Jadval
Miqdor
Umumiy
daromad
Umumiy
xarajat
Foyda
Chekli daromad
Chekli xarajat
Foydadagi
o’zgarish
Foydani
maksimallashtirishg
a doir misol
169
Bu rasm chekli xarajatlar egri chizig`i (MC), o`rtacha umumiy xarajatlar egri
chizig`i (ATC), va o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlar egri chizig`i (AVC)ni
ko`rsatadi. U shuningdek chekli daromad (MR) va o`rtacha daromadga (AR) teng
bozor narxini ham ko`rsatadi. Q
1
miqdorda, chekli daromad MR
1
chekli xarajatdan
oshib ketadi MC
1
, shuning uchun ishlab chiqarishning oshishi foydani
ko`paytiradi. Q
2
miqdorda chekli xarajatlar chekli daromaddan yuqori bo`ladi,
shuning uchun ishlab chiqarisahning kamayishi foydani ko`paytiradi. Foydani
maksimallashtiradigan miqdor gorizantal narx chizig`i chekli xarajatlar chizig`ini
kesib o`tganda topiladi.
Shunga ko`ra, agar chekli daromad chekli xarajatlardan ko`p bo`lib, Q
1
da
bo`lsa, firma o`zining foydasini ishlab chiqarishni kengaytirish bilan orttiradi. Agar
ishlab chiqarish miqdori Q
2
da bo`lsa, shunga o`xshash sabab qo`llaniladi. Bu
holda, chekli xarajatlar chekli daromaddan yuqori bo`ladi. Agar firma ishlab
chiqarishni 1 punktga kamaytirsa, tejalgan xarajatlar yo`qotilgan daromaddan o`tib
ketadi. Shuning uchun, Q
2
dagidek chekli daromad chekli xarajatdan kam bo`lsa,
firma foydani ishlab chiqarishni kamaytirish orqali ko`paytiradi. Mahsulotga
nisbatan chekli moslashishning qayerda tugashi firmani mahsulotni past darajada
yoki yuqori darajada ishlab chiqarishiga bog`liqdir, firma mahsulotni maksimal
darajada ishlab chiqarishiga erishguncha u o`z mahsulotlarini moslashtirib turadi.
Bu tahlil foydani maksimallashtirish uchun 3 asosiy qoidani o`zi ichiga oladi:
Agar chekli daromad chekli xarajatdan katta bo`lsa, firma mahsulot ishlab
chiqarishni oshirishi kerak;
Agar chekli xarajat chekli daromaddan yuqori bo`lsa, firma mahsulot ishlab
chiqarishni pasaytirishi kerak;
Rasm
Raqobatli firma uchun foydani maksimallashti
rish
Firma o’z foydasining
maksimumiga chekli
xarajat chekli daromadga
teng bo’lganda erishadi.
Miqdor
Xarajatlar va
daromad
Raqobatli firma uchun foydani maksimallashtirish
170
Mahsulotning foydasini maksimallashtirish darajasida chekli xarajat ham,
chekli daromad ham tenglashishi kerak.
Bu qoidalar firma foydasini maksimallashtirishda oqilona qaror uchun
zarurdir. Bular nafaqat raqobatli firmalarga, balki boshqa turdagi firmalarga ham
mos keladi.
Agar narx oshsa firma chekli daromadi chekli xarajatidan yuqori bo`ladi va
u yana mahsulot ishlab chiqarishga kirishadi. Firmalar chekli xarajatining egri
chizig`i har qanday narxga firmani mahsulot ta'minlab berishini belgilaydi va
chekli mablag`ining egri chizig`i raqobatli firmaning taklif egri chizig`ii
hisoblanadi.
11.4. Faoliyatni to`xtatish uchun firmalarning qisqa muddatli qarori
Biz firmalarning qancha mahsulot ishlab chiqarishini tahlil qildik. Ba'zi
hollarda firma mahsulot ishlab chiqarishni to`xtatib, firmani yopishi mumkin.
Bunda firmani vaqtincha yopilishi yoki bozordan butunlay chiqib ketishi
o`rtasidagi farqni tushunish lozim. Firma faoliyatni to`xtatish bu qisqa muddatli
qaror bo`lib, bozordagi shart- sharoitdan kelib chiqqan holda u biroz muddatga
mahsulot ishlab chiqarishni to`xtatib turadi. Firmaning bozordan chiqishi esa uzoq
muddatli qaror bo`lib, bunda u bozorni tark etadi. Qisqa muddatli va uzoq muddatli
qarorlar bir- biridan farq qiladi, sababi qisqa muddatli davrda ko`p firmalar doimiy
xarajatlarni oldini ololmaydi, ammo bu uzoq muddatli davrda qaror qabul qilishda
amalga oshadi. Yana, vaqtinchalik faoliyatni to`xtatib turishda firma doimiy
xarajatlarni to`lashiga to`g`ri keladi, bozorni tark etayotgan firma esa doimiy
xarajatlarni ham, o`zgaruvchan xarajatlarni ham to`lashi shart emas.
Misol qilib, fermerlar qabul qiladigan ishlab chiqarish qarorini olaylik, yer
uchun xarajatlar fermerning doimiy xarajatlaridir. Agar fermer bir mavsumda
dehqonchilik qilishni istamasa, uning yeri bo`sh yotadi va u xarajatini qoplay
olmaydi. Bunday holatda bir mavsum uchun vaqtinchalik faoliyatni to`xtatishga
to`g`ri keladi. Agar fermer dehqonchilikni butunlay tashlashni xohlasa, yerni
sotishiga to`g`ri keladi.
Rasm
Miqdor
Narx
Chekli xarajatlar
raqobatlashgan firmaning
taklif chizig’i sifatida.
171
Narxlarning P
1
dan P
2
ga ko’tarilishi firma foydasini Q
1
dan Q
2
ga oshiradi.
Chekli xarajatlar egri chizig`i bozorning har qanday narxlarida firmaning taklifi
miqdorini ko’rsatganligi sababli, bu firmaning taklif egri chizig’idir.
Endi keling fermerni qaysi holatda o`z faoliyatini to`xtatishi mumkinligini
ko`rib chiqamiz. Agar fermer o`z faoliyatini to`xtatsa, u mahsulotdan oladigan
daromadini yo`qotadi. Shu bilan birgalikda mahsuloti uchun o`zgaruvchan
xarajatlarni tejab qoladi, ammo doimiy xarajatlarni to`lashda davom etadi.
Shunday qilib, firma o`z faoliyatini uning daromadi ishlab chiqarishning
o`zgaruvchan xarajatlaridan past bo`lsagina to`xtatishi mumkin,.
Quyidagi matematik tushuntirish faoliyatni to`xtatish tushunchasiga oydinlik
kiritadi. Agar TR umumiy daromadni izohlasa, VC esa o`zgaruvchan xarajatlar
deb olsak, unda firma qarori quyidagicha yoziladi:
TR < VC
Agar o`rtacha umumiy daromad o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlardan past
bo`lsa, firma o`z faoliyatini to`xtatadi. Buni miqdorga Q ga bo`lish orqali amalga
oshiramiz.
TR/Q < VC/Q
Tengsizlikning chap tarafi umumiy daromad (TR) narxni (P) miqdorga (Q)
ko`paytirilishidan kelib chiqadi P x Q, VC/Q esa o`zgaruvchan xarajatlarni
miqdorga bo`linishidan o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlar (AVC) chiqadi. Va
firma o`z faoliyatini to`xtatilishi quyidagicha ifodalanadi:
P < AVC
Agar mahsulot narxi o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlardan past bo`lsa, firma
o`z faoliyatini to`xtatadi. Agar narx o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlarni
qoplamasa, firma o`z faoliyatini to`xtatgani ma'qul. Firma o`z faoliyatini
to`xtatishi bilan o`z mablag`larini yo`qotishi mumkin, agar ishlab tursa, undan
ham ko`proq mablag` yo`qotishlariga to`g`ri keladi. Kelajakda shart-sharoitlar
o`zgarib narx o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlardan ortiq bo`lishiga olib kelsa,
firma qayta ochilishi mumkin.
Agar firma hech narsa ishlab chiqarmasa mahsulotning narxi uning chekli
xarajatiga teng bo`ladi. Agar narx o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlarni qoplamasa,
firma o`z faoliyatini to`xtatgani ma'qul.
Iqtisodchilar qayta tiklanmaydigan va allaqachon yo`qotilgan mablag`larga
yo`qotilgan mablag`lar deyishadi. Sababi yo`qotilgan mablag` ustida hech narsa
qilib bo`lmaydi, qaror chiqarishda ham ularni inobatga olib bo`lmaydi.
172
Qisqa muddatli davrda, raqobatlashgan firmaning taklif egri chizig’i, ya`ni
uning chekli xarajatlar ergi chizig’i agar P AVC dan katta bo’lsa,
o’rtacha
o’zgaruvchan xarajatlardan yuqorida bo’ladi. Agar narx o’rtacha o’zgaruvchan
xarajatlardan kichik bo`lsa, pastga tushib ketadi.
Firmalarning faoliyatini to`xtatish haqidagi qarorini tahlil qilar ekanmiz,
yo`qotilgan mablag`lar bunga misol bo`la oladi. Firmalar vaqtinchalik faoliyatini
to`xtatishi bilan doimiy xarajatlarni to`lashlari shart. Natijada doimiy xarajatlar
qisqa muddatda yo`qolib boradi, firma ishlab chiqarishda ularni rad qilishi
mumkin. Firmaning qisqa muddatli taklif egri chizig`i chekli xarajatlarning bir
qismi bo`lib, o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlarga tegishlidir va doimiy
mablag`xarajatlarning miqdori taklif qaroriga ta'sir qilmaydi.
11.5. Firmalarning uzoq muddatli davrdagi qarori
Firmalarning uzoq muddatli davrdagi qarorida bozordan chiqish faoliyatni
to`xtatish bilan barobar. Agar firma bozordan chiqsa mahsulot savdosidan
keladigan daromadni yo`qotadi. Ammo u nafaqat o`zgaruvchan xarajatlarni, balki
doimiy mablag`xarajatlarni ham tejab qoladi. Shu sababdan firma uning umumiy
xarajatlari ishlab chiqarish daromadidan kam bo`lsa, u bozordan chiqishga to`g`ri
keladi.
Biz bu tushunchani matematik tushuntirish orqali yanada aniqroq qilamiz.
Agar TR umumiy daromadni bildirsa, TC esa umumiy xarajatlarni bildiradi.
Agar
TR < TC
bo`lsa, firma bozordan chiqadi
Agar o`rtacha daromad o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlardan past bo`lsa, firma
bozordan chiqadi. Buni miqdorga Q ga bo`lish orqali amalga oshiramiz.
Rasm
Miqdor
Xarajat
Qisqa muddatda firma agar P
AVCdan katta bo’lsa, MC
egri chizi’gida ishlab
chiqaradi
… Ammo agar
P
pasayadi.
Raqobatlashgan firmaning
qisqa muddatli taklif egri
chizig’i.
173
TR/Q < VC/Q
bo`lsa firma bozordan chiqadi
Tengsizlikning
chap
tarafi
umumiy
daromad
narxni
miqdorga
ko`paytirilishidan kelib chiqadi P x Q, VC/Q esa o`zgaruvchan xarajatlarni
miqdorga bo`linishidan o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlar (AVC) chiqadi. Va
firmani bozordan chiqishi quyidagicha ifodalanadi:
P < AVC
bo`lsa firma bozordan chiqadi
Bunday tahlil yangi ish boshlashni istagan tadbirkorlar uchun ham to`g`ri
keladi. Firma bozorga kirib kelishi mumkin, qachonki u foyda ko`rishni boshlasa,
ya`ni
P > AVC
bo`lsa firma bozorga kiradi.
Endi raqobatli firmaning uzoq muddatli davrda foydani maksimallashtirish
strategiyasini ko`rib chiqamiz.
Bozorga kirish va chiqishni tahlil qilar ekanmiz, uning foydasini tahlil
qilishimiz foydali. Foyda umumiy xarajatni (TC) umumiy daromaddan (TR)
ayirish natijasiga teng:
TR - TC = Foyda
Bu ta'rifni miqdorga (Q) ko`paytirish va bo`lish orqali amalga oshirishimiz
mumkin:
(TR/Q – TC/Q) x Q = Foyda
E'tibor berish kerakki, TR/Q bu o`rtacha daromaddir, ya`ni narx P, TC/Q
esa o`rtacha umumiy xarajatdir:
Foyda = (P - ATC) x Q
Bu yo`l bilan ifodalash firmaning foydasini o`lchashda yordam beradi.
174
5-chizmaning a bo`limi shuni ko`rsatadiki, firma foydaga ishlamoqda. Biz
ilgari muhokama qilganimizdek, firma narx chekli xarajatga teng bo`lgandagi
miqdorda mahsulot ishlab chiqarish orqaligina foydani maksimallashtirish
mumkin. Endi ajratilgan to`rtburchakka qarang, to`rtburchakning balandligi P-
ATC, narx bilan o`rtacha umumiy xarajat o`rtasidagi farq. To`rtburchakning
kengligi (eni) Q, ishlab chiqaarilgan mahsulot miqdori. Shu sababli to`rtburchak
yuzasi (P-ATC)*Q, firma foydasidir.
Shunga o`xshash, shu chizmaning b bo`limi (manfiy foyda) firma yo`qotishini
ko`rsatadi. Bu holatda, foydani maksimallashtirish yo`qotishni minimallashtirish
demakdir, bu yana bir marotaba narx chekli xarajatga teng bo`lgandagi miqdorda
mahsulot ishlab chiqarish orqalidir. Endi, bo`yalgan to`rtburchakka etibor bering,
to`rtburchakning bo`yi (ATC-P), va eni Q, yuzasi esa (ATC-P)*Q, firmaning
yo`qotishidir. Chunki firma bu holatda o`zining umumiy harajatini qoplashga
yetadigan daromad olmayapti. Firma bozordan chiqish uchun uzoq muddatli
qarorni tanlashi mumkin.
Rasm
Xarajat
Raqobatlashgan firmaning
uzoq muddatli taklif egri
chizig’i.
Miqdor
…
ammo
chiqadi
agar
P bo’lsa.
Uzoq muddatli davrda, firma
MC egri chiziqda ishlab
chiqaradi. Agar P>ATC
bo’lsa
175
Endi bozordagi taklif egri chizig`ini muhokama qilamiz. Bu borada 2 ta vazifa
oldimizda turibdi. Birinchisi, bozorni firmalarning doimiy sonlari bilan ko`rib
chiqish, ikkinchisi esa eski firmalar chiqib ketib, yangi firmalar kirgan holatni
ko`rsatuvchi bozorni o`rganish. Bunda ikkalasi ham muhim, ularning ikkisi ham
maxsus vaqt oralig`da hizmat qiladi. Qisqa vaqt ichida firmalarning kirib chiqishi
qiyin, shu sababdan firmalarning doimiy soni taxmini muqobildir. Ammo, uzoq
muddat davomida, ko`p firmalar bozor holatini o`zgartirishda qatnashishi mumkin.
Bozorni 1,000 ta bir biriga o`xshash firmalarni bilan ko`rib chiqaylik. Har
qanday berilan narx uchun har bir firma tovar bilan taminlaydi, shu sababli, chekli
xarajat narxga teng. 6- chizmaning a bo`limida ko`rsatilganidek, bu, narx o`rtacha
o`zgaruvchan harajatdan yuqorida, har bir firmaning chekli harajat egri chizig`i
uning taklif egri chizig`idir. Bozorni ta`minlagan tovar miqdori 1000 ta alohida
firmalarning har biri orqali ta`minlangan tovar miqdorining yig`indisiga teng. Shu
sababli, bozor taklifi egri chizig`ini hosil qilish uchun, biz bozorda har bir firma
orqali ta`minlangan miqdorni qo`shamiz. 6-chizma b bo`limida ko`rsatilganidek,
firmalar o`xshash bo`lgani sababli, bozorni ta`minlagan miqdor har bir firma
ta`minlagan miqdordan 1000 martta ko`p.
Rasm
(a) A Firma foyda bilan
(b) A Firma zarar bilan
Miqdor
Miqdor
Narx
Narx
176
Bozorga kirish va chiqish haqidagi qarorlar chiqayotgan firma egalari va
yangi ish boshlayotgan tadbirkorlarning rag`batiga bog`liqdir. Agar firmalar
bozorda allaqachon foyda keltiruvchiga aylangan bo`lsa, bu yangi ochilayotgan
firmalarga bozorga kirishiga rag`bat bo`ladi. Bu kirish firmalar sonini kengaytiradi
va mahsulot ta'minoti miqdorini o`stiradi, foyda va narxlarni tushiradi. Agar
firmalar bozorda yo`qotishlarga ega bo`lishni boshlasa, chiqish istagidagi
firmalarni bozordan chiqib ketishiga sabab bo`ladi. Bu chiqish firmalar sonini
kamaytirib, mahsulot sonini oshiradi, narx va foyda ham oshadi. Kirish chiqish
jarayoning so`ngida bozorda qolgan firmalar nullik iqtisodiy foyda qiladilar.
Firmaning foydasi quyidagicha yoziladi:
Foyda = (P-ATC) x Q
Bu tenglama shuni ko`rsatadiki, mahsulot ishlab chiqarishning o`rtacha
umumiy xarajati mahsulot narxiga teng bo`lsa, firma nullik foydaga ega bo`ladi.
Agar narx o`rtacha umumiy xarajatdan baland bo`lsa, foyda ijobiy bo`lib, bu yangi
firmalarni bozorga kirib kelishlariga sabab bo`ladi. Agar narx o`rtacha umumiy
xarajatdan past bo`lsa, foyda salbiy bo`lib, bu ishlayotgan firmalarni bozordan
chiqib ketishlariga sabab bo`ladi. Bozorga kirish chiqish jarayoni o`rtacha umumiy
xarajat va narx tenglashtirilgandagina tugaydi.
Bu tahlilni ikkilantiruvchi tomoni ham bor ekan. Biz avvalgi boblarda
aytganimizdek, raqobatli bozor chekli xarajatlarni narxga tenglashishi bilan
foydani maksimallashtirishi mumkin edi. Hozirgina esa bozorga erkin kirib chiqish
o`rtacha umumiy xarajatni narxga tenglashishiga olib kelishini ta'kidladik. Ammo
agar narx ham chekli xarajatga ham o`rtacha umumiy xarajatga teng bo`lsa, bu
xarajatlarning ikki o`lchovi bir biriga mosdir. Faqatgina firmalar ATC ning
minimumida boshqarilgandagina MC va ATC teng bo`ladi.
7-rasmning (a) qismida firmaning shunday uzoq muddatli muvozanati
Rasm
Miqdor (bozor)
Miqdor (firma)
Narx
Narx
Taklif
(a) individual firma taklifi
(b) Bozor taklifi
Qisqa muddatli davrda bozor taklifi
177
ko`rsatilgan. Bu rasmda P narx MC ga teng va firma foydani
maksimallashtirmoqda. Narx ATC ga ham teng, va foyda nolga teng. Yangi
firmaning bozorga kirishiga ehtiyoj yo`q, va mavjud firmalar bozordan chiqib
ketishiga ham hojat yo`q.
Firmalar holatining tahlilidan bozor uchun uzoq muddatli taklif egri chizig`ini
aniqlashimiz mumkin. Erkin kirish chiqishli bozorda nol foydali bitta narx bo`lishi
mumkin, bu ham bo`lsa o`rtacha yalpi xarajatning eng kam qiymati. Natijada 7-
rasmning (b) qismida mutlaq elastik taklif egri chizig`ida tasvirlangani kabi uzoq
muddatli taklif egri chizig`i bu narxda gorizontal bo`ladi. Bu darajadan yuqoridagi
har qanday narx foydani ko`paytiradi va umumiy taklif miqdorini oshirishga
boshlaydi. Bu darajadan past bo`lgan har qanday narx foydani kamaytiradi va
umumiy taklif miqdorini kamaytiradi va chiqishga undaydi. Natijada bozordagi
firmalar soni narxni minimum ATC ga tenglashtiradi va bu yerda va shu narxda
barcha talabni qondirishga yetarlicha firma mavjud.
Uzoq muddatli muddatli taklif egri chizig`ining yuqorililashiga ikkita sabab
bo`lishi mumkin. Birinchisi, foydalanilayotgan mahsulotlarni zahirasi cheklangan
miqdorda bo`lishi va ikkinchi sabab firmalarning xarajatlarini turlichaligidadir.
Rasm
Miqdor (bozor)
Miqdor (firma)
Narx
Narx
(a) firmaning nol daromadli xolati
(b) Bozor taklifi
Taklif
178
Masalan, bo`yoqchilarni olaylik, har qanday bo`yoqchi bozorga kirishi
mumkin, ammo ularning xarajatlari bir xil bo`lmaydi. Xarajatlar qisman farq
qiladi, sababi kimdir tez ishlaydi kimdir esa sekin, yana kimdir vaqtdan to`g`ri
foydalanishni biladi. Har qanday berilgan narxga past xarajatlar yuqori xarajatlarga
qaraganda kirib keladi. Bo`yoqchilik xizmatining miqdorini oshirish uchun
boshqalarni ham bozorga kirishida qiziqtirish kerak. Chunki, yangi kiruvchilarda
yuqori xarajatlar bo`ladi, narxni esa ularga ham foyda bo`lishi uchun oshirish
kerak bo`ladi. Shu sababdan bo`yoqchilik xizmati uchun uzoq muddatli bozor
taklif egri chizig`i oshadi, xattoki bozorga kirish erkin bo`lsa ham.
E'tibor berish kerakki, firmalarning xarajatlari turlicha, ba'zi firmalar uzoq
muddatda ham foyda ko`rishadi. Bu holatda, bozordagi narx chegarali firmaning
o`rtacha umumiy xarjatlarida aks etadi. Narx pasaysa firma bozordan chiqib ketishi
Rasm
Qisqa muddatli oraliqda bozor taklifi
Miqdor (firma)
Miqdor (bozor)
Narx
Bozor uzoq muddatli
muvozanatda
boshklanadi
Narx
Nol foyda
ko’rayotgan firma
bilan
Bozor
Firma
Uzoq
muddatli
taklif
Miqdor (firma)
Miqdor (bozor)
Narx
Narx
Uzoq
muddatli
taklif
3. Ammo, keyin
talabning
oshishi narxlarni
oshiradi
4. Qisqa muddatli
foydani
ta’minlaydi
Bozor
Firma
Bozor
Dostları ilə paylaş: |