Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/25
tarix21.01.2020
ölçüsü1,08 Mb.
#30246
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
qishloq xojaligida investitsiyon jarayonlarni boshqarish va biznes rejalashtirish


Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

kredit oluvchi o’rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kredit quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- vaqtinchalik bo’sh pul mablag`larini jamg`arish;
- pul mablag`larini, ularni keyinchalik qaytarilishi sharti bilan qayta taqsimlash;
- kredit muomalasi vositalari va kredit operatsiyalarini yaratish;
- umumiy pul aylanmasi hajmini tartibga solish.
Kredit tizimi har bir mamlakat iqtisodiyotining ajralmas va muhim qismi hisoblanadi. Chunki
mamlakat iqtisodiy rivojlanishining shakli va dinamikasi aynan kredit tizimiga bog`liq bo’ladi.
Kredit tizimini ikkita jihatdan ko’rib chiqiladi:
- birinchidan, kredit munosabatlari, shakllari, usullari va kreditlash turlarining yig`indisi sifatida;
- ikkinchidan, qonunchilik bilan belgilangan holda faoliyat yurituvchi banklar va boshqa kredit
tashkilotlarining yig`indisi sifatida.
Kredit munosabatlarining sub'ektlari bo’lib tijorat tashkilotlari, aholi, davlat va banklar xizmat qilishi
mumkin.
Kredit munosabatlarida bozorning har bir sub'ekti ikkita shaxs, kreditor va kredit oluvchi rolini
o’ynashi mumkin.
Iqtisodiyotdagi kredit munosabatlari muayyan uslubiy asosga ega bo’ladi, uning elementlaridan biri
sifatida kredit bozoridagi har qanday operatsiyani bajarishda qat'iy rioya qilinadigan tamoyillarni ta'kidlash
mumkin.
Kredit tashkilotlari o’zaro bog`langan bo’lib, bozor munosabatlari ishtirokchilarining - tijorat
tashkilotlari, jismoniy shaxslar, davlat tashkilotlari - pul mablag`lari yoki moliya va pul aylanmasi bilan
bog`liq xizmatlarga bo’lgan talabini qondiradi.
Kredit tizimi bank va bankga tegishli bo’lmagan qismlardan iborat bo’ladi.
Bank qismi - kredit tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi, chunki kredit munosabatlarida
ishtirok etuvchi pul mablag`larining asosiy qismi aynan banklar orqali o’tadi, va aynan banklar moliyaviy
bozordagi asosiy xizmat ko’rsatuvchi tashkilot hisoblanadi.
Bankga tegishi bo’lmagan qism - banklarga nisbatan kamroq va maxsus xizmatlarni ko’rsatuvchi
tashkilotlardan iborat bo’ladi (pochta-jamg`arma muassasalari, lombardlar va h.)
Banklar – o’z va jalb qilingan mablag`lardan maksimal samarali foydalanish hisobiga foyda olishni
maqsad qilib qo’ygan kredit tashkilotlaridir.
Banklar Markaziy Bank (MB) litsenziyasiga asosan, qaytarish, to’lovlilik, muddatlilik shartlarida o’z
nomidan pul mablag`larini joylashtiradi, hamda hisob-kassa va boshqa bank operatsiyalarini amalga
oshiradi.
Bankning asosiy mohiyati - pul mablag`larining kreditorlardan kredit oluvchilarga va sotuvchilardan
xaridorlarga harakatlanishidagi vositachilikdir.
Shunday qilib, banklar mamlakat pul aylanmasini tartibga solib turuvchilar hisoblanadi.
Banklar, tijorat korxonalari sifatida, qayta ishlab chiqarish, sanoat va savdo kapitalining aylanmasi
ehtiyojlari munosabati bilan paydo bo’ldi.
Natural xo’jalikning yo’qolishi, savdo va tovar ayirboshlashning o’sishi pul hisob-kitoblari va kredit
mohiyatini keskin oshirib yubordilar.
Yollanma mehnatga keng miqyoslarda o’tish, daromadlarning katta qismi pul shaklida to’lanishiga
olib keldi.
Muntazam pul aylanmasi paydo bo’ldi, va uni tashkil etish va unga xizmat ko’rsatishni banklar o’z
zimmasiga oldilar. Banklar korxona va davlat tashkilotlari, aholi jamg`armalarining bo’sh pul mablag`larini
jalb etadilar va keyinchalik ularni ssudaga beradilar.
Banklar - sanoat va savdoni kreditlash va moliyalashtirish bilan shug`ullanuvchi, har qanday normal
faoliyat yuritayotgan iqtisodiyot uchun xos bo’lgan tashkilotlardir.
Hozirgi kunda banklar kredit-moliyaviy xizmatlarning katta qismini amalga oshiradi.
Banklarning asosiy operatsiyalari bo’lib pul mablag`larini jalb etish - va ularni ssudaga berish xizmat
qiladi.
Kreditning qaytariluvchanligi.
Kreditning majburiy belgisi, ushbu belgisiz kreditlashning mohiyati yo’qoladi.
Ushbu tamoyil kreditordan olingan moliyaviy mablag`larning o’z vaqtida qaytarilishi lozimligini
ifodalaydi.
Uning amaliy ifodasi kredit bergan tashkilot hisob-raqamiga muayyan ssudani qoplash uchun pul
mablag`larini o’tkazishda namoyon bo’ladi. Kredit resurslarining o’z vaqtida qaytarilishi, bank kredit
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

faoliyatini davom ettirishining zaruriy sharti hisoblanadi.
Kreditning muddatliligi.
Kredit qaytarilishiga erishish usuli. Bu degani kredit kredit oluvchi istagan vaqtda emas, aniq
belgilangan mudatdan so’ng qaytarilishi lozim. Ushbu muddat kredit shartnomasida yoki uni o’rniga
tuzilgan boshqa hujjatda aniq ko’rsatilgan bo’ladi.
Ko’rsatilgan shartni bajarmaslik kreditor tomonidan kredit oluvchiga nisbatan, olinadigan foiz
to’lovlarini oshirish kabi, turli xil iqtisodiy jarimalarni  qo’llash, keyinchalik esa sudga murojaat qilish
uchun asos bo’la oladi.
Kreditning to’lovliligi. Ssuda foizi.
Bu tamoyil qarz oluvchi tomonidan bankdan olingan kredit resurslarni faqatgina qaytarish emas,
ulardan foydalanish uchun to’lovlarni ham amalga oshirish lozimligini bildiradi.
Kredit uchun to’lovning iqtisodiy mohiyati undan foydalanish natijasida olingan qo’shimcha
daromadni kreditor va qarz oluvchi o’rtasida taqsimlashdan iboratdir.
Mazkur tamoyilning amaldagi ifodasi, quyidagi asosiy uchta funksiyani bajaruvchi, bank foizi
kattaligini belgilash jarayonida namoyon bo’ladi:
- yuridik va jismoniy shaxslar daromadlarining bir qismini qayta taqsimlash;
- tarmoq, tarmoqlararo va xalqaro miqyoslarda ssuda kapitallarini taqsimlash yo’li bilan, ishlab
chiqarish va muomalani tartibga solish;
- iqtisodiyot rivojlanishining tanglik bosqichlarida, bank mijozlari pul jamg`armalarini inflyatsiyadan
himoyalash.
Ssudaga olingan kapitalga to’g`ri keladigan yillik daromadni berilgan kredit miqdoriga nisbati sifatida
belgilanadigan ssuda foizi stavkasi, kredit resurslarining narxi sifatida xizmat qiladi.
Kredit uchun to’lash lozimligi, kredit oluvchini undan iloji boricha samaraliroq foydalanishga
undaydi.
Kredit uchun foiz belgilashda quyidagi omillar hisobga olinishi lozim:
- MB tomonidan o’rnatiladigan foiz stavkasi;
- banklararo kreditlar bo’yicha o’rtacha foiz stavkasi;
- jalb qilingan qo’yilmalar va depozitlar bo’yicha o’rtacha foiz stavkasi;
- o’z va qarz moliyaviy mablag`larining nisbati: jalb qilingan mablag`lar ulushi qanchalik katta bo’lsa,
kredit shunchalik qimmat bo’ladi;
- kredit resurslariga bo'lgan talab: talab qanchalik yuqori bo’lsa, kredit shunchalik qimmat bo’ladi;
- kredit so’ralayotgan muddat, kredit bo’yicha tavakkalchilik darajasi;
- mamlakatdagi moliyaviy barqarorlik: inflyatsiya surati qanchalik yuqori bo’lsa, kredit shunchalik
qimmat bo’ladi.
Kreditning o’zgaruvchanligi.
Har bir potensial kredit oluvchiga nisbatan, uning faoliyat shartlaridan kelib chiqqan holda, turlicha
yondashuv bo’lishi lozim.
Ushbu tamoyil kredit tashkilotining turli xil kredit oluvchilarga nisbatan o’zgaruvchan yondashuvini
belgilab beradi.
Buning amaliy bajarilishi muayyan bankning individual manfaatlariga ham, faoliyatning ayrim tarmoq
va sohalarini (misol uchun, fermer xo’jaliklarini) qo’llab-quvvatlash to’g`risidagi davlat tomonidan olib
borilayotgan markazlashgan siyosatga ham bog`liq bo’lishi mumkin.
Kreditning ta'minoti.
Ushbu tamoyil, kredit oluvchi tomonidan kredit shartnomasining shartlari bajarilmagan taqdirda,
kreditor mulkiy manfaatlarini himoya qilish lozimligini aks ettiradi. Mazkur tamoyilning amaliy ifodasi
garov ta'minoti yoki moliyaviy kafolatlarda o’z aksini topadi.
Kreditning maqsadli xarakteri.
Kredit operatsiyalarining katta qismiga taalluqli bo’lib, kreditordan olingan mablag`lar maqsadli
sarflanishi lozimligini bildiradi.
Tamoyilning amaliy ifodasi kredit shartnomasidagi tegishli band bilan belgilangan bo’ladi. Mazkur
band bo’yicha majburiyatlarning bajarilmasligi kreditni muddatidan oldin qaytarish yoki jarima foizini
kiritish uchun asos bo’la oladi.
Umumlashtirib aytganda, kreditlarni quyidagi asosiy belgilari bo’yicha ajratish mumkin:
Iste'molchilar guruhlari bo’yicha:
- tijorat tashkilotlari;
- aholi va jismoniy shaxslar;
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

- davlat organlari;
- banklar.
Maqsadi bo’yicha:
- iste'mol;
- sanoat;
- savdo;
- qishloq xo’jaligi;
- investitsiyaviy.
Foydalanish muddati bo’yicha:
- talabga qadar;
- muddatli, ular o’z navbatida qisqa, o’rta va uzoq mudddatlilarga bo’linadi;
Hajmi bo’yicha:
- yirik;
- o’rta;
- mayda.
Ta'minoti bo’yicha:
- ta'minlanmagan;
- ta'minlangan (garov, kafolat, sug`urtalangan).
Berish usuli bo’yicha:
- kompensatsion ssudalar - turli xil maqsadlarda foydalanish uchun hisob raqamiga kelib tushadigan
mablag`lar;
- to’lov ssudalari - kredit oluvchining pul hujjatlarini to’lash uchun yo’naltiriladigan pul mablag`lari.
Qoplash uslublari bo’yicha:
- asta-sekin qoplanadigan;
- bir martada qoplanadigan.
16-MAVZU.  QISHLOQ XO‘JALIGIDA INVESTITSIYAVIY JARAYONLARNI
RIVOJLANTIRISHDA LIZINGNING TUTGAN O‘RNI.
Jahon amaliyoti lizingni kapital joylashtirishni mablag‘ bilan ta'minlashning, aniqrog‘i, loyihalarga
investitsiyalar jalb etishning yuqori samara beradigan turi ekanligini ko‘rsatdi. Ko‘p yillik kuzatishlar shuni
ko‘rsatdiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida lizing kompaniyalarining sinishi kamdan-kam uchraydigan holdir.
Lizingning oddiy ijaradan asosiy farqi shundaki, lizingda ijaraga berilgan asbob-uskunalar shartnoma
muddati tugagandan so‘ng, ularni qoldiq qiymati bo‘yicha sotib olish ko‘zda tutiladi. Lizingning farqli
xususiyatlaridan yana biri shundaki, lizing kompaniyalarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish uchun
o‘z mablag‘lari yetishmaydi. Shu sababli ko‘pchilik lizing operatsiyalarida jalb qilingan mablag‘lar keng
qo‘llaniladi. Bunda, odatda, bankning uzoq muddatli ssudalari jalb qilinadi.
Bozor sharoitida hukumat bugungi kun bilan emas, balki kelgusini o‘ylab iqtisodiy siyosat olib boradi.
Lizing fan-texnika taraqqiyotiga xizmat qiladi. Ertangi kunda ishlab chiqarish bugungi olinmagan soliqlarni
to‘liqligicha qoplaydi, demak, u iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratib beradi.
Lizing muomalalarini amalga oshirish deganda, ishlab chiqarish vositalarining (mashina, uskunalar va
hokazolarni) tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga o‘rta yoki uzoq
muddatlarga ijara shartlari asosida berilishi tushuniladi. Hammamizga odat bo‘lib qolgan oddiy ijara
tushunchasidan farqli o‘laroq, lizingga olingan ishlab chiqarish texnika va texnologiyalarni, mashina va
uskunalarni pirovard natijada, ya'ni shartnoma muddati tugagandan so‘ng, ijarachi ularni qoldiq qiymati
bo‘yicha sotib olishi hamda ularga egalik qilishi mumkin. Odatda, lizing muomalalari jarayonida uch tomon
ishtirok etadi.
1-jadval
Lizing jarayoni ishtirokchilari
Ishlab
 chiqaruvchi
(yetkazib beruvchi,
sotuvchi)
Zarur mashina va asbob-uskunalar bilan ta'minlovchi (yoki ularni
sotuvchi).
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

Lizing beruvchi
Ishlab chiqarish korxonalaridan (yoki sotuvchidan) kerakli
mashina va uskunalarni sotib oluvchi hamda ularni o‘z
mijozlariga yetkazib beruvchi.
Ijarachi (lizing oluvchi)
Ishlab chiqarish vositalarini shartnoma asosida ijaraga oluvchi.
Rivojlangan mamlakatlarda lizing muomalalarini maxsus moliya jamiyatlari, jumladan lizing
kompaniyalari, firmalar va yirik banklar amalga oshiradi.
Lizing muomalalarining xilma-xil turlari mavjud bo‘lib, amalda esa ularning quyidagi ikki turi
nisbatan ko‘proq qo‘llaniladi:
Operativ lizing. Lizingning bu turida ijaraga berilayotgan texnika uskunalarining ijara muddati
ularning xizmat qilish muddatiga qaraganda qisqa bo‘ladi. Mulk egasi tomonidan (lizing beruvchi) ijaraga
berish maqsadida sotib olingan zarur asbob-uskunalar hamda ularga ketgan sarf-xarajatlar faqat qisman
qoplanadi.
Moliyaviy lizing. Bu lizing asosida o‘zaro tomonlar imzolangan shartnomaga binoan, shartnoma
muddati tugagandan so‘ng ijarachi lizingga olingan uskunalarni qoldiq qiymati bo‘yicha sotib olishi
mumkin. Bu holda lizingga berilgan mashina va uskunalarga egalik qilish huquqi bevosita ijarachiga o‘tadi.
Operativ lizing quyidagi xususiyatlarni o‘z ichiga oladi:

texnik uskunalar va jihozlarni ijaraga beruvchi lizing kompaniyasi hyech qachon"barcha sarf-
xarajatlarimni yakka-yu yagona mijozim evaziga qoplayman" qabilida hisob-kitoblarga tayanmaslik;

ijaraga berilgan texnika, asbob-uskunalarning nosoz holga kelishi yoki yo‘qolishi, shuningdek tabiiy
ofatlar - zilzila, yong‘in va sel ketish oqibatida ko‘riladigan moddiy zararlar, asosan lizing beruvchi
kompaniya hisobiga qoplanishini nazarda tutish;

ijara muddati mavjud asbob-uskuna va jihozlarning jismonan butunlay ishdan chiqish muddatini
qoplamasligi darajasida belgilamaslik;

kelishilgan muddat tugagandan so‘ng, ijaraga olingan barcha uskunalar egasiga, ya'ni lizing
beruvchiga qaytarib beriladi.
Operativ lizing quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Renting. Mulkni bir kundan to bir yilgacha bo‘lgan qisqa muddatga ijaraga berishni nazarda tutadi.
Xayring. Bunda mulk 1 yildan 3 yilgacha muddatga ijaraga beriladi. Odatda, bu muddat o‘rta muddat
hisoblanadi.
Yuqoridagi muomalalar bir turdagi (turdosh) uskunalarni bir ijarachi tasarrufidan boshqa biriga tez-
tez o‘tib turishini taqozo etadi.
Moliyaviy lizing bo‘yicha kelishilgan muddat tugagandan so‘ng ijarachi tomonidan ijaraga olingan
uskunalar qiymatini to‘lashi muhim ahamiyat kasb etadi. Ijaraga berilgan mashina va uskunalar, ularni
ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan iqtisodiy foydalanish muddati (amortizatsiya davri)ni
o‘tashi, shubhasiz, lizing kompaniyalari kutgan va oldindan belgilagan foydani keltiradi.
Moliyaviy lizing ham o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi:
-ba'zi xizmat turlarini qamrab oluvchi lizing;
-levedj-lizing;
-"paketdagi" lizing.
Ba'zi xizmat turlarini qamrab oluvchi lizing. Bunda lizing kompaniyasi ijaraga berilgan uskunalarni
o‘rnatish, sozlash, mutaxassislar tayyorlash kabi bir qator majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.
Levedj-lizing. Bunda ijaraga berilayotgan uskuna va jihozlar narxining katta miqdori uchinchi
tomondan, ya'ni investordan qarzga olinadi.
"Paketdagi" lizing. Mavjud ishlab chiqarish inshootlari va binolar kreditga berilib, zarur bo‘lgan
mashina va uskunalar esa ijarachiga ijara shartnomasi asosida beriladi. Lizing muomalalari ularni keltirib
chiqaruvchi ob'ektiv shart-sharoitlarga qarab, aniqrog‘i, ob'ektga egalik qilish manbalari nuqtai nazaridan
ikkiga: bevosita va yana o‘ziga qaytuvchi lizing turlariga bo‘linadi.
Bevosita lizing. Bunda lizing kompaniyasi mijoz uchun uning buyurtmasi asosida mashina va
uskunalarni ularni ishlab chiqarayotgan korxonalardan sotib oladi.
Yana o‘ziga qaytuvchi lizing. Moliyaviy lizingning nisbatan kam uchraydigan bu turi "liz-bek" deb
ham ataladi. Bunda ishlab chiqaruvchi korxona o‘z tasarrufidagi xususiy mulkning bir qismini lizing
kompaniyasiga naqd pulga sotadi. Ayni chog‘da lizing kompaniyasi bilan korxona o‘rtasida sotilagan mulk
xususida shartnoma tuziladi. Amalda esa asbob-uskunalar o‘z o‘rnini o‘zgartirmagan holda, ishlab chiqarish
jarayonida xizmat qilaveradi. Shartnomaga binoan lizing kompaniyasi esa muayyan muddat ichida ijara
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

haqini olaveradi. Bu sharoitda korxona sotilgan mulk uchun olgan mablag‘larni ishlab chiqarishni
kengaytirish va rivojlantirish maqsadlariga sarflash imkoniyatlariga ega bo‘ladi.
Shartnoma amal qilayotgan muddat ichida ijaraga berilgan barcha ishlab chiqarish vositalari-mashina
uskuna va jihozlar lizing kompaniyasi balansi hisobida bo‘ladi va kompaniya yuqoridagi texnika
uskunalarning sohibi (egasi) sifatida e'tirof etiladi.
Ijaraga berilayotgan mulkka nisbatan lizing quyidagi turlarga bo‘linadi:
Sof lizing. Bunda ijaraga berilayotgan mulk va ularni ishlatishga sarflanadigan barcha qo‘shimcha
xarajatlar ijarachi zimmasiga yuklatiladi.
To‘liq lizing. Bu lizing turiga binoan ijaraga berilayotgan mashina va uskunalarga texnik xizmat
ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha sarf- xarajatlar lizing kompaniyasi zimmasiga tushadi. Agar lizing beruvchi
sub'ekt sifatida lizing kompaniyasi faoliyat ko‘rsatsa, bunday hollarda lizing bo‘yicha operatsiyalar
quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Shartnoma imzolangunga qadar lizing oluvchi sub'ektning talab va ehtiyojlari bayon etilgan
buyurtmasi ko‘rib chiqiladi. Kompaniya rahbariyati o‘z navbatida, yuqoridagi buyurtma bilan murojaat
qilgan tashkilotning so‘nggi yillardagi moliyaviy holat bilan tanishib chiqadi. Agar tekshiruv natijasi
qoniqarli deb topilsa, kompaniya mazkur tashkilot bilan lizing shartnomasini imzolaydi.
Shartnoma ikki tomon o‘rtasida lizing kompaniyasi (ijaraga beruvchi) va lizing oluvchi (ijarachi) yoki
bo‘lmasa uch tomonlama imzolanishi mumkin. Bunda, shartnomada uchinchi tomon sifatida zarur mashina
va uskunalarni ishlab chiqaruvchi korxona ishtirok etadi.
Lizing shartnomasi ikki tomonlama imzolangan taqdirda lizing kompaniyasi ikkinchi tomon bilan
shartnoma shartlarini kelishib olgandan so‘ng, uning buyurtmasiga muvofiq, so‘ralayotgan texnika va
texnologiyalarni, mashina va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi korxonaga ma'lumotnoma yuboradi
hamda ijaraga olinayotgan uskunalarning narxlari ijara shartlari va hokozolarni kelishib oladi. Lizing
oluvchi sub'ekt esa, o‘z navbatida, kompaniyaga, o‘ziga kerakli uskunalarni ijaraga olishini tasdiqlovchi
majburiyat xati yuboradi. Odatda, bu xatga kerakli uskunalarni olish haqidagi buyurtma blankasi ilova
qilinadi.
Lizing operatsiyalarini amalga oshirish bosqichlari
Lizing operatsiyasi tushunchasi asl mohiyatiga ko‘ra lizing kompaniyasining o‘z hisobiga muayyan
texnika va texnologiyalarni, mashina va uskunalarni sotib olishi, so‘ngra esa ularni lizing oluvchi sub'ektga
shartnoma asosida ijaraga berishi muomalalarini o‘z ichiga oladi. Lizing operatsiyasi uch bosqichga
bo‘linadi.
2-jadval
Lizing operatsiyasi bosqichlari
Bosqichlar
Bajariladigan ishlarning mazmuni
1 -bosqich
Lizing operatsiyalarini amalga tatbiq etishning boshlang‘ich bosqichida
lizing kompaniyasi umumiy tayyorgarlik ishlarini olib boradi. Bungacha
albatta, lizing kompaniyasi barcha hujjatlarni huquqiy jihatdan tartibga
keltiradi, chunonchi, lizing loyihasining barcha xususiyatlari va
shartnomalarini chuqur o‘rganib chiqish, shular jumlasidandir. Mazko‘r
bosqichda lizing olishga imkoniyati bor lizing oluvchilarning buyurtmalari
ko‘rib chiqiladi hamda olgan kredit mablag‘larni o‘z vaqtida qaytara olish
imkoniyatlari to‘la tahlil qilinadi, texnika va texnologiyalarni sotib olish uchun
sarflanayotgan mablag‘larning maqsadga muvofiqligi hamda ularning
kelgusida foyda keltirishi bilan bog‘liq hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
Shuningdek bu bosqichda biznes-plan tuzilib, unda bayon etilayotgan
ma'lumotlar to‘la tahlil qilinadi.
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

2 -bosqich
Bu bosqichda yuqorida bayon etilgan barcha hujjatlar rasmiylashtiriladi,
ya'ni ular amaldagi qonun va me'yoriy hujjatlar asosida tartibga keltiriladi.
Bunda asosan zarurat tug‘ilganda lizing to‘lovlarini kafolatlash, biror mulkni
garovga qo‘yish bo‘yicha shartnoma imzolash, shuningdek lizing shartnomasi
va  lizing bo‘yicha Bosh shartnomani imzolash, lizing ob'ektlarini keltirish
bilan bog‘liq; shartnomani imzolash, lizing operatsiyalarini amalga oshirish
uchun ishlab chiqilgan loyihalarni o‘z mablag‘lari yoki qarz mablag‘lar
hisobiga moliyalash, keltirilgan texnika va texnologiya hamda uskunalarni
ishlab chiqarishga joriy qilish bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish,
shuningdek lizing ob'ektlariga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ularni
sug‘urtalash kabi qator muomalalar amalga oshiriladi.
3 -bosqich
Bu bosqich lizing to‘lovlarini to‘lash, monitoring, ya'ni lizing
ob'ektlarining ishlatilishi hamda lizing to‘lovlarini vaqtida to‘lashni nazorat
qilish, lizing ob'ektini lizing beruvchiga qaytarish yoxud uni lizing oluvchiga
berish hamda lizing kompaniyasi tomonidan sarflangan qarzlarni qaytarish va
hokazolarni o‘z ichiga oladi.
Har qanday lizing jarayonida lizing kompaniyasi uchun muhim jihatlardan biri-bu mijozlar bilan olib
boriladigan iqtisodiy ish jarayoni hisoblanadi. Lizing kompaniyasi lizing operatsiyalarining barcha
bosqichlarini, ya'ni biror uskunani olish uchun buyurtma yig‘ishdan boshlab, to‘lovlarning o‘z vaqtida
to‘lanishi, lizing ob'ektlarining to‘g‘ri ishlatilishi, qolaversa, lizing shartnomasi muddati tugashiga qadar
bo‘lgan davrning ta'minlanishi hamda ularni nazorat qilishi, shuningdek yuqoridagi bosqichlarni o‘z ichiga
olgan bu ishlarga jiddiy munosabatda bo‘lishi lozim.
AQShdagi lizing operatsiyalari. Hozirgi vaqtda lizing yordamida amalga oshiriladigan jahon savdo
oborotining teng yarmi AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi. AQShda lizingni yuksak sur'atlarda rivojlanishining
muhim sabablaridan biri investitsiyalarga nisbatan beriladigan soliq imtiyozi edi. Bunga yangi
investitsiyalar yig‘indisining 10 foizgacha soliq yig‘indisidan chiqarib tashlanar edi. Masalan, asbob-
uskunalar sotib olish xarajatlari 100 ming dollar deylik, soliq imtiyozi 10%, soliq yig‘indisidan 10 ming
dollar chiqarib tashlanadi. Lizing shartnomasida soliq imtiyozi Moliya vazirligining ichki daromadlari
boshqarmasi tomonidan ijara uchun o‘rnatgan qoidalarga mos kelgan holdagina qo‘llaniladi. Shunday
qoidalardan biriga ko‘ra bu lizingning davomiyligi 30 yildan kam bo‘ladi.
Buyuk Britaniyada lizing operatsiyalari. Buyuk Britaniyada lizing nisbatan kech, ya'ni 1970 yildan
keyingina keng ko‘lamda rivojlandi. 1981 yildan 1986 yilgacha hukumat korporatsiyalaridan olinadigan
soliq 52%dan 35%ga pasaygan. Shu vaqtgacha qo‘llab kelingan 100% li soliq imtiyozi (bu imtiyoz birinchi
yilga nisbatan qo‘llanilardi) 25% li imtiyoz bilan almashtirildi. Korporatsiyalardan olinadigan soliq stavkasi
pasaytirilishi bilan lizingga nisbatan qo‘llaniladigan soliq imtiyozining ham ahamiyati pasaydi. Bu esa
lizing va uskunalar sotib olish qiymatining pasayishiga olib keladi. Hozirgi kunda ham soliq imtiyozlarining
ma'lum qismi saqlanib qolgan. Masalan, birinchi yil mobaynida ijara to‘lovlari soliqqa tortilmaydi.
Fransiyada lizing operatsiyalari. Fransiyada 1967 yilda "Lokafrans" nomli birinchi lizing kompaniyasi
yuzaga keldi. Hozirgi kunda keng turdagi tovarlar, samolyot va vertolyotlar, hisoblash texnikalari, tibbiy
asbob-uskunalar, sanoat dastgohlari va hokazolar lizing yordamida ishlatilmoqda.
Fransiyada lizing operatsiyalarining qo‘yidagi asosiy xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin:
1.
Lizing ob'ektining qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymatining 1%i dan 7% gachani tashkil
etadi.
2.
Ijara to‘lovlari oyda 1 marta, 3 oyda, 6 oyda va yilda to‘lanadi.
3.
Qo‘zg‘almas mulk lizinggi keng rivojlangan.
Bunday lizing, odatda 15-20 yil davom etadi. Bu sohadagi eng yirik tashkilot SIKOMI bo‘lib, u
aksiyador kompaniyadir. Hozirgi kunda 10 mln. frankdan ortiq nizom fondiga ega.
Germaniyada lizing operatsiyalari. Hozirgi kunda Germaniyada ko‘plab lizing kompaniyalari
uchraydi. Ulardan 57 tasi nemis lizing assotsiatsiyasi tarkibiga kiradi. Lizing sohasidagi eng yirik
tashkilotlardan ikkitasini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular "Mitfinans Gimbx" va "Gefa-lizing
Gimbx". "Mitfinans Gimbx" 1962 yilda tashkil etilgan. Germaniyada birinchi bo‘lib tashkil etilgan bu lizing
kompaniyasining ustav kapilali 1 mln.nemis markasini tashkil etardi. Hozirgi vaqtda uning oltita o‘ziga
Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin