishi va internet
xizmatlarining ommalashuvi electron to‘lovlarni amalga oshirishga sharoit
yaratib berdi. Agar oldinlari siz hisob raqam bo‘yicha to‘lovlarni amalga
oshirishingiz uchun pochta orqali chekni jo‘natisgingizga to‘g‘ri kelardi, hozirgi
kunda esa bankning web-saytiga ulanib, bir nechta klaviaturani bosib va electron
ko‘rinshda to‘lovni amalga oshirasiz. Siz nafaqat pochta xarajatlarini tejaysiz,
balki kam vaqt va xarakat evaziga xisob raqamda to‘lovlar yoqimli jarayon
sifatida shakllanadi. Bank tomonidan taklif etilayotgan electron to‘lovlar
tizimi, sizni to'lovlarni amalga oshirish uchun setga ulanish zaruriyatidan
ozod qiladi. Elektron to‘lovning qiymati chek qiymati bilan solishtirilganda
ancha tejamli hisoblanadi va bahosi 1dollardan oshmaydi. Shuning uchun
AQSHda electron to‘lovlar keng qo‘llaniladi. Shu qatorda amerikaliklar
evropaliklardan ayniqsa skandaniviyaliklar orqada qolmoqda.
Amerikaliklar dunyoda cheklardan keng foydalanuvchilar hisoblanadi.
AQSHda yillik 100 mlrd. atrofida cheklar yoziladi va naqd pulsiz hisob
kitoblarning 75 foizi qog‘ozda otkazilardi. Bu vaqtning o‘zida Evropaning
ko‘pgina davlatlarida naqd pulsiz hisob kitoblarning uchdan ikki qismi
electron shaklda amalga oshirilar edi. Finlandiya va Shvetsiya dunyoda
electron bank hizmatidan eng ko‘p foydalanuvchilar hisoblanadi. Albatta,
agarda finliyand yoki shved bolsa chek yozib berishdan ko‘ra o‘zining hisob
raqamidan to‘g‘ri kompyuter yoki telefonidan to‘lovlarni amalga oshirishni
afzal ko‘radilar
51
.
Ko‗pgina rivojlangan mamlakatlarda bank tizimlari iqtisodiyotning boshqa
tizimlariga nisbatan kuchaytirilgan nazorat va tekshiruv ob‘ektlari hisoblanadi,
chunki tijorat banklari o‗z mijozlari hisoblangan davlat tashkilotlari, tijorat
korxonalari va xususiy shaxslarning manfaatlari himoyalanishi uchun javob beradi.
Shu sababli davlat respublika bank tizimining barqarorligi, bu barqarorlik xuquqiy
ta‘minlanishi va uning rivojlanishidan manfaatdordir. Respublika iqtisodiyotida
davlat asosiy islohotchi bo‗lsa, bank tizimida esa bu vazifa Respublika Markaziy
bankiga yuklatilgan. «Markaziy bank to‗g‗risida»gi qonunining, 3-moddasida
ko‗rsatilgandek, Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri - respublikada
to‗lovlarning samarali tizimini tashkil etish va ta‘minlashdan iboratdir.
51
Fredric S. Mishkin. The Economics of Money, Banking and Financial Markrts.452p
Markaziy bank tejamkor to‗lovlar tizimini ta‘minlash maqsadida milliy
to‗lovlar tizimining yaqin kelgusidagi istiqbollari va rivojlanish strategiyasini
belgilaydi. To‗lovlar tizimi sohasida bosh moliyaviy maqsad, joylarda pul
mablag‗larini xavfsiz va samarali o‗tkazishdan iborat. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni
o‗tkazishdagi tejamkorlik masalasi esa to‗lovlar tizimi samaradorligini
baholashning asosiy mezonlaridan biridir. Iqtisodiyotdagi naqd pulsiz hisob-
kitoblarning samaradorligini oshirish maqsadida Markaziy bank tomonidan «Naqd
pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to‗g‗risida» Nizom ishlab chiqildi va 2002
yil 12 yanvarda O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan
tasdi.landi. «Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to‗g‗risida»gi Nizom
fuqarolik kodeksi. «Markaziy bank to‗g‗risida»gi «Banklar va bank faoliyati
to‗g‗risida»gi, «O‗zbekiston Respublikasi korxonalari to‗g‗risida»gi qonunlar va
Markaziy bankning O‗zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-
kitoblarni tartibga soluvchi boshqa me‘yoriy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ushbu Nizomning bir maromda qo‗llanilishi mamlakatning butun iqtisodiy
makonida hisob-kitoblarning uzluksizligini ta‘minlaydi.
Milliy to‘lov tizimi bu - alohida olingan bizning mamlakatda milliy
valyutada to‘lovlarni amalga oshirish shaklidir. Milliy to‘lov tizimining tayanch
asosini tijorat banklari tashkil etadi . CHunki tijorat banklari yuridik va jismoniy
shaxslarga hisob kitob xizmati ko‘rsatadi. O‘zbekistonda MDH davlatlariga a‘zo
bo‘lgan mamlakatlar ichida birinchi bo‘lib yagona banklararo elektron to‘lov tizimi
joriy etildi(1996-yil) .
Respublikamiz banklari o‗rtasidagi banklararo to‗lovlarni o‗tkazish tartibi bir
necha marta o‗zgartirilgan.
O‗tgan asr 80-yillarining oxiri 90-yillarning boshlarigacha barcha banklar
davlat mulki bo‗lib bir pog‗onali bank tizimi mavjud edi. Banklararo to‗lovlarni
olib borish bevosita to‗g‗ridan-to‗g‗ri bir bankdan ikkinchi bankka to‗lov
hujjatlarini jo‗natish orqali olib boriladi. Hujjatlarni jo‗natish pochta yoki telegraf
orqali amalga oshirilar edi. Buning uchun boshqa bankka jo‗natilishi lozim
bo‗lgan hujjatlar asosida «avizo», ya‘ni ogohnoma tuzilib kerakli bankka jo‗natilar
edi.
90-yillarning boshlaridan banklararo to‗lovlarni tashkil etish uchun hisob
markazlari bir yil o‗tgandan so‗ng ularning o‗rnida kliring markazlari tashkil etildi.
Lekin ularning nomi o‗zgargani bilan funksiyalari bir xil edi, ya‘ni ular banklar
o‗rtasidagi to‗lovlarni tashkil qilar edilar. Bir shahardagi to‗lovlarni olib borish
uchun 871-hisob raqami (Bir shahar ichidagi banklararo o‗zaro hisob-kitoblar) dan
foydalanilar edi. Turli shaharlarda joylashgan banklar bir-birlariga vakillik
hisobvarag‗i ochib o‗zaro munosabatlari shu hisob varaqalari orqali olib borilar
edi.
1995 yilda Markaziy bank tomonidan hisob-kitoblarni tezlashtirish maqsadida
barcha hududiy markaziy bank boshqarmalari qoshida hisob-markazlari tashkil
etish haqida qaror qabul qilindi. Kliring markazlari tugatildi. Pochta orqali
jo‗natiladitgan ogoxnomalar ham bekor qilindi. YAngi hisob-kitob tizimi «elektron
pochta» to‗lov tizimi joriy etildi.
Respublikamizda to‗lov tizimi yil sayin takomillashib bormoqda. Bu esa
banklararo to‗lovlarni o‗tkazish texnologiyalariga qator o‗zgarishlarni kiritilishni
taqozo qilmoqda. Banklararo hisob-kitoblar ham mazmuman, ham sifat jiqatidan
avvalgi yillariga nisbatan o‗zgarmoqda.
Sobiq ittifoq davlatlari orasida eng samarali va jahon talablari darajasida deb
hisoblangan respublika to‗lov tizimining rivojlanishi to‗rt bosqichga bo‗linadi:
1-bosqich. 1991-1994 yillar.
Viloyatlar ichida hisob-kitoblar pochta va tashuvchilar orqali yagona
hisoblash markazida amalga oshirilardi. Bu jarayon bir haftani tashkil etar edi.
Viloyatlararo hisob-kitoblar ham pochta orqali avizo hujjatlari asosida amalga
oshirilgan. Bunda mablag‗lar bir mijozning hisobvarag‗idan ikkinchi mijozning
hisobvarag‗iga bir oydan ikki oygacha bo‗lgan muddat mobaynida kelib tushar edi.
Markaziy bank Bosh axborotlashtirish markazida banklararo hisob-kitoblarda
elektron pochta usuli yaratish ustida ishlandi. SHuningdek bank amaliy ish kunini
kompyuterlar vositasida bajarish amaliy dasturini yaratish va ularni banklarda
tadbiq etish bo‗yicha ish olib borildi.
1992 yili qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasining "Axborotlashtirish
to‗g‗risida‖gi Qonunini bajarish yuzasidan Markaziy bankda va uning hududiy
Bosh boshqarmalarida axborotlashtirish boshqarmasi va bo‗limlari tashkil etildi.
Banklararo maxsus ajratilgan aloqa kanallari vazifasida elektron to‗lov tizimini
ishga tushirish borasida ish olib borildi. Respublika bank tizimini axborotlashtirish
konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Sobiq Ittifoq respublikalari bilan o‗zaro hisob-kitoblarni tartibga solish va
ularga xizmat ko‗rsatish amaliy dasturi yaratildi. Markaziy bankning hududiy
boshqarmalari to‗liq kompyuterlashtirildi. YA‘ni bir paytda respublika elektron
to‗lov tizimini zamini yaratila boshlandi. 1993 yilning dekabr oyidan boshlab juda
qisqa muddat uch oy mobaynida Sobiq Ittifoq respublikalari bilan 1991, 1992
hamda 1993 yillardagi yig‗ilib qolgan o‗zaro hisob-kitoblar, qarzlar hisoblab
chiqildi va 1994 yilning mart oyiga kelib bu borada aniq ma‘lumotlarga ega
bo‗lindi. 1994 yil 18 mart kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 146-sonli
―Bank tizimini takomillashtirish, pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Qaroriga muvofiq, Markaziy bank tizimida elektron
pochtalarni joriy etishni oktyabrga qadar tugallash vazifasi yuklatildi. SHuningdek,
Qarorda respublika bank kompyuter tizimini yaratish uchun zarur valyuta
mablag‗larini ajratish ham ko‗rsatildi.
13 iyul kuni Vazirlar Mahkamasining ―O‗zbekiston Respublikasi bank
tizimini moliyaviy qo‗llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Qaror qabul
qilindi. Unga asosan banklar qator soliqlardan ozod qilindi va bo‗shagan
mablag‗larni o‗z faoliyatini kompyuterlashtirishga sarflash shart qilib qo‗yildi.
Mazkur Qarorlarga binoan tijorat banklarining bo‗limlari kompyuterlashtirila
boshlandi va ular elektron to‗lov tizimiga qo‗shib borildi.
Avgust oyi oxiriga kelib mustaqillikning uch yilligi sharafiga elektron
to‗lovlar vaqtinchalik Nizomi yaratildi.
Oktyabr oyidan boshlab esa elektron pochta respublika bank tizimida ishga
tushirildi.
Respublika bank tizimida buxgalteriya hisob-kitoblarni va bank amaliy ish
kunini umumiy bir ko‗rinishga keltirish uchun zarur ishlar amalga oshirildi.
Markaziy bank qilingan bu ishlar bilan cheklanib qolmasdan o‗zining
mutaxassislari kuchi bilan elektron to‗lov tizimi amaliy dasturini respublika
miqiyosida tadbiq etish ustida ham tinimsiz ish olib bordi va 1995 yil uchun zamin
yaratdi.
2-bosqich. 1995-1997 yillar
Aprel oyida Markaziy bank Jahon banki mablag‗lari hisobidan O‗zbekiston
Respublikasi banklararo to‗lov tizimini takomillashtirishga yo‗naltirilgan halqaro
tanlov tender e‘lon qildi.
Markaziy bankda tashkil etilgan elektron to‗lov tizimini yaratish ishchi guruhi
o‗tgan yillardan olingan tajribalar va xulosalar, shuningdek jahonning ilg‗or
davlatlari yutuqlarini o‗rganish va tahlil qilish asosida elektron to‗lov tizimi
texnologiyasini yaratdilar. Eski tizim 19 avgustdan boshlab yangi texnologiya
bilan almashtirila boshlandi. Bu paytga kelib Markaziy bank tizimida hisob-kitob
markazlari tashkil etildi va tijorat banklariga elektron to‗lov bo‗yicha xizmat
ko‗rsatila boshlandi. YAngi texnologiyaga o‗tila borishi sababli yilning oxirigacha
respublikada 2 tizim: elektron pochta va elektron to‗lov tizimlari ishlab turdi. Yil
oxiriga kelib esa barcha tijorat banklari Markaziy bankning hisob-kitob markazlari,
kliring markazlari elektron to‗lov tizimiga qo‗shildi.
YAngi tashkil etilgan hisob-kitob markazlari tijorat banklarining vakillik
hisobvaraqlarini kliring markazlaridan o‗zlariga o‗tkaza boshladilar. Iyul oyiga
kelib kliring markazlari butunday qisqartirildi. SHu bilan bir qatorda Markaziy
bank Bosh axborotlashtirish markazi mutaxassislari va bank xodimlari
to‗lovlarning o‗tishi muddatini yanada qisqartirishni ta‘minlash borasida tinmay
izlanish olib bordilar. Buning natijasi o‗laroq, yil oxiriga kelib to‗lovlar o‗tishi
muddati respublika miqyosida 2 soat, viloyat miqyosida 1 soatni tashkil etdi.
Respublika bank tizimida yangi hisob tizimi rejasiga o‗tilishi tijorat banklari
va Markaziy bank to‗lov tizimi tub burilish yasadi. Elektron to‗lov tizimining
mavjud amaliy dasturi rivojlantirilib, tizimning katta o‗tkazish qobiliyati va
hujjatlarning yuqori tezlikda qayta ishlanishi (hududlararo hisob-kitoblar - 15
daqiqada, bitta hudud ichidagi hisob-kitoblar esa – 3-5 daqiqada) pul mablag‗lari
aylanishini jiddiy oshirdi. Bu esa respublika xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarining
faoliyatiga ijobiy ta‘sir etdi, banklarga vaqtincha bo‗sh turgan mablag‗lardan
samarali foydalanish va kredit xavf-xatari darajasini hamda likvidlilik xavf-xatarini
tezkorlikda boshqarish imkonini berdi.
3-bosqich. 1998 -2001 yillar
Markaziy bank bilan Jahon banki o‗rtasida 1998 yil dekabr oyida ―Respublika
moliya sohasini rivojlantirish‖ uchun zayom ajratish to‗g‗risida shartnoma
imzolandi. Bu loyiha besh komponentga bo‗linib, shulardan to‗rtinchi komponent
o‗z ichiga quyidagi masalalarni oladi:
to‗lov tizimini takomillashtirish;
boshqarish uchun axborot tizimini yaratish;
bank telekommunikatsiya tizimini rivojlantirish;
axborot tizimi muhofazasini yaratish.
YUqorida keltirilgan masalalar bo‗yicha tadbirlarni nihoyasiga etkazish 2003
yilning ikkinchi yarmiga mo‗ljallangan bo‗lib, har bir masala bo‗yicha rivojlanish
yo‗llari tijorat banklari bilan birgalikda aniqlandi va chet el ekspertlarining
xulosalari olindi.
4-bosqich. 2002 yildan hozirgi kungacha
To‗lovlarni real vaqtda o‗tishini ta‘minlash va tijorat banklariga yagona
vakillik hisobvarag‗i orqali xizmat ko‗rsatish bo‗yicha texnologiya tanlanib, ushbu
bo‗yicha texnik topshiriq, ishlab chiqildi va banklararo to‗lovlarni yagona vakillik
hisobvarag‗i orqali o‗tkazish hamda banklarda axborotlashtirilgan axborot tizimini
tashkil etish bo‗yicha dastur yaratildi. Tijorat banklarining banklararo to‗lovlarni
yagona vakillik hisobvarag‗i orqali amalga oshirish tizimiga o‗tishi 2002 yilning
iyun oyidan boshlandi.
To‗lov tizimini takomillashtirish maqsadida xalqaro tender o‗tkazilib, tender
g‗olibi bilan mavjud bank telekommunikatsiya tarmog‗ini rivojlantirish loyihasi
bo‗yicha shartnoma tuzildi.
Plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblarni yo‗lga qo‗yish maqsadida
to‗lovlarni amalga oshiradigan milliy tizim yaratish konsepsiyasi tavsiyanomalar
va sxemalar ishlab chiqildi. Respublikamizda mavjud yirik banklar, xususan TIF
Milliy bank, Asaka bank, Sanoatqurilish banki, Xalq banki va Paxta banklarida
plastik kartochkalar orqali to‗lovlarni tashkil qilish yo‗lga qo‗yildi.
Tijorat banklarini banklararo to‗lovlarni yagona vakillik hisobvarag‗i orqali
amalga oshirish tizimi 2003 yil 8 sentyabrda to‗liq ishga tushirildi va barcha
banklarda markazlashtirilgan axborot tizimi tashkil etildi. Bu banklarga kundalik
to‗lovlar o‗tkazish uchun band bo‗lgan mablag‗larni bir qismini bo‗shashiga va
ularni o‗rinli aktivlarga joylashtirishga, bank o‗z filiallarini mavqeini tahlil qilib
kerakli chora ko‗rishga, bankning kunlik yagona balansi uning likvidliligini,
tavakkalchiliklarini, majburiyatlarni, o‗z kapitalini aniq ifoda etishga imkon beradi.
Shuningdek, Jahon banki krediti hisobiga tuzilgan shartnomaga asosan Bank
telekommunikatsiya tarmog‗ini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish ishlari
bajarilayapti, shuningdek, respublika moliya tuzilmalarini banklararo ma‘lumot
uzatish tarmog‗iga ulash va o‗zaro ma‘lumot almashinuvining elektron tizimini
yaratish bo‗yicha ishlar olib borildi.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentyabrda
qabul qilingan ―Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 445–sonli Qarori bilan ushbu tizimni
kengaytirish borasidagi ilk reja ko‗rsatkichlari, shuningdek to‗lovlarni plastik
kartochkalar orqali qabul qilish terminallari bilan jihozlanadigan ob‘ektlar ro‗yxati
tasdiqlandi. SHu bilan bir qatorda, mazkur qarorga muvofiq mamlakatda Yagona
umumrespublika protsessing markazi tashkil etildi. Mazkur qarorga muvofiq,
barcha tijorat banklari plastik kartochkalar tizimida ish olib borilishiga zamin
yaratildi.
Barcha tijorat banklarida (DT Xalq bankidan tashqari) yagona balans tizimini
joriy etildi. Davlat tijorat Xalq bankida yagona balans texnologiyasiga asoslangan
tizimni joriy etish ishlari bosqichma-bosqich olib borilib, 2008 yil 24 noyabrida
to‗liq ishga tushirildi. Bundan tashqari, Markaziy bankning Integrallashgan
axborot-tahliliy tizimi (IATT) 2009 yil may oyida yaratilib, unda tijorat banklari
tomonidan 58 ta talabnoma asosida Markaziy bankning ma‘lumotlar
omborxonasida ma‘lumotlarni jamlash, nazorat qilish, hisobini yuritish, qayta
ishlash, shakllantirish va saqlash jarayonlarini avtomatlashtirish ishlari amalga
oshirildi. Hozirgi kunda IATT tarkibiga O‗zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining Integrallashgan avtomatlashtirilgan bank tizimi, Kredit axboroti milliy
instituti axborot tizimi, YAgona vakillik hisobvaraqlar hisob-kitob markazi,
Elektron hujjat aylanishi tizimi, bank tizimi ma‘lumotlar bazalari kiritilgan va
ma‘lumotlar omborxonasi tashkil etilgan bo‗lib, ayni paytda mazkur tizimlarni
takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi ―O‗zbekiston
Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-1989-sonli qarori bilan respublika ―Elektron
hukumat‖ tizimining kompleks axborot tizimlari tarkibiga Markaziy bankning
―CHakana to‗lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish kliring tizimini yaratish
hamda xizmat ko‗rsatuvchilarning billing tizimi bilan integrallash‖ loyihasi ham
kiritilgan bo‗lib, mazkur Kliring tizimi amaliyotga tatbiq etildi.
Ushbu tizimni yaratishdan maqsad unga tijorat banklari filiallari, kassalari va
O‗zbekiston banklari assotsiatsiyasi qoshidagi Yagona umumrespublika
Protsessing markazini ulagan holda, jismoniy shaxslarga soliqlar va boshqa
majburiy to‗lovlarni, shuningdek kommunal xizmatlar va mobil aloqa operatorlari
uchun to‗lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish imkoniyatini yaratishdan
iborat. SHuningdek, mazkur tizim mijozlarga kunu-tun bank hisobvaraqlariga
masofadan xizmat ko‗rsatish va bank infokiosklari orqali ishlash imkoniyatini
berdi.
Kliring tizimi bilan Davlat soliq qo‗mitasi axborot tizimi, shuningdek,
―O‗zbekenergo‖ DAK hamda ―O‗ztransgaz‖ AKning billing tizimlari integratsiya
qilingan holda soliq va boshqa majburiy to‗lovlar hamda elektr energiyasi va gaz
iste‘moli to‗lovlarini real vaqt rejimida amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
Shu bilan birga, ―O‗zkart‖ banklararo chakana to‗lov tizimi faoliyatini
tartibga solish va uning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida, Markaziy
bank huzuridagi Axborotlashtirish Bosh markazida ―Banklararo universal netting
axborot tizimi‖ dasturiy majmuasi ishga tushirilishi munosabati bilan ―O‗zkart‖
tizimida Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank vazifalari O‗zbekiston
Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Banklararo hisob-kitob
markazidan O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Hisob-kitoblar
markaziga o‗tkaziladi. Bunda o‗zaro majburiyatlar bo‗yicha hisob-kitoblar tijorat
banklarining Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazida ochilgan vakillik
hisobvaraqlari orqali amalga oshirilib, tizim xarajatlarini kamayishiga olib keladi
va tijorat banklari o‗z mablag‗laridan samarali foydalanishlariga imkon beradi.
Xulosa qilib aytganda, chakana to‗lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish
Kliring tizimi PQ-1989-sonli qarori bilan belgilangan muddatlarda ishga
tushirilgan bo‗lib, hozirgi vaqtda bank tizimi tomonidan ushbu axborot tizimini
takomillashtirish va joriy qilish doirasini kengaytirish ishlari olib borilmoqda.
Erkin raqobatga asoslangan bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotning
o‗ziga xos xususiyatlaridan biri davlat mulki yagona bo‗lmagan holda
rivojlanayotgan turli mulkchilik shakllariga asoslangan tovar ishlab chiqarish va
tovar muomalasining mavjudligidir. Tovar muomalasi mavjud ekan, u o‗z
navbatida korxona va tashkilotlar o‗rtasida pulli munosabatlarni ya‘ni hisob-
kitoblarni keltirib chiqaradi. Tovar muomalasi va tovar ayirboshlash jarayoni
doimo pul harakatini taqozo etadi. Tovar oboroti pul oborotining moddiy asosi
bo‗lib hisoblanadi, lekin pul oborotining hajmi tovar oborotining hajmidan doimo
katta bo‗ladi, chunki pul oboroti o‗z ichiga tovar ayirboshlashdan tashqari boshqa
munosabatlarni ham oladi.
Dostları ilə paylaş: |