O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix04.01.2020
ölçüsü0,65 Mb.
#30049
  1   2   3   4
oquvchilarda tarixiy bilimlarni shakllantirish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari


     

 

 O’ZBEKISTON   RESPUBLIKASI XALQ   TA’LIM   

VAZIRLIGI  

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 

 

 

TARIX FAKULTETI 

“TARIX O’QITISH METODIKASI”KAFEDRASI 

 

 

 

 



Mavzu:    

O’QUVCHILARDA  TARIXIY BILIMLARNI 

SHAKLLANTIRISH JARAYONINING ASOSIY TARKIBIY 

QISMLARI. 

 (“JAHON TARIXI” DARSLARI MISOLIDA) 

 

 



                                               Bajardi: Jo’raqulova D. 

                                   Tekshirdi: Hamroyeva S 

 

 

 



Navoiy-2015 

 

 

 





Mavzu: O’QUVCHILARDA  TARIXIY BILIMLARNI 

SHAKLLANTIRISH JARAYONINING ASOSIY TARKIBIY 

QISMLARI. 

 (“JAHON TARIXI” DARSLARI MISOLIDA) 

REJA: 

I. Kirish. 

1.        6  –  7  –  sinflarda  o’qituvchining  o’quvchilarni  yangi  o’quv  materialini 

o’zlashtirishga tayyorlashi. 

2.   Yangi o’quv materialini o’rgatishning zamonaviy usullari. 

3.  Tarix  darslari  jarayonida  o’quvchilarning  xotirasini  mustahkamlash  va 

o’quvchiga yondashish bo’yicha texnologiyalar.  



 

Xulosa. 

Foydalanilgan adabiyotlar. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 





Kirish. 

Umumiy  o’rta  ta’lim  muassasalari  o’quvchilarining  tarix  darslarida 

oladigan  tarixiy  bilimlarini  shakllantirish  jarayoni  o’zaro  bog’langan  bir  necha 

tarkibiy  qismlardan  iborat  bo’lib,  hozirgi  kunda  tarix  darslari  jarayonida 

o’quvchilarning  tarixiy  bilimlarini  shakllantirishda,  ularda  tarix  faniga  bo’lgan 

qiziqishni  orttirishda  bunday  tarkibiy  qismlardan  foydalanish  ta’lim  tizimi 

oldida  turgan  dolzarb  vazifalardandir.  Shu  bois  bugungi  zamonaviy  tarix  fani 

o’qituvchisi bu jarayonlarni bevosita o’zlashtirib olishi zarur. Bitiruv malakaviy 

ishizmizning bajarilishida “Jahon tarixi” darslari misolida o’quvchilarda  tarixiy 

bilimlarni  shakllantirish  jarayonining  asosiy  tarkibiy  qismlari  va  ularni 

o’qituvchi tomonidan bajarilishi xususida izlanish olib borib, uni talqin etishga 

harakat qilamiz.  

Mavzuning  dolzarbligini  ochib  berish  maqsadida  tarkibiy  qismlarning 

asosiylari  ustida  to’xtalamiz.  Bu  tarkibiy  qismlarning  eng  asosiylari 

quyidagilardir:  

a).  O’quvchilarni  yangi  materialni  o’rganishga  tayyorlash  va  lozim 

bo’lganda undan foydalanish; 

b).  Sinfda  olgan  bilimlari  va  hosil  qilgan  malakalarini  yanada 

mustahkamlash uchun o’quvchilarning uyga berilgan vazifani bajarishlari; 

v).  Keyingi  darslarda  o’tilganlarni  so’rash  va  takrorlash  vaqtida 

o’quvchilarning bilimini to’ldirish va chiqurlashtirish; 

c).  Bilim, ko’nikma va malakalarini o’stirish. 

Tarix fanidan ta’lim – tarbiya berishning asosiy shakli dars bo’lgani uchun, 

biz dars davomidagi, shuningdek, uy vazifasini bajarish jarayonidagi ta’limning 

aniq  tarkibiy  qismlarini  bitiruv  malakaviy  ishimizda  tahlil  qilib  berishni  zarur 

deb hisoblaymiz. 

Tarix  kursi  oldiga  qo’yilgan  ta’lim  –  tarbiyaviy  vazifalarni  amalga 

oshirishning  eng  muhim  shartlaridan  biri  har  bir  sinfda  o’qitiladigan  tarix 

kursining  tutgan  o’rni,  uning  ta’lim  –  tarbiyaviy  vazifalari,  har  bir  bo’lim  va 

bo’limdagi  mavzular,  hatto  har  bir  darsda  o’tiladigan  mavzuning  ham  juz’iy 



 

 



vazifalari oldindan belgilab olingandan keyingina o’qitishga kirishish maqsadga 

muvofiq bo’ladi. 

O’rta  ta’lim  tizimida  tarix  o’qitishning  maqsad    va  vazifalarini 

muvaffaqiyatli amalga oshirish birinchi navbatda o’qituvchining har bir darsning 

ta’lim  –  tarbiyaviy  vazifalarini  oldindan  to’g’ri  va  aniq  belgilab  ola  bilishiga 

bog’liqdir.  Bu  ham,  o’z  navbatida  o’qituvchining  darsning  ta’lim  –  tarbiyaviy 

vazifalarini  to’g’ri  belgilash  metodi  va  usullari  haqidagi  nazariy  bilim  va 

malakalarning darajasiga bo’liqdir. 

Dars  –  o’quv  ishining  asosiy  tashkiliy  shakli  bo’lib,  unda  o’qituvchi  aniq 

belgilangan  dars  doirasida  o’quvchilarning  doimiy  tarkibi  bilan  qat’iy  jadval 

bo’yicha  shug’ullanadi,  jamoaviy  bilish  faoliyatiga  rahbarlik  qilib,  o’quv 

dasturiga  oz’i  belgilaydigan  didaktik  va  tarbiyaviy  vazifalarga  erishish  uchun 

xilma – xil metodlardan foydalanadi. 

Dars – o  ’quv ishining asosiy tashkiliy shakli, ammo u ta’limning boshqa 

shakllarini: ma’ruza, amaliy mashg’ulot, laboratoriya mashg’ulotlari, seminarlar, 

konsultatsiyalar,  uy  vazifalari,  qo’shimcha  mashg’ulotlarni  rivojlantirishni 

istisno etmaydi. 

Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, o’quvchilarda tarixga doir bilim va 

malakalarni  vujudga  keltirish  jarayonining  hamma  tarkibiy  qismlarini  bir 

darsning  o’zida  amalga  oshirib  bo’lmaydi.  Bu  ishda  o’quvchilarning  mustaqil 

mutolaasi, darsdan tashqari mashg’ulotlar ham katta rol o’ynaydi. 

Ma’lumki,  o’tmishni  o’rganmay  turib  kelajakni  yaratib  bo’lmaydi.  Zero, 

bugunning  qadru  –  qimmati,  mohiyati    va  salmog’i  kechagi  kun  taqozosi 

orqaligina  to’liq  idrok  etiladi.  Darhaqiqat,  tarixdan  kelajakka  xizmat  qiladigan 

amaliy  xulosalar  chiqarilmagunicha  hech  bir  jamiyat  ilgarilib  rivojlanmaydi. 

Jamiyatning  ilgarilab  rivojlanishi  uchun  esa  o’zining  mustaqil  fikriga  ega 

bo’lgan, jamiyat taraqqiyoti uchun bor bilim va salohiyatini ishga sola oladigan 

komil  shaxs  tarbiyasi  asosiy  o’rinda  turadi.  Bunday  insonlarni  tarbiyalash  o’z 

navbatida  tarix  darslarida  amalga  oshiriladi.  O’qituvchilar  tomonidan  tarix 

darslari  davomida    tarixiy  bilimlarni  shakllantirish  jarayonining  asosiy  tarkibiy 


 

 



qismlarini to’la anglab olish ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan 

biri hisoblanadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda o’quvchilar ongiga tarixiy 

bilimlarni  shakllantirish  jarayonining  asosiy  tarkibiy  qismlarini  umumiy  o’rta 

ta’lim maktablarining “Jahon tarixi” darslari mavzulari misolida ochib berishga 

harakat qilamiz. 

 

Jahon  tarixi  fani  insoniyat  taraqqiyoti  haqida  to’la  va  batafsil  tasavvur, 



bilim  hamda  tushunchalar  berib,  yoshlarning  har  tomonlama  barkamol  shaxs 

bo’lib yetishishida muhim o’rin tutadi. Zotan, komil inson tarbiyasi davlatimiz 

siyosatining asosiy sohasidir. 

 

Jahon  xalqlarining  tarixiy  tajribalaridan  foydalanish,  ya’ni  tarixda  bo’lib 



o’tgan  voqealardan,  hodisalardan,  turli  shaxslar  hayotidan,  iqtisodiy 

taraqqiyotidan,  yangi  farovon  jamiyat  qurish  yo’lida  insonlarni  fozil,  komil 

kishilar  qilib  tarbiyalashda  foydalanish  va  hozirgi  davrga  xizmat  qildirish  eng 

dolzarb vazifalarimizdan hisoblanadi. 

Tarix  fani  bugungi  kunda  har  qachongidan  ham  e’tiborga  molikdir. 

Mamlakatimiz  taqdirida  nihoyatda  muhim  bo’lgan  ushbu  davrda,  har  bir  sof 

vijdonli,  vatanparvar  shaxs,  unda  faol  ishtirok  etishi,  mavjud  muammolarning 

kalitini,  yechimini  axtarishi  lozim.  Bu  kalit  –  jahon    xalqlarining  ko’p  asrlik 

tarixidir.  Tarix  sahnasida  inson  o’zining  fazilatlari  va  nuqsonlari  bilan  hamisha 

asosiy  omil  bo’lib  kelgan.  Shu  sababdan  o’tmishni  jonli,  doimiy  rivojlanishda 

bo’lgan mujassam birlik – ya’ni insoniyat tarixini bilmay turib biz bugungi kunni 

tushunishimiz, bo’layotgan jarayonlarni anglab yetishimiz qiyin bo’ladi. 

 

Jahon  xalqlarining  o’tmish  tarixini  o’rganganimizda,  bizga  uzoq  vaqt 



singdirib kelingan g’oya, tarixni sinfiy kurashlar nuqtai nazaridan baholash yoki 

noo’rin bo’rttirib ko’rsatishlardan saqlanmog’imiz zarur. Sababi qadimgi dunyo 

va  o’rta  asrlar  davrida  siyosiy  vaziyat,  mafkura  doirasi  o’zgacha  bo’lganligi 

hammamizga  ma’lum.  Qolaversa,  davr  mahsuli:  tarixiy  shaxslar,  oddiy 

fuqarolardan  tortib  qirollargacha  hamma  –  hammalarining  o’z  g’oyalari, 

tushunchalari,  maqsad  va  intilishlari  bo’lganligi  tabiiy.  O’tmishdagi  har  bir 

jamiyat  o’zidan  avvalgisiga  nisbatan  ilg’orroq  bo’lib,  unda  yashagan  barcha 


 

 



insonlar  hamisha  yaxshilikka,  ezgu  niyatlar  sari  intilganlar.  Tarixiy  taraqqiyot 

insoniyatning  asrlar  osha  to’plangan  bilimlarini,  ongi,  maqsadlari,  talablari 

ko’payib borishi bilan uzviy bog’liqdir. Biz o’rta asrlar tarixini chuqur o’rganish 

borasida o’zimiz uchun ushbu qonuniyatlarni kashf etamiz. Ma’lumki, o’tmishni 

o’rganmay turib kelajakni yaratib bo’lmaydi. Zero, bugunning qadru – qimmati, 

mohiyati  va  salmog’i  kechagi  kun  tarozisi  orqaligina  to’liq  idrok  etiladi. 

Darhaqiqat, 

tarixdan 

kelajakka 

xizmat 

qiladigan 



amaliy 

xulosalar 

chiqarilmaguncha hech bir jamiyat ilgarilab rivojlanmaydi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 





 

1. 6 – 7 – sunflarda o’qituvchining o’quvchilarni yangi o’quv materialini 

o’zlashtirishga tayyorlashi. 

O’quvchilarni  yangi  o’quv  materialini  o’rganishga  tayyorlash  –  darsda  va 

darsdan  keyin  uyga  berilgan  topshiriqni  bajarish  vaqtida  ularning  diqqat  – 

e’tiborini  va  bilim  olishdagi  faolligini  ishga  solishdan,  o’quvchilarni 

o’rganishlari  lozim  bo’lgan  masalalarga  qiziqtirishdan,  ular  oldiga  qurblari 

yetadigan  o’quv  vazifalarini  qo’yishdan  iborat.  Yangi  materialni  o’rganishga 

o’quvchilarni uyga beriladigan topshiriq orqali ham tayyorlash mumkin. 

O’qituvchi  yangi  materialni  o’rgatishga  kirishar  ekan,  uni  ilgari  o’tilgan 

material  bilan  bog’laydi,  o’quvchilarning  yangi  ma’lumotlarga  taqqoslab 

ko’rishlari va shu yo’l bilan umumiy xulosalar chiqarishlari uchun zarur bo’lgan 

mavjud bilimlarini ishga soladi. 

Umumiy  o’rta  ta’lim  maktablarining  6  –  7  –  sinflarida  o’qitiladigan 

“Jahon tarixi” darsliklarida har bir mavzuga oid bir qancha savollar berilgan, 

bu  savollar  o’quvchilarning  yangi  material  mazmunini  yaxshiroq  o’zlashtirish 

uchun kerakli eski materilani esga tushirishlariga yordam beradi hamda ularni 

ilgari  o’rganilgan  dalillar  bilan  endi  o’rganiladigan  dalillar  o’rtasidagi 

bog’lanishlarni  bilib  olishga,  keyin  esa  ularni  bir  –  biriga  taqqoslash  va 

umumlashtirishga yo’llaydi. 

Masalan,  VI  sinf  “Jahon tarixi”  darsligida  (“Qadimgi  Xitoy madaniyati” 

mavzusidan  oldin)  berilgan  “Qadim  zamonlarda  Misrda  hamda  Ikki  daryo 

oralig’ida  qanday  ilmiy  bilimlar  vujudga  kelganligini,  ular  nima  sababdan 

vujudga  kelganligini  eslang”  degan  topshiriq  shulardan  biridir.  Bu  topshiriq 

o’quvchilar oldiga o’tilgan materialni eslashni vazifa qilib qo’yish bilan birga, 

ularni  qadimgi  zamonda  ilmiy  bilimlarning  paydo  bo’lish  sabablarini 

umumlashtirib  borishga  tayyorlaydi.  Bu  xildagi  savollar  VII  –  VIII  –  IX  –  sinf 

“Jahon tarixi” darsliklarida ham bor. 

“Reformatsiyaning  Yevropaga  yoyilishi  va  katolik  cherkovining  unga 

qarshi  kurashi”  mavzusidan  oldin  o’quvchilarga  XI  –  XIII  asrlarda  papalar 


 

 





hokimiyati qanday bo’lganini eslang, degan topshiriq berilgan. Dars boshida bu 

material  takrorlansa,  o’quvchilar  katolik  cherkovining  ta’siriga,  papalar 

hokimiyatiga va feodal tartiblarga putur yetkazgan erkin fikrlashga qarshi olib 

borilgan siyosatni yaxshiroq tushunib oladilar.  

O’quvchilarni  Angliyadagi  manufaktura  bilan  tanishtirish  oldidan  ularga 

o’rta  asr  shaharlaridagi  hunarmandchilik  haqida  bilgan  narsalarini  esga 

olishlari  taklif  qilinadi.  Bu  topshiriq  o’quvchilarning  darsda  ishlab 

chiqarishning  har  ikkala  turini  bir  –  biri  bilan  taqqoslab,  manufakturaning 

muhim belgilarini aniqlashga yordam beradi. 

O’quvchilarni  yangi  bilimlarni  faol  idrok  qilishga  tayyorlashning  yana 

boshqa  bir  samarali  vositasi  yangi  materialni  o’rgatishdan  avval  ular  oldiga 

o’quv – bilish vazifalarini qo’yishdir. Metodik adabiyotlarda bu vazifalar ba’zan 

mantiqiy topshiriqlar deb ataladi, chunki ular tarixiy material ustida mantiqiy ish 

olib  borish  yo’li  bilan  bajariladi.  O’quvchilarga  beriladigan  o’quv  –  bilish 

vazifalari  jumlasiga:  o’rganiladigan  hodisaning  sabablarini  va  ahamiyatini 

aniqlash,  tarixiy  hodisalarning  umumiy  xususiyatlari  va  farqlarini  ko’rsatish, 

hodisaning  rivojlanishidagi  asosiy  bosqichlarni  belgilash,  voqeaga  yoki  tarixiy 

shaxsga baho berish, o’quvchilarning shu voqea yoki shaxs haqida o’z fikrlarini 

bayon qilishlari va boshqalar kiradi. Bir qancha hollarda o’quv – bilish vazifasi 

o’rganiladigan  materialning  rejasini  tuzish,  materialdagi  asosiy  fikrlarni  bayon 

qilish, chiqarilgan xulosalarni asoslab berish va hokazolardan iborat bo’ladi. 

O’quvchilarning  o’quv  –  bilish  vazifalarini  bajarishlari  ularning  yangi 

materilani o’zlashtirishlari uchun zarur bo’lgan ilgarigi bilimlarini faollashtiradi, 

o’qituvchi bunday vazifalarni ilgari o’tilgan materialni bolalardan so’rab chiqish 

vaqtida  beriladigan  vazifalar  ilgari  o’rganilgan  material  bilan  mavzu  jihatdan 

bog’langan yangi materialni tahlil qilish va umumlashtirishga undaydi. Masalan, 

Fransiyada  markazlashgan  davlatning  tashkil  topishi  to’g’risidagi  materialni 

bolalardan  so’rab  chiqish  vaqtida  reja  tuzish  o’quvchilarni  ularga  ma’lum 

bo’lgan  jarayon  bilan  ular  o’rganishga  kirishayotgan  Angliyadagi  shunga 

o’xshash jarayon o’rtasidagi umumiylikni topishga yo’naltiradi. O’qituvchining 



 

 



Fransiya  tarixi  materialiga  doir  yakunlovchi  umumlashtirishi,  markazlashgan 

davlatning  tashkil  topish  sabablarini  va  bu  jarayonning  qanday  borganini 

ta’kidlab  o’tishi  ham  o’quvchilarni  yangi  mavzuni  o’rganishga  tayyorlash 

ko’rinishi  hisoblanadi.  Shu  jarayonda  mavzuni  “O’zbekiston  tarixi”  bilan 

bog’lab,  A.Temurning  markazlashgan  davlat  tuzish  siyosatini  o’quvchilarga 

aytib o’tish lozim.  

O’zbekiston  Respublikasida  ta’lim  tizimining  isloh  qilinishi  natijasida 

ilg’or  o’qituvchilar  o’z  faoliyatlarida  turli  usullarni  qo’llab,  o’quvchilarning 

bilish  faoliyatini  faollashtirish  va  ularning  mustaqil  fikrlash  qobiliyatlarini 

kuchaytirish maqsadida dars jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratish usulini 

tez  –  tez  qo’llab  turadilar.  Muammoli  vaziyat  yaratish  usullaridan  biri  –  dars 

mavzusini muammoli qilib qo’yishdir. 

Yangi  material  o’rganilishi  oldidan  o’qituvchi  o’rganiladigan  voqea  va 

hodisalarning  sabablari  va  oqibatlarini  mustaqil  suratda  aniqlash,  ularning 

mohiyatini  ochib  berish,  ular  o’rtasidagi  haqiqiy  va  faraz  qilingan  ziddiyatni 

izohlab berish kerak, degan muammoni o’rtaga qo’yadi, o’quvchilar navbatdagi 

ish davomida bu muammoni hal qilib boradilar. 

O’quvchilar  oldiga  muammolar  qo’yish  o’qituvchidan  dalillarni 

o’quvchilarda  mustaqil  ravishda  izlanish  va  fikr  yuritishga  qiziqish 

tug’diradigan qilib tanlash va guruhlarga bo’lishni talab etadi. 

Yangi  materilani  o’rganish  oldidan  darsda  muammoli  vaziyat  yaratishga 

bir misol keltirib o’tamiz. O’qituvchi VII sinfda “Niderlandiya burjua inqilobi” 

mavzusini  boshlar  ekan,  o’quvchilar  oldiga  aholisi  juda  kam,  (o’sha  davrda 

400 000  kishiga  yetar  -  yetmas)  kichkinagina  bir  mamlakat  bo’lgan  va  buning 

ustiga  Ispaniyaga  qaram  holda  yashagan  Niderlandiyaning  XVI  asrda 

Yevropadagi  eng  boy  va  ilg’or  mamlakatlardan  biriga  aylanganligi  va  siyosiy 

mustaqil  davlat  bo’lgan  Angliyani  o’zining  iqtisodiy  va  ijtimoiy  taraqqiyoti 

jihatidan  orqada  qoldirib  ketganligi  sabablarini  o’ylab  ko’ring.  Nima  uchun  

Niderlandiyada  inqilob  bo’ldi?  –  degan  muammoni  qo’yadi  va  ularning 

e’tiborini bu masaladagi ravshan ko’rinib turgan ziddiyatga qaratadi. 


 

 

10 



10 

O’qituvchi  bu  muammoni  ilgari  o’zlariga  ma’lum  bo’lgan,  darsda 

o’qituvchi  aytib  beradigan  hamda  darslik  matnini  o’qish  va  xaritani  ko’rish 

vaqtida bilib olinadigan dalillarni tahlil qilish yo’li bilan hal etishlari kerak. 

O’quvchilarning feodal Ispaniya zulmi ostidagi Niderlandiyada kapitalistik 

munosabatlarning  tez  rivojlanish  sabalarini  bilishga  qiziqishlari  ularni 

Angliyada  kapitalizmning  qanday  rivojlanganligi  to’g’risida  olgan  bilimlarini 

eslashga  undaydi.  O’quvchilar  o’sha  bilimlarini  ishga  soladilar  hamda  ikkala 

mamlakatning  xo’jalik  va  ijtimoiy  –  iqtisodiy  taraqqiyotini  bir  –  biriga 

taqqoslaydilar,  natijada  bu  ish  ularni  zarur  xulosaga  yaqinlashtiradi, ularning 

xulosalari  dalil  –  isbotlarga  ko’proq  asoslangan,  ongli  ravishda  chiqarilgan 

xulosa tusini oladi, yangi bilimlari esa chuqur va puxta bo’ladi. 

Darsning  kirish  qismi  sifatida  biron  yorqin  hujjatdan,  ba’zan  esa 

o’rganiladigan muammoning mohiyatini aks ettiruvchi va o’quvchilar fikrini 

mazkur  muammoni  mustaqil  ravishda  ifodalab  va  hal  qilib  berishga 

yo’naltiruvchi,  bir  –  biriga  qarama  –  qarshi  mazmundagi  ikkita  hujjatli 

ma’lumotdan  foydalanish  yo’li  bilan  ham  muammoli  vaziyat  yaratish 

mumkin

1

  Yuqorida  zikr  etilganidek,  tarix  darslarini  boy  va  samarali  tashkil 

etishning yana bir yo’li muammoli vaziyatlar vujudga keltira olish va aynan shu 

jarayonda  didaktik  o’yinlardan  foydalanishdan  iborat.  Tarix  darslatrida  

o’qituvchi har bir mavzuga oid ko’rgazma,  xarita va turli o’yinlar usullaridan 

foydalanishi mumkin ekan, avvalo har bir darsda mavzuning xarakteridan kelib 

chiqib,  xalqimizning  boy  pedagogik  tajribasiga  murojaat  qiladi,  undan 

foydalanish imkinoyatini izlaydi. 

Biz  shu  o’rinda  dars  samaradorligini  oshirish  qanday  maqsadlarni 

ko’zlashini ham aytib o’tilishi lozim deb o’ylaymiz. 

1. O’tilayotgan mavzudan ko’zlangan maqsadni uqtirish bilan birga, o’quvchilar 

tanlangan materialni faol idrok qilishga safarbar etilgan bo’lishlari kerak. Y’ani 

o’qituvchi  bayon  qilayotgan  materiallar  muammoli  savollar  orqali  yetkazilishi 

                                                 

1

 T. Toshpo’latov, Ya. G’afforov. Tarix o’qitish metodikasi. T. “Universitet”. 2002. 45 – bet. 



 

 

11 



11 

o’quvchilarni  mustaqil  fikr  yuritishga,  mavzuni  ongli  o’zlashtirishga 

intilishlarini ta’minlamog’i lozim. 

2.  Ajratilgan vaqt ichida o’qituvchi materialni tizimli, izchil bayon qilish bilan 

bir vaqtda, o’quvchilarni ham albatta, mavzuga oid mustaqil ish olib borishlarini 

ta’minlashi juda muhimdir.  

O’qituvchi dars materiali yuzasidan shunday muammoli savollar bersinki, 

mavzuni  bayon  etish  jarayonida  o’quvchi  fikrlasin,  izlansin,  tarixiy  voqeani 

tahlil  eta  olsin.  Buning  orqasidan  esa  mavzu  puxta  o’zlashtirilishiga  erishish 

mumkin bo’ladi. O’qituvchi yana bir muhim narsani umutmasligi kerakki, ya’ni 

sinf  jamoasi  va  har  bir  o’quvchining  o’ziga  xos  xususiyatlari  hisobga  olingan 

bo’lishi zarur hisoblanadi. 

3.  

Endilikda  darsda  uzoqdan  –  uzoq  vaqt  sarflab  o’quvchilarning  bilimini 



aniqlash  va  baholash,  bilimlarni  bayon  etish  va  mustahkamlashda  o’quvchilar 

ishtirokini  cheklab  qo’yish  hollari  barham  berilmoqd,  bilimlarni bayon  etishda 

o’quvchilar  faolligi  va  tajriba  ishlari  ishga  solinmog’i  lozim.  Bu  esa  o’z 

navbatida  o’quvchi  avvaldan  olgan  bilimlarini  esga  tushiradi,  yangi  bilimlarni 

mustahkamlaydi, muammoli ta’lim tizimini chuqurlashtiradi. 

4.  


Tarix  darslarida  muammoli  vaziyatlarni  vujudga  keltirish  o’quvchini 

mantiqiy  fikr  yuritishida  qunt  va  irodani  tarbiyalash,  nutq  madaniyatini 

rivojlantirish, tegishli ko’nikma va malakalarni amalda tahlil eta olish imkonini 

beradi.  

5.  Tarix darslari jarayonida o’quv materialining boshqa fanlar bilan aloqadorligi 

hisobga olinadi va mavzular bir – birini to’ldirib, mustahkamlab boradi. 

      Biz  yuqorida  sanab  o’tgan  jihatlar  tarix  darslarida  muammoli  ta’limni  joriy 

etishning  zarurligini  ko’rsatadi,  muammoli  vaziyatlar  esa  dars  samaradorligini 

oshirishning muhim vositasi bo’lib qolaveradi. 

Rejamizdan kelib chiqib, pedagogik malakaviy amaliyot tajribalarimiz  shuni 

isbotladiki,  dars  samaradorligini  oshirishning  muhim  yo’llari  ko’p,  ammo 

didaktik o’yinli darslar tashkil etish va bunday darslarda muammoli vaziyatlarni 

vujudga keltirish katta mas’uliyat va ahamiyat kasb etadi. 


 

 

12 



12 

Muammoli  vaziyatlar  yaratilgan  darslarda  didaktik  o’yinlar  ham  alohida 

ahamiyat  kasb  etadi.  Tarix  darslari  jarayonlarida  didaktik  o’yinlar  qanday 

ahamiyat  kasb  etishi  xususida  qisman  to’xtalib  o’tsak.  Avvalo,  o’qituvchi 

didaktik  o’yinli  darslar  dasturida  quyidagi  didaktik  talablarga  amal  qilmog’i 

lozim.  


1.  Didaktik  o’yinli  darslar  dasturda  qayd  etilgan  ta’limiy  –  tarbiyaviy, 

rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo’lishi lozim.  

2.  Muhim  muammolarga  bag’ishlanishi  va  o’yin  davomida  hal  qilinishi 

lozim. 


 3.  Barkamol inson shaxsini tarbiyalash tamoyillariga sharqona odob – axloq 

normaraiga mos kelishi kerak. 

4.  O’yin strukturasi mantiqiy ketma – ketlikda bo’lishi lozim. 

5.  Mazkur  darslarda  didaktik  tamoyillarga  amal  qilinishi  va  eng  kam  vaqt 

sarflangan  holda  ulkan  samaraga  erishmoq  lozim.  Quyida  biz  didaktik  o’yinli 

darslarning tavsifiga qisqacha to’xtalamiz. 

 O’rta  maktab  o’quvchilarida  ijodiy  fikrlash,  mustaqil  bilim  egallash 

ko’nikmalarini  rivojlantirish  va  o’zlarida  bor  bo’lgan  bilim,  ko’nikma, 

malakalarni  yangi  vaziyatlarga  qo’llash  orqali  yangi  bilimlarni  o’zlashtirishda 

syujetli  –  rolli  o’yinlar  muhim  ahamayat  kasb  etadi.  Ba’zan  syujetli  –  rolli 

o’yinlar  matbuot  konferensiyasi  bilan  almashtirilib  yuboriladi.  Har  ikkala 

o’yindan ham ta’lim jarayonida ko’zlangan maqsad bitta bo’lsada, ular o’rtasida 

farq mavjud. 

Bu  holni  didaktikada  didaktik  o’yinlarga  yetarlicha  tavsif  berilmaganligi 

bilan  izohlash  mumkin.  Syujetli  –  rolli  o’yinli  darslarda  tabiat  va  jamiyatdagi 

muammolar uyg’unlashtiriladi. Tarix darslarida “Tadbirkor xodim”, “Noma’lum 

shaharga  sayohat”,  “Aqliy  hujum”,  “Tayanch  signallar”  va  boshqa  o’yinli 

usullardan foydalanish mumkin. Shu o’rinda didaktik o’yinli darslardan “Aqliy 

hujum” dars usuliga to’xtalsak. 

Aqliy  hujum  biror  muammoni  yechishda  guruh  qatnashchilari  tomonidan 

bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to’plab, ular orqali ma’lum bir yechimga  


 

 

13 



13 

kelinadigan eng samarali usuldir. U to’g’ri va ijobiy qo’llanganda shaxsni erkin, 

ijodiy  va  nostandart  fikrlashga  o’rgatadi.  Bu  usul  orqali  shaxs  psixologiyasini 

rivojlantirish mumkin. 



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin