Biznes va tadbirkorlik



Yüklə 14,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/51
tarix07.03.2020
ölçüsü14,48 Mb.
#30618
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51
2- Mikroiqtisodiyot Oquv Uslubiy Majmuasi 24.08.2018.2019


Firma

 

5. Taklifni kuchayishi va 

narxni tushushi 

natijasida daromad 

kamayadi.

 

6. Uzoq muddatli 

muvozanatni 

ta’minlaydi

 

Uzoq 


muddatli  

taklif 


Miqdor (firma)

 

Miqdor (bozor)

 

Narx

 

Narx

 

179 

 

mumkin. Bu firma nol foyda topishi mumkin, ammo kam xarajatli firmalar ijobiy 



foyda  ko`rishi  mumkin.  Bozorga  kirishda  kiruvchilarning  xarajatlari  mavjud 

firmalarning xarajatlaridan katta bo`lishi mumkin. Xarajati yuqori firmalar narxlar 

yuqori  va foydali bo`lsagina bozorga kirishadi.  

Shuning uchun bu ikki sababga ko`ra, yuqori narxlar katta miqdordagi taklif 

kerak  bo`ladi,  va  bunda  uzoq  muddatli  taklif  egri  chizig`i  gorizontaldan  ko`ra 

yuqoriga yo`naladi. Shularga qaramasdan, bozorga kirish va chiqish haqidagi bilim 

o`sha  o`rganilganidek  qoladi.  Sababi  bozorga  kirish  va  chiqish  qisqa  muddatliga 

qaraganda, uzoq muddatlida oson kechadi, uzoq muddatli taklif egri chizig`i qisqa 

muddatli taklif egri chizig`iga ko`ra egiluvchandir.  

Tayanch  so`z  va  iboralar:

 

raqobat  bozori,  o`rtacha  daromad,  chekli 



daromad, xarajatlarning pasayishi, tarmoq taklifi 

 

XII BOB. MONOPOL BOZORLARDA FIRMANING QAROR QABUL 

QILISHI

15

 

Reja

 

12.1. Monopol bozor xususiyatlari va ko`rinishlari 

12.2. Monopol bozorlarda ishlab chiqarish va narxlar o`rnatishdagi qarorlar 

12.3. Monopol bozorlarda foydani maksimallashtirish 

12.4. Narxlar diskriminatsiyasi va monopoliyaga qarshi qonunchilik 

 

12.1. Monopol bozor xususiyatlari va ko`rinishlari 

 

 



Firma  yagona mahsulot sotuvchisi bo`lsa, u  monopol hisoblanadi va uning 

mahsulotini o`rnini bosuvchi boshqa firmalar bo`lmaydi. Monopol firmaga deyarli 

to`siqlar  qo`yilmaydi.  Sababi,  boshqa  firmalar  bozorda  monopol  firma  bilan 

raqobat qila olmaydi, chunki monopol firmaning bozorida faqat sotuvchining o`zi 

qoladi. Buning o`z navbatida, uch asosiy manbalari bor: 

Monopol resurslari: ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan asosiy resurs bitta 

firmaga tegishli bo`ladi. Monopol firmani vujudga keltirishning oddiy usuli, asosiy 

resurs  egasi  bo`lmish  biror  firma  mahsulotini  narxini  oshirishidir.  Misol  uchun, 

muayyan  kichik  shaharchada  suv  yetkazib  beruvchi  bozorni  ko`rib  chiqsak.  Suv 

yetkazib  beruvchilar  orasidagi  raqobat  natijasida,  bir  litr  suvning  narxi,  ishlab 

chiqarish  jarayonida  chekli  xarajat  yuqori  bo`lishiga  qaramay,  sotuvchilar 

mahsulotni  arzonroq  sotishga  harakat  qilishadi.  Shaharchada  monopolist  uchun 

faqat  bitta  yaxshi  tomoni,  boshqa  bir  joydan  suv  olish  mumkin  emas,  Buning 

oqibatida quduq egasi suv sotish ustidan monopol bo`lib qoladi. Ajablanarlisi ham 

                                                           

15

 

Ushbu  bob  G.  Menkyuning  “Mikroiqtisodiyot  tamoyillari”  (N.  Gregory  Mankiw  “Principles  of  Microeconomics”7  e.) 



kitobining XV bobiga  muvofiq holda tayyorlangan.

 


180 

 

shundaki  monopolist  raqobat  bozorida  birlamchi  ehtiyoj  tovari  hisoblangan  suv 



uchun past chekli qiymatni belgilasa ham, juda yuqori foydaga erishishi mumkin. 

Asosiysi  mutlaq  egalik  amaliyoti  monopoliya  salohiyatiga  sabab  bo`lsa-da, 

kamdan-kam  hollarda  monopoliya  yuzaga  keladi.  Iqtisodiy  jihatdan  quvvatli  va 

aylanma  mablag`i  ko`p  firmalar  tomonidan  chiqariladigan  mahsulot  brend 

hisoblanib, xalqaro bozorda o`z qiymatiga ega, odatda ularning ko`lami ko`pincha 

butun dunyo bo`ylab tarqalishiga qarab belgilanadi.  

Hukumat  tomonidan  tartibga  solish:  hukumat  bitta  firmaga  ba'zi  bir  xizmat 

ko`rsatish yoki ishlab chiqarishning mutlaq huquqini beradi. Hukumat biror kishi 

yoki  ba'zi  firmalarga  xizmat  ko`rsatish  hamda  sotish  uchun  eksklyuziv  huquqni 

berish  orqali  monopoliyalarni  vujudga  kelishiga  zamin  yaratadi.  Ba'zan  monopol 

kengayish  monopolistlarning  siyosiy  ta'sirdan  kelib  chiqqan  holda  ko`payadi. 

Masalan, Qirollik oilasi do`stlari va ittifoqchilari uchun maxsus litsenziya beradi. 

Shunday  qilib,  boshqa  paytlarda  davlat  manfaati  bo`lganligi  sababli  hukumatga 

monopol bo`lish uchun sharoit yaratiladi. 

Patent  va  mualliflik  huquqlari  to`g`risidagi  qonunlar  bunga  muhim  misol. 

Qachonki  farmatsevtika  kompaniyalari  yangi  dori  kashf  etishsa,  patent  uchun 

hukumatga murojaat qilishadi. Hukumat albatta haqiqatda sifatga ega bo`lgan dori 

ishlab  chiqaruvchi  kompaniyani  va  20  yillik  dori  sotish  huquqini  beradigan 

patentni  tasdiqlaydi.  Bu  qonunlar  bir  ishlab  chiqaruvchiga  monopol  bo`lish 

imkoniyatini yaratish bilan birga, raqobat ostida sodir bo`ladigan yuqori narxlarga 

olib  keladi.  Lekin  bu  monopol  ishlab  chiqaruvchilar  yuqori  narxlar  o`rnatishi  va 

ko`p  daromad  olish  imkonini  beruvchi  bir  necha  xatti  harakatlarni 

rag`batlantirishdan iborat bo`ladi. Dori kompaniyalari faoliyati yuzasidan ularning 

tadqiqotlarini  rag`batlantirish  orqali  monopolist  bo`ladilar.  Ishlab  chiqaruvchilar 

sifatli  ishlashlari  natijasida  savdosi  ortgani  tufayli  ularga  monopolist  bo`lishga 

ruxsat  beriladi.  Tadbirkorlik  sub’yektlarini  qo`llab-quvvatlanishi  transport 

terminallari xizmatlarini tartibga solish ro`yxatidan chiqarilishi uchun asos  bo`ldi. 

Transport 

terminallari 

xizmatlari 

bozoridagi 

kontsentratsiyalashuvni 

pasayishi, litsenziya  olgan  holda  amalga  oshiriladigan  faoliyat  turlari  uchun 

ruxsatnomalar  olish  tartiblarini  soddalashtirish  va  muddatlarini  qisqartirish 

borasida  davlat  tomonidan  olib  borilayotgan  samarali  siyosat  natijasi  sifatida 

namoyon bo`ldi. 

Shunday  qilib,  patent  va  mualliflik  huquqini  oluvchi  kompaniyalarda  ham 

foyda  va  xarajatlar  mavjud.  Patent  va  mualliflik  huquqi  qonunlarida  foydani  va 

ijodiy faoliyatini oshirish uchun imtiyozlar beriladi.  

Ishlab  chiqarish  jarayoni:  Yirik  firmalar  ishlab  chiqarishi  mumkin  bo`lgan 

mahsulot  hajmini  faqat  bitta  kichikroq  korxona  pastroq  narxda  ishlab  chiqarish 

imkoniyati. 

Shu  keltirilgan  asoslarni  inobatga  olgan  holda,  quyidagi  ko`rinishlarini 

tavsiflashimiz mumkin:  

Sof monopoliya - bu bitta sotuvchi va ko`p xaridorlar qatnashgan bozor, yoki 


181 

 

o`rnini  bosadigan  tovar  bo`lmagan  tovarni  sotadigan  yagona  sotuvchi  bo`lgan 



bozor  vaziyati,  yoki  tarmoqda  yagona  hukmron  firma  bo`lib,  firmaning  ishlab 

chiqarish  va  sotish  chegarasi  tarmoq  chegarasiga  teng  bo`lgan  bozor.  Sof 

monopoliya va raqobatlashgan bozor bir-biriga teskari bozorlar hisoblanadi. 

Monopsoniya  -  xaridor  bitta  bo`lib,  sotuvchilar  ko`p  bo`lgan  bozor.  Agar 

bozorda  monopolist-  sotuvchi  bilan  monopolist  xaridor  uchrashsa,  bunday  holda 

ikki tomonlama monopoliya bo`ladi. 

Tabiiy  monopoliya  -  bozorda muayyan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlariga 

bo`lgan  talabni  raqobatsiz  sharoitlarini  yaratish  jarayonida  texnologik 

xususiyatlarga  ko`ra  mumkin  bo`lmaydigan  yoki  iqtisodiy  jihatdan  maqbul 

bo`lmaydigan holat. Iqtisodiy faoliyatning texnikaviy va texnologik xususiyatlarini 

taqozo  qilib,  ular  raqobatni  qo`llash  mumkin  bo`lmagan  yoki  qiyin  bo`lgan 

sohalarni o`z ichiga oladi. Bularga yorqin misol qilib, suv, energiya, gaz ta'minoti 

korxonalari,  temir  yo`l  transporti  majmuasi  korxonalarini  keltirishimiz 

mumkin.Tabiiy  monopoliyalar  faoliyati  ularning  mamlakat  iqtisodiyotida 

egallagan  ahamiyatini  hisobga  olgan  holda  davlat  tomonidan  tartibga  solinadi. 

Tabiiy monopoliya tarkibi turli mamlakatlarda turlicha. Keyingi yillarda ko`pchilik 

mamlakatlarda tabiiy monopoliyalar doirasini kamayib borishi kuzatilmoqda.

16

  



12.2.

  Monopol  bozorlarda  ishlab  chiqarish  va  narxlar 

o`rnatishdagi qarorlar 

Raqobatli firma va monopol firma o`rtasidagi asosiy farq ular mahsulotining 

narxini  tushirish  yoki  oshirish  monopolistning  ixtiyorida  bo`lib  qoladi.  Raqobatli 

firma  faoliyatida  mahsulotining  ishlab  chiqarish  narxini  belgilashda  bozor  unsuri 

kichik nisbiy ahamiyatga ega bo`ladi. Bozor sharoitida talabdan kelib chiqib ham 

narx  belgilanadi  va  bu  asosan  chekli  xarajatga  juda  kam  miqdordagi  daromadni 

qo`shish  orqali  o`rnatiladigan  narx  hisoblanadi.  Monopolist  esa  bozorda  yagona 

ishlab  chiqaruvchi  hisoblanadi,  chunki,  u  bozorga  yetkazib  berayotgan  mahsulot 

miqdori bilan ham narxni o`zgartirishi mumkin.

 Narx darajasi tovarlar sotilganda 

firmaning  tovarlarni  ishlab  chiqarish  va  sotish  xarajatlarini  to`la  qoplab, 

kompaniyaga minimal foydani taʼminlashi kerak. Agar bu qoidaga amal qilinmasa, 

firma  zarar  ko`radi  yoki  kompaniya  hech  qanday  daromad  olmay  o`z  ishini 

to`xtatadi.  Xarajatlarni  qoplash  zarurati  narxning  eng  quyi  chegarasini  belgilaydi 

va  narxning  bundan  past  bo`lishi  iqtisodiyot  uchun  maqbul  emas.

  2-rasmda 

raqobatli  firma  gorizontal  talab  egri  chizig`i  (a)da  aks  ettirilgan.  Raqobatli  firma 

ko`p  miqdorda  mahsulotni  sotadi,  chunki  mahsulot  sifatini  o`zgartirsa  (uning 

bozorida boshqa barcha firmalarning mahsulotlari), har qanday firmalarning yuzlab 

talab  egri  chizig`ida elastik bo`ladi.  Monopol  bozorda  yagona  ishlab  chiqaruvchi 

mavjuddir, uning talab egri chizig`ida bozor talabi qiyaroq bo`ladi. Shunday qilib, 

monopolist  talabi  egri  chizig`i  2  (b)  rasmda  tasvirlangan.  Monopolist  mahsulot 

narxini oshiradigan bo`lsa, iste'molchilar undan kam mahsulot sotib ola boshlaydi, 

                                                           

16

 B. Salimov va boshqalar. Mikroiqtisodiyot. O`quv-uslubiy majmua. TDIU 



182 

 

bu  odatiy  sabablarga  ko`ra  pastga  qarab  egilib  boradi.  Monopolist  bir  turdagi 



mahsulot  ishlab  hiqaradi  va  uning  ishlab  chiqarish  hajmi  ortadi,  narxi  esa  tusha 

boshlaydi,  agar  mahsulotining  miqdorini  kamaytiradigan  bo`lsa,  foyda  ham 

kamayadi va boshqa yo`llar qaraladi. 

 

Bozordagi  talab  egri  chizig`i  monopolist  uchun  uning  bozordagi  mavqei  va 



foyda  olish  imkoniyatini  cheklashi  mumkin.  Narx  o`rtacha  harajatlardan  yuqori

  

qilib  belgilanishi,  tovar  shu  narxda  sotilganda  iqtisodiy  foyda  olinishi  kerakligi 



firma  tomonidan  albatta  hisobga  olinishi  lozim.  Firma  o`z  tovariga  narx 

belgilayotgan  vaqtda  foydani  maksimallashtirishni  ko`zlaydi.  Foydani 

maksimallashtiruvchi narx, odatda, monopol bozorda amal qiladi.

 

Misol  tariqasida,  biror  bir  shaharda  suv  ishlab  chiqaruvchi  firmani  ko`rib 



chiqaylik.  1-jadval  monopolistning  daromadi  ishlab  chiqarilgan  suv  miqdoriga 

bog`liq  bo`lishi  mumkinligini  ko`rsatadi.  Jadvaldagi  birinchi  ikki  ustunlar 

monopolist talabini ko`rsatadi. Monopolist 1 litr suv ishlab chiqaradigan bo`lsa, u 

1 litrni 10$dan sotishi mumkin. 2 litr ishlab chiqaradigan bo`lsa, u har bir litrni 9$ 

ga sotishi, ya`ni narxni pasaytirishi kerak. 3 litr ishlab chiqaradigan bo`lsa, u  8$ ga 

narxni pasaytirishi kerak. Va hokazo. Agar raqamlar bu ikki ustun grafigiga mos 

bo`lsa, odatda, talab egri chizig`i qiyalashishi kerak. 

Narx

 

Narx

 

Ishlab chiqarish hajmi

 

Ishlab chiqarish hajmi

 

Talab


 

Talab


 

(a)  raqobatli firmaning  

talab egri chizig’i 

(b) monopol firmaning talab egri chizig’i 

Raqobatli va monopol firmalar uchun talab egri chizig’i 

Rasm 

183 

 

 



Jadvalning uchinchi ustunida monopolistning umumiy daromadi ko`rsatilgan. 

Bu  (birinchi  ustun)  sotilgan  suv  hajmini  1  litr  suv  narxiga  (ikkinchi  ustun) 

ko`paytirish natijasiga tengligini ko`rsatadi. To`rtinchi ustunda firmaning o`rtacha 

daromadi, firma tomonidan sotilgan bir litr suvdan keladigan daromadning miqdori 

hisoblangan  va  u  har  doim  narxga  teng.  Bu  monopolistlar  uchun,  shuningdek 

raqobatli firmalar uchun to`g`ridir. 

1-jadvalning oxirgi ustunida firmaning chekli daromadi, firma mahsulotining 

har  bir  qo`shimcha  birlik  uchun  ko`radigan  daromadining  miqdori  hisoblangan. 

Firmaga  1  birlik  suv  hajmi  uchun  jami  tushumlarning  o`zgarishi  olinib  chekli 

daromad  hisoblanadi.  Firma  3  litr  suv  ishlab  chiqarishi  uchun  masalan,  24$ 

umumiy daromad oladi. Suv ishlab chiqarishni 4 litrga oshirgani tufayli  umumiy 

daromad 28$ yetadi. Shunday qilib, to`rtinchi litr suvni sotishdan chekli daromad $ 

4, ya`ni 28$ dan 24$ni  chegirish natijasiga teng. 

Monopoliyalarda  chekli  daromad  raqobatli  firmalarning  chekli  daromadidan 

farq qiladi. Monopolist sotish hajmini oshiradi, bu harakat umumiy daromadi (P x 

Q) bo`yicha ikki xil ta'sirga ega: 

-  Ishlab  chiqarishga  ta'siri:  Ko`proq  ishlab  chiqilgan  mahsulot  ko`proq  sotilgan 

bo`ladi, shuning uchun Q umumiy daromadni oshirish istagi yuqori bo`ladi. 

-Narx  ta'siri:  Narxni  tushiradi,  shuning  uchun  P  umumiy  daromad  kutilganidan 

past bo`ladi.  

3-rasmda talab egri chizig`i va monopolist firmasi uchun chekli daromad egri 

chizig`i  qanday  joylashishini  ko`rishingiz  mumkin.  (Firmaning  narx  o`rnatishi, 

uning o`rtacha daromadiga teng, chunki, talab egri chizig`i ham o`rtacha daromad 

egri  chizig`iga  teng  bo`ladi.)  Sotilgan  birinchi  birlik  mahsulot  chekli  daromadi 



Jadval 

 

Suv 



hajmi

 

Narx



 

Umumiy 


daroma

d

 



O’rtacha 

daroma


d

 

Chekli 



daroma

d

 



Monopol 

firmaning 

umumiy, o’rtacha 

va chekli daromadi 

184 

 

yaxshi  narxda  bo`ladi,  chunki  bu  ikki  chiziq  har  doim  vertikal  o`q  orqali  shu 



nuqtadan  boshlanadi  .  Lekin  Shuning  uchun  biz  faqat  birinchi  birliklar  ustida 

taqdiqotni  olib  boramiz,  so`ng  monopolistning  chekli  daromadi  optimal  narxdan 

kam  bo`lsagina  uning  talab  egri  chizig`i  ostida  yotadi.  Biz  bu  chekli  daromadni 

ham  salbiy  bo`lishi  mumkinligini  3-rasmda  (shuningdek  1-jadvalda)  ko`rishimiz 

mumkin.  Daromadga  narxning  ta'siri  katta  bo`lsa,  ishlab  chiqarish  ham  ortib, 

chekli  daromadi  salbiy  bo`ladi.  Firma  mahsulotining  qo`shimcha  1  birligidan 

ishlab chiqargan mahsulotiga dona hisobida foyda yoki zarar ko`rishi mumkin.

 

 



Talab  egri  chizig`i  ishlab  chiqarish  hajmiga  qay  darajada  ta`sir  etishini 

ko'rsatmoqda.  Chekli  daromad  egri  chizig’i  firmaning  daromadi  1  birlik 

mahsulotga nisbatan qanday o`zgarishini ko'rsatmoqda. Chunki chekli daromad har 

doim narxdan kam bo`lmasligi uchun monopolist  har doim har bir birlik mahsulot 

narxini oshiradi. 

  Buning sababi, monopol bozorda narxning chekli xarajatga nisbati talabning 

elastikligiga bog`liq.

17

  



 

,  


 

Monopol 


hokimiyatni 

o`lchashninhg 

tabiiy 

yo`li 


bu 

foydani 


maksimallashtirishga  olib  keluvchi  narxning  chekli  xarajatlardan  qanchalik  ortiq 

bo`lish  darajasini  aniqlashdir.  Xususan,  biz  narx  ustamasini  (chekli  xarajatlar 

chegirilgan  narx)  narxga  nisbati  ko`rsatkichidan  foydalanishimiz  mumkin. 

Monopol hokimiyatning bu o`lchovi 1934 yilda 1934 yilda iqtisodchi Abba Lerner 

tomonidan kiritildi va Lernerning monopol hokimiyat indeksi deb ataladi (Lerner 

Index of Monopoly  Power). U narx va chekli xarajatlar o`rtasidagi farqni narxga 

nisbatiga teng. Matematik ko`rinishda: 

                                                           

17

 B. Salimov va boshqalar. Mikroiqtisodiyot. O`quv-uslubiy majmua. TDIU 



D

p

E

MC

P

1

1



1



E

P

P

MC



Rasm 

 

Narx



 

Suv hajmi

 

Talab 


(o’rtacha 

daromad)


 

Chekli 


daromad

 

Monopol  firmada  talab  va 



chekli daromad egri chizig`i 

185 

 

L= (P-MC) / P 



Lerner  indeksi  har  doim  0dan  1  gacha  qiymatga  ega  bo`ladi.  Mukammal 

raqobat sharoitidagi firmalar uchun P = MC, shu sababli L= 0. L qanchalik katta 

bo`lsa,  monopol  hokimiyat  darajasi  shunchalik  kuchli  bo`ladi.  Monopol 

hokimiyatning bu indeksini shuningdek ushbu firma uchun talab elastikligi orqali 

ham ifoda etish mumkin:

18

 



L= (P-MC) / P = - 1/ E

d

 



12.3. 

Monopol bozorlarda 

foydani maksimallashtirish 

Raqobatli bozorda firma agar u chekli daromad chekli xarajatga teng holatni 

ta’minlaydigan  hajmda  mahsulot  ishlab  chiqarsa,  maksimal  foyda  oladi,  bunday 

mahsulot  hajmi  optimal  bo`ladi.  Monopolist  ham  shu  optimal  ishlab  chiqarish 

shartiga  amal  qilishi  kerak  bo`ladi.  Sof  monopolist  tovariga  bo`lgan  talab  ham 

bozor  talabi  hisoblanadi.  Monopolist  o`z  tovari  narxini  oshirsa,  unga  talab  hajmi 

kamayadi va aksincha, monopolist tovar narxini tushirsa unga talab hajmi ortadi. 

  Xuddi  shunday  sof  monopolist  taklifi  ham  bozor  taklifi  hisoblanadi. 

Masalan,  tovar  ishlab  chiqarishning  o`zgaruvchi  xarajatlari  oshsa,  monopolist 

maksimal foyda olish uchun tovar hajmini qisqartiradi. Taklif hajmining qisqarishi 

va xaridorlar o`rtasida raqobatning mavjudligi tovar narxini oshiradi. 

  Agar monopolistning talab chizig`i raqobatlashgan bozordagiday gorizontal 

bo`lganda  edi,  u  tovar  hajmini  o`zgartirishi  bilan  narxga  ta’sir  qila  olmas  edi. 

Monopollashgan bozorda taklif chizig`i ma’noga ega emas. Nega bunday, chunki 

ishlab  chiqariladigan  mahsulot  (taklif)  miqdori  bilan  narx  o`rtasida  proportsional 

bog`liqlik  yo`q.  Monopolistning  qancha  miqdorda  mahsulot  ishlab  chiqarishi 

nafaqat  chekli  xarajatga  bog`liq,  balki  talab  chizig`ining  shakliga  ham  bog`liq 

bo`ladi. 

  Monopol bozorda talabning o`zgarishi narxning va taklifning raqobatlashgan 

bozordagiday  proportsional  o`zgarishiga  olib  kelmaydi.  Monopolist,  talab 

o`zgarganda  mahsulot  hajmini  o`zgartirmasdan  narxni  o`zgartirishi  yoki  narxni 

o`zgartirmasdan  mahsulot  hajmini  o`zgartirishi  yoki  bir  vaqtning  o`zida  narxni 

hamda mahsulot miqdorini o`zgartirish mumkin. 

Monopolistning  maqsadi  maksimal  foyda  olish  bo`lsa,  u  tovar  narxini 

xohlagancha oshira olmaydi. Narx oshishi bilan mahsulotga talab kamayib boradi, 

narx  oshishi  ma’lum  darajaga  yetganda,  umumiy  daromad  umumiy  xarajatni 

qoplamaydi.  Monopolist  qanday  narx  strategiyasini  tutishini  bilish  uchun 

daromadning narxga ko`ra talab elastikligi bilan qanday bog`liqligini eslash zarur 

bo`ladi.  Talab  chizig`ining  elastik  bo`lgan  qismida  narxning  pasayishi  umumiy 

daromadni o`sishiga olib keladi, elastiklik birga teng bo`lganda, umumiy daromad 

maksimumga  erishadi  (MR=0),  elastik  bo`lmagan  qismida  narxning  pasayishi 

                                                           

18

 Pindayk R.,Rabinfeld D., Microeconomics. P.302 



186 

 

umumiy  daromadni  pasayishiga  olib  keladi.  Shuni  tushungan  monopolist  talab 



chizig`ining elastik bo`lmagan qismida harakat qilmaydi. 

            

 

 

 



 

 

 



 

   


 

 

 



 

 

 



 

   


 

 

 



 

 

 



 

 

   



    

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 Sof  monopoliyada  firmaning  mahsulotiga  talab,  uning  chekli  va  umumiy 



daromadi

19

 

  Monopolist  ham  raqobatlashgan  bozordagi  firma  kabi  chekli  harajat  bilan 

chekli  daromadni  tengligini  ta’minlaydigan  hajmda  mahsulot  ishlab  chiqarsagina 

maksimal  foyda  olishi  mumkin.  Monopolistning o`rtacha daromad  chizig`i bozor 

talabi  chizig`ini  beradi.  Mahsulot  narxi  shu  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmiga 

bog`liq funktsiya.  



 

                                                           

19

 B. Salimov va boshqalar. Mikroiqtisodiyot. O`quv-uslubiy majmua. TDIU 



 

 

 



Daromad R 

 Talab chizig`i 

Q maxsulot miqdori 

Q* 


max 


TR 

Q* 


  Firma 

daromadi R 

B

 





187 

 

 



Ishlab  chiqarish  va  uni  rejalashtirish  to`g`risida  gapirganda,  ular  qisqa  va 

uzoq  muddatda  amal  qilishining  farqiga  borish  muhimdir.  Qisqa  muddatli  deb 

ishlab  chiqarish  omillarini  hech  bo`lmaganda  birontasini  o`zgartirishi  mumkin 

bo`ladigan davrga  aytiladi.  Shu  vaqt  davomida  o`zgarmaydigan  omillarni doimiy 

ishlab  chiqarish  omillari  deyiladi.  Masalan,  firmaning  kapitalidan  foydalanish 

yo`nalishini  o`zgartirish  uchun  odatda  uzoq  vaqt  talab  qilinadi.  Yangi  zavod 

loyihalashtirilishi va qurilishi, stanoklar, boshqa asbob-uskunalar buyurtirilishi va 

joylashtirilishi  kerak,  buning  uchun  bir  yil  va  undan  ortiq  vaqt  ketadi.  Chekli 

daromad chekli xarajatga teng bo`lgan Q

max


ga yetmagunicha firma ishlab chiqarish 

darajasini o`zgartirmaydi. 

Monopolistning  chekli  daromadi  chekli  xarajatlarga  (nuqta  A)  teng  bo'lgan 

miqdorda  tanlab  olinsa,  foyda  eng  yuqori  darajada  bo`ladi.  Keyin  bu  miqdorni 

(nuqta B) sotib olish uchun iste'molchilarni undaydigan narxni topish uchun talab 

egri chizig’idan foydalaniladi.  

Foydani  maksimallashtirish  uchun  bu  qoida  istalgan  raqobatli  firma  va 

monopol firmaga xos.  

raqobatli firma uchun: P = M R = MC. 

monopol firma uchun: P> M R = MC. 

Foyda  -  maksimal  miqdorda  chekli  daromaddan  ortadi  va  chekli  iqtisodiy 

tenglik har ikki firma turlari uchun bir xil bo`ladi. Firma foydasi mahsulot narxi va 

ishlab chiqarishga ketgan xarajatga bog`liq.   

 

 



 

 

Monopolist  qancha  foyda  ko`radi?  Grafikda  monopol  firmaning  foydasini 



ko`rish uchun umumiy daromad (TR)dan umumiy xarajatlarni (TC)  ayirib tashlash 

kerak: 


Foyda = TR - TC. 

Yüklə 14,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin