Ayrim vaqtlarda VI – VII sinf o’quvchilariga dastlab sinfda muhokama
qilinmagan biror masalani darslikdan o’qib va undagi tegishli rasm va xaritadan
foydalanib mustaqil ravishda o’rganish vazifasi beriladi. Bunday topshiriqlar
o’quvchilarda darslikdan mustaqil foydalanish malakalari va ko’nikmalarini
rivojlantirish, ularning fikrlash qobiliyatini o’stirish uchun zarurdir. Biroq
mustaqil o’rganish uchun beriladigan materialning hajmi katta bo’lmasligi va
mazmuni o’qituvchining izohlarisiz tushunarli bo’lishi kerak.
Ba’zan uy topshiriqlarini ayrim o’quvchilarning bilim, malaka,
ko’nikmalariga qarab differensiyalshtirib berish juda muhimdir. Masalan,
o’qituvchi o’rganilayotgan voqealar sodir bo’lgan joyni tarix xaritasidan
35
35
topishga qiynalayotgan o’quvchilarga kontur xaritada bajariladigan maxsus
topshiriqlar berishi, reja, sxema, va diagrammalar tuzishga qiynaladigan yoki,
aksincha, bunday ishga ko’proq qiziqadigan o’quvchiga esa reja, sxema, va
diagrammalar tuzish yuzasidan qo’shimcha mashqlar berishi mumkin. Tarixga
juda ham qiziqadigan o’quvchilarga sinfda ishlatish uchun ko’rsatmali o’quv
quroli (maket, sxema, jadval) yasash, o’qish kitobi, Bolalar ensiklopediyasi,
badiiy – tarixiy asarlardan foydalangan holda, o’zlarini qiziqtitgan ayrim masala
haqida qisqaroq og’zaki axborot tayyorlash kabi kichikroq topshiriqlar berish
mumkin.
O’qituvchining uyga berilgan topshiriqlar qanday bajarilganini har kuni
tekshirib borishi – o’quvchilarning uyda muvaffaqiyat bilan muntazam dars
tayyorlashlarining zarur shartidir.
36
36
X U L O S A .
O’quv jarayonining yuqorida ko’rib o’tilgan hamma tarkibiy qismlari bir
– biri bilan chambarchas bog’liqdir. Yangi materialni o’rganishga
tayyorlanishda ilgari o’tilgan material takrorlanadi va xotirada yanada
mustahkamlanadi, shu bilan bir vaqtda o’quvchilarning bilimi ham taekshiriladi
va umumlashtiriladi. O’quvchilar orttirgan bilim va malakalarini o’quv
jarayonining hamma qismlarida albatta ishga soladilar.
O’quv jarayonining asosiy elementlari dars oldiga qo’yilgan maqsadga
qarab turli xilda birga qo’shilishi darsning tuzilishi va tipini belgilaydi.
Maktabda “Jahon tarixi” va “O’zbekiston tarixi” ni o’qitish milliy ong va
tafakkurni o’stirishda, ma’naviy barkamol shaxsni, haqiqiy vatanparvar insonni
tarbiyalab voyaga yetishtirishda katta ahamiyatga egadir. Jahonda qadim
zamonlardan buyon bir necha o’nlab millat va elatlar yonma – yon yashab
mehnat qilib kelgan. XX asr intihosida dunyoning qariyb uchdan ikki qismida
misli ko’rilmagan hodisalar sodir bo’ldi.
Prezident I. Karimov “Buyuk kelajagimizning huquqqiy kafolati”
risolasida “o’zbek millati azaldan o’z fikrlari, o’z istiqloli uchun kurashib
yashagan. Bunga moziy guvoh. Millatimiz tarixi haqidagi haqiqat, yurtimizning
fidoiy, o’z yo’lidan, maslagidan, so’zidan qaytmaydigan farzandlariga ochilishi
lozim. Bilishimiz shart bo’lgan tarix sahifalarini qunt bilan varaqlash hammamiz
uchun ham qarz, ham farz”
10
deganda ana shu holatni nazarda tutadi.
Xalqimizning hamda jahon xalqlarining uzoq tarixi o’tmishida ozodlik, istiqlol
uchun tinimsiz kurash olib borilganidan guvohlik beradi. “Jahon tarixi” ni
o’rganish o’quvchilarga jahon xalqlari tarixiy taraqqiyotining hamma
bosqichlarida millatlararo munosabatlar madaniyatining yuksak darajasi va
insonparvarligi doimo ular turmush darajasi hamda jamiyat ma’naviy sofligining
eng muhim ko’rsatgichi bo’lib kelganligini chuqur anglab olishlarida yordam
beradi va ularni bu an’analarga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalaydi. Bundan
10
I. Karimov. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”. T. “O’zbekiston”. 1998 yil. 18 – bet.
37
37
tashqari o’quvchilar nafaqat jahon xalqlari, balki o’zbek xalqining
mehnatsevarligi, erksevarligi va odamiyligi, ma’rifatparvarligi, ota – onaga
mehribonligi, oilaga sadoqati, bolajonligi, Vatanga, el – yurtga , tabiatga mehr –
muhabbati kabi olijanob xislatlari bilan ham tanishadilar. O’zbekiston
hududdining boy tabiiy shart – sharoiti, xalqning mehnatsevarligi, o’z yurtiga
mehr – muhabbat,i sadoqati bilan uyg’unlashib, tarixiy taraqqiyotni
tezlashtirgan, xalq faollarining aql – zakovati, ilm – fan va madaniyat
rivojlanishiga sabab bo’lgan.
Osiyo bilan Yevropa o’rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning
Movarounnahr orqali olib borilgani ham yurtimiz tarixiy, madaniy taraqqiyotiga,
xalqimiz iqtisodiy, ma’naviy rivojlanishida muhim ahamiayt kasb etgan,
xalqimizning, ayniqsa insonparvarlik, ma’rifatparvarlik kabi oliyjanob
an’analari mazmunana boyishiga sabab bo’lgan va o’z navbatida bu an’analar
umuminsoniy qadriyatlarga muhim hissa bo’lib qo’shilgan. “Jahon tarixi”
hamda “O’zbekiston tarixi” darslarida ana shu aniq ma’lumotlarni jalb qilish
ta’lim – tarbiya jarayonini insonparvarlasjtirish, o’quvchilarda yuksak ma’naviy
fazilatlarni tarbiyalash vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilish imkonini beradi.
O’quvcilar e’tiborini o’tmish ota – bobolarimizning ulkan madaniy va ma’naviy
merosiga jalb etish, jahon ilmiy tafakkuri va madaniyati taraqqiyotiga katta va
o’lmas hissa qo’shgan Beruniy, Farg’oniy, Ibn Sino, Ulug’bek, Navoiy kabi
madaniyatimizning benazir allomalari nomlarini hurmat bilan tilga olish, ular
bilan faxrlanishga, milliy iftixor tarbiyasini amalga oshirishga yordam beradi.
Jahon xalqlarining o’tmish tarixini o’rganganimizda, bizga uzoq vaqt
singdirib kelingan g’oya, tarixni sinfiy kurashlar nuqtai nazaridan baholash yoki
noo’rin bo’rttirib ko’rsatishlardan saqlanmog’imiz zarur. Sababi qadimgi dunyo
va o’rta asrlar davrida siyosiy vaziyat, mafkura doirasi o’zgacha bo’lganligi
hammamizga ma’lum. Qolaversa, davr mahsuli: tarixiy shaxslar, oddiy
fuqarolardan tortib qirollargacha hamma – hammalarining o’z g’oyalari,
tushunchalari, maqsad va intilishlari bo’lganligi tabiiy. O’tmishdagi har bir
jamiyat o’zidan avvalgisiga nisbatan ilg’orroq bo’lib, unda yashagan barcha
38
38
insonlar hamisha yaxshilikka, ezgu niyatlar sari intilganlar. Tarixiy taraqqiyot
insoniyatning asrlar osha to’plangan bilimlarini, ongi, maqsadlari, talablari
ko’payib borishi bilan uzviy bog’liqdir. Biz o’rta asrlar tarixini chuqur o’rganish
borasida o’zimiz uchun ushbu qonuniyatlarni kashf etamiz.
Ma’lumki, o’tmishni o’rganmay turib kelajakni yaratib bo’lmaydi. Zero,
bugunning qadru – qimmati, mohiyati va salmog’i kechagi kun tarozisi orqaligina
to’liq idrok etiladi. Darhaqiqat, tarixdan kelajakka xizmat qiladigan amaliy
xulosalar chiqarilmaguncha hech bir jamiyat ilgarilab rivojlanmaydi.
Fanda jahon tarixi insoniyat taraqqiyoti haqida to’la va batafsil tasavvur,
bilim hamda tishunchalar berib yoshlarning har tomonlama barkamol shaxs
bo’lib yetishishida muhim o’rin tutadi. Zotan, komil inson tarbiyasi davlatimiz
siyosatining ustivor sohasidir. Jahon xalqlarining tarixiy tajribalaridan
foydalanish, ya’ni tarixda bo’lib o’tgan voqealardan, hodisalardan, turli shaxslar
hayotidan, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidan, yangi va farovon jamiyat qurish
yo’lida insonlarni fozil, komil kishilar qilib tarbiyalashda foydalanish va hozirgi
davrga xizmat qildirish eng dolzarb vazifalarimizdan hisoblanadi.
Biz insoniyatning o’tmish tarixini o’rganganimizda uni sobiq sovetlar
davrida hukmron bo’lgan g’oya, ya’ni tarixni sinfiy kurashlar nuqtai nazaridan
talqin etishlardan yoki noo’rin bo’rttirib ko’rsatishlardan saqlanishimiz zarur.
Chunki, “Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati orqali bilamiz,
tarixning tag – tomirigacha nazar tashlaymiz”
11
. Binobarin, haqqoniy tarix
dillarga hayot qonini quyuvchi, tillarga so’z baxsh etuvchi, kunpayakun
saltanatlarni qayta yaratuvchi, o’tib ketgan asrlar silsilasini butun hayajonlari,
egalari bilan ko’z o’ngimizda namoyon etib, hayotimiz sarhadlarini
kengaytiruvchi mo’jizadir. Uning ma’naviy qudrati ila biz barcha kechmish
zamonlarning odamlariga hamdamu hamnafas bo’lamiz, ular bilan goh suyib,
goh kuyib, dilimizni rag’batlantiruvchi, hislarimizga ozuqa beruvchi turli
voqealar, ajabtovur fe’l – atvorlar dunyosiga oshno bo’lamiz.
11
I. Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. “Sharq” , 1998 yil, 4 – bet.
39
39
Tarixni insoniyat taraqqiyotining dardu quvonchlari, g’alabalaru
mag’lubiyatlari, yaratuvchilik qudratiyu barbod etuvchi qora kuchlari, jasorat va
xiyonat, oq va qoraning shiddatli to’qnashuvlari haqida hikoyalar bitilgan
kundalik daftar deyish mumkin.
“Shubhasiz, Harqanday sivilizatsiya ko’pdan – ko’p xalqlar, millatlar,
elatlar faoliyatining va samarali ta’sirining mahsulidir. Bir so’z bilan
aytganda, ko’chmanchilar, bosqinchilar kelib ketaveradi, lekin xalq boqiy
bo’lib qolaveradi, uning madaniyati abadiy yashaydi
12
”. Umuman, to’g’ri
anglab yetilgan, chuqur idrok etilgan tarix ulkan ma’naviy kuchga aylanib, buyuk
kelajakni yaratish omili bo’ladi.
Ma’lumki, G’arb adabiyotlarida Yevropa mamlakatlarida XI – XV asrlarda
keskin madaniy yuksalish bo’lganligi uqtiriladi. Biroq ko’pchilik mualliflar
Sharqda shunday jarayon bo’lganligidan ko’z yumadilar. Holbuki, IX – XII
asrlarda Markaziy Osiyoda Yevropadan bir necha asr ilgari madaniy yuksalish
yuz berganligini hech kim inkor eta olmaydi. “U Yevropadagidek yangi siyosiy
– iqtisodiy jarayon, ya’ni burjua munosabatlarining vujudga kelishi bilan
bog’liq bo’lmagan bo’lsa – da, madaniyat tarixida so’nmas iz qoldirdi va
Yevropa Renessansining vujudga kelishiga katta ta’sir ko’rsatdi”
13
.
Shu narsani yana alohida ta’kidlab o’tishimiz joizki, bugungu ta’lim
sohasida bir qancha o’zgarishlar olib borilayotgan davrda “Jahon tarixi” ni
oqitish va o’rganishning alohida vazifalari Davlat ta’lim standartlarida ko’rsatib
berilgan. “Jahon tarixi” fani Davlat ta’lim standartlariga muvofiq insoniyat
taraqqiyoti haqida to’la tasavvur berishi lozim;
“Jahon tarixi” fanini o’qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiya
usullaridan foydalangan holda o’quvchilarda ijodiy fikrlashni kuchaytirib,
voqealarni ma’lum sinf va partiyalar manfaatlari nuqtai nazaridan emas, balki
umuminsoniy manfaatlarga mos holda xolisona holda ilmiy ravishda yoritib
berilishi lozim.
12
I. Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. “sharq”, 1998 yil, 21 – bet.
13
Ma’naviyat yulduzlari. A. Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti. 2001. 11 – bet.
40
40
“Tarixda shaxslarning roli” degan tushunchaga yangicha yondashish
hamda tarixda shaxslarning buyuk rol o’ynashi mumkinligi va o’ynayotganligi
tarixiy va ilmiy jihatdan asoslanishi kerak.
“Jahon tarixi” fanini o’qitishda uning davrlarini O’zbekistonning davrlari
bilan birga taqqoslagan holda bog’lab yoritish hamda Jahon tarixida O’zbekiston
tarixining tutgan or’ni aniq va ravshan ifoda etilishiga erishmoq zarur. Tarixiy
voqealarni bosqichma – bosqich, ya’ni izchillikka rioya qilgan holda ochish,
xususan, davr va zamon ruhini berish hamda mustaqil O’zbekistonning
istiqboldagi taraqqiyotini ko’zda tutgan holda bayon etilishiga erishmoq kerak.
“Jahon tarixi” fanini insonparvarlashtirish masalasiga jiddiy e’tibor berish, ya’ni
tarix faqat qarama – qarshi sinflar kurashidangina iborat deb insoniyatni ikkiga
bo’lib, bir – biriga qarshi qo’ymasdan, balki ularni umuminsoniy qadriyatlar
asosida o’zaro totuvlikka, bir – birlariga yordam berishga, tinch va osoyishta
yashash taraqqiyotning garovi ekanligiga ishontirish zarur.
Xullas, “Jahon tarixi” fani orqali xalqlarning tarixiy taraqqiyot
rivojlanishini o’rganish yoshlarni milliy tiklanish mafkurasi ruhida,
baynalmilalchi, vatanparvar, mehnatsevar qilib tarbiyalashga xizmat qilishi
lozim. “Jahon tarixi”ni o’qitish va o’rganishning metodologik asosini
umumbashariy va milliy qadriyatlar ustivorligi, tarixiylik, xolisonalik,
insonparvarlik va hozirgi davrning eng ilg’or ilmiy – nazariy xulosalari tashkil
etadi. “Jahon tarixi” fani materiallari kishilarda yuksak axloqiy fazilatlar:
o’zligini anglash, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, halollik, poklik, insof, diyonat,
iymon, intizomlilik, o’z qadrini bilish, go’zallikni sevish kabi xislatlarni kamol
toptirish vositasidir.
Bitiruv
malakaviy
ishimizni
yozib
tugatish
arafasida
yuqoridagilardan xulosa chiqargan holda, hozirda yoshlarda mustaqillik
ma’naviyatini tarbiyalash barcha tarixiy – madaniy boyliklarning asosiy
tomonlarini o’rganish, milliy madaniyatimiz rivoji, davrlari, taraqqiyot
qonuniyatlari, ma’naviy boyliklarni yaratgan yirik siymolar, donishmand
adiblarning merosini o’zlashtirish, boshqa rivojlangan mamlakatlar madaniyati
41
41
yutuqlarini o’rganish, ularga hurmat – izzatda bo’lishni, bu masalalar bo’yicha
keng ta’lim, o’quv – o’qituv ishlarini olib borish talab etadi. Bu mustaqillik
sharoitida yosh avlodni milliy – madaniy boyliklarini yaxshi bilgan, milliy
g’urur, vatanparvarlik hissi bilan yo’g’rilgan, dunyo madaniy rivojlanish
darajasidan xabardor bo’lib yetishuvida yetakchi omil bo’lib xizmat qiladi,
degan xulosaga kelindi. Bunda o’quv jarayonining barcha tarkibiy qismlaridan
unumli va samarali foydalanish bugungi zamonaviy tarix fani o’qituvchisining
oldiga qo’yilgan asosiy talablardan biri hisoblanadi.
Zero bugungi yosh avlodni tarbiyalash o’qituvchi oldidagi muhim vazifa
ekan, ularni kelajakda o’z yurtining sodiq farzandi bo’lib yetishishi uchun,
Prezidentimizning “... farzandlarimiz bizlarga nisbatan kuchli bo’lsin,
bizlarga nisbatan dono bo’lsin, bilimli bo’lsin va albatta bizlarga nisbatan
baxtli bo’lsin!”
14
, degan iboralariga amal qilgan holda faoliyat ko’rsatish
zamonaviy o’qituvchining eng asosiy vazifasi hisoblanadi.
14
Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi.Toshkent. “O’zbvekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti.
2000. 237 – bet.
42
42
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. O’zbekiston Respublikasining «Ta`lim to’g`risida» gi qonuni. Barkamol
avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., «Sharq», 1998 yil.
2. Karimov I.A. «Ma`naviy yuksalish yo’lida» T., «O’zbekiston». 1998 yil.
3. 97 – bet.
4. Karimov I.A. «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» T., «O’zbekiston»
1999 yil. 315 – bet.
5. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., «Sharq». 1998 yil. 28 –
bet.
6. Karimov I.A. “Barkamol avlod orzusi”. “O’zbekiston Milliy
Ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. T. 2000 yil. 245 bet.
7. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga
xizmat etsin. «Tafakkur», 1998 yil, 2- son.
8. Azizxojayeva N.N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. T.,
2004. 214 bet.
9. Bespalko V.P. Pedagogika i progressivnie texnologii obucheniya . M.,
«Pedagogika», 1995. 233 bet.
10. Bespalko B.P. Slagaemie pedagogicheskoy texnologii.M., 1989 g. 189
bet.
11. Klarin M.V. Pedagogicheskaya texnologiya v uchebnom prosesse. M.,
1989 g. 234.
12. Lewy Itross, Bathory Z. The Toxonomy of Educational obyektiv in
Continental. Evrop, Univ. of Chikago.1994.P.146-163/
13. Nazarova T.S. Pedagogicheskaya texnologiya: noviuy etap evolyutsii.
T.,
1999, st.
14. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Ma`ruzalar matni. Qarshi,
«Nasaf», 2000 yil.
15. Podlasiy I.P. Pedagogika. Noviy kurs. Kniga 1. M., «Vlados», 2000 g.
16. Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. T., «Moliya», 2003y.
43
43
17. SOROS xalqaro ochiq jamiyatining «Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish
asoslari» fanlararo dasturi. T. 2004.
18. Farberman B.L, Musina R.G, Jumaboyeva F.A. Oliy o’quv yurtlarida
o’qitishning zamonaviy usullari. T., 2002 yil. 89 bet.
19. Farberman B.L. Progressinie pedagogicheskie texnologii.-T.,1999. 165
bet.
20. B. Farberman Ilgor pedagogik texnologiyalar FAN T., 2000. 179 bet.
21. Ziyomuxammedov B.G. Abdullayeva SH. Ilg’or pedagogik texnologiya.
T., Abu Ali ibn Sino, 2001. 122 bet.
22. Aganov I.G. K voprosu o formirovaniye kriticheskogo obrazovaniye.
2001.№2.
23. Farberman B.L, Musina R.G, Jumaboyeva F.A. Oliy o’quv yurtlarida
o’qitishning zamonaviy usullari. O’quv-uslubiy qo’llanma. T., 2002. 124
bet.
24. Podlasuy I.P. Pedagogika M.,Vlados, 2002.
25. Xaydarov B, Nuriddinov B, Rasulov A. va boshqalar. Ta’lim
samaradorligini oshirish yo’llari. Treninglar uchun qo’llanma. T.,
UMKXTRI, 2002. 167 bet.
26. Nishonov A, Xaydarov B, Nuriddinov B. va boshqalar. Baholash
metodlari. O’quv metodik qo’llanma. T., 2003. 190 bet.
27. Sh. Mo’ydinova. Q. Kenjayeva. Dars va texnologiya. “Xalq ta’limi”
jurnali. 2012 y. 5 – son.
28. Yo’ldoshyev
J.
Yangi
pedagogik
texnologiya:
yo`nalishlari,
muammolari, yechimlari. // «Xalq ta`limi», 1999 yil, 4-son, 4-11 betlar.
Dostları ilə paylaş: |