Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/25
tarix21.01.2020
ölçüsü1,08 Mb.
#30246
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
qishloq xojaligida investitsiyon jarayonlarni boshqarish va biznes rejalashtirish


Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

Cash flow (naqd pul oqimi).
Aylanma vositalar rentabelligi.
Shaxsiy kapital rentabelligi.
Investitsiyalar.
9.
Moliyalashtirish
Kapitalga bo’lgan ehtiyoj va undan foydalanish.
Moliyalashtirish vositalari.
O’tmishdagi moliyalashtirish.
10.
Ilova
Amerika namunaviy biznes-rejasi
1.   Titul varaqasi
A) korxona nomi va manzili
B) ta'sischilar ismi-sharifi va manzili
V) taklif etilayotgan loyiha mohiyati
G) loyiha qiymati (moliyalashtirish manbalari ham ko’rsatilishi mumkin)
D) loyiha maxfiyligi
Loyihaning asosiy mohiyati va taxminiy qiymatini titul varaqasida aks ettirish tavsiya qilinadi, bunday
ma'lumotga ega bo’lgan holda, investorlar butun rejani o’qimasdan turib uning mohiyatini anglashlari
mumkin.
2.   Titul varaqa namunasi
A) «Ozoda-servis» kichik korxonasi
Manzil: Toshkent sh.
Tel.: 485-85-85
Ta'sischilar: Gulchehra Jalilova, Sanobar Salimova
Taklif etilayotgan loyiha mohiyati: «Ozoda-servis» kichik korxonasi tashkilot va muassasalar binolarida
tozalik ishlarini olib boradi. Taklif etilayotgan xizmatlarga pol yuvish, gilam va pardalarni tozalash, kir
yuvish, oyna yuvish va boshqa xo’jalik ishlari kiradi. Xizmatlar shartnomaga asosan bir yil muddatda
amalga oshiriladi. Shartnomada ko’rsatiladigan xizmatlar ro’yxati va davriyligi aniq ko’rsatilishi lozim.
Korxona asosan kichik korxonalar va ofislardagi tozalik ishlarini bajarishga mo’ljallangan.
Loyiha qiymati: 6 yil muddatga 15 mln. so’mlik ssuda talab qilinadi. Ushbu mablag` xona ijarasi, ish
qurollarini sotib olish, reklama, mikroavtobus ijarasi va boshqa joriy xarajatlarni qoplashga sarflanadi.
Maxsus hujjat maxfiy va korxona ta'sischilarining mulki hisoblanadi. Hujjat faqatgina ta'sischilar va
ularning roziligi bilan olgan shaxslar uchun mo’ljallangan. Korxonaning yozma roziligini olmasdan turib
hujjatdan nusxa ko’chirish va uni e'lon qilish man etiladi.
B) Kirish qismi: taklif etilayotgan loyihaning asosiy qismlari (3-4 bet).
Bu yerda tashkil etilayotgan korxona nima bilan shug`ullanishi, qancha mablag` va nima uchun
so’ralayotgani, mahsulot va xizmatga kutilayotgan talab darajasi, va tadbirkor nuqtai nazaridan nimaga
aynan uning loyihasi muvoffaqiyatli bo’lishi to’g`risida aniq va ishonarli tarzda bayon qilish lozim.
3.   Tarmoqdagi umumiy vaziyat tahlili
A. joriy vaziyat va uni rivojlanish tendensiyalari
So’nggi yangiliklar to’g`risida ma'lumot berish tavsiya qilinadi.
B. Potensial raqobatdoshlar
(ularning kuchli va ojiz tomonlarini, hamda mazkur loyihaga ta'sir etish darajasini aytib o’tish)
V. Potensial iste'molchilar
Mazkur bo’limning namunaviy savollari:
1.
Tarmoq bo’yicha so’nggi 5 yildagi savdo dinamikasi qanday?
2.
Tarmoq bo’yicha qanday o’sish sur'atlari kutilmoqda?
3.
Oxirgi 3 yil davomida tarmoqda paydo bo’lgan yangi korxonalar
soni?
4.
So’nggi vaqtda tarmoqda paydo bo’lgan yangi mahsulot turlari?
5.
Potensial raqobatdoshlar: ular kimlar?
6.
Nima hisobiga oldinga chiqish mumkin?
7.
Raqobatdoshlarning ahvoli qanday: ular savdosining dinamikasi
 qanday?
8.
Raqobatdoshlarning kuchli va ojiz tomonlari nimada?
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

9.
Potensial iste'molchilar: ular kimlar?
10.
Sizning mahsulotingiz iste'molchilari doirasi, raqobatdosh korxona iste'molchilari doirasidan farq
qiladimi?
4.   Taklif etilayotgan loyiha mohiyati.
A) Mahsulotlar
B) Xizmatlar
V) Ofis xonalari va jihozlari
G) Ma'muriy va ishlab chiqarish personali
D) Tadbirkor va uning hamkorlari to’g`risida ma'lumot
Mazkur bo’limning namunaviy savollari:
1.
Qaysi mahsulot (xizmat) yoki tovarni ishlab chiqarish nazarda
 tutilgan?
2.
Taklif etilayotgan loyiha to’g`risida umumiy ma'lumot bering
 (patent, savdo belgisi agarda mavjud bo’lsa)?
3.
Korxona qayerda joylashadi?
4.
Xona ta'mirga muhtojmi? Ta'mirlash ishlarining taxminiy qiymati
 qancha?
5.
Bu shaxsiy xonangizmi yoki uni ijaraga olish rejalashtirilganmi?
6.
Ushbu xona va uni joylashishi qulaymi?
7.
Qaysi mutaxassislikka ega bo’lgan ishchilar lozim?
8.
Ofis uchun qanday uskunalar lozim?
9.
Ushbu uskunalarni ijaraga olish mumkinmi?
10.
Sizning tadbirkorlik tajribangiz bormi?
11.
Sizning boshqaruv ishdagi tajribangiz bormi?
12.
O’z xaqingizda ma'lumot bering: yoshingiz, ma'lumotingiz,
qiziqishlaringiz va h.
13.
Nimaga siz tadbirkor bo’lishga qaror qildingiz?
14.
Sizning muvoffaqiyatga ishonchingiz nimaga asoslangan?
15.
Yangi mahsulotni ishlab chiqish qaysi bosqichda turibdi?
5.     Ishlab chiqarish rejasi
A) ishlab chiqarish jarayonining ta'rifi, qaysi operatsiyalarni boshqa korxonalar (subpudratchi)
zimmasiga yuklash nazarda tutilgan.
B) ishlab chiqarish xonalari
V) mashina va uskunalar
G) xom-ashyo yetkazib beruvchilar
Mazkur bo’limning namunaviy savollari:
1.
Butun ishlab chiqarish jarayonini to’liq ta'riflab berish.   Boshqa
 korxonalarga buyuriladigan ishlar ro’yxatini keltirish.
2.
Ishlarning bir qismini bajaradigan korxonalar nomi va manzili.
3. Nimaga aynan shu korxonalar tanlanganini tushuntirib bering. Shartnomalar nusxasini keltiring.
4. Ishlab chiqarish oqimlari sxemasini keltiring (iloji boricha grafik shaklda).
6.   Tashkiliy reja
A) Mulkchilik shakli.
B) Hamkorlar yoki asosiy paychilar to’g`risida ma'lumot.
V) Hamkor (paychi)larning mas'uliyat darajasi.
G) Korxona boshqaruvi a'zolari to’g`risida ma'lumot.
D) Tashkiliy tuzilma, ishlarning taqsimlanishi.
Mazkur bo’limning namunaviy savollari:
1.  Tashkil etilayotgan korxonaning mulkchilik shakli va unga asosan asosiy ta'sischilar va ularning
ulushlari to’g`risida axborot bering.
2. Boshqaruv a'zolarini sanab o’ting (ismi-sharifi, manzili, qisqa biografiyasi)
3.   Moliyaviy hujjatlarga kim imzo chekish huquqiga ega?
4.   Boshqaruv a'zolari o’rtasida vazifalar qanday taqsimlangan?
5. Boshqaruv a'zolarining oylik ish xaqi qanday? Mukofotlar va qo’shimchalar to’lash nazarda
tutilganmi?
7. Tavakkalchilikni baholash
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

A) Korxonaning ojiz tomonlari nimalardan iborat.
B) Yangi texnologiyalarni paydo bo’lish ehtimoli.
V) Muqobil (alternativ) strategiyalar.
Raqobatdoshlar, marketing va ishlab chiqarish siyosatidagi noto’g`ri hisob-kitoblar, boshqaruv
kadrlarini tanlashdagi xatolar bularning barchasi havf tug`dirishi mumkin. Shuningdek, texnologik
taraqqiyot har qanday yangilikni bir zumda tarixga aylantirishi mumkin. Bunday xavflar bo’lmagan taqdirda
ham, «ular to’g`risida o’ylamaslik mumkin» degan fikrni asoslab berish lozim.
Ushbu omillarning bittasi xavf tug`dirgan holatdagi korxona strategiyasini oldindan ishlab chiqish
foydali. Muqobil dastur va strategiyalarning mavjudligi, investorga, tadbirkor mumkin bo’lgan
qiyinchiliklar to’g`risida habardorligi va ularga oldindan tayyorligi to’g`risida dalolat beradi.
8. Moliyaviy reja
A) Kamida uch yillik daromad va xarajatlar rejasi (birinchi yil oylar bo’yicha taqsimlangan holda).
Ushbu rejaga kutilayotgan savdo hajmi, sotilgan tovarlar tannarxi va turli xil xarajatlar kiritiladi. Daromad
solig`i stavkalarini bilgan holda, korxonaning soliqlardan keyingi sof foydasini hisoblash mumkin.
B) Uch yillik pul tushumlari va to’lovlar rejasi (birinchi yil oylar bo’yicha taqsimlangan holda).
V) Balans rejasi. Bu yerda korxona aktiv va passivlarini, tadbirkor tomonidan rivojlanish uchun
kiritilgan mablag`larni va taqsimlanmagan daromadni aks ettirish lozim.
G) O’zini-o’zi qoplash nuqtasi (xarajat va daromadlar bir-biriga teng holat).
D) Mablag` manbalari va ularning sarflanishi.
Potensial investor nuqtai nazaridan moliyaviy reja ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi, chunki u yangi
korxonaning investitsiyaviy ehtiyojlarini asoslaydi va iqtisodiy nuqtai nazardan loyihani amalga oshirish
qanchalik foydaliligi to’g`risida fikr yuritish imkonini beradi.
9.   Ilovalar
A) Xat.
B) Shartnoma, litsenziyalar va h. nusxasi
V) Boshlang`ich ma'lumotlar olingan hujjatlarning nusxasi.
G) Yetkazib beruvchilarning preyskurantlari.
D) Boshqa ma'lumotlar.
Rossiya Federatsiyasida qo’llaniladigan biznes-reja namunasi
RF Hukumatining 22.11.1997 yildagi 
1470 Qarori bilan kiritilgan.
1.   Titul varaqasi
- korxona nomi va manzili;
- korxona boshlig`i;
- ismi-sharifi va telefoni;
- loyiha mohiyati (3-5 qator);
- qurilish tavsifi;
- smeta bo’yicha loyiha qiymati;
- qurilish yillari;
- loyihani moliyalashtirish (foizlarda):
a) o’z mablag`lari;
b) qarz mablag`lari (alohida-mahalliy va chet el);
- loyihani qoplanish muddati;
- davlat ekspertizalarining xulosasi;
- tijorat siri to’g`risida axborot.
2.   Rezyume yoki loyihaning kirish qismi (3-4 bet)
- loyiha maqsadlari;
- loyiha mohiyati;
- mahsulot (xizmat) ustunliklari;
- mahsulotga kutilayotgan talab;
- muvoffaqiyatning asosiy omillari;
- kutilayotgan mahsulot eksporti yoki importni o’rnini bosish;
- talab qilinayotgan investitsiyalar;
- qarz mablag`larini qaytarish muddati;
- ijtimoiy masalalarni yechish (yangi ish joylarini yaratish, yo’llar va umumiy foydalanish
kommunikatsiyalarini o’tkazish, uy-joy fondini kengaytirish, nogironlar mehnatidan foydalanish va h.)
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

3.   Tarmoqdagi vaziyat tahlili (3-4 bet)
(bo’limning vazifasi: tarmoqni tavsiflash – rivojlanayotgan, barqaror, tushkunlikda).
- mintaqa va mamlakatdagi umumiy ehtiyoj va mahsulot ishlab chiqarish hajmi;
- mintaqa va mamlakatda mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha korxonaning kutilayotgan ulushi;
- potensial raqobatdoshlar, ularning kuchli va ojiz tomonlari;
- so’nggi 3 yil davomida mahsulotning qanday va qaysi analoglari paydo bo’ldi.
4.   Ishlab chiqarish rejasi
(bo’limning vazifasi: tanlangan ishlab chiqarish jarayonini asoslash va uning iqtisodiy ko’rsatkichlarini
aniqlash)
- ishlab chiqarishni tashkil etishga bo’lgan maxsus talablar;
- asosiy uskunalar tarkibi, yetkazib beruvchilari, yetkazish shartlari (ijara, xarid), qiymati;
- xom-ashyo va materiallar, yetkazib beruvchilar va o’rtacha narxlar;
- xom-ashyo va materiallar bilan ta'minlashning muqobil manbalari;
- amortizatsiya shakllari va me'yorlari;
- ishlab chiqarilishi mo’ljallangan mahsulot tannarxi;
- kapital qo’yilmalar tuzilmasi (qurilish-montaj ishlari, uskunalar xarajatlari, boshqa xarajatlar);
- ishga tushirish va quvvatlarni o’zlashtirish muddatlari;
- ekologik va texnik havfsizlikni ta'minlash.
5.   Marketing rejasi
(bo’lim vazifasi: tovarni sotish qiyinchiliklarga olib kelmasligini asoslash)
- so’nggi iste'molchilar;
- korxona monopolistmi?
- talab turi (tekis yoki mavsumiy);
- raqobat va raqobatdoshlar tavsifi;
- mahsulotning qaysi xususiyatlari yoki qo’shimcha xizmatlari uni, raqobatdoshlarga nisbatan,
ustuvorligini belgilaydi?
- patentlash (tovarni ichki va tashqi bozorlarda himoyalash, korxona huquqlarini buzmagan holda
raqobatdoshlar tomonidan xuddi shunday mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati);
- texnologik o’zgarishlarning mahsulot tannarxiga ta'siri;
- savdo xarajatlari;
- mahsulot (xizmatlarni) sotish bilan bog`liq kapital xarajatlar;
- raqobatdoshlarning qanday hatti-harakatlaridan qo’rqish lozim va ularga javob qaytarish strategiyasi?
- mahsulot narxini asoslash;
- savdoni tashkil etish (savdo jarayoniga jalb qilinadigan korxonalarni ko’rsatgan holda, savdo tizimini
ta'riflash);
- sotishdan keyingi xizmat ko’rsatish;
- reklamani tashkil etish va reklama xarajatlari hajmi.
6.   Tashkiliy reja
- korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli (hamkorlik shakli, ta'sischilar va ularning ulushlari);
- aksiyalar (qancha chiqarilgan va yana qancha chiqarish ko’zda tutilgan);
- boshqaruv tarkibi, qisqa biografik ma'lumotnomalar;
- moliyaviy hujjatlarga imzo chekish huquqiga kim ega?;
- boshqaruv tarkibi a'zolari o’rtasida vazifalarning taqsimlanishi;
- loyihani mahalliy ma'muriyat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi.
7.   Moliyaviy reja
- investitsiyalar hajmi;
- manbalar va davrlar bo’yicha loyihani moliyalashtirish hajmi;
- kreditlarni taqdim etish shartlari;
- pul oqimlarining harakati;
- daromad va xarajatlarning prognoz balansi;
- loyiha samaradorligi ko’rsatkichlari (qoplanish muddati, samaradorlikning ichki koeffitsienti va b.);
- balans tuzilmasini baholash (joriy likvidlik, o’z mablag`lari bilan ta'minlanishi va h.).
O’zbekistondagi investitsiyaviy iqlimga ta'sir etuvchi omillar tahlili.
Investitsiyaviy iqlim - bozor islohotlarining to’g`ri yo’lda ekanligi va jahon hamjamiyatining
mamlakatdagi mulkchilik huquqlari mustahkamliligiga bo’lgan ishonchining o’lchagichi sifatida xizmat
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

qiladi. Bugungi kunda O’zbekistonda qulay investitsiyaviy muhit yaratilgan. Chet el investitsiyalariga ega
korxonalar (ChIK) qonun kafolatlari va sezilarli fiskal imtiyozlarga ega. Natijada, O’zbekiston
iqtisodiyotidagi chet el kapitalining roli yildan yilga oshib bormoqda. Bu ChIKlarning sonini o’sishi,
ularning YaMM, tashqi savdo aylanmasi va aholi bandligidagi ulushini oshishi bilan ifodalanadi. Shu bilan
birga ChIKlar uchun import qilinadigan uskunalarning qiymat hajmi ularning mahsuloti eksporti qiymati
hajmidan ancha yuqori. Ushbu muammoning yechimi, ChIKlar eksport faoliyatini kengaytirish uchun
qo’shimcha rag`batlantirish choralarini joriy etishni talab qiladi.
Ma'lumki, har qanday mamlakatdagi investitsiyaviy muhit, birinchi navbatda mamlakatdagi siyosiy
barqarorlikka bog`liq bo’ladi. Aynan ushbu omil, investorga bugungi kunni foydasini emas, balki uzoq
kelajakni ko’zlagan holda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi. O’zbekiston
investitsiyaviy iqlimining muhim xususiyati shundaki, mamlakatimiz Markaziy-Osiyo mintaqasidagi eng
barqaror davlat bo’lib qolmoqda. O’zbekistonda ChIKlar faoliyatining qonuniy bazasini shakllantirish
bo’yicha doimiy tarzda ishlar olib borilmoqda, bu esa investitsiyaviy iqlimning muhim tarkibiy qismidir.
ChIKlar faoliyatini tartibga soluvchi qonuniy bazasining asosida, 5 may 1994 yilda qabul qilingan «Chet el
investorlari va chet el investorlari faoliyatining kafolatlari to’g`risida»gi va 30 aprel 1998 yilda qabul
qilingan «Chet el investorlari huquqlarining kafolatlari va ularni himoyalash tadbirlari to’g`risida»gi
O’zbekiston Respublikasi Qonunlari yotadi. Bu qonunlar respublikada faoliyat yurituvchi chet ellik
investorlar uchun tavakkalchilikni kamaytirishni nazarda tutgan bir qator tadbirlarni o’z ichiga oladi.
Shuningdek, mamlakat boshqaruvi tomonidan amalga oshirilayotgan makroiqtisodiy barqarorlik
siyosati ham muhim omil hisoblanadi. O’zbekiston Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi bilan yaxshi
aloqalar o’rnatgan. Bunday aloqalar o’zaro hurmat va umumiy masalalarni konstruktiv xal qilish istagi
poydevorida barpo etilgan.
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich evolyutsion siyosati amalga
oshirilishi jarayonida quyidagi natijalarga erishildi:
- iqtisodiyot tushkunligining oldi olindi va uning barqarorlashuviga erishildi;
- davlat byudjeti defitsiti ancha pasaydi, bu o’z navbatida inflyatsiyaviy jarayonlarni nazorat qilish
imkonini berdi;
- iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini qayta qurish va rivojlantirishga yo’naltirilgan tuzilmaviy
o’zgarishlar amalga oshirilmoqda;
- davlat tasarrufidan chiqarish va privatizatsiya jarayonlari avj oldi.
Har qanday mamlakat investitsiyaviy muhitini tahlil qilishda, milliy valyuta konvertatsiyasi darajasiga
muhim rol ajratiladi. Valyuta ayirboshlash kursi ustidan davlat nazoratining saqlanishi va xaridorlarni
rasmiy chet el valyuta bozoriga kirishini ta'minlash O’zbekiston iqtisodiy siyosatining o’ziga xos
xususiyatidir.
Mamlakatga chet el investitsiyalari kirib kelishiga to’sqinlik qiluvchi omillardan biri, bank tizimining
rivojlanmaganligidir. Xususan, investorlar nuqtai nazaridan, O’zbekistonda naqd va naqd pul
operatsiyalarini o’tkazishni yaxshilash, moliyaviy bozorda raqobat muhitini yaratish ehtiyoji sezilarli.
So’nggi vaqtda investitsiyaviy muhitning muhim omili sifatida, chet el investorlari uchun yaratilayotgan
imtiyoz va rag`batlantirishlar tizimi aks ettirilmoqda. Turli mamlakatlarda, chet ellik investorlar o’ziga xos
imtiyozlar tizimi joriy etilgan. Bozor  infratuzilmasi va huquqiy muhitni shakllantirish, muayyan vaqtni
talab qiluvchi jarayon hisoblanadi.Shuning uchun ham ko’pchilik mamlakatlar, qulay investitsiyaviy
muhitni shakllantirish masadida, vaqtinchalik choralar sifatida, chet el investorlari uchun ayrim imtiyozlar
va rag`batlantirishlarni joriy etadilar. O’zbekiston hukumati tomonidan ChIKlarga katta moliyaviy
imtiyozlar taqdim etilgan. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
-ChIKning o’z ishlab chiqarish ehtiyojlari va unda ishlovchi chet ellik ishlovchilarining shaxsiy
ehtiyojlari uchun O’zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan mulk bojxona bojlaridan ozod qilinadi;
-respublika investitsiyaviy dasturiga kiritilgan loyihalarga kapital qo’yilmalarni amalga oshiruvchi
ishlab chiqarish ChIKlari 7 yilgacha daromad solig`idan ozod qilinadilar;
-ishlab chiqarish ChIK lari Nizom jamg`armasida chet el investorlarining ulushi 50 foiz va undan ortiq
bo’lsa, Nizom jamg`armasi kattaligiga qarab, ular uchun amaldagi soliq stavkalari kamaytiriladi;
-eksportga mo’ljallangan yoki import o’rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi, yangidan
tashkil etilayotgan ChIK lar, agarda ularning ishlab chiqarish hajmining 25 foizdan ortig`ini bolalar tovarlari
tashkil etsa, ishlab chiqarishni boshlagan vaqtidan 5 yil davomida daromad solig`idan ozod qilinadilar
(keyingi yillarda esa, amaldagi daromad solig`i foiz stavkasi ular uchun 2 barobar kamaytirilgan);
-Nizom jamg`armasida chet el kapitalining ulushi 50 foiz va undan ortiq bo’lsa, ishlab chiqarishni
rivojlantirish va kengaytirishga yo’naltirilgan daromad solig`idan ozod qilinadi;
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

-o’zi ishlab chiqarayotgan mahsulotni erkin konvertatsiyalanadigan valyutaga eksport qiluvchi, ishlab
chiqarish ChIKlari eksport bojxona bojlari va boshqalardan ozod etiladilar.
So’nggi yillarda kuzatilayotgan asosiy tendensiya shundan iboratki, nafaqat rivojlanayotgan va
postsotsialistik davlatlar, balki rivojlangan davlatlar ham chet el investorlari uchun yildan-yilga ko’proq
imtiyozlarni taqdim etmoqda. Bu jahon bozoridagi kapital uchun olib borilayotgan raqobat kurashining
yorqin isbotidir. Rivojlangan davlatlar moliyaviy imtiyozlarga asoslansa, o’tish iqtisodiyotidagi davlatlar
birinchi navbatda fiskal imtiyozlarni taqdim etishadi.
Moliyaviy va fiskal imtiyozlarni o’zaro ajratishga bo’lgan bir nechta yondashuvlar mavjud. Bizning
fikrimizcha YUNKTAD (UNCTAD) tomonidan taklif etilgan yondashuv eng xaqiqatga yaqinidir.
Ushbu yondashuvga muvofiq fiskal imtiyozlarga quyidagilar kiradi:
- soliq «ta'tillari», korxona muayyan muddatga bir yoki bir nechta (ayrim hollarda esa barcha) soliqlarni
to’lashdan ozod etiladi;
- korporativ soliq (daromad/foyda solig`i) stavkalarini pasaytirish;
- import bojlaridan ozod qilish;
- reinvestitsiya imtiyozlari, foydani ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga yo’naltiriladigan
qismini soliqlardan ozod etish;
- ijtimoiy dasturlar imtiyozlari, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish korxona xarajatlarini to’liq yoki bir
qismini soliqqa tortish bazasidan chiqaradi.
Qo’llanilayotgan rag`batlantirish tadbirlarini tizimlashtirish, va demak ularning samaradorligini oshirish
uchun, kapital qabul qiluvchi mamlakatlar hukumatlari tomonidan imtiyozlarni berish mezonlari ishlab
chiqilgan. Fiskal imtiyozlarni taqdim etishning asosiy mezoni sifatida, iqtisodiyotning mamlakat uchun
ustuvor bo’lgan sohalariga kapital kiritish xizmat qiladi.
O’zbekiston uchun, masalan, iqtisodiyotning barcha sohalaridagi asosiy ustuvorlik bu eksportga
yo’naltirilgan yoki importni o’rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarishdir. Ammo, jahonda ro’y
berayotgan iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda «inson resurslari» va innovatsion
tadqiqotlarga kiritiladigan investitsiyalar, XXI asrda yetakchilar qatorida bo’lishni istagan har qanday
mamlakatning muhim ustuvorliklari qatorida bo’lishi lozim.
O’zbekiston hukumati chet el investitsiyalari uchun qulay bo’lgan me'yoriy-huquqiy bazani yaratishga
intilmoqda. Ushbu maqsadni ko’zlagan holda «Chet el investitsiyalari to’g`risida»gi Qonun (may 1994y.),
Vazirlar Mahkamasining 
55 qarori (yanvar 1996y.) 1996 yil 31 mayda O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmoni qabul qilindi. Bu hujjatlarda O’zbekistonga xorijiy inves-torlarni kiritishga doir
qarorlarning hukumat tomonidan qabul qilish jarayonlari bilan bir qatorda chet el investorlarining huquq va
majburiyatlari majmui ham belgilab berilgan.
Xususiylashtirish jarayoni hukumatga qat'iylik bilan xorij investitsiyalarini jalb etish bo’yicha o’z
maqsadlari jiddiyligini ko’rsatish imkonini beradi.
Ayrim korxonalar xorijiy investorlarda katta qiziqish tug`dirishi, shubhasiz. Agar adolat va
professionallik bilan bir necha aktivlarni sotsa, unda hukumat xorijiy investorlarni to’laqonli hamkorlar
sifatida jalb qilib, o’z maqsadlari jiddiyligini isbotlab beradi.
Ommaviy xususiylashtirish dasturiga qo’shimcha sifatida individuallik asosida ayrim yirik va muhim
korxonalarni sotish imkoniyatlarini ko’rib chiqish mumkin.
Investitsiyaviy muhitni yaxshilashda xususiylashtirishning xorij tajribasi bir necha quyidagi jihatlarga
e'tiborni qaratish maqsadga muvofiqligini ko’rsatdi.
1. Axborotning yetarli darajada emasligi, xorijiy investorlarning asosiy e'tiroziga sabab bo’ladi.
2. Individuallik asosida xususiylashtirish uchun korxonalarni puxta saralanishi oxir-oqibatda
muvoffaqiyatga erishish uchun muhim ahamiyatga ega.
3. Qayta tashkil etish bo’yicha amalga oshiriladigan harakatlar, masalan, texnologiya almashtirish,
mahsulotning yangi turlarini kiritish, yangi bozorlarni topish va shunga o’xshash ishlar bo’lajak mulkdor
zimmasiga qo’yilgani maqsadga muvofiqdir.
4. Kompaniyani qayta tiklash bo’yicha rejalar uning sotilish narxiga qaraganda ko’proq qiziqtirishi
lozim. Ayrim investorlar xususiylashtirishning asosiy maqsadi to’g`risida aniq tasavvurga ega emaslar.
5. Savdolarni ochiq tenderlar yoki boshqa raqobatli uslublar orqali vositachilarsiz, to’g`ridan-to’g`ri
amalga oshirish lozim. Bunda yaxshi obro’ga ega bo’lgan  maslahatchilar xizmatlaridan foydalanish
maqsadga muvofiq bo’ladi. Masalan, yirik qayta xususiylashtirish bitimlarini amalga oshirayotganda
investitsiyaviy banklar va audit kompaniyalariga murojaat qilish kerak bo’ladi.
O’zbekiston, turli xil qonunchilik hujjatlarida aks ettirilgan, soliq rag`batlantirishlarining keng
to’plamini taqdim etadi. Bundan tashqari, chet el investorlari qo’shimcha rag`batlantirishlarga ham ega
Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin