Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/25
tarix21.01.2020
ölçüsü1,08 Mb.
#30246
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
qishloq xojaligida investitsiyon jarayonlarni boshqarish va biznes rejalashtirish


Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

,
bu formula (10.10) formulaning
dagi ifodasidir.
24-MAVZU. INVESTITSIYAVIY LOYIHA KAPITAL  QIYMATINI BAHOLASH
Investitsiya faoliyatidagi jarayonda sub'ektlar o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlar shartnomalar asosida
muvofiqlashtiriladi. Shartnomalar tuzish, sheriklarni tanlash, majburiyatlarni aniqlash va boshqa xo‘jalik
munosabatlarini o‘rganish ular qabul qilgan qonunlarga zid bo‘lmasa, faqat investitsiya faoliyati sub'ektlari
zimmasida bo‘ladi. Har ikki tomonning kelishuviga binoan, shartnomalar investitsiya faoliyatining umumiy
muddatiga tuziladi.
Qabul qilingan qonunlarda investorning qator majburiyatlari bor.
13
Bu majburiyatlar davlat idora va
muassasalari oldida bajarilishi lozim bo‘lib quyidagilardan iboratdir:
-
investorlar investitsiyalar hajmi va ularning manbalari to‘g‘risida moliya organlariga deklaratsiya
topshirishlari lozim.
-
kapital qo‘yilishni amalga oshirish uchun, tegishli rahbar va maxsus xizmat organlari tomonidan
ruxsat olinishi kerak;
-
investitsiya loyihasining sanitariya-gigiena va ekologik talablarga javob berishi to‘g‘risida
ekspertiza xulosasiga ega bo‘lishi shart.
Yuqorida qayd qilinganlardan tashqari, investitsiya sub'ektlarining majburiyatlariga quyidagilar ham
kiradi:
-
vijdonan raqobat qilish va yakka hokimlikka qarshi muvofiqlashtirish talablarini bajarish;
-
davlat, rahbar xodim va organlar tomonidan yuklatilgan talablarni baholash va ularga bo‘ysunish;
-
belgilangan tartibda buxgalterlik va statistik ma'lumotlar hamda hisobotlarni tegishli idoralarga o‘z
vaqtida yetkazib berish.
Bulardan tashqari investitsiya faoliyatining har bir ishtirokchisi maxsus ishlarni bajarish uchun
litsenziyaga ega bo‘lishi lozim. Litsenziya olish uchun bajarish lozim bo‘lgan ishlarni ro‘yxati va ularni
amalga oshirish tartibi mumkin qadar qonunchilikda belgilanadi.
Investitsiyalashning asosiy bosqichlari quyidagilardir:
1)
resurslarni kapital xarajatlariga aylantirish, ya'ni investitsiyalarni aniq investitsiya faoliyati
ob'ektlariga investitsiyalash;
2)
qo‘yilgan mablag‘larni kapital qiymatining o‘sishiga aylantirish, bu investitsiyalarni pirovard
iste'moli va yangi iste'mol qiymatini olish bilan harakatlanadi;
3)
kapital qiymatini foyda ko‘rinishida o‘sishi, ya'ni investitsiyalashning yakuniy maqsadi
amalga oshiriladi.
Shunday qilib, boshlang‘ich va yakuniy bo‘g‘inlari birlashib, yangi o‘zaro bog‘liqlikni yaratadi,
daromad-resurs-yakuniy natija (samara), ya'ni jamg‘arish jarayoni qayta takrorlanadi.
Kapitalni o‘sish manbasi va investitsiyalash maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalardan olinadigan
daromaddir.
Amaliyotda investitsiyalarning samaradorligini (IS) aniqlash uchun foyda massasining (F) investitsiya
xarajatlariga (IX) bo‘lgan nisbati foiz ko‘rinishida olinadi.
Investitsiya xarajatlarini foyda bilan solishtirish jarayoni doimiy ravishda investitsiyalash amalga
oshgunga qadar (investitsion loyihaning biznes-rejasi ishlab chiqarish davrida), investitsiyalash davrida
(ob'ektni qurilishi davrida) va investitsiyalashdan so‘ng (yangi ob'ektdan foydalanish davrida) davom etadi.
Kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligi ularning foydalanish ko‘rsatkichlaridan bo‘lib,
mablag‘larni ijtimoiy-ishlab chiqarishning u yoki bu tarmog‘iga sarf qilishdan tutiladigan maqsad
hisoblanadi.
Davlat kapital qo‘yilmalarni xalq xo‘jaligining turli sohalariga sarflar ekan, albatta uning yordamida
ishlab chiqarishni kengaytirishni, ya'ni ishlab chiqarish quvvatlarini ishga solishni, va shu orqali
mahsulotlarini miqdorini ko‘paytirishni, uning sifatini yaxshilash, raqobatbardoshliligini oshirishni maqsad
qilib qo‘yadi.
13
., 
., 


:
.-3-
. - .: 
, 2004.
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

Ana shu qo‘yilayotgan maqsadlarga erishishning turli yo‘llari mavjud:

kapital qo‘yilmalarni iqtisodiy asoslangan yo‘nalishlarga sarflash va ularni mintaqalar bo‘yicha
samarali joylashtirish;

korxona va tashkilotlarda milliy iqtisodiyot va chet el texnikasini so‘nggi yutuqlari asosida
ishlangan texnika va texnologiyalarni qurilishni va ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifatini oshirish,
mehnat unumdorligi, mahsulot tannarxi va foydalilik darajasi o‘sishini ta'minlash;

qurilishni jadallashtirish va ishlab chiqarishga yangi quvvatlarni kiritish, qurilishlarni sifatli
ishlangan texnik loyihalar bilan ta'minlash;

qurilish qiymatini va kapital qiymatlarini ulushining pasayishi orqali kapital sarflarning birligiga
foydali samara olish;

yangi yaratilayotgan quvvatlarni o‘zlashtirish muddatlarini qisqartirish.
Kapital qo‘yilmalarning umumiy miqdorida ishlab turgan korxonalarni qayta qurishga ketadigan
sarflarni ulushini ko‘paytirish - ularni iqtisodiy samaradorligining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Ammo korxonalarni qayta qurish har bir aniq holatida chuqur iqtisodiy asoslashni talab qiladi.
Tajribalarning ko‘rsatishicha, bir qator holatlarda dastlabki iqtisodiy hisob-kitoblarni qilinmasligi natijasida
ko‘pgina korxonalarda iqtisodiy jihatdan samarasiz ishlar amalga oshiriladi. Natijada ular qayta qurish va
jihozlash ishlarini amalga oshirish xarajatlarini oshirib yuboradi va samaradorligini pasaytiradi.
Korxonalarni qayta qurishga sarflayotgan kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligini
aniqlashda qayta qurishgacha bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar undan keyingi iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan
taqqoslanadi. Sanoat korxonalarini qayta qurish ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirishni,
uskunalarni unumdorligini o‘stirishni va ishlab chiqarish quvvatlari o‘sishini ko‘zda tutadi. Qayta qurish
natijasida mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishi korxona foydasining pasayishiga olib keladi, ammo
mahsulot tannarxini pasayishiga olib kelmaydi.
Agarda kapital qo‘yilmalarning birligiga olinadigan foyda o‘simi iqtisodiy samaradorlikning
belgilangan koeffitsientidan past bo‘lmasa, qayta qurish maqbul hisoblanadi. Boshqa xolatlarda ishlab
chiqarish quvvatlarini ko‘paytirishning boshqa yechimlarini izlash lozim bo‘ladi. Xaqiqatdan xam ishlab
chiqarish quvvatlarini o‘sishi va shunga muvofiq maxsulot ishlab chiqarishning o‘sishi ustama xarajatlarni
nisbatan kamaytirish hisobiga maxsulot tannarxini pasaytirish va maxsulot miqdorini ko‘paytirish orqali
erishiladi.
Tannarxni pasaytirishga qayta qurish bilan unumli uskunalarni qo‘llash va ilg‘or texnologiyalarni
joriy qilish orqali erishiladi.
Loyiha yechimlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun dastlab ishlab turgan korxona va
inshootlarni rekonstruksiya qilish va yangilarini qurishni zarurligini va maqsadga muvofiqligining texnik-
iqtisodiy asosnomalar (TIA) ishlanadi. Bunday texnik-iqtisodiy asosnomalar rejalarga kiritiladigan har bir
qurilish bo‘yicha ishlashi lozim. Yirik korxonalar bo‘yicha texnik-iqtisodiy asosnomalar loyiha tashkilotlari
tomonidan ishlanadi.
Texnik-iqtisodiy asosnomalarda odatda:
Tegishli tarmoqlarda quvvatlarning o‘sishini ta'minlovchi loyihalashtirilayotgan korxonalarning
ahamiyatli xususiyatlari; korxonani mo‘ljallayotgan quvvatlarni va mahsulot turlarini asoslash; zarur kapital
qo‘yilmalar hisob-kitobi; kapital qo‘yilmalarning kutilayotgan iqtisodiy samaradorligi va mo‘ljallanayotgan
qurilishning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘z aksini topishi lozim.
Asosiy ko‘rsatkichlardan tashqari kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligini asoslash,
ularning o‘zini oqlash muddatlarini hisoblash; loyiha yechimlarini iqtisodiy baholash uchun qo‘shimcha va
yordamchi texnik-iqtisodiy ko‘satkichlar ham qo‘llaniladi. Ularning qatoriga ishlab chiqarish maydonining
1 m kvadratiga mahsulot ishlab chiqarish, imorat va inshootlarning qurilish kubaturasini ko‘rsatuvchi
miqdor koeffitsienti va boshqalar zarur bo‘ladi.
Sanoat korxonalarini loyihalashda ishlab chiqarish maydonlaridan tegishli foydalanish, imoratlar
xillarini to‘g‘ri tanlash ancha sezilarli iqtisodiy samara berishi mumkin.
har qanday firmaning kapitali ikki qismdan - o‘zining kapitali va qarzdan iborat bo‘ladi. Shuning
uchun firma kapitalini qiymati yoki firma qiymati - o‘zining kapitali (aksiya qiymati) va qarz qiymati
summasi hisoblanadi.
Formulada izohlansa: V=S=B
Ya'ni V-firma (korporatsiya) qiymati, S-o‘zining kapitali qiymati, B- qarz qiymati. Qarz qiymatining
asosiy kapital qiymatiga nisbati (B/S) moliya liveriji koeffitsienti deyiladi.
(liverij-1) investitsiya daromadliligini ko‘paytirish uchun zayom kapitalini foydalanish; 2) zayom
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

mablag‘larini korporatsiyani o‘z kapitaliga nisbati).
25-MAVZU. INVESTITSIYAVIY LOYIHALASHTIRISH JARAYONIDA ZARARSIZLIK
TAXLILI, MAQSADLI REJALASHTIRISH VA FOYDANI BOSHQARISH
Zararsizlik tahlili va maqsadli rejalashtirish investitsiyaviy loyihalashtirishning ajralmas qismi
hisoblanadi. Tahlilning ushbu turi loyihani amalga oshirish mumkinligini va foydaning belgilangan
darajasiga erishish yo’lidagi muammolarni aniqlash imkonini beradi.
Zararsizlik yoki, boshqacha qilib aytganda, ishlab chiqarish xarajatlari, foydasi va hajmining tahlili – bu
ishlab chiqarishning turli darajalaridagi xarajatlar va daromadlar o’rtasidagi o’zaro aloqani o’rganishga
bo’lgan tahliliy yondashuvdir.
Zararsizlik tahlilining namunaviy ko’rinishida quyidagilar qabul qilinadi:
1. Tayyor mahsulot sotish hajmining o’zgarishi jarayonida,  xarajatlarning ular tarkibida ro’y beradigan
o’zgarishlar bo’yicha  turkumlanishi qo’llaniladi. Xarajatlar doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarga ajratiladi.
2.  Barcha ishlab chiqarilgan mahsulot rejalashtirilgan vaqt oralig`ida sotiladi deb taxmin qilinadi.
3.   Tahlil omili sifatida sof foyda emas, soliq to’lagunga qadar olingan foyda qabul qilinadi.
Zararsizlik tahlilining barcha masalalari yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ko’riladi.
Zararsizlik tahlili tahlili doirasida xarajatlar ikkita turga: doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarga ajratiladi.
Ishlab chiqarish hajmi o’zgarishiga proporsional tarzda o’zgaruvchan va bir birlik mahsulotga nisbatan
o’zgarmasdan qoladigan xarajatlar – o’zgaruvchan xarajatlar deb aytiladi. O’zgaruvchan xarajatlarga misol
tariqasida xom-ashyo, ishchi kuchi, energiya resurslari va h. keltirish mumkin.
Ishlab chiqarish hajmi o’zgarishi bilan o’zgarmasdan qoladigan xarajatlar – o’zgarmas xarajatlar deb
nom olgan. O’zgarmas xarajatlarga ishlab chiqarish xonalarining ijara to’lovlari, uskunalar bo’yicha lizing
va boshqa turdagi to’lovlarni kiritish mumkin.
    
O’zgarmas va o’zgaruvchan xarajatlardan iborat  bo’lgan xarajatlar turi – aralash xarajatlar deb
ataladi. Xarajatlarning ushbu turi amaliyotda juda kam uchrashiga qaramasdan, ularni ham e'tibordan
chiqarmaslik lozim. Misol uchun, ijara to’lovi ikkita qismga ajratilgan bo’lishi mumkin: ijarachi ishlab
chiqarish xonalari uchun alohida summa, va o’rnatilgan uskunaning har 1 soat ishi uchun alohida summa
to’lashi lozim bo’lgan taqdirda.
Barcha uslublarning mohiyati jami xarajatlarni tasvirlashga asoslanadi, ular grafik tarzda quyidagicha
ifodalanadi
25.1.-rasm. Xarajatlarning grafik tasviri
 
Muayyan ma'lumotlar asosida to’g`ri chiziq barpo etiladi, va u xaqiqatdagi ma'lumotlardan kelib
chiqqan holda, umumiy xarajatlarning savda hajmiga bog`liqligi to’g`risida tushuncha beradi. Ushbu to’g`ri
chiziqning vertikal o’q bilan kesishgan nuqtasi doimiy xarajatlarning bahosi hisoblanadi.
Misol uchun, tovarni yetkazib berish bilan bog`liq bo’lgan aralash xarajatlarni tahlil qilish kerak bo’lsin.
Ushbu xarajatlar bo’yicha xaqiqiy ma'lumotlar 25.1-jadvalda keltirilgan.
                                              25.1-jadval
                        Yetkazib berish xarajatlari.
Oylar
    Sotilgan tovarlar
       soni
Yetkazib berish xarajati
          (ming so’m)
Yanvar
                    6000
                           66000
doimiy xarajatlar
jami xarajatlar
ishlab chiqarish hajmi
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

Fevral
                    5000
                           65000
Mart
                    7000
                           70000
Aprel
                    9000
                           80000
May
                    8000
                           76000
Iyun
                  10000
                           85000
Iyul
                  12000
                         100000
Avgust
                  11000
                           87000
         
Ushbu 
ma'lumotlar 
25.2-rasmdagi 
singari 
grafikka
tushiriladi.
25.2-rasm. Xaqiqiy ma'lumotlar namunasi.
Grafik tasvirdan kelib chiqqan holda, ushbu ma'lumotlar bo’yicha 7.1-rasmdagi kabi to’g`ri chiziq barpo
etish lozim. Ushbu vazifani quyidagi uchta uslub yordamida amalga oshirish mumkin:
- yuqori-quyi nuqta uslubi (High-Low Method);
- grafik uslub (Scattergraph Method);
- eng kichik kvadratlar uslubi (Least Squares Method).
Zararsizlik nuqtasi (break-even point) quyidagicha ta'riflanishi mumkin:
- tushum umumiy xarajatlarga teng bo’lgan vaziyatdagi savdo hajmi, yoki,
- kiritilgan daromad doimiy xarajatlargi teng bo’lgan vaziyatdagi savdo hajmi.
Zararsizlik nuqtasiga erishilgandan so’ng, har bir qo’shimcha sotilgan mahsulot birligi, ushbu mahsulot
birligiga kiritilgan daromadga teng bo’lgan qo’shimcha foyda olib keladi.
3. Zararsizlik nuqtasini hisoblash.
Zararsizlik nuqtasini hisoblash uchun tushum balansiga asoslangan oddiy nisbatlardan foydalaniladi:
Tushum    q  o’zgaruvchan xarajatlar  Q doimiy xarajatlar Q foyda.
Misol uchun boshlang`ich ma'lumotlar quyidagi ko’rinishga ega bo’lsin: (25.2-jadval)
                                                                                             25.2-jadval
          Zararsizlik nuqtasini hisoblash uchun ma'lumotlar
Mahsulot birligiga
   (ming so’m)
Foizda
Bir birlik mahsulot narxi
                500
100%
O’zgaruvchan xarajatlar
                300
60%
Bir martalik kiritilgan
daromad
                200
40%
  Doimiy xarajatlar yiliga 80000 ming so’m bo’lsin.
Agarda «X» - mahsulot birliklaridagi zararsizlik nuqtasi deb qabul qilinsa, unda asosiy tenglama
yordamida quyidagiga ega bo’lamiz:
500xX = 300xX + 80000 + 0
bundan kelib chiqdi X=400 mahsulot birligi (yoki so’mda 500x400=200000 ming so’m).
Zararsizlik nuqtasiga quyidagicha, yanada umumiyroq ta'rif berish mumkin. p – mahsulot birligi, N  –
muayyan davr ichidagi ishlab chiqarish hajmi bo’lsin. Soliq to’lagunga qadar bo’lgan foyda Nl umumiy
tushumdan barcha doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar ayirmasi bilan belgilanadi, demak modelning asosiy
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

tenglamasini quyidagicha yozish mumkin:
Bu yerda: F – muayyan davr ichidagi doimiy xarajatlar kattaligi;
v – bir birlik mahsulotga to’g`ri keladigan o’zgaruvchan xarajatlar kattaligi.
Ta'rif bo’yicha zararsizlik nuqtasi Nl=0 shartiga muvofiq keladi, bu yerdan
Bu yerda: BEP (break-even point) – zararsizlik nuqtasi.
Shunday qilib, zararsizlik nuqtasini hisoblash uchun, doimiy xarajatlar kattaligining, mahsulotni sotish
narxi va bir birlik mahsulotga to’g`ri keladigan o’zgaruvchan xarajatlar ayirmasiga nisbatini topish lozim.
Bir birlik mahsulotga to’g`ri keladigan o’zgaruvchan xarajatlar bir martalik kiritilgan daromad (unit
contribution margin) deb ham yuritiladi.
Agarda masala sotuvlarning maqsadli hajmi N
T
, ya'ni berilgan daromad qiymati Nl
T
 ga muvofiq
keladigan sotuvlar hajmi qiymatini topishdan iborat bo’lsa, quyidagi nisbatdan foydalanamiz:
Bu yerdan:
Korxona muvoffaqiyatli faoliyatining muhim tavsifi sifatida havfsizlik zaxirasi (Safety Margin) kattaligi
xizmat qiladi. Ushbu kattalik, nisbiy tarzda, sotuvlarning rejalashtirilgan hajmi va zararsizlik nuqtasi
kattaliklarining ayirmasi ko’rinishida aniqlanadi.
Ushbu ko’rsatkich qanchalik yuqori bo’lsa korxona salbiy o’zgarishlar (tushum kamayishi yoki
xarajatlar ko’payishi) yuz berishidan o’zini shunchalik havfsiz hisoblaydi.
Zararsizlik tahlilining grafik ko’rinishi.
Zararsizlik tahlilining mohiyati zararsizlik grafigida to’la ochiladi (25.3-rasm). Ushbu grafikning
gorizontal o’qida natural ifodadagi ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, vertikal o’qida esa qiymat ifodasidagi
daromad yoki xarajatlar kattaligi aks ettirilgan
      25 .3-rasm. Zararsizlik nuqtasining grafik ko’rinishi.
Ishlab chiqarish xajmi
zarar
Daromad,
xarajatlar
foyda
foyda
O‘zgaruvchan
xarajatlar
O‘zgarmaydigan
xarajatlar
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

AS - umumiy xarajatlar chizig`i; OD - daromad chizig`i.
Hajmga bog`liq holda o’zgarmaydigan, doimiy xarajatlarni aks ettiruvchi AV chizig`i, X o’qiga parallel
tarzda o’tadi. AV va AS chiziqlari o’rtasidagi vertikal masofa, har qanday hajmda ham, mahsulotni mazkur
hajmini ishlab chiqarishning umumiy o’zgaruvchan xarajatlarni, OA va AS chiziqlari o’rtasidagi vertikal
masofa esa umumiy xarajatlarni tavsiflaydi. Mahsulot sotilmagan tarzda umumiy xarajatlar nolga emas
balki OA-ga teng bo’ladi. Ishlab chiqarish hajmi X ga teng bo’lganda, umumiy xarajatlar SX chizig`i bilan
aks ettiriladi, o’z navbatida SX=XV+VS (XV – xarajatlarning o’zgarmas qismlari (OA bilan bir xil) va VS
– xarajatlarning o’zgaruvchan qismlari).
So’nggi mahsulot bir birligini sotishning har bir muayyan narxi uchun, OD chizig`i sotuvlarning turli
hajmlaridagi daromadlar kattaligini ko’rsatib turadi. Umumiy daromad va umumiy xarajatlar chiziqlarining
kesishuvi, umumiy daromad umumiy xarajatlarga (o’zgaruvchan va doimiy) teng bo’lgan, zararsizlik
nuqtasi (ZN) “N”ni belgilab beradi. Umumiy daromad va umumiy xarajatlar o’rtasidagi vertikal o’q
bo’yicha har qanday farq zararsizlik nuqtasining o’ng tomonida bo’lganda foydani, chap tomonida
bo’lganda zararni aks ettiradi.
Kiritilgan daromad ta'siri va operatsion richag tahlili.
Operatsion richag yordamida, zararsizlik tahlili doirasida, tavakkalchilikning yanada batafsilroq tahlilini
o’tkazish mumkin.
Operatsion richag (Operating Leverage) tushum ko’payganda foyda necha marta o’zgarishini aks
ettiradi, demak:
Foydaning nisbiy o’zgarishi q Operatsion richag x Tushumning nisbiy o’zgarishi.
Operatsion richagni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Operatsion richag q kiritilgan daromad/sof foyda
Sotuvlar hajmining o’zgarishi munosabati bilan, operatsion richagning foyda ko’rsatkichlariga bo’lgan
ta'sirini namoyish etuvchi quyidagi misolni ko’rib chiqamiz. (25.3-jadval)
                                                                                                 25.3-jadval
         Operatsion richagning foyda ko’rsatkichlariga bo’lgan ta'sirini
                         namoyish etuvchi misol ma'lumotlari.
X – korxona
Y - korxona
Tushum
500,000
100%
500,000
100%
minus o’zgaruvchan
xarajatlar
350,000
70%
100,000
20%
Kiritilgan daromad
150,000
30%
400,000
80%
minus  doimiy
xarajatlar
90,000
340,000
Sof foyda (zarar)
60,000
60,000
Operatsion richag
2,5
6,7
Yuqoridagi misolda keltirilgan ma'lumotlarni asos qilib olgan holda, har bir korxonaning operatsion
richagini hisoblab chiqamiz.
Operatsion richag ta'rifiga muvofiq, sotuvlar hajmining 10%ga oshishi, X-korxonada foyda 25%ga, Y-
korxonada esa foyda 67%ga oshishiga olib kelishi lozim.
Buni, tushumning 10%ga oshishini kiritgan holda, osongina tekshirish mumkin: (25.4-jadval)
                                                                                         25.4-jadval
Operatsion richagning foyda ko’rsatkichlariga bo’lgan ta'sirini namoyish etuvchi misol (10%)
oshgandagi ma'lumotlari
X – korxona
Y - korxona
Tushum
550,000
100%
550,000
100%
minus o’zgaruvchan
xarajatlar
385,000
70%
110,000
20%
Kiritilgan daromad
165,000
30%
 440,000
80%
minus   doimiy
   xarajatlar
 90,000
  340,000
Sof foyda (zarar)
75,000
100,000
Sof foydaning oshishi
   25%
67%
Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin