O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta
maxsus ta‟lim vazirligi
Alisher navoiy nomidagi Samarqand
Davlat Universiteti
TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA BO`LIMI
FIZIOLOGIYA, GENETIKA VA BIOKIMYO KAFEDRASI
5140100-biologiya
Biokimyo fanidan
REFERAT
Mavzu: “Vitaminlar ”
Bajardi: 201-guruh
Tekshirdi: b.f.n. Ismayilova M.A.
SAMARQAND – 2014
Vitaminlar
Reja:
1. Vitaminlar haqida ma`lumotlar
2. Suvda eriydigan vitaminlar
3. Yog`da eriydigan vitaminlar
Odam va hayvonlarning hayot kechirishlari uchun oqsillar, yog’lar,
karbonsuvlar, mineral tuzlar va suv yetarli deb hisoblanib kelingan. Biroq,
uzoq muddatli sayohatlar, ayniqsa dengizchilarning yurishlari tabiblar
tomonidan tekshirilgach, ularda to’la sifatli ovqatlanmaslikdan kelib chiqqan
kasalliklar aniqlanadi. Bunday kasalliklardan, XIX asrda keng tarqalganlari
lavsha(singa) , beri - beri(falaj) kasalliklaridir. Ular, ayniqsa, uzoq sharq
mamlakatlarida, masalan, Yaponiyada kuchli rivojlangan bo’lgan, Yaponiya
aholisining qariyb 30 foizi beri-beri kasalligiga chalingan. 1882 yili Yapon
tabibi Takaki, ikkita kemada tuqqiz oy muddatga suzishga chiqqan, 300
dengizchi ustida tekshirish o’tkazib ajoyib natija olgan. Birinchi kema
suzuvchilari har doimgi ovqatlanish me’yorida ovqatlantirilgan, ikkinchi
kema suzuvchilariga esa ko’katlar ham qo’shib berilgan. Suzish davrida
birinchi kemadagilardan 170 kishi beri- beri kasalligi bilan og’rigan, hatto,
ulardan 25 kishi vafot etgan. Ikkinchi kemadagilardan faqat 14 kishi yengil
falaj kasalligi bilan og’rigan. Tabib Takaki, ko’katlarda odam salomatligiga zarur
bo’lgan qandaydir moddalar bo’lishi kerak, degan hulosaga kelgan. Huddi shunday
tajribani Gollandiyalik hakim Eykman tovuqlar ustida o’tkazgan. Tozalangan,
ya’ni pusti olingan guruch bilan boqilgan tovuqlarda, huddi odamlardagiga
o’xshash, beri-beri kasalligi kuzatilgan. Bunday izlanishlar ovqatlanish
to’g’risidagi alohida fanni rivojlanishiga olib keldi. Bu borada rus shifokori
N.I.Lunin 1880 yili «Hayvonlarning oziqlanishida mineral tuzlarning ahamiyati
xaqida» mavzusidagi dissertasiyani himoyalaydi va unda «bunday moddalarni
tekshirish va oziqlanishdagi ahamiyatini bilish muhim ahamiyatga ega» degan
hulosaga keladi. 1911 yilda polyak olimi Kazimir Funk sholi kepagidan, beri-beri
kasalligini davolaydigan, anevrin moddasini ajratib oladi.Uni tarkibini o’rganib, bu
kristall modda tarkibida amin shaklidagi azotning borligini aniqlaydi va bu hayot
uchun zarur bo’lgan yangi bir kimyoviy birikma deb qarab, unga «vitamin»
nomini bergan. Vitamin atamasi lotincha «vita»-hayot, «amin»-tarkibida azot
tutuvchi kimyoviy guruh, binobarin vitamin-«hayot amini» ma’nosini anglatadi.
K.Funk singa, raxit, pellagra kasalliklari ham beri-beriga o’xshash, organizmda
vitamin yetishmasligidan kelib chiqadi degan fikrga keldi va bunday kasalliklarni
vitaminlar yo’qligidan kelib chiqadigan kasalliklar - avitaminozlar deb fanga
kiritdi, shunday qilib, vitaminologiya fani rivojlandi. Agar, 1912 yili K.Funk
vitamin atamasini fanga kiritib , avitanoz kasalliklarning biokimyoviy sababini
ko’rsatgan bo’lsa, 1913 yilda Mak-Kollum degan olim vitaminlarni, ularni ajratib
olish va hossalarini o’rganish tartibi bo’yicha lotin alfavitining bosh xarflari bilan
atashni taklif etadi va A, B, C va x.k. deb nomlana boshlandi.
Yog’da eriydigan vitaminlar guruhiga A, D, E, K kabi vitaminlar qatori
kiradi, ularning o’rganilishi va biokimyoviy tavsiflari quyidagicha izohlanadi:
V i t a m i n A «Retinol», 1909 yilda ochilgan va 1933 yilda
sintezlangan. Vitamin A guruhi vitamin A
1
, vitamin A
2
va vitamin A
1
ning sis
shakli neovitamin A dan iborat. Ularning molekulasi tarkibini retinol tashkil
etadi:
Retinol och sariq rangli kristall moddadir, suvda erimaydi. Lekin yog’da va
organik erituvchilarda yaxshi eriydi. U faqat hayvon va odam to’qimalarida
uchraydi, o’simliklardagi provitamin- ka r o t i n l a r dan sintezlanib turadi.
Karotinlarning uch xil a, b va g shakllari mavjud bo’lib, retinol sintezida b -
karotin qatnashadi, uning bir molekulasidan ikki molekula retinol sintezlanadi:
Karotin ko’prok sabzavotlarda, ayniqsa, sabzida ko’p uchraydi.
Avitaminoz A ning belgilari: ko’rish o’tkirligini pasayishi, qorong’ida
ko’rmaslik, ya’ni «shabko’rlik kasalligi» vujudga keladi, qoplovchi to’qimalar
quriydi, ayniqsa, ko’zning shilimshiq pardasi kurib, ko’z shox pardasining
ko’rishi-kseroftalmiya «grekcha xeros - quriq, ophtalmos - ko’z atamalaridan
olingan» kasalligi kelib chiqadi, o’sishni to’xtashi, og’irlikni pasayishi va
organizmni oriqlab ketishi kuzatiladi.
Teri quruqligi kasalligi oqibatida dermatit, bronxit, katar kabi nafas
yo’llarining hastaliklari kelib chiqadi. Ayniqsa, vitamin A ning aldegid shakli
retinal o p s i n oqsili bilan birikib, murakkab oqsil - xromolipoproteinni hosil
qiladi va u ko’rish pegmenti rodopsin bo’lib, ko’zning to’r pardasida joylashgan
tayoqchasimon hujayralarning reseptorlarida o’tadigan fotokimyoviy reaksiyalarni
amalga oshiradi. Tarkibi lipoprotein o p s i n bilan vitamin A
1
ning hosil qilgan
aldegidi-sisretinalning
birikishidan
hosil
bo’lgan
azotli
birikma
ko’z
qorachig’ining yorug’likni o’tkazuvchi yo’llaridan sinib tushadigan nur(aks)
ta’sirida, o’z fazoviy tuzilishini o’zgartirib, bir necha oraliq moddalar orqali, trans-
retinalga va opsinga parchalanadi, ko’rish ta’suroti hosil bo’ladi. Fotokimyoviy
reaksiyadan so’ng ajralib chiqqan trans-retinal to’g’ridan-to’g’ri opsinga birika
olmaydi. U jigarga o’tkaziladi va u yerda qaytarilib sis-retinal saqlovchi
neovitamin A ga aylanadi, so’ngra tur pardaga o’tadi va retinolga aylanadi. Uning
keyingi o’zgarishi, huddi o’simliklarning b - karotinidan sintezlangan
retinol(Vitamin A
1
)ning spirt guruhini degidrogenlanishi xisobidan aldegid (
) guruhiga aylanishidan hosil bo’lgan sis-retinaldek, ko’rish pigmenti - rodopsinni
hosil qilishni davom ettiradi. Retinolni retinalga aylanishi redukal- retuktaza
fermenti va NAD ishtirokida amalga oshadi:
Ko’rish pigmenti- r o d o p s i n ko’rish jarayonini , tarkibidagi
sis-retinalni trans-retinalga aylantirishi hisobidan, amalga oshirib turadi. Bu
o’zgarishlarni quyidagicha izohlash mumkin:
6. Sis-retinal, huddi 3-bosqichdagidek, opsin bilan birikib rodopsinni hosil qiladi.
Demak, sis shakldagi vitamin A
1
ning trans shakliga aylanishida birmuncha
fotokimyoviy reaksiyalar o’tib, to’r pardada ko’rish ta’siroti(impulsi) hosil bo’ladi
va u bosh miyaning ko’rish markaziga o’zatiladi.
Vitamin A ning manba’lari- baliq moyi, sariyog’, sabzi, ayniqsa, qizil sabzi,
qizil kalampir, pomidor va boshqa mevalar hisoblanadi, ular b - karotin manbai
bo’lib hisoblanadi.
V i t a m i n D (Kalsiferollar yoki raxitga qarshi faol moddalar) bo’lib,
kimyoviy tabiati jihatidan sterinlar(xolesterin)ninghosilasidir, 1916 yilda
o’rganilgan va 1931 yilda sun’iy hosil qilingan. Kalsiferollar ichida eng muhimlari
xolekalsiferol
(Vitamin
D
3
),
ergokalsiferol
(Vitamin
D
2
)
hamda
digidroergokalsiferol (Vitamin D
4
) lardir:
Bu vitaminlar ma’lum miqdorlarda oziq moddalar bilan tushib turadi.
Manba’lari bo’lib baliq va baliq mahsulotlari, sariyog’, tuxum sarig’i hisoblanadi.
Lekin, organizmlarda ularning provitaminlari - xolesterol, ergosterollar uchraydi,
ular quyosh nuri ta’sirida tegishli vitaminlar shakliga aylanishadi.
Kalsiferollarning asosiy funksiyasi biologik qobiklardan kalsiy va fosfor
ionlarini tashilishini ta’minlashdir. Bunda kalsiferollar Sa
++
- bog’lovchi fermentlar
bilan majmuiy birikmalar hosil qiladilar, qon zardobi tarkibida kalsiy va fosfor
ionlari konsentrasiyasini ta’minlaydi, natijada suyak to’qimalarining minerallanishi
me’yorda o’tadi. Ko’pincha, ularning zaxiralari jigarda va yog’ to’qimalarida
to’planadi.
V i t a m i n Ye (Tokoferol) yoki ko’payish vitamini, u 1925 yilda o’rganilgan
va 1936-1938 yillari sintez qilingan. Tokoferol yunoncha «tocos - bola tug’ilishi,
fero - tashiyman» degan ma’noni anglatadi. Uning tabiiy manba’lari o’simlik
moyi, karam, pomidor, don mahsulotlari va h.k. Tokoferolning biologik ta’siri
molekula darajasida o’rganilgan emas. Lekin avitaminoz Ye da erkak va urg’ochi
hayvonlarning jinsiy a’zolarida turli morfo-fiziologik o’zgarishlar ruy
beradi.Erkaklarda embrion epiteliyasi mujmayib, asta-sekin sperma hosil bo’lmay
qoladi, spermatozoidlarning shakli o’zgaradi, dumchasi yuqoladi. Urg’ochi
hayvonlarda, tuxumi o’rchisa ham homila oxirigacha yetkazilmaydi, homila va
yo’ldosh so’rilib ketadi. Shu bilan birga to’qimalarning funksiyasini buzilishi, orqa
miyaning tuzilmasini o’zgarishi, qo’l-oyoqlarning falaji va yog’larning to’planishi
kuzatiladi.
V i t a m i n K (antigemorragik vitamini, filloxinon), 1939 yilda kashf etilgan,
vitamin K ning ikkita vitameri (K
1
va K
2
) bor. Ularni kashf etgan olimlar
K.E.Doyzi bilan X.Dam 1943 yili Nobel mukofotiga sazovor bo’lishgan.
Vitamin K
1
( 2-metil-3-fitil-1-4-naftixinon):
Bu tabiiy vitamin K lardan tashkari fanda sun’iy hosil qilingan vitamin K
3
(2-
metil-1,4-naftixinon) menadion ham ma’lum:
Vitamin K ning biokimyoviy hususiyatlari yaxshi o’rganilgan emas. Lekin uning jigarda
protrombinning sintezlanishida ishtiroki aniqlangan. Shu bilan birga u, bir nechta, qon ivishida
ishtirok etuvchi, oqsillar sintezini kuchaytiruvchi kofaktorlik vazifasini bajarishi mumkin.
Avitaminoz K da jigarda protrombinning biosintezi buzilishi oqibatida
qonning ivishi sekinlashadi,ayrim hollarda teri ostida,mushaklarda qon quyilishi(g
ye m o r a g g i ya ) holati kuzatiladi.
Uning tabiiy manba’si yashil o’simliklar, pomidor hisoblanadi. Unga bo’lgan
ehtiyoj, ko’pincha, ichak florasi orqali ta’minlanadi.
S u v d a e r i y d i g a n v i t a m i n l a r ga V vitaminlar guruhi
(B1,B2,V
3
), vitamin PP, vitamin N, vitamin S, vitamin R va boshqalar kiradi.
Ularning biokimyoviy faoliyati yaxshi o’rganilgan. Ularning koferment shaklida
faollanishi, ko’pincha, fosforlanish jarayonlari bilan kuzatiladi.
V i t a m i n B1 (Tiamin), 1912 yilda K.Funk tomonidan o’rganilgan, uning
nomi tiamin grekcha «tion-oltingugurt» atamasidan olingan. U 1937 yilda
sintezlanib, tarkibi quyidagicha ekanligi aniqlandi:
Uning
tabiiy
manba’lari
achitqi,
ayniqsa
pivo
achitqisi,
non
achitqisi(xamirturush), don, yorma, non(ayniqsa, qora non), sabzavotlardir. Ular
odam va hayvon organizmlarida tiaminpirofosfatga aylanib, pirouzum kislotasini
dekarboksillanish reaksiyasining mahsus biokatalizatori vazifasini bajaradi, kuchli
zaharli modda-pirouzum kislotasini yo’qotib, asab tizimining qo’zg’alishini
me’yorlashtiradi.
Avitaminoz B1 da beri-beri kasalligi (polinevrit, periferik nerv tolalarining
yallig’lanishi) tufayli falajlik kasalligi kuzatiladi. Shu bilan birga, suvning
almashinuvini buzilishi, yurak-qon tomirlari tizimi funksiyalarining buzilishi
kuzatiladi.
V i t a m i n B2 (Riboflavin) sariq-qizg’ish rangli kristall modda , issiqqa
chidamli, hatto ovqat pishirilganda ham masalliq tarkibidagi riboflavin
parchalanmaydi, lekin ultrabinafsha nurlar ta’sirida parchalanib ketadi. Uning
kimyoviy
tuzilishi
quyidagicha:
Tabiiy manba’lari bo’lib sut va sut maxsulotlari, sabzavotlar, ko’katlar, achitqi,
jigar , buyrak va h.k.
Uning biokimyoviy faoliyati FADning molekulasi bilan birikishiga bog’liq,
ular flavinmononukleotid(FMN), Flavinadenindinukleotid(FAD) holida uchrab
oksidlanish - qaytarilish reaksiyalarida qatnashadi, NAD.N dan elektron -
protonlarni qabul qilib, ularni sitoxromga uzatadi:
Avitaminoz B2 da o’sishningto’xtashi, sochni tushishi, shillik qobiqlar
(ayniqsa, og’iz burchaklari)ni zararlanishi, ishchanlik qobiliyatini pasayishi,
gemoglobin sinteziningbuzilishi holatlari kuzatiladi.
V i t a m i n R R (Nikotin kislotasi) 1911 yilda K.Funk tomonidan ajratib
olingan va kaptarlarda beri-beri kasalligini davolashda samara bermasligi
aniqlangan. Keyinchalik Goldoyerger degan olim tomonidan pellagra kasalligini
davolashini aniqlagach, uni vitaminlar qatoriga qo’shganlar. Pellagra atamasi
italyancha pela agra - g’adir - budir teri ma’nosini bildiradi, unda dermatit,
diareya(ich ketish ), hatto, demensiya(aqlning zaiflanish) kasalliklari kelib chiqadi.
Kimyoviy tabiati jihatidan nikotin kislotasi, piridin xalqasini tutuvchi, azotli
asos bo’lib, u nikotin kislotasi va uning amidi holida nikotinamid (NAD, NADF
)larning tarkibini hosil qilishda ishtirok etadi:
Nikotin kislotasini saqlovchi NAD, NADF kofermentlari glikoliz, fotosintez,
aminokislotalarning dezaminlanishi, uch karbon kislotalar zanjiri, lipidlar
almashinuvi, makroerg birikmalar biosintezi kabi metabolik jarayonlarda ishtirok
etadi.
Tabiiy manba’lari bo’lib bug’doy noni, jigar, buyrak, kartoshka va boshqa oziq
mahsulotlar hisoblanadi.
V i t a m i n V
3
(Pantotenat kislota) koenzim A, ya’ni koferment A ning
tarkibiy qismini hosil qilishda ishtirok etadi. Uning tuzilishi quyidagicha:
Koenzim A, kislota qoldig’i(asil)ni ko’chirish reaksiyalarini amalga
oshiruvchi, kofermentdir, u jigarda ko’p uchraydi. U, asetil KoA hosil qilib, juda
muhim reaksiyalarni amalga oshiradi.
V i t a m i n S (Askorbat kislota) organizmda oksidlanish-qaytarilish
reaksiyalarini, asosan gidroksillash reaksiyalarida qatnashadi. Buni kollagen
oqsilining tarkibidagi prolinni oksiprolinga aylanishida, askorbat kislota qatnashsa
kerak. Biroq uning vitaminlik ta’sirining biokimyoviy hususiyatlari yaxshi
o’rganilmagan. Biokimyoviy reaksiyalarda uning oksidlanishi va qaytarilishini
quyidagicha izohlash mumkin:
Askorbat kislotaning tabiiy manba’lari ho’l mevalar va sabzavotlardir.
Ayniqsa, qalampir, ko’ksulton, qulupnay, maymunjon, ko’kpiyoz, limon, apelsin
va mandarinlarda ko’p uchraydi.
Jonzotlar tarkibida yoki ularning hayot faoliyatida, yuqorida ko’rsatilgan
muhim vitaminlardan tashkari, v i t a m i n g a o’xshash moddalar ham uchrab,
ayrim
biokimyoviy
jarayonlarning
o’tishini
ta’minlaydi.
Ulardan
paraaminobenzonat kislotasi, pangamat kislotasi, karnitin (vitamin V
t
), inozit,
xolin, lipoat kislota, KoQ, vitamin U ni ko’rsatish mumkin:
Paraaminobenzonat kislota mikroblarni o’sishini to’xtatadi va tibbiyotda
sulfamid dorilarini tayyorlashda qo’llaniladi. Uning manba’lari bo’lib jigar,
achitqi, bug’doy murtagi, sabzavotlar hisoblanadi. Uning tuzilishi quyidagicha:
Keyingi vaqtda paraaminobenzonat kislotasini jun, soch va terining me’yoriy
rangda bo’yalishini ta’minlashda ham ishtirok etishi aniqlangan.
Pangamat kislota yoki vitamin B1
5
.Uning nomi yunoncha «ran-hamma yerda,
gami- urug’»
Karnitin (Vitamin V
t
) hujayrada yuqori molekulali yog’ kislotalarini
oksidlanishida
Qolgan vitaminsimon moddalardan, lipoat kislota pirouzum kislotasining
dekarboksillanishida, KoQ - elektronlarni kofermentlardan sitoxromlarga
ko’chirishda, vitamin U esa S - metilmetionin tarkibli modda bo’lib yaraga qarshi,
masalan, oshqozon yarasini tuzalishida ishtirok etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Safin M.G. Biokimyodan o`quv-uslubiy majmua. Samarqand, 2014.
2. Тўрақулов Ё.Х. Биокимё. Тошкент, 1996.
3. Valixonov Biokimyo. Toshkent, 2012.
Dostları ilə paylaş: |