-o’zi ishlab chiqarayotgan mahsulotni erkin konvertatsiyalanadigan valyutaga eksport qiluvchi, ishlab
chiqarish ChIKlari eksport bojxona bojlari va boshqalardan ozod etiladilar.
So’nggi yillarda kuzatilayotgan asosiy tendensiya shundan iboratki, nafaqat rivojlanayotgan va
postsotsialistik davlatlar, balki rivojlangan davlatlar ham chet el investorlari uchun yildan-yilga ko’proq
imtiyozlarni taqdim etmoqda. Bu jahon bozoridagi kapital uchun olib borilayotgan raqobat kurashining
yorqin isbotidir. Rivojlangan davlatlar moliyaviy imtiyozlarga asoslansa, o’tish iqtisodiyotidagi davlatlar
birinchi navbatda fiskal imtiyozlarni taqdim etishadi.
Moliyaviy va fiskal imtiyozlarni o’zaro ajratishga bo’lgan bir nechta yondashuvlar mavjud. Bizning
fikrimizcha YUNKTAD (UNCTAD) tomonidan taklif etilgan yondashuv eng xaqiqatga yaqinidir.
Ushbu yondashuvga muvofiq fiskal imtiyozlarga quyidagilar kiradi:
- soliq «ta'tillari», korxona muayyan muddatga bir yoki bir nechta (ayrim hollarda esa barcha) soliqlarni
to’lashdan ozod etiladi;
- korporativ soliq (daromad/foyda solig`i) stavkalarini pasaytirish;
- import bojlaridan ozod qilish;
- reinvestitsiya imtiyozlari, foydani ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga yo’naltiriladigan
qismini soliqlardan ozod etish;
- ijtimoiy dasturlar imtiyozlari, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish korxona xarajatlarini to’liq yoki bir
qismini soliqqa tortish bazasidan chiqaradi.
Qo’llanilayotgan rag`batlantirish tadbirlarini tizimlashtirish, va demak ularning samaradorligini oshirish
uchun, kapital qabul qiluvchi mamlakatlar hukumatlari tomonidan imtiyozlarni berish mezonlari ishlab
chiqilgan. Fiskal imtiyozlarni taqdim etishning asosiy mezoni sifatida, iqtisodiyotning mamlakat uchun
ustuvor bo’lgan sohalariga kapital kiritish xizmat qiladi.
O’zbekiston uchun, masalan, iqtisodiyotning barcha sohalaridagi asosiy ustuvorlik bu eksportga
yo’naltirilgan yoki importni o’rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarishdir. Ammo, jahonda ro’y
berayotgan iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda «inson resurslari» va innovatsion
tadqiqotlarga kiritiladigan investitsiyalar, XXI asrda yetakchilar qatorida bo’lishni istagan har qanday
mamlakatning muhim ustuvorliklari qatorida bo’lishi lozim.
O’zbekiston hukumati chet el investitsiyalari uchun qulay bo’lgan me'yoriy-huquqiy bazani yaratishga
intilmoqda. Ushbu maqsadni ko’zlagan holda «Chet el investitsiyalari to’g`risida»gi Qonun (may 1994y.),
Vazirlar Mahkamasining
55 qarori (yanvar 1996y.) 1996 yil 31 mayda O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmoni qabul qilindi. Bu hujjatlarda O’zbekistonga xorijiy inves-torlarni kiritishga doir
qarorlarning hukumat tomonidan qabul qilish jarayonlari bilan bir qatorda chet el investorlarining huquq va
majburiyatlari majmui ham belgilab berilgan.
Xususiylashtirish jarayoni hukumatga qat'iylik bilan xorij investitsiyalarini jalb etish bo’yicha o’z
maqsadlari jiddiyligini ko’rsatish imkonini beradi.
Ayrim korxonalar xorijiy investorlarda katta qiziqish tug`dirishi, shubhasiz. Agar adolat va
professionallik bilan bir necha aktivlarni sotsa, unda hukumat xorijiy investorlarni to’laqonli hamkorlar
sifatida jalb qilib, o’z maqsadlari jiddiyligini isbotlab beradi.
Ommaviy xususiylashtirish dasturiga qo’shimcha sifatida individuallik asosida ayrim yirik va muhim
korxonalarni sotish imkoniyatlarini ko’rib chiqish mumkin.
Investitsiyaviy muhitni yaxshilashda xususiylashtirishning xorij tajribasi bir necha quyidagi jihatlarga
e'tiborni qaratish maqsadga muvofiqligini ko’rsatdi.
1. Axborotning yetarli darajada emasligi, xorijiy investorlarning asosiy e'tiroziga sabab bo’ladi.
2. Individuallik asosida xususiylashtirish uchun korxonalarni puxta saralanishi oxir-oqibatda
muvoffaqiyatga erishish uchun muhim ahamiyatga ega.
3. Qayta tashkil etish bo’yicha amalga oshiriladigan harakatlar, masalan, texnologiya almashtirish,
mahsulotning yangi turlarini kiritish, yangi bozorlarni topish va shunga o’xshash ishlar bo’lajak mulkdor
zimmasiga qo’yilgani maqsadga muvofiqdir.
4. Kompaniyani qayta tiklash bo’yicha rejalar uning sotilish narxiga qaraganda ko’proq qiziqtirishi
lozim. Ayrim investorlar xususiylashtirishning asosiy maqsadi to’g`risida aniq tasavvurga ega emaslar.
5. Savdolarni ochiq tenderlar yoki boshqa raqobatli uslublar orqali vositachilarsiz, to’g`ridan-to’g`ri
amalga oshirish lozim. Bunda yaxshi obro’ga ega bo’lgan maslahatchilar xizmatlaridan foydalanish
maqsadga muvofiq bo’ladi. Masalan, yirik qayta xususiylashtirish bitimlarini amalga oshirayotganda
investitsiyaviy banklar va audit kompaniyalariga murojaat qilish kerak bo’ladi.
O’zbekiston, turli xil qonunchilik hujjatlarida aks ettirilgan, soliq rag`batlantirishlarining keng
to’plamini taqdim etadi. Bundan tashqari, chet el investorlari qo’shimcha rag`batlantirishlarga ham ega
Dostları ilə paylaş: