3. Tarix darslari jarayonida o’quvchilarning xotirasini
mustahkamlash va o’quvchiga yondashish bo’yicha
texnologiyalar.
Darsda yangi o’quv materialini chuqurroq o’zlashtishning muhim sharti va
vositasi – o’rganiladigan faktlar va umumiy xulosalarni muntazam ravishda
xotirada mustahkamlasb borishdir. O’quvchilarning har qaysi darsda
o’rganiladigan materialni o’sha darsning o’zida ikkinchi marta idrok qilib va
tushunib olishlari materialni xotirada mustahkamlash deb ataladi. Tarix
darslarida yangi materialni xotirada mustahkamlashning asosiy maqsadi –
o’rganiladigan dalillarni, sanalarni, tarixiy arboblarning ismini, geografik
nomlarni, tarixiy tushunchalarni o’quvchilarning puxta va ongli ravishda bilib
olishlariga yordam berish, shularni o’zlashtirishda kamchiliklar bo’lishiga yo’l
qo’ymaslik, yangi o’rganiladigan materialni ilgari o’zlashtirilgan material bilan
yaxshiroq bog’lash, darsda o’rganiladigan materialni o’quvchilar qay darajada
o’zlashtirayotganini tekshirish va shu bilan ularning darsda diqqat – e’tiborlarini
kuchaytirishga yordam berishdir.
Psixologiya fanida ta’kidlanishicha, o’rganiladigan dalil va hodisalar shu
darsning o’zida o’quvchilarga yana bir marta eslatilmasa, ayniqsa tez unutiladi.
Binobarin, yangi materialni o’rganish jarayonidayoq bilimlarning o’quvchi
xotirasida yaxshi saqlanib qolishiga yordam beradigan sharoitlar yaratish, yangi
bilimlarni eski bilimlar bilan, ma’lum bo’lmagan narsalarni ma’lum bo’lgan
narsalar bilan bir – biriga bog’lab, o’quvchilar xotirasida endigina paydo
bo’layotgan va hozircha hali zaif holda bo’lgan bu bog’lanishlarni
mustahkamlash, keyin esa qo’shimcha usullar yordamida ularni o’quvchilarning
yanada chuqurroq esda olib qolishlarini ta’minlash uchun o’quvchilardagi
mavjud bilimlarni ishga solish zarur.
Xotirada mustahkamlash ishga yangi materialni o’rganish bilan
chambarchas bog’langan bo’lib, yangi materialni o’rganish jarayonida,
24
24
shuningdek, dars oxirida tashkiliy suratda o’tkaziladi. VI – VII sinflarda esa bu
ishni, odatda, dars davomida ham, dars oxirida ham olib borish kerak.
Tarixiy materialni xotirada mustahkamlash usullari quyidagicha:
Masalan, VI – VII sinflarda hozirgina o’rganilgan materialning mazmuni
yuzasidan dars oxirida suhbat olib borish usuli keng tarqalgan. Lekin bu
suhbatda mazkur yangi materialning hammasini gapirib o’tish noto’g’ri bo’ladi.
Eng murakkab va muhim masalalarni tanlab olib, o’shalar haqida so’z yuritish
zarur.
Xotirada
mustahkamlanadigan
masalalar,
avvalo,
o’rganilayotgan
materialning mazmuniga qarab tanlanadi.
Agar o’qituvchi bayon qilgan material siyosiy tarixga doir voqealarning
tasviriy hikoyasi xarakterida bo’lsa, uni xotirada mustahkamlash vaqtida, ba’zan
hikoya mazmunining eng muhim qismi rejasini tuzish, ba’zan esa voqealarning
(masalan, qo’zg’olonlar va urushlarning) sabalari, o’qibatlari va ahamiyatini
faqat tahlil qilib chiqish kifoya qiladi.
Agar yangi materialda jamiyatning iqtisodiy va siyosiy hayotidagi
murakkab jaaryonlar bayon etilgan bo’lsa, uni xotirada mustahkamlash vaqtida
tarixiy jarayonning hamma asosiy tarkibiy qismlarini va ular o’rtasidagi sabab –
natijali bog’lanishlarni o’quvchilarga birma – bir eslatish kerak.
VII sinfda “G’arbiy Yevropada shaharlarning vujudga kelishi” mavzusi
o’tilayotgan darsda xotirada mustahkamlanadigan material bilan yangi
o’rganiladigan material o’rtasidagi ana shunday nisbatga doir bir misolni
sxema tarzida ko’rib chiqamiz.
O’rganish rejasi
Yangi materialni (dars
oxirida)xotirada mustahkamlash
uchun beriladigan savollar
I. Qishloq
xo’jaligi
bilan
qishloq
hunarmanchiligida
erishilagan
yutuqlar,
qishloq
xo’jaligi
hunarmandchiligi
mahsulotlarining
o’sishi.
II. Hunarmandchilik qishloq xo’jaligidan
ajrala boshladi.
I.
Xo’jalikda yuz bergan asosiy
o’zgarishlar nimalardan iborat?
II. 1).Darslikdagi:“Hunarmandchilik
asta – sekin qishloq xo’jaligidan
25
25
III. G’arbiy Yevropada shaharlar vujudga
kela boshladi.
ajrala bordi”, - degan xulosani
qanday tushunasiz? 2). Nima
uchun hunarmanchilik qishloq
xo’jaligidan ajrala boshladi? 3).
Bu hodisa qachon bo’ldi?
III. 1). O’rta asrlardagi shaharlarning
qishloqdan asosiy farqi nimada
edi? 2). Nima uchun X – XI
asrda G’arbiy Yevropada yangi
shaharlar vujudga kela boshladi?
Xo’jalik taraqqiyotining yangi xususiyatlarini va shaharning qishloqdan
farqini aytib berishni talab etuvchi savollar o’rganilgan materialni xotirada
mustahkamlashga qaratilgan bo’lib, ilgari o’zlashtirilgan bilimlar bilan yangi
bilimlarni bir – biriga bog’lovchi halqa bo’lib xizmat qiladi, shuningdek, ular
o’quvchilarning tafakkurini o’stirish vositasi hamdir.
Bir qancha hollarda, materialni xotirada mustahkamlash uchun beriladigan
topshiriqlarga hujjatdan olingan kichikroq parchani tahlil qilishni yoki
o’rganilgan materialdagi muhim masalalar yuzasidan bilishga undaydigan
mashq bajarishni kiritish ma’quldir. Masalan, yuqorida tahlil qulib ko’rib
chiqilgan darsda, orta asr shaharlarining dastlabki o’sishiga yordam bergan
sharoitlarni o’quvchilarning yodida yaxshi qoldirish uchun ularga quyidagi
mashqni berish mumkin.
“Hujjatlarda aytilishicha, bir qancha yangi shaharlarning dastlabki
senyorlari (shahar bino qilingan yerlarning egalari) shu shaharlarga ko’chib
kelgan odamlarni... ular orasida qishloqlardan – o’z feodallaridan qochib kelgan
krepostnoylar bo’lishiga qaramay. Shahar yer soliqlarini to’lashdan ozod
qilardilar. Bu dalillarning sababini aytib bering”.
Agar o’quvchilar o’qituvchining tushuntirishlarini yetarli diqqat – e’tibor
bilan tinglashga hali odatlanmagan bo’lsalar va darsning asosiy mazmunini
gapirib berishga qiynalsalar, o’tilgan darsni xotirada mustahkamlash vaqtida
ular oldiga o’qituvchi so’zlab bergan asosiy dalillarni takror aytib berishni talab
etuvchi savollar qo’yish foydalidir. Bunda o’quvchilar dalillarni ularning o’zaro
26
26
bog’lanishlari va munosabatlari bilan ko’rsatib, ular haqida zarur xulosalar
chiqarishlari lozim.
Shu bilan birga, o’quvchilarning o’z javoblarini hozirgina o’rganilgan
materialni aynan so’zma – so’z takrorlashga aylantirib yubormasliklariga
harakat qilish kerak. O’quvchining materialni bayon qilish yo’lini materialning
dastlabki bayonidan burmuncha boshqacharoq yo’lga burib yuborish
o’qituvchining mahoratiga bog’liqdir. Masalan, o’qituvchi xalifalik
mamlakatlarida fan va san’atning rivojlanishi to’g’risidagi materialni xotirada
mustahkamlash vaqtida VII sinf o’quvchilari oldiga uni oddiygina qayta gapirib
berish o’rniga Markaziy Osiyo xalqlarning, shu bilan birga boshqa Sharq
xalqlarining jahon madaniyatiga qo’shgan hissasini aytib berishni vazifa qilib
qo’yishi mumkin.
Butun mavzuning materialini takrorlash va xotirada mustahkamlash vaqtida
o’quvchilarga o’rganilgan hodisa qanday sodir bo’lganini va uning
rivojlanishidagi ma’lum bosqichlarni esga olishni yoki bir turli dalillar
o’rtasidagi o’xshashlik va farqlarni ko’rsatib berishni, o’rganilayotgan
voqealarning boshqa mamlakatlar va xalqlar tarixidan ma’lum bo’lgan voqealar
bilan sinxronligini aniqlashni taklif qilish mumkin. Lekin o’quvchilardan
samarali fikrlashni talab etuvchi bunday savollarni o’rtaga qo’yish dalillarni
takror aytib berishni talab etadigan savollar berishni mustasno qilmaydi, chunki
bunday savollar o’sha dalillarni va ular o’rtasidagi muhim bog’lanish va
munosabatlarni bolalarning esida yaxshi qoldirishga, ularning o’zlashtirishini
tekshirib ko’rishga yordam beradi.
Shunday qilib, materialni xotirada mustahkamlash vaqtida oddiy takrorlash
(reproduktiv) va samarali fikr yuritish (produktiv) xarakteridagi javoblar
qaytarishni talab etadigan savollarni o’quvchilarga joyiga qarb aralash berib
borish kerak.
O’quvchilarning o’qituvchi hikoyasi yuzasidan reja tuzishlari, sinf
doskasida va o’z daftarlarida murakkab bo’lmagan xronologik va sinxronik
jadvallar tuzishlari yangi materialni esda saqlab qolishlariga yordam beradi.
27
27
O’quvchilarning makon tasavvurlarini kengaytirish va mustahkamlash uchun
darsda kontur xaritadan osonroq mashqlar o’tkazish foydalidir.
O’quv suratining mazmunini esda yaxshi qoldirishni ham, odatda, yangi
materialni o’rganisgda beriladigan savollarni oddiygina takrorlashdan iborat
qilib qo’yish yaramaydi. Bu paytdagi savollar o’rganiladigan hodisalar
o’rtasidagi yangi bog’lanish va munosabatlarni o’quvchilarga ko’rsatib
beradigan va ularning suratni mustaqil tahlil qilish uchun o’z bilimlarini tatbiq
eta bilishlariga yordam baradigan savollar bo’lishi kerak.
Masalan, Germaniyada dehqonlar urushi o’tilayotgan darsda “Myunser
Frankenxauen shahri yaqinida” nomli texnika vositasi o’rqali ko’rsatiladigan
yoki devorga osib qo’yiladigan ko’rgazmaning mazmuni tahlil qilinadi. Bu surat
mazmunini xotirada mustahkamlash vaqtida o’quvchilarga dehqonlarning
yengilish sabablarini eslash va surat mazmuni asosida umumlashtirishni taklif
qilish mumkin.
O’rganilgan yangi materialning xotirada mustahkamlashning samarali
vositasi jadvallardan foydalanishdir. “Franklarda davlatning tashkil
topishi” mavzusi o’tilayotgan darsda darslikdagi “VI asrda franklar
davlati” jadvalini tahlil qilish yangi materialni xotirada mustahkamlash
vositasi bo’lib xizmat qila oladi.
9
Tajriba shuni ko’rdatdiki, mavzuni o’rganishga kirishilganda sinf
o’quvchilariga: dars davomida yoki oxirida yozma topshiriq bajarishlari
lozimligi aytilsa, ularning darsga diqqat – e’tibori, bilish faolligi va yangi
materialni o’zlashtirishi oshadi.
O’quvchilar faqat dars vaqtida emas, balki uyga berilgan topshiriqni
bajarish vaqtida ham o’tilgan materialni xotirada mustahkamlasalar va
takrorlasalargina chuqur va puxta bilim olishlari mumkin.
Tarix darslarida o’quvchiga yondoshish bo’yicha texnologiyalar
9
T. Toshpo'latov, Ya. G'afforov. Tarix o’qitish metodikasi. T. 2002 yil, 35 – bet.
28
28
1)
Avtoritar texnologiyalar, bunda pedagog o’quv – tarbiyaviy jarayonning
yakka sub’ekti hisoblanadi, o’quvchi esa faqatgina “ob’yekt”, biror – bir
qismdek bo’ladi. Ular maktab hayotining qat’iy tashkil etilishi, o’quvchilarning
tashabbusi va mustaqilligiga yo’l qo’ymaslik, talab va majburlash qo’llanilishi
bilan ajralib turadi.
2)
Didaktotsentrik texnologiyalar ham bola shaxsiga e’tiborsizlik yuqori
darajasi bilan ajralib turadi, ularda ham o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida
sub’yekt – ob’ektli munosabatlarlar hukm suradi, o’qitish ta’limdan ustun
qo’yiladi va shaxsni shakllantirishning eng asosiy omillari didaktik vositalar
hisoblanadi.
3)
Shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalar butun maktab, o’rta maxsus ta’lim
tizimi
markaziga
bola
shaxsini,
uning
rivojlanishi
uchun
qulay,
kelishmovchiliklarsiz va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash, uning tabiiy
imkoniyatlarini amalga oshirishni qo’yadi. Bu texnologiyada bola shaxsi
faqatgina ob’yekt emas, balki muhim sub’yekt hamdir: u biror – bir noaniq
maqsadga erishish vositasi emas, balki ta’lim tizimi maqsadi hisoblanadi
(avtoritar
va
didaktotsentrik
texnologiyalarida
bo’lganidek). Bunday
texnologiyalarni yana antrotsentrik deb ham ataydilar.
Shunday qilib, shaxsga – yo’naltirilgan texnologiyalar antrotsentrikligi,
insonparvarligi va psixoterapevtik yo’nalganligi bilan ifodalanadi va bolaning
har tomonlama, erkin va ijodiy rivojllanishini maqsad qilib oladi.
Shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalar doirasida insonparvarlik – shaxsiy
texnologiyalar, hamkorlik texnologiyalari va erkin tarbiyalash texnologiyalari
mustaqil yo’nalganligi bilan ajralib turadi.
4). Insonparvarlik – shaxsiy texnologiyalar birinchi navbatda o’zining
insonparvarlik mohiyati, shaxsni qo’llashga psixoterapevtik yo’nalganligi, unga
yordam ko’rsatishi bilan ajralib turadi. Ular bolaga har tomonlama hurmat va
muhabbatni, majburlashni rad etib uning ijodiy qudratiga ishonchni targ’ib
qiladi.
29
29
5). Hamkorlik texnologiyasi, o’qituvchi va bola o’rtasidagi ob’yektiv –
sub’yektiv munosabatlarda demokratiklik, tenglikni, hamkorlikni amalga
oshiradi. O’qituvchi va o’quvchi birgalikda maqsad, mazmunni ishlab
chiqadilar, hamkorlik va birgalikda ijod holatida bo’lib baho beradilar.
6). Erkin tarbiya texnologiyalari bolaning hayotiy faoliyati doirasida ko’pmi
ozmi tanlashi va mustaqilligi erkinligi berishga e’tiborni qaratadi. Tanlovni
amalga oshirib bola natijalarga tashqi ta’sir ostida emas, balki ichki tuyg’ulari
orqali boradi, u sub’yekt nuqtai nazarini eng yaxshi uslub bilan amalga oshiradi.
Tanqidiy fikrlashning faol metodlari.
Tanqidiy fikrlashni o’stirishga xizmat qiladigan metodlar “Demokratik
ta’lim uchun” konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladigan “Tanqidiy fikrlash
uchun o’qish va yozish” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.
Tanqidiy fikrlashning faol metodlarini ishlab chiqishda quyidagi
asoslardan kelib chiqadilar: Tanqidiy fikrlash nima?
Fikrlash – o’qish, yozish, so’zlash va eshitishga o’xshash jarayon. U faol,
muvofiqlashtiruvchi shunday jarayonki, o’zida biror haqiqat to’g’risidagi
fikrlarni qamrab oladi. Fikrlash kontekstdan tashqarida hosil qilinadigan
ko’nikma emas. Tanqidiy fikrlash ta’limiy dastur yoki kundalik hayotning
umumiy kontekstidan yiroqlashgan sharoitda o’rganilishi lozim bo’lgan hodisa
ham emas.
Braun (1989) ta’kidlaydiki, vazifa va real hayot maqsadlaridan ajratilgan
o’quv ko’nikmalari ta’lim oluvchilarga ob’yektiv testlarni yaxshi topshirish
imkoniyatini berishi mumkin, lekin ular bu ko’nikmalarni yangi vaziyatlarda
qo’llay olmaydilar.
Rixer ta’biri bo’yicha o’rganish va fikrlashning ta’rifi kognitiv
psixologiya, falsafa va multmedia madaniyati ta’limi sohasidagi tadqiqotlar
natijalariga asoslanadi.
Bu tadqiqotlarning asosiy natijalari:
30
30
1. Samarali va muttasil o’rganish asosida talabalarning axborotlarni
o’zlashtirish, sintezlash va ularni to’la egallash faolligi yotadi (Anderson va
unga hammualliflar, 1985).
2. O’rganish jarayoni fikrlash faoliyatini rivojlantirishning turli tuman
strategiyalaridan
foydalangandagina
muvaffaqiyatliroq
bo’ladi. Bunday
strategiya o’rganish jarayonini yanada onglilashtiradi (Palinskar va Braun,
1989).
3. O’rganish va tanqidiy fikrlash talabalarning aniq vazifalarga nisbatan yangi
bilimlarni qo’llash imkoniyatlariga ega bo’lgan taqdirda rivojlanadi
(Resnik,1987).
4. O’rganish talabalarning oldingi bilimlari, tajribalariga tayangandagina
mustahkamlanadi. Bular talabalarning bilgan bilimlarini yangi axborotlar bilan
bog’lash imkoniyatini beradi (Ros,1990).
5. Tanqidiy fikrlash va o’rganish g’oya va tajribalarning turli – tumanligini
pedagoglar tushungan va qadrlagan vaqtdagina amalga oshadi. Tanqidiy fikrlash
“yakkayu yagona to’g’ri javob”ni qabul qiladigan mentalitet jarayonida yuz
bermaydi.
Tanqidiy fikrlashning rivojlanish muhitini yaratish.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu muayyan yosh
davrida tugallangan va esdan chiqarilgan vazifa ham emas. Shu bilan birga
tanqidiy fikrlashga olib boradigan tugallangan yo’l ham yo’q. Lekin tanqidiy
fikrlovchilarning shakllanishiga yordam beruvchi muayyan o’quv sharoitlari
to’plami mavjud. Uning uchun:
- tanqidiy fikrlash tajribasini egallashi uchun vaqt va imkoniyat berish;
- talabalarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish;
- turli – tuman g’oya va fikrlarni qabul qilish;
- talabalarning o’quv jarayonidagi faolligini ta’minlash;
- talabalarni kulgiga qolmaslikka ishontirish kerak;
- har bir talabaning tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga o’zlarida ishonch
hissini uyg’otish;
31
31
- tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash lozim.
Shu munosabat bilan o’quvshilar:
- o’ziga ishonchni orttirish va o’z fikri hamda g’oyalarining qadrini tushunish;
- o’quv jarayonida faol ishtirok etish;
- turlicha fikrlarni e’tibor bilan tinglash;
- o’z hukmlarini shakllantirishga hamda undan qaytishga tayyor turishi lozim.
Vaqt. Tanqidiy fikrlash vaqt talab qiladi. Pirson, Xansen, Gordon (1979)
lar ta’kidlashadiki, o’z fiklarini ijod qilish go’yo avvalgi g’oya, tasavvur,
uchrashuvlar va tajribalarni arxeologik jihatdan tadqiq qilishga olib keladi.
Shuning uchun ham:
- fikrlarini o’z so’zlari bilan ifodalash;
- o’zaro tanqidiy fikrlar almashish;
- o’z g’oyalarini ifodalay olish va konstruktiv takliflarga javob ola bilish;
- fikrlarni muayyan g’oyalar qiyofasida, qulay muhitda amalga oshira olish va
o’z g’oyalarini to’la va aniq ifodalay olish.
Izn. Tanqidiy fikrlashda erkinlik bo’lishi uchun talabalar ma’qul va
noma’qul narsalarni aytish, ular haqida fikrlash, ijod qilish uchun ruxsat olishlari
lozim. Talabalar yo’l qo’yiladigan holatlarni anglab olishgach, tanqidiy tahlil
qilishga faol kirishadilar. Tanqidiy tahlilga izn olish onglilik tamoyiliga
asoslanadi. Bunda tahlil va haddan oshish orasidagi farq aniqlab berilishi lozim.
Tanqidiy fikrlashga izn fikrlash uchun chinakam maqsad bo’lgan do’stona
hamda samarali sharoitda beriladi.
Rang-baranglik. O’quvchilarning fikrlash jarayonida turli fikrlar va
g’oyalar paydo bo’ladi. Rang-barang fikr va g’oyalar yakkayu-yagona javob
mavjudligi haqidagi tasavvur bartaraf qilingan chog’dagina yuzaga keladi.
Fikrlarni ifoda qilish chegaralanganda talabalarning fikrlashiga chek qo’yiladi.
Faqat birgina javob mavjud bo’lgan taqdirda xilma-xil vosita va jarayonlardan
foydalanish joizki, uning yordamida talabalar ana shu javobni topa olsin.
Faollik. Tanqidiy fikrlash o’quvchilarning faolligi bilan bevosita
bog’langan. Odatda, o’quvchilar sustkash tinglovchilar bo’lishadi, chunki ularda
32
32
o’qituvchi bilimli yoki matnda uning bu bilimlari aks etgan, shu tufayli ularning
bilimlari o’qituvchi mas’ul degan ishonch shakllanib qolgan. O’quv
jarayonidagi talabalarning faol ishtiroki va o’qishlariga o’zlarining mas’ul
ekanligiga tayyorligi tanqidiy fikrlashda kutilgan natijalarni beradi. Talabalarni
fikr yuritishga, o’z g’oyalari va fikrlari bilan o’zaro o’rtoqlashishga da’vat etish
kabi pedagogik yondashuv ularning faolligini o’stiradi. Mixail Chikjentmixaliy
(1975) ta’kidlaydiki, o’quvchilar o’sha murakkab darajadagi o’quv jarayonida
faol ishtirok etishsa, bilish jarayonida qatnashganligidan katta bahra oladilar va
o’zlarida chuqur qoniqish hissini sezadilar.
Tavakkalchilik. Erkin fikrlilik tavakkalchilikka asoslanadi. Uning bilim
faoliyatida qo’rqmay tavakkal qiluvchi insonlarni rag’batlantirib turish joizdir.
Fikrlash jarayonida “ahmoqona g’oyalar” aql bilan tuzilmagan birikma va
tushunchalar ilgari surilgan holatlar ham bo’lishi mumkin. O’qituvchi buni
o’quv jarayonining tabiiy holati sifatida talabalarga tushuntirishi lozim.
Talabalarni tavakkaldan holi bo’lgan, ya’ni g’oyalar qadrlangan, talabalarning
fikrlash faoliyatida faol ishtirokini yuqori motivatsiyalash imkoni bo’lgan
muhitda o’ylash lozimligiga ishonch hosil qilish zarur.
Qadrlash. Tanqidiy fikrlashning omillaridan biri talabalarning fikrlash
jarayonini qadrlashidir. Tashkil etilgan fikrlash jarayonida talabalar o’z
g’oyalari, tasavvurlarining o’qituvchi tomonidan qadrlanayotganini tushungan
holda chuqur mas’uliyat va e’tiborga yarasha javob qaytaradilar. Talabalar o’z
fikrlash jarayonini qadrlashni namoyish qilishga harakat qiladilar, unga va uning
oqibatlariga nisbatan jiddiy munosabatda bo’la boshlaydilar.
Qimmatlilik. Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida talaba ularning
fikrlari, o’z tanqidiy tahlili natijalari qimmatli ekanligini ularning ongiga
singdirish zarur. O’qituvchi talabalardan muayyan materialni shunchaki qayta
ishlashni talab qilganda tayyor qoliplardan, andozalardan holi bo’lishi lozim. Bu
esa o’quvchilarda o’zgalar g’oyalarini mexanik tarzda qayta ishlab chiqish eng
muhim va qimmatli ekanligiga ishonch hosil qilishga olib keladi. Aslida
o’quvchilarga o’z fikri, o’ziga taalluqli bo’lgan g’oya va tasavvurlar qimmatli
33
33
ekanligini ko’rsata olish zarur. O’quvchilarning o’zlari ham o’z fikrlarining
qimmatbaho ekanligiga ishonch hosil qila olishlari zarur. Ular o’z fikrining
tushuncha va masalani muhokama qilish jarayonida o’ta muhim, shuningdek,
katta hissa bo’lib hisoblanishini tan olishlari kerak.
O’zaro fikr almashuv. Fikrlash jarayoni o’quvchilarning o’zaro fikr
olishuvini ko’zda tutadi. O’quvchilarning o’zaro fikr olishishi ularning bir –
biridan o’rganishdagi o’rtoqchiligiga asos soladi. O’quvchilardan fikrlovchi
sifatida o’zlarida bo’lgan yirik fikr va oddiy xatoga bo’lgan qobiliyatlarini
boshqalarga ochib berish talab etiladi. O’zaro fikr olishishda o’quvchilardan
diqqat bilan tinglash, o’zining qarashlar tizimini so’zlovchiga zo’rlab o’tkazish
va boshqa so’zlovchilarni tuzatib turishdan o’zini tiyib turishi ham talab etiladi.
Bunga javoban o’quvchilar boshqalarning yalpi fikrlaridan foydalanish
imkoniyatiga ega bo’ladi. Keng doiradagi munozara oqibati o’laroq o’quvchilar
o’zlariga tegishli bo’lgan g’oyalarni tahlil qilish va uni aniqlashga yanada
qobiliyati orta boradi hamda ularni o’z bilimlari va hayotiy tajribalarida yaratgan
g’oyalari tizimiga tirkab boradi. Fikrlash jarayonini tashkil etishda uni
o’tkazishning bir necha modellari mavjud. Ular:
- o’ziga ishonch hosil qilish;
- ishda faol ishtirok etish;
- o’rtoqlar va o’qituvchi bilan fikr almashish;
- o’zgalar fikrini tinglay olish.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish mualliflari fikrlash jarayonini tashkil
etishda idrok qilishning 4 tipini farqlaydilar:
Yaxlitligicha idrok etish. Mavzu yoki fan to’g’risida umumiy bilim
beradigan idrokning shaklidir.
Izohli idrok etish. Bu Blum izohlari darajasiga aylandi. Idrokning bu
tipida o’quvchi g’oya va hodisalarning o’zaro aloqalarini yoritadi, uning
mohiyatini muhokama qiladi, fanning turli sohalariga oid g’oya va axborotlarni
hatto tashqi jihatdan bog’liq hodisalarni birlashtiradi.
34
34
Shaxsiy idrok etish. O’quvchilar o’zlarida avvaldan mavjud bo’lgan
shaxsiy tajriba va bilimlar tuzilmasini yangi bilimlar bilan bog’lab tushunish
jarayonini aks ettiradi.
Tanqidiy idrok etish. Mazmunni bir tomonga qo’yib, uni tahlil qilish,
uning nisbiy qimmatini, to’g’riligini, foydaliligini va o’quvchilarning bilishi,
tushunishi va qabul qilishi doirasida uning ahamiyatini baholashdir.
Shunday qilib, axborotlarni chorlash, o’ylab ko’rish va fikrlash
metodikalaridan foydalanish quyidagi muhim vazifalarni yechish imkoniyatini
beradi:
- o’quvchilarga maqsadlarini anglab olishga yordam beradi;
- mashg’ulotlarda faolligini ta’minlaydi;
- samarali munozaraga chorlaydi;
- o’quvchilarning o’zlari savollar tuzishi va uni savol tarzida bera olishi uchun
yordam beradi;
- o’quvchilarga o’z shaxsiy bilimlarini ifoda qilishga yordam beradi;
- o’quvchilarning shaxsiy mutolaasi motivatsiyasini qo’llab-quvvatlaydi;
- har qanday fikrlarga bo’lgan hurmat kayfiyatini yaratadi;
- o’quvchilarda personajlarga bo’ladigan iztirobini o’stirishga yordam beradi;
- o’quvchilarda qadrlanadigan fikrlashga sharoit yaratadi;
Dostları ilə paylaş: |