Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/25
tarix21.01.2020
ölçüsü1,08 Mb.
#30246
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
qishloq xojaligida investitsiyon jarayonlarni boshqarish va biznes rejalashtirish


Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

Xarajatlarning qaysi tuzilmasini tanlash savoliga javob topish uchun, xarajatlarning turlicha tuzilmasiga
ega bo’lgan ikkita korxonani ko’rib chiqaylik. (25.5-jadval)
                                                                                         25.5-jadval
                                     Korxona xarajatlari.
X – korxona
Y - korxona
Tushum
100,000
100%
100,000
100%
minus o’zgaruvchan
xarajatlar
  60,000
 60%
  30,000
 30%
Kiritilgan daromad
 40,000
  40%
  70,000
 70%
minus doimiy
xarajatlar
  30,000
   60,000
Sof foyda (zarar)
  10,000
   10,000
Faraz qilaylik, kelajakda bozordagi vaziyatning yaxshilanishi va natijada sotuvlar hajmining 10%ga
oshishi kutilmoqda. Bunda foyda to’g`risidagi hisobotlar quyidagi ko’rinishni oladi: (25.6-jadval)
                                                                                       25.6-jadval
                                          Foyda hisobotlari
X – korxona
Y - korxona
Tushum
110,000
100%
110,000
100%
minus o’zgaruvchan
 xarajatlar
  66,000
  60%
   33,000
  30%
Kiritilgan daromad
  44,000
  40%
   77,000
  70%
minus doimiy
 xarajatlar
  30,000
   60,000
Sof foyda (zarar)
  14,000
   17,000
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Y- korxona yaxshiroq ahvolda, chunki uning foydasi 7,000 ming
so’mga ko’paygan, X-korxonaning foydasi esa 4,000 ming so’mga.
Endi esa bozordagi ahvol yomonlashishi va sotuvlar hajmining 10%ga pasayishi kutiladigan bo’lsin.
(25.7-jadval)
                                                                                           25.7-jadval
 Operatsion richagning foyda ko’rsatkichlariga bo’lgan ta'sirini
   namoyish etuvchi misol 10%ga pasaygandagi ma'lumotlari
X – korxona
Y - korxona
Tushum
 90,000
100%
   90,000
100%
minus o’zgaruvchan
 xarajatlar
 54,000
  60%
   27,000
  30%
Kiritilgan daromad
 36,000
  40%
   63,000
  70%
minus doimiy
xarajatlar
 30,000
   60,000
Sof foyda (zarar)
   6,000
3,000
Bunda esa X-korxona yaxshiroq vaziyatda deb ta'kidlashimiz mumkin, chunki uning foydasi 4,000 ming
so’mga kamaygan bo’lsa, Y-korxonaning foydasi 7,000 ming so’mga kamaygan.
Umumiy xulosa quyidagicha:
- operatsion tavakkalchigi katta bo’lgan korxona, bozor kon'yunkturasi yomonlashganda ko’proq
tavakkalchilikga yo’l qo’yadi, bozor kon'yunkturasi yaxshilanganda esa u muayyan ustunliklarga ega
bo’ladi;
- korxona bozor sharoitida o’zini topishi va tegishli tarzda xarajatlar tuzilmasini boshqarib turishi lozim.
26-MAVZU.    INVESTITSIYAVIY LOYIHALARDA TAVAKKALCHILIK TAHLILI VA
ULARNI PASAYTIRISH YO‘LLARI
Noaniqlik va tavakkalchilikning umumiy tushunchalari.
Investitsiyaviy loyiha, kapital va joriy xarajatlar, ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish hajmi, tovarlar
narxi, loyihaning vaqt chegaralariga nisbatan yetarlicha aniq fikrlarga asoslangan bo’ladi. Bunday
fikrlarning sifati va asoslanganlik darajasidan qat'iy nazar, loyihani amalga oshirish bilan bog`liq bo’lgan
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

voqealar rivoji har doim bir xil emas. Bu har qanday tadbirkorlik faoliyatining asosiy aksiomasi. Shu
munosabat bilan, investitsiyaviy loyihalashtirish amaliyoti, boshqalar qatorida, noaniqlik va tavakkalchilik
jihatlarini ham ko’rib chiqadi.
Noaniqlik deganda – kelajakdagi muayyan voqealar rivojining bir xilda bo’lmaslik holati, boshqacha
qilib aytganda bizning hamma narsani bila olmasligimiz va korxona faoliyati, shu jumladan investitsiyaviy
loyihani amalga oshirish, rivojlanishining asosiy kattalik va ko’rsatkichlarini aniq bashorat qila olmaslik
holati tushuniladi.
Noaniqlik holatida, yetarlicha aniq bo’lgan qaror yo’q, chunki investitsiyaviy loyihaning har bir
ko’rsatkichi bo’yicha mumkin bo’lgan qiymati intervallari samaradorlik ko’rsatkichi qiymatining
intervallarini keltirib chiqaradi. Ushbu interval, odatda, kapital qiymatini qoplaydi, bu esa loyihani bir xilda
qabul qilish yoki rad etish imkonini bermaydi. Bu yerda, qaror qabul qilish uchun muhim ahamiyat kasb
etuvchi, yangi bir omil paydo bo’ladi – bu tavakkalchilik omili.
Faraz qilaylik, bir yoki bir necha kattaliklarni (misool uchun, sotish hajmi, mahsulot narxi, umumiy
xarajatlar va h.) interval shaklida berish oqibatida, daromadlilikning ichki me'yoriy qiymatlarining tegishli
intervali [11,2%; 18,5%] dan iborat bo’ldi. Korxona kapitali qiymati 14%ga teng. Loyihani qabul qilish
kerakmi, yoki rad etish? To’g`ri qaror qabul qilish uchun, korxona uchun salbiy oqibatlar tavakkalchiligini
baholash lozim.
Umumiy holatda, tavakkalchilik deganda, biror-bir noxush voqeaning ro’y berish ehtimoli tushuniladi.
Tabiiyki, tadbirkorlik faoliyatida bunday noxush voqealarga korxona resurslarining bir qismini yo’qolishi,
rejalashtirilgan daromadlarning pasayishi yoki qo’shimcha xarajatlarning kelib chiqishi va boshqalar
tushiniladi.
Tavakkalchilik – bozor muhitining o’ziga xos xususiyatidir. Tavakkalchilikning asosiy turlari
quyidagilar:
- korxona tomonidan o’z majburiyatlarini bajarmasligi ehtimoli bilan bog`liq  bo’lgan, ishlab chiqarish
tavakkalchiligi;
- korxona tomonidan o’z investorlari oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajarmasligi ehtimoli bilan
bog`liq bo’lgan, moliyaviy tavakkalchilik;
- shaxsiy va sotib olingan qimmatli qog`ozlardan iborat moliyaviy-investitsion portfelning qadrsizlanishi
ehtimoli bilan bog`liq bo’lgan, investitsiyaviy tavakkalchilik;
- fond bozoridagi bozor foiz stavkalari va valyutalar kurslarining o’zgarishi ehtimoli bilan bog`liq
bo’lgan, bozor tavakkalchiligi;
- mamlakatdagi barqaror bo’lmagan siyosiy vaziyat tufayli investorlar uchun yuzaga kelishi mumkin
bo’lgan noxush voqealar bilan bog`liq siyosiy  tavakkalchilik.
Kapital qo’yilmalar tavakkalchiligi – bu muayyan turdagi tadbirkorlik faoliyati tavakkalchiligi bo’lib,
mablag` kiritishdan istalgan daromadni olmaslik ehtimoli bilan bog`liq. Bunday tavakkalchilik,
tavakkalchilikning yuqorida sanab o’tilgan barcha turlarini o’z ichiga oladi.
Qator vaziyatlarda, ehtimollik kategoriyalaridan foydalanishni nazarda tutmaydigan, oddiyroq
yondashuvlar bilan chegaralanish mumkin. Ushbu uslublar, investitsiyaviy loyihani amalga oshirish
davomida korxona menejmentini takomillashtirish uchun ham, investitsiyaviy loyiha maqsadga
muvofiqligini to’liq asoslash uchun ham yetarlicha samaralidir. Bunday yondashuvlar: sezuvchanlik tahlili
va investitsiyaviy loyiha ssenariylari tahlilidan foydalanish bilan bog`liq.
Xulosa qilib shuni ta'kidlash lozimki, noaniqlik tahliliga bo’lgan ikki guruhdagi yondashuvlarni
ajratishimiz mumkin:
- sezuvchanlik va ssenariylar tahlili yo’li bilan noaniqlik tahlilini amalga oshirish;
- turli xil ehtimoliy-statistik uslublardan foydalangan holda tavakkalchiliklarni baholash yordamida
noaniqlik tahlilini amalga oshirish.
Investitsiyaviy loyihalashtirishda, odatda, ketma-ket har ikkala yondashuvdan ham foydalaniladi. Bunda
birinchi yondashuv majburiy, ikkinchisi esa xoxish bo’yicha.
Sezuvchanlik tahlili.
Sezuvchanlik tahlilining asosiy maqsadi – investitsiyaviy loyiha turli xil omillarini loyiha
samaradorligining asosiy ko’rsatkichi, misol uchun daromadlilikning ichki me'yoriga, ta'sirining taqqoslama
tahlilidan iboratdir.
Sezuvchanlik tahlilini o’tkazishning eng ratsional ketma-ketligini keltiramiz.
1. Investitsiyalar samaradorligining asosiy ko’rsatkichini tanlash. Bunday ko’rsatkich sifatida
daromadlilikning ichki me'yori (IRR) yoki sof zamonaviy qiymat (NPV) xizmat qilishi mumkin.
2.   Investitsiyaviy loyiha muallifi aniq fikrga ega bo’lmagan omillarni tanlash (ya'ni, noaniqlik holatida
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

bo’lgan). Odatda bularga quyidagi omillar kiradi:
- kapital xarajatlar va aylanma mablag`larga qo’yilmalar;
- bozor omillari-tovar narxi va sotish hajmi;
- mahsulot tannarxining tarkibiy qismlari;
- asosiy vositalarni qurish va ishga tushirish vaqti.
3. Ikkinchi bosqichda tanlangan noaniq omillarning nominal va chegaraviy (yuqori va quyi) qiymatlarini
o’rnatish.
4.   Noaniq omillarning barcha tanlangan chegaraviy qiymatlari uchun asosiy ko’rsatkichni hisoblash.
5.  Barcha noaniq omillar uchun sezuvchanlik grafigini barpo etish. G’arb investitsiyaviy menejmentida
bunday grafik “Spider Graph” deb nomlanadi. Uchta omil uchun bunday grafikga misol 12.1-rasmda
keltirilgan.
26.1-rasm. Loyihaning noaniq omillar o’zgarishiga sezuvchanligi.
Mazkur grafik loyihaning eng kritik omillari to’g`risida xulosa chiqarish, va investitsiyaviy loyihani
amalga oshirishda ularga alohida e'tibor qaratgan holda tavakkalchilikni pasaytirish imkonini beradi. Misol
uchun, agarda mahsulot narxi kritik omil deb topilgan bo’lsa, loyihani amalga oshirish davomida marketing
dasturini yaxshilash va (yoki) tovar sifatini oshirish lozim. Agarda loyiha ishlab chiqarish hajmining
o’zgarishiga sezuvchan bo’lsa, korxona ichki boshqaruvini takomillashtirish va unumdorlikni oshirish
bo’yicha maxsus choralarni kiritishga alohida e'tibor qaratish lozim. Va nihoyat, agarda moddiy xarajatlar
omili kritik deb topilgan bo’lsa, xom-ashyo xarid narxini pasaytirish imkonini beruvchi yangi uzoq muddatli
shartnomalarni tuzish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ssenariylar tahlili.
Ssenariylar tahlili – bu tavakkalchilik tahlilining shunday uslubiki, u boshlang`ich ma'lumotlarning bazis
to’plami bilan bir qatorda, loyiha mualliflari nuqtai nazaridan ro’y berishi mumkin bo’lgan, bir qator boshqa
ma'lumotlar to’plamlarini ham ko’rib chiqadi. Ssenariy tahlilida, moliyaviy tahlilchi texnik menejerdan
«yaxshi» va «yomon» (sotuvlarning kichik hajmi, past narx, yuqori tannarx va h.) holatlardagi
ko’rsatkichlarni tanlab olishni so’raydi. Bundan so’ng, yaxshi va yomon sharoitlardagi NPV hisoblanadi va
kutilayotgan NPV bilan taqqoslanadi.
Monte-Karlo imitatsion modellashtirish uslubi.
Monte-Karlo imitatsion modellashtirish uslubi, tasodifiy ssenariylarni yaratish imkonini hosil qilishi
hisobiga, tavakkalchilikni baholashda qo’shimcha imkoniyatlarni yaratadi.
Tavakkalchilik tahlili natijasi NPVning qandaydir yagona qiymati bilan emas, balki ushbu ko’rsatkichni
butun mumkin bo’lgan qiymatlarining ehtimoliy taqsimlanishi ko’rinishida ifodalanadi. Demak, potensial
investor, Monte-Karlo uslubi yordamida, loyiha tavakkalchiligini tavsiflovchi ma'lumotlarning to’liq
to’plami bilan ta'minlangan bo’ladi. Ushbu asosda mablag` taqdim etish to’g`risida qaror qabul qilish
mumkin.
Umumiy holatda, Monte-Karlo imitatsion modellashtirilishi bu shunday jarayonki, uning yordamida
qandaydir moliyaviy ko’rsatkichning (bizning misolimizda NPV) matematik modeli, kompyuter yordamida
bir necha marta imitatsion tarzda hisoblab o’tkaziladi. Imitatsiya jarayoni shunday amalga oshiriladiki,
o’zgaruvchanlar o’rtasidagi ma'lum bo’lgan yoki faraz qilinadigan korrelyatsiya munosabatlariga ziyon
yetkazilmaydi. Natijalar, tavakkalchilik me'yorini hisoblash uchun, statistik tarzda yig`iladi va tahlil
qilinadi.
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

Tavakkalchilik tahlili jarayoni quyidagi bosqichlarga ajratilishi mumkin (9.2-rasm).
Tavakkalchilik tahlili jarayonidagi birinchi bosqich – prognoz modelini yaratishdir. Bunday model,
tanlangan moliyaviy ko’rsatkich prognoziga tegishli bo’lgan sonli o’zgaruvchilar o’rtasidagi matematik
nisbatlarni belgilaydi. Investitsiyaviy tavakkalchilik tahlili uchun bazis model sifatida, odatda NPV
ko’rsatkichining hisob modulidan foydalaniladi.
Prognoz modeli
Loyiha samaradorligini
hisoblashni prognoz
qila oladigan modelni
tayyorlash
Ehtimollikni
taqsimlanishi
(1-bosqich) tasodifiy
o’zgarvchilar
taqsimlanishining
ehtimoliy qonunini
aniqlash
Ehtimollikni taqsimlanishi
(2-bosqich)
O’zgaruvchilar
qiymati
diapazonining chegaralarini
o’rnatish
Korrelyatsiya
shartlari
Korrelyatsiyalangan
o’zgaruvchilarning
munosabatlarini
o’rnatish
Imitatsion o’tkazishlar
Tasodifiy
ssenariylardan
foydalanish
Natijalar tahlili
Imitatsiya natijalarining statistik
tahlili
26.2.-rasm. Tavakkalchilik tahlili jarayoni.
Umumiy prognoz modeli quyidagi tarzda imitatsiya qilinadi. Pul oqimlarining muayyan qiymatlariga
tegishli bo’lgan, katta hajmdagi tasodifiy ssenariylar ishga tushiriladi. Keyinchalik ularning NPV manfiy
qiymatiga  tegishli bo’lgan ulushini aniqlash maqsadida, bita joyga yig`iladi va statistik qayta ishlanadi.
Bunday ssenariylarning umumiy ssenariylar soniga nisbati investitsiyalar tavakkalchiligini baholaydi.
Model o’zgaruvchilari (pul oqimlarining) ehtimollarining taqsimlanishi, bunday kattaliklarni muayyan
diapazonlardan tanlash imkonini beradi. Bunday taqsimlanish matematik tarzda amalga oshiriladi, va bu
bilan modellashtirish jarayonidagi har bir o’zgaruvchi uchun qiymatlarning tasodifiy tanlanishi nazorat
qilinadi.
«Modellarni hisoblash» ishi kompyuter zimmasiga yuklanadi, va hisoblashlar soni qaror qabul qilish
uchun yetarli bo’lgunga qadar amalga oshiriladi.
Imitatsion modellashtirishni amaliy bajarish uchun Garvard universitetida ishlab chiqilgan «Risk
Master» dasturini taklif etish mumkin. Bu dasturning asosiy xususiyati shundaki, u korrelyatsiyalangan
tasodifiy sonlar bilan ham ishlash imkoniga ega.
Tavakkalchilik tahlilining so’nggi bosqichi, modellarni hisoblash bosqichida olingan natijalarni qayta
ishlash va asoslashdir. Har bir hisoblash p = 100 : n,
Bo’lgan voqea ehtimolligini tavsiflaydi
Bu yerda: r – bir martalik hisoblash ehtimoli,%;
n – tanlov kattaligi.
Misol uchun agarda tasodifiy hisoblashlar soni 5000ga teng bo’lsa, bitta hisoblash ehtimoli p = 100 :
5000 = 0,02 %ga teng bo’ladi.
Tavakkalchilik me'yori sifatida, inveitsiyaviy loyihalashtirishda, NPVning manfiy qiymatiga ega bo’lish
ehtimolini qo’llash maqsadga muvofiqdir. Bunday ehtimollik imitatsion modellashtirishning o’rtacha
statistik natijalari asosida baholanib, bitta hisoblash ehtimoli va manfiy qiymatga ega natijalar
ko’paytmasiga teng bo’ladi. Misol uchun, 5000ta hisoblashdan 3454tasida NPV qiymati manfiy bo’lsa,
tavakkalchilik me'yori 69,1%ni tashkil etadi.
27-MAVZU. INVESTITSION LOYIHALAR EKSPERTIZASI
Innovatsion loyixa texnik-iqtisodiy asoslash  mavjud ishlab chiqarish omillariga mahalliy bozor va
ishlab chiqarish shart-sharoitlariga bog‘langan bo‘lishi lozim. Tahlil natijalari xarajatlar, daromadlar va sof
foyda qismini tadqiqod natijasida aniqlangan kerakli moliyaviy mablag‘lar etarli darajadaligi ma’lum
bo‘lgandagina amalga oshirilishi lozim.
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

Texnik-iqtisodiy asoslash da ishlab chiqarish tugallangandan so‘ng barcha aniq bo‘lgan mahsulotlari
va tahmin qilingan risklar, xarajatlar va foyda bilan bog‘liq holda turli xil ishtirokchilar investitsiya
loyihasini baholashda o‘zlarining shaxsiy tahliliy xulosasini beradilar. Yirik investitsiya va moliyaviy
tashkilotlar yaratilgan va shakllantirilgan usullar yordamida loyihani baholashni olib boradilar va tegishli
xulosalarni tayyorlaydilar.
TIA sifati qanalik yuqori bo‘lsa, loyihani baholash ishi shunchalik engil kechadi. Loyiha g‘oyasi
tug‘ilgan vaqtdan boshlab so‘nggi davrgacha ko‘p vaqt va mablag‘lar sarfi kuzatiladi. So‘nggi baholash
xulosalari esa ushbu ishlab chiqarish dan oldingi qilingan xarajatlar o‘zini oqlashi mumkinligini ko‘rsatadi
va shu jihatdan yuqori ahamiyatli hisoblanadi.
Mablag‘larni loyihaga investitsiyalashdan oldin bajariladigan muhim ishlardan biri bu loyiha bo‘yicha
investitsiya imkoniyatlarin aniqlashdir. Salohiyatli investorlar ular qanday bo‘lishdan qat’iy nazar
rivojlangan yoki rivojlanayotgan davlatlarning yuzaga kelayotgan investitsiya imkoniyatlari to‘g‘risida
ma’lumot olishga qiziqishadi.
Bunday investitsiya loyihalari bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish 2 xil yo‘nalishda
amalga oshiriladi:
1.Iqtisodiy sektor darajasi bo‘yicha yondashish (makro).
2.Korxona darajasi bo‘yicha yondashish (makro).
Iqtisodiy sektor darajasi bo‘yicha izlanishlarni olib borish o‘sha davlatning butun investitsiyasi
salohiyatini hamda bu davlatni boshqa davlatlar tomonidan investitsiya qilinishi mumkin bo‘lgan mablag‘lar
hajmini o‘rganish va tahlil qilishni o‘z ichiga oladi.
Korxona miqyosidagi tahlil aniq investitsiyalar loyihasi bo‘yicha qo‘yilayotgan talablardan kelib
chiqqan holda amalga oshiriladi.
Loyiha bo‘yicha investitsiya imkoniyatlarini o‘rganish va tahlil qilishda quyidagi omillarga alohida
e’tibor beriladi:
Umumiy investitsiya muhiti shart-sharoitlar.
Qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan tabiiy boyliklar va xom-ashyo resurslar.
Ishlab chiqarish mo‘ljallanayotgan tovarga kelgusidagi talab.
Loyihaning atrof-muhitga ta’siri.
Boshqa tarmoqlar bilan kelgusidagi o‘zaro aloqasi va imkoniyalari.
Diversifikatsiyalash imkoniyati. Masalan, neft-ximiya majmuasidan formatevtik ishlab chiqarish
ga o‘tish.
Ishlab chiqarish resurslarining mavjudligi va ularning qiymati.
Eksport imkoniyatlari.
Import o‘rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish
Investitsiya imkoniyatlari bo‘yicha izlanishlar yuqorida keltirilgan omillar bo‘yicha har birining
alohida tahliliga emas, balki umumiy baholashga asoslanadi.
Loyiha g‘oyasini rivojlantirish uchun aniq takliflar kiritishda talab etiladigan ma’lumotlarni miqdoriy
baho-lash uchun investitsiya imkoniyatlarini tadqiq etish asosiy vo-sita hisoblanadi.
DTIA loyiha imkoniyatlarini tadqiq etishni puxta TIA o‘rtasidagi oraliq sifatida ko‘rib chiqish lozim.
Ularning farqi esa olinadigan ma’lumotni detallashtirish darajasi va loyiha variantlarini chuqur ko‘rib
chiqishga asoslanadi. DTIA ning tuzilishi murakkab tarzda TIA ning tuzilishi kabi bo‘lishi lozim.
Mumkin bo‘lgan muqobillarni puxta tahlil etish DTIA bosqichida alohida o‘rin egallashi kerak.
Xususan, tahlil tadqiqotning quiydagi sohalarida turli xil muqobillarni qamrab olishi zarur.
Loyiha strategiyasi yoki loyihaning korporativ strategiyasi va andozasi.
Bozor va marketing kontseptsiyasi.
Xomashyo, asosiy va yordamchi ishlab chiqarish materiallari.
Loyihaning joylashish o‘rni, maydoni va atrof-muhit.
Tashkil etish va o‘zgarmas (ustama) xarajatlar.
Mehnat resurslari, xususan, boshqaruv xodimlari, ishchilar uchun ish haqi sarflari, shuningdek,,
professional o‘qitishga talablar va unga doir xarajatlar.
Loyihani amalga oshirish ro‘yxati va byudjetini tuzib chiqish va h.k.
Asosiy kiritiladigan resurslar loyiha hayotiyligini aniqlashda hal qiluvchi omilga aylangandagina
tadqiqot ta’minoti DTIA va TIA bosqichlariga olib boriladi. Agar muayyan aniq mahsulot ishlab chiqarish
ni aniqlashi uchun zarur bo‘lgan puxta o‘rganishlar ham TIA ga xos bo‘lsa, tadqiqot ta’minoti alohida, biroq
DTIA va TIA bajarilish bilan bir paytda olib boriladi. Tadqiqot ta’minoti TIA tugallanishidan keyin ham
olib borilishi mumkin.
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

TIA investitsiyalash to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun kerakli barcha ma’lumotni berishi lozim, o‘z
navbatida, investitsiya loyihasining tijorat, texnik, moliyaviy, iqtisodiy va ekologik jihatlari aniqlangan va
DTIA bosqichida ko‘rib chiqilib muqobil variantli echimlar asosida to‘liq baholangan bo‘lishi lozim.
Izlanishlarning moliyaviy qismi sof aylanma kapital, ishlab chiqarish va marketing xarajatlari, sotishdan
tushgan tushum va investitsiya qilingan kapitaldan olingan foydani o‘z ichiga olgan holda investitsiyalar
hajmini aniqlashdan iborat.
Investitsiya va ishlab chiqarish xarajatlarini yakuniy baholash, shuningdek, moliyaviy va iqtisodiy
foydaliligini alohida hisoblash loyiha o‘lchami bo‘yicha barcha muhim jihatlarni va ular bilan bog‘liq
xarajatlarni hisobga olgan holda to‘g‘ri aniqlangandagina maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Loyihaning barcha hajmi kelgusi ishlarning asosiy qismi bo‘lib xizmat qiluvchi chizmalar, sxemalar,
jadvallarda to‘la aks ettirilgan bo‘lishi lozim.
Yakuniy baholash faqat aniq loyiha bilan cheklanib qolmasdan, u bilan bog‘liq sanoat sohasi va
tegishlicha iqtisodiyot bilan ham qiziqqan holda bajariladi. Deylik, agar avtomobil qurilishi korxonasi
baholanayotgan bo‘lsa, u holda xulosa xomashyo va uskuna etkazib beruvchi soha, transport sohasi, mavjud
avtomobil va temir yo‘llari va energiya ta’minoti imkoniyati bilan bog‘liq masalalarni hisobga oladi.
Yakuniy xulosa tuzishda keng qamrovli loyihalar uchun to‘plangan ma’lumotlar va loyihaning barcha
omillari tahlilini qayta jiddiy tekshirib chiqish qat’iy talab etiladi.
Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin