O`sib boruvchi chekli xarajat.
Firmaning chekli xarajatlar u ishlab chiqargan mahsulot soniga qarab ortadi.
Bu kamayib borayotgan chekli mahsulotlar narxida aks etadi. Firma oz miqdorda
mahsulot ishlab chiqarsa, uning ishchilari oz bo`ladi va uning ko`p uskunalari
ishlatilmaydi. Chunki u mazkur ishlatilmayotgan resusrlarni osongina muomalaga
kirita oladi, qo`shimcha ishchining ehtiyojsiz mahsuloti ko`p va qo`shimcha
mahsulotning narxi past. Aksincha, firma ko`p mahsulot ishlab chiqarganda, u
ishchilar bilan to`ladi va uning barcha uskunalari to`laligicha ishlatiladi. Firma
ishchilar qo`shish orqali ko`p mahsulot ishlab chiqara oladi, lekin bu ishchilar
shovqinli olomon ichida ishlashiga va uskunalarni ishlatish uchun kutib qolishiga
to`g`ri kelishi mumkin. Shuning uchun, qachonki, ishlab chiqarilgan mahsulot
miqdori yuqori bo`lganda, qo`shimcha ishchining ahamiyatga ega bo`lmagan
mahsuloti oz bo`ladi va qo`shimcha mahsulot narxi yuqori bo`ladi.
U-shaklidagi o`rtacha umumiy xarajat.
4-chizmada ko`rsatilganidek
firmaning o`rtacha umumiy xarajat ko`rsatkichi “U” shaklda. Nega bunday ekanini
tushuninsh uchun o`rtacha umumiy xarajat o`rtacha o`zgarmas va o`rtacha
o`zgaruvchan xarajat yig`indisiga tengligini yodda tutish kerak. O`rtacha
o`zgarmas xarajat doim ishlab chiqarish ortishi bilan pasayadi, chunki bu xarajat
ko`plab sohalarga yoyiladi. O`rtacha o`zgaruvchan xarajat esa ishlab chiqarish
ortishi bilan ortadi.
O`rtacha umumiy xarajat o`rtacha o`zgarmas va o`rtacha o`zgaruvchan
xarajatninng holatini aks ettiradi. Ishlab chiqarishning juda past darajalarida, misol
uchun har soatda 1 yoki 2 dona mahsulot bo`lsa, o`rtacha umumiy xarajat juda
yuqori bo`ladi. O`rtacha o`zgaruvchan xarajat past bo`lishiga qaramay, o`rtacha
o`zgarmas xarajat yuqori, chunki o`zgarmas xarajat faqat bir qancha birlikka
Firmaning o`rtacha va chekli
xarajatlari egri chiziqlari
Bu chizma firma uchun o`rtacha
umumiy xarajat (ATC), o`rtacha o`zgarmas
xarajat (AFC), o`rtacha o`zgaruvchan
xarajat (AVC) va chekli xarajat (MC)ni aks
ettiradi. Ushbu hamma egri chiziqlar 2-
jadval asosida shakllantirilgan. Bu xarajat
egri chiziqlari ko`pchilik firmalar uchun
alohida xususiyatga ega bo`lgan uchta
jihatga ega: 1) Chekli xarajat mahsulot
hajmi o`sishi bilan o`sadi; 2) O`rtacha
umumiy xarajat U-shaklidagi egri chiziqni
aks ettiradi; 3) Chekli xarajat egri chizig`i
o`rtacha xarajat egri chizig`ini minimum
umumiy o`rtacha xarajat egri chizig`ida
kesib o`tadi.
Xarajat
Mahsulot
miqdori
RASM
161
orttiriladi. Ishlab chiqarish o`sishi bilan o`zgarmas xarajat oshadi. O`rtacha
o`zgarmas xarajat dastavval keskin darajada, keyinroq esa sekinlik bilan pasayadi.
Buning natijasi o`laroq, o`rtacha umumiy xarajat ham firma ishlab chiqarishi bir
soatda besh dona mahsulot va bir birlik mahsulotga 1.30$ gacha pasayadi.
Qachonki firma bir soatda olti donadan ko`proq mahsulot ishlab chiqarsa, o`rtacha
o`zgaruvchan xarajatning o`sishi yetakchi kuchga aylanadi va o`rtacha umumiy
xarajat o`sa boshlaydi. O`rtacha o`zgarmas va o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlar
o`rtasidagi kurashning kuchi o`rtacha umumiy xarajatda U shaklini yaratadi.
U-shaklining quyi qismi o`rtacha umumiy xarajatni qisqartiradigan
miqdorda sodir bo`ladi. Bu miqdor firmaning ba’zan samarali hajmi deb ataladi.
Firma uchun samarali hajm soatiga 5 yoki 6 dona mahsulot hisoblanadi. Agarda u
bu miqdordan kamroq yoki ko`proq mahsulot ishlab chiqarsa, uning o`rtacha
umumiy xarajati 1.30$ dan oshadi. Mahsulot ishlab chiqarishni pastroq
bosqichlarida o`rtacha umumiy xarajat 1.30$ dan yuqoriroq bo`ladi, chunki aralash
xarajat juda ham kam mahsulotga tarqaladi. Mahsulot ishlab chiqarish yuqori
bosqichlarida o`rtacha umumiy xarajat 1.30$ dan yuqoriroq bo`ladi, chunki
qo`shilgan mahsulotning foydasi sezilarli ravishda qisqargan. Samaradorlik
darajasida bu ikki kuchlar eng past umumiy xarajat yaratish uchun
muvozanatlashtiriladi.
Chekli xarajat va o`rtacha umumiy xarajat o`rtasidagi bog`liqlik.
4-chizmaga qarasak, dastavval g`alati narsaga duch kelasiz. Qachonki chekli
xarajat o`rtacha umumiy xarajatdan pastroq bo`lsa, o`rtacha umumiy xarajat
tushayotgan bo`ladi. Shuning aksi bo`lsa, o`rtacha umumiy xarajat oshadi. Firma
xarajat chiziqlarining bu xususiyati namunada foydalanilgan o`ziga xos rasmlarga
o`xshamaydi. U hamma firmalar uchun to`g`ri. Nima uchun bunday? O`rtacha
xarajat va o`rtacha umumiy xarajat o`rtasidagi aloqa muhim natijaga ega: o`rtacha
xarajat chizig`i o`rtacha umumiy xarajat chizig`ini o`zining eng pastki nuqtasidan
kesib o`tadi. Lekin ikki chiziq tutashgach, sezilarsiz narx o`rtacha umumiy xarajat
chizig`idan tepaga ko`tariladi. Hozirgina muhokama qilganimiz sababli, o`rtacha
umumiy xarajat ishlab chiqarishni bu darajasida ko`tarilishni boshlashi kerak.
Ko`pchilik firmalarda chekli mahsulot birinchi ishchi yo`llanganidan keyin,
darrov faoliyatini boshlamaydi. Ishlab chiqarish jarayoniga bog`liq holda, 1-
ishchiga qaraganda 2- yoki 3- ishchida ko`proq sifatli mahsulot bo`ladi, chunki,
ishchilar jamoasi topshiriqlarni bo`lib olishlari mumkin va bitta ishchiga qaraganda
unumliroq ishlaydilar. Firmalar sifatli mahsulotni ishlab chiqarishni boshlashdan
oldin, o`z tajribalarini oshirish uchun bu ko`rgazmalarni namoyish qiladilar.
O`rtacha umumiy, o`rtacha o`zgarmas, o`rtacha o`zgaruvchan, chekli xarajatlarni
biror-bir firma misolida 5-chizmada, o`rtacha umumiy xarajat (ATC), o`rtacha
o`zgarmas xarajat (AFC), o`rtacha o`zgaruvchan xarajat (AVC) va chekli xarajat
(MC)larni o`z ichiga olgan holda ko`rsatilgan. Ishlab chiqarish hajmi pasayganda
chekli mahsulot ishlab chiqarishda firmaning tajribasi oshadi, va diagrammada
chekli xarajat egri chiziqlari pasayadi. Nihoyat, firma chekli mahsulot qisqarishini
162
tajriba qilganidan so`ng xarajatlar ko`tarila boshlaydi. Bu o`sish kombinatsiyasi
keyinchalik chekli mahsulotning qisqarishini, va o`rtacha-o`zgaruvchan-xarajat
diagrammasini hosil qiladi. Bizning dastlabki misolimizdagi farqlarga qaramasdan,
xarajatlarlar tebranishining 3 ta xususiyatini eslab qolish uchun juda muhim:
Chekli xarajatlar nihoyat ishlab chiqarish miqdori bilan birgalikda
oshadi.
O`rtacha-umumiy-xarajat “U” shaklida shakllanadi.
Chekli xarajatlar egri chizig`i o`rtacha umumiy xarajat egri chizig`ini
minimum nuqtasidan kesib o`tadi.
Ko’p firmalar chekli mahsulotni qisqartirishdan oldin uning oshishini tajriba
qiladilar. Natijada ular quyidagicha xarajat chizmasiga ega bo’ladilar. Chekli
xarajatlar shuni bildiradiki, o’rtacha umumiy xarajat ko’tarilishni boshlashdan
oldin tushadi.
10.4. Qisqa muddatli va uzoq muddatli xarajatlar
Ko`pgina firmalar uchun o`zgarmas va o`zgaruvchan xarajatlar o`rtasidagi
umumiy xarajatlar taqsimoti vaqtga bog`liqdir. Masalan, FORD mashina
kompaniyasi kabi mashina zavodi qisqa vaqt ichida FORD uning mashina
zavodlari hajmi yoki sonini o`zgartira olmaydi. Faqatgina u o`zining oldindan
mavjud bo`lgan zavodlariga qo`shimcha ishchi xodimlar olish yo`li bilangina u
ishlab chiqarayotgan mashinalar sonini ko`paytirishi mumkin. Bu zavodlarning
xarajatlari qisqa muddat ichida o`zgarmaydi, biroq bir necha yil davomida FORD
RASM
Xarajatlar
Ishlab
chiqarish hajmi
Oddiy bir firma uchun
xarajatlar egri chizig’i
163
yangi zavodlar qurib yoki eskilarini yopib zavodlar hajmini ko`paytirishi mumkin.
Shuning uchun uzoq muddat ichida uning zavodlari xarajatlar o`zgaruvchandir.
Ko`pgina loyihalar qisqa muddat ichida o`zgarmas, uzoq muddat ichida
o`zgaruvchanligi sababli, firmaning qisqa muddatdagi xarajat egri chizig`i darajasi
uzoq muddatdagidan farq qiladi. 6-chizmada bunga bir misol berilgan. Chizmada
kichik, o`rta va katta zavodlar uchun 3 ta qisqa muddatli o`tacha umumiy xarajat
darajasi berilgan. Unda shuningdek, uzoq muddatli xarajat darajasi berilgan, zavod
xarajatlari ishlab chiqarish xarajatlariga moslashtirilgan.
Bu chizma qisqa va uzoq muddatli xarajatlar bilan bog`liqdir. Uzoq muddatli
o`rtacha umumiy xarajat egri chizig`i qisqa muddatli o`rtacha umumiy xarajatga
qaraganda, ancha U shaklida egilgandir. Qo`shimcha qilib aytganda, hamma qisqa
muddatli egri chiziqlar uzoq muddatli egri chiziqlar ustida yotadi. Bu xususiyatlar
o`sishi firmaning uzoq muddatda ko`proq egiluvchan bo`lganligidadir. Natijada,
uzoq muddatda, firma xohlagandek qisqa muddatli egri chiziqni tanlaydi. Lekin,
qisqa muddatda avval tanlangan qisqa muddatli egri chiziqdan foydalanilgan
bo`ladi. Ushbu miqdor bu misolda ishlab chiqarishda o`zgarish turli davr
oralig`idagi xarajatlarni o`zgartirishni ko`rsatadi.
Uzoq muddatda o`zgarmas xarajatlar turli xil, o`rtacha umumiy xarajat egri
chizig`i qisqa muddatda uzoq muddatdagi o`rtacha umumiy xarajat egri chizig`idan
farq qiladi.
Qachonki Ford kuniga mashina ishlab chiqarishni 1000 ta dan 1200 taga
oshirishni xohlaganda, qisqa vaqt ichida buning imkoni yoq edi. Lekin o`zining bu
mavjud kichkina zavodiga ko`proq ishchilarni yollash kerak edi. Kichik
mahsulotlarni kamaytirish sababli, o`rtacha umumiy xarajat har bir mashina uchun
RASM
O’rtacha umumiy
xarajat
Kunlik
avtomobillar
miqdori
ATC qisqa
davrda kichik
korxona bilan
ATC qisqa
davrda o’rta
korxona bilan
ATC qisqa
davrda yirik
korxona bilan
ATC uzoq
muddatli
davrda
Qisqa va uzoq muddatda
o`rtacha umumiy xarajat
164
10000$ dan 12000$ ga oshdi. Uzoq muddat ichida Ford zavodining ham ishchi
kuchini kengaytirdi, ham o`rtacha umumiy xarajat 10000$ ga qaytardi.
Firma o`z faoliyatini uzoq vaqt davom ettirishi uchun qancha vaqt kerak?
Buning javobi firmaga bo`liq. Firma o`zining ishlab chiqarish qobilyatini tartibga
keltirishi uchun qancha vaqt ketishi haqida yagona javob yo`q. Mahsulot ishlab
chiqarishga yaroqli firmadagi sihlab chiqarish jarayonlari haqidagi muhim
ma’lumotlarni uzoq muddatli o`tacha umumiy xarajat chizig`i o`zida namoyish
qiladi. Ayniqsa, bu xarajatlar bir-biridan qanday farqlanishini aytadi. Ishlab
chiqarish oshgan sari, uzoq muddatli o`rtacha umumiy xarajat kamaysa, bu
iqtisodiy samara deyiladi. Ishlab chiqarish oshgan sari, uzoq muddatli o`rtacha
umumiy qiymat ham oshsa, bu noiqtisodiy samara deyiladi. Uzoq muddatli
o`rtacha umumiy xarajat ishlab chiqarish darajasi bilan teng bo`lsa, bu o`zgarmas
samara deyiladi. Bu misolda Ford ishlab chiqarishni eng past darajalarida iqtisodiy
samaraga ega bo`ldi.
Tayanch so`z va iboralar: umumiy daromad, umumiy xarajatlar, foyda,
iqtisodiy foyda, chekli xarajatlar, o`rtacha umumiy xarajat, doimiy xarajatlar,
o`rtacha doimiy xarajatlar, o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlar, iqtisodiy samara
XI BOB. RAQOBATLASHGAN BOZORLARDAGI FIRMALAR
14
Reja
11.1. Raqobat tushunchasi
11.2. Raqobatlashuvchi firmaning daromadi
11.3. Foydani maksimallashtirish va raqobatli firmalarning taklif egri
chizig`i
11.4. Faoliyatni to`xtatish uchun firmalarning qisqa muddatli qarori
11.5. Firmalarning uzoq muddatli davrdagi qarori
11.1. Raqobat tushunchasi
Raqobatli bozor – bu shunday bozorki, unda ko`p iste`molchilar va
sotuvchilar bo`ladi, tovarlar bir xil bo`ladi, bozor tomonidan belgilangan narx amal
qiladi.
Raqobatli bozori ba'zan mukammal (sof) raqobatli bozor ham deyiladi va
uning ikki muhim xususiyati bor:
Bu bozorda sotuvchi va xaridorlar soni juda ko`p bo`ladi;
Sotuvchilar tomonidan taklif qilinadigan mahsulotlar bir xil
mahsulot bo`ladi.
14
Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics”7 e.)
kitobining XIV bobiga muvofiq holda tayyorlangan.
165
Bu shartlardan kelib chiqqan holda bozordagi har qanday sotuvchi yoki
haridorning alohida harakati bozor narxiga deyarli ta`sir etmaydi. Har bir xaridor
va sotuvchi bozor narxini berilganday qabul qiladi.
Misol tariqasida sut bozorini ko`rib chiqamiz. Hech qaysi iste'molchi sutning
narxiga ta'sir ko`rsata olmaydi, sababi har bir haridor tomonidan sotib olinadigan
sut hajmi umumiy bozor hajmiga nisbatan juda ham kamdir. Shu bilan birga, har
bir sut yetkazuvchi fermerni narxlarni nazorat qilishda imkoniyati kam, sababi
sotuvchilar taklif qiladigan narx me'yorga to`g`ri keladi. Yana bir sababi,
sotuvchiga u yuqori narx aytolmaydi, agar aytsa xaridorlar boshqa sotuvchilarga
ketib qolishi mumkin. Raqobat bozoridagi xaridor ham, sotuvchi ham bozor
belgilagan narxni qabul qilishlari shart, shu sababdan ham ular narxni qabul
qiluvchilar deyiladi.
Yuqorida berilgan ikki shartga qo`shimcha qilinadigan bo`lsa, quyida berilgan
uchinchi shart ham mukammal raqobat bozorining shartlaridandir:
Firmalar bozorga erkin kirib chiqishadi. Misol uchun, biror firma sut
mahsulotlari bilan shug`ullanishni boshlashni xohlasa, boshqa bir firma uni
to`xtatishni istab qolishi mumkin, bu esa sut ishlab chiqaruvchi tarmoqqa erkin
kirish va chiqish shartlarini qoniqtiradi. Shuni e`tiborga olish kerakki, raqobatchi
firmalarni tahlillarning ko`p qismida bozorga erkin kirish va chiqish haqidagi
farazlar qo`llanilmaydi. Agar raqobatli bozorga kirish va chiqish erkin bo`lsa, uzoq
muddatli bozor muvozanatini ta`minlash uchun qudratli kuch yuzaga keladi.
11.2. Raqobatlashuvchi firmaning daromadi
Raqobat bozoridagi firma iqtisodiyotdagi boshqa ko`plab firmalar kabi o`z
foydasini (umumiy daromad ayiruv umumiy mablag`) maksimallashtirishga
harakat qiladi. Buni qanday amalga oshishini bilish uchun, biz birinchi
raqobatdosh firmaning daromadini ko`rib chiqamiz. Yanada aniqlik kiritish uchun
A firmaning faoliyati bilan tanishamiz.
A firma qanchadir Q miqdorda mahsulot ishlab chiqaradi va mahsulotning
birligini bozor P narxida sotadi. Firmaning umumiy daromadi P x Q dir. Misol
uchun, agar bir birlik mahsulot 3$ bo`lsa, firma 2000 birlik mahsulot sotadi, uning
umumiy daromadi 6 000 $ bo`ladi.
A firma taklif qilayotgan mahsulot hajmi jahon mahsulot bozori bilan
taqqoslanganda sezilarsiz bo`lganligi sababli, u bozor sharoiti bergan narxni qabul
qiladi. Bu degani mahsulotning narxi A firmaning ishlab chiqargan va sotgan
mahsulotlarining soni qanchaligiga bog`liq emas. Agar A firma sut ishlab chiqarish
miqdorini ikki barobar ko`paytirsa, ya'ni 2000 gallon qilsa, sut narxi o`zgarmay
qoladi, ammo umumiy daromad 12,000$ bo`ladi. Natijada umumiy daromad
mahsulotning miqdoriga to`g`ri mutanosib bo`ladi.
1- jadvalda A firmaning daromadi ko`rsatilgan. Birinchi ikki ustunda A firma
ishlab chiqargan mahsulotning miqdori va uni bozorda sotiladigan narxi
ifodalagan. Uchinchi ustun esa A firmaning umumiy daromadini ko`rsatib bergan,
ya`ni u 1 litr sut narxini uning miqdoriga ko`paytirish natijasiga teng.
O`rtacha va chekli daromad tushunchalaridan biz oldingi boblarda
166
mablag`larni tahlil qilish uchun foydalangan edik, bu yerda esa daromadni tahlili
uchun bu zarurdir. Buni yaxshilab tushunish uchun ikki savolga javob berish
lozim:
Bir litr sut uchun A firma qancha daromad oladi?
Agar A firma sut ishlab chiqarishni bir litrdan oshirsa, uning
qo`shimcha daromadi qancha bo`ladi?
Bu savollarga 1 jadvaldagi oxirgi ikki ustun javob beradi.
1-jadvaldagi to`rtinchi ustun o`rtacha daromadni ko`rsatadi, ya`ni umumiy
daromad hisoblanadi (uchunchi ustun) ishlab chiqarish miqdoriga bog`liq.
Ushbu holat raqobatli bozor va boshqa hil firmalarga qo`llanilishi mumkin
bo`lgan umumiy qoidani ko`rsatadi: umumiy daromad ishlab chiqarish
miqdorining ko`patmasiga teng (P x Q), o`rtacha daromad esa umumiy daromadni
ishlab chiqarilgan miqdorga bo`lish orqali aniqlanadi. Shu sababdan barcha
firmalar uchun o`rtacha daromad mahsulotning narxiga tengdir.
Beshinchi ustun chekli daromad bo`lib, qo`shimcha sotilgan mahsulotdan
umumiy daromadning o`zgarishidir. 1 jadvalda chekli daromad bir litr sutning
narxi 6$ga teng. Ushbu natija raqobatli bozor uchun qo`llanilishini ko`rsatadigan
qoida umumiy daromad (P x Q), P esa raqobatli bozor uchun o`zgarmas. Demak, Q
bir birlikka o`sganda, umumiy daromad P dollarga ko`payadi. Raqobatli bozor
uchun chekli daromad mahsulotning narxiga tengdir.
11.3. Foydani maksimallashtirish va raqobatli firmalarning taklif egri
chizig`i
Raqobatli firmalarning maqsadi foydani maksimallashtirishidir, bu esa
umumiy daromaddan umumiy xarajatlarni ayirib tashlanishiga tengdir.
Firmalarning taklifi qarorini tahlil qilishni 2 jadval bilan boshlasak. Jadvalning
birinchi ustunida A firma ishlab chiqargan sut miqdorlarining ma`lumotlari
berilgan. Ikkinchi ustun firmaning umumiy daromadini ifodalasa, ya`ni 1 litr sut $6
Jadval
Raqobatlashuvchi
firma uchun
umumiy, o’rtacha,
va
chekli daromad
Miqdor
Narx
Umumiy daromad
O’rtacha daromad
Chekli daromad
167
narxini miqdor ko`paytmasiga teng, uchinsi ustun firmaning umumiy xarajatini
ko`rsatadi. Umumiy xarajat doimiy xarajatlarni o`z ichiga olib, u 3$ deb
belgilangan, o`zgaruvchan xarajatlar esa mahsulotning miqdoriga bog`liq.
To`rtinchi ustunda firmaning foydasi ko`rsatilgan, bu umumiy daromaddan
umumiy xarajatlarni ayirish orqali hisoblangan. Agar firma hech narsa ishlab
chiqarmasa, u 3$ yo`qotadi. Agar firma bir litr sut ishlab chiqarsa, uning foydasi
1$, agar ikki litr ishlab chiqarsa, 4 $ foyda qiladi. Sababi, A firmaning maqsadi
foydani maksimallashtirishdir. Misolga ko`ra, firma to`rt yoki besh litr sut ishlab
chiqarsa, uning foydasi 7$ ga chiqib, foyda maksimallashadi.
A firmaning qaroriga boshqacha nazar bilan ham qarash mumkin: A firma
foydani maksimallashtirish imkoniyatini beruvchi miqdorini ishlab chiqarilgan
mahsulotning chekli xarajatlarini chekli daromad bilan solishtirish orqali topishi
mumkin. 2 jadvaldagi 5 chi va 6 chi ustunlarda umumiy daromad va umumiy
xarajatlar hamda mahsulot miqdorlari o`zgarishi natijasida hisoblab chiqarilgan
chekli daromad va chekli xarajatlarni va oxirgi ustun har bir qo`shimcha ishlab
chiqarilgan miqdor uchun foydani ko`rsatib beradi. Firma ishlab chiqargan
birinchi litr sutning chekli daromadi 6 $, chekli xarajatlari esa 2 $dir. Shu sababli
1 litr sut ishlab chiqarishning foydasi 4 $ga (-3$ dan 1$ gacha) oshadi. Ikkinchi
litr sutning chekli daromadi 6 $, chekli xarajatlari esa 3 $dir. Bunda 1 litr sut
ishlab chiqrishning foydasi 3$ ga (1$ dan 4$ gacha ) oshadi. A firma sut ishlab
chiqarishni 5 litrga yetkazsa, vaziyat o`zgaradi. Oltinchi litrning chekli daromadi
6 $, chekli xarajatlari esa 7 $dir. Shu sababdan ishlab chiqarish foydani 1 $ (7$
dan 6$ gacha) kamaytirishi mumkin. Natijada A firma 5 litrdan ortiq sut ishlab
chiqara olmaydi.
Agar chekli daromad chekli xarajatlardan yuqori bo`lsa, firma yana sut
ishlab chiqargani ma'qul, bu ularga foyda keltiradi. Agar chekli daromad chekli
xarajatlardan past bo`lsa, mahsulot ishlab chiqarmagani ma'qul. Agar A firma
yaxshilab o`ylab cheklilik tamoyillarga asoslangan holda mahsulotni ishlab
chiqarsa ular foydani maksimallashtirgan bo`ladi.
168
Tahlilimizni davom ettirib, 1-rasmdagi xarajatlar egri chizig`ini ko`rib
chiqamiz. Ular uchta asosiy xususiyatga ega: chekli xarajatlar egri chizig`i
yuqoriga qarab ko`tariladi. Umumiy o`rtacha xarajatlar esa U shakliga ega bo`ladi.
va chekli xarajatlar egri chizigi umumiy o`rtacha xarajatlarning eng oxirgi
minimum nuqtasida tutashadi. Shuningdek, diagrammada bozor narxi gorizontal
chiziq bilan ko`rsatilgan. Uning o`rtacha va chekli daromadlariga mos keladi.
Boshqacha so`z bilan aytganda, narx firma ishlab chiqarmoqchi mahsulot
miqdoriga bog`liq emas. Narx chizig`i gorizontaldir, chunki firma narxni qabul
qiluvchi hisoblanadi. Firmaning ishlab chiqarish hajmidan qat'iy nazar narx bir xil
bo`ladi. Shuni esdan chiqarmangki, raqobatli firmaning o`rtacha va chekli
xarajatlari kabi narxlari ham tengdir.
1-rasmdan biz daromadni maksimallashtiradigan mahsulot miqdorini topish
uchun foydalanamiz. Tasavvur qiling, firmaning ishlab chiqargan mahsulotlari soni
Q1. Ishlab chiqarishning bu darajasida chekli daromad chekli xarajatlardan ko`p
bo`ladi. Ya'ni, agar firma ishlab chiqarish miqdorini bir birlikka ko`paytirsa,
qo`shimcha daromad qo`shimcha xarajatlardan ustun bo`ladi. Foyda, ya'ni umumiy
daromaddan umumiy xarajatlarni ayirib tashlanishiga teng bo`ladi va u o`sib
boradi. Bu jadvalda chekli xarajatlarning egri chizig`i, o`rtacha umumiy xarajatlar,
o`rtacha o`zgaruvchan xarajat egri chizig`i ko`rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: |