20.3.1 – chizma. Fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida innovatsion jarayonlarning asosiy yo‘nalishlari
Tarmoqning innovatsion menejmentini
takomillashtirish
Qishloq xo‘jaligida innovatsion jarayonlarning asosiy yo‘nalishlari
Biologik
Texnik-texnologik
Tashkiliy-iqtisodiy-ijtimoiy
O‘simliklarning genetik
imkoniyatlarini oshirish
Chorva mollarning
mahsuldorli bo‘yicha
genetik imkoniyatlarini
oshirish
Texnik ta’minoti tizimini
takomillashtirish
Yem-xashak ishlab
chiqarish, yem-xashak
tayyorlash va oziqlantirish
tizmini takomillashtirish
Resurs tejovchi
texnologiyalarni
o‘zlashtirish
Ishlab chiqarishda jadal
industrial
texnologiyalarni joriy
etish
O‘simlikchilik mahsulotlari ishlab chiqarishda
kooperatsiya, integratsiya va ixtisoslashtirish
jarayonlarini takomillashtirish
Chorvachilik tarmog‘ida band bo‘lgan
ishchilarning turmush va sifat
darajasini oshirish
Chorvachilik mahsulotlarini saqlash,
qayta ishlash va sotish tizimini
takomillashtirish
Ijtimoiy infratuzilma va ishchilarning mehnat
sharoitlarini takomillashtirish
425
20.4. Dehqоn va fermer хo‘jaliklarini iqtisоdiy samaradоrligini
yuksaltirish yo‘llari
Dehqon va fermer xo‘jaliklarida ishlаb chiqаrish sаmаrаdоrligini
оshirishgа tа’sir qiluvchi оmillаr ko‘p vа хilmа-хildir. Ulаrdаn bа’zilаri
dehqon va fermer xo‘jaliklarining jаmоаt fаоliyatigа bоg‘liq bo‘lsа,
аyrimlаri ishlаb chiqаrishning tаshkil etilishi vа tехnоlоgiyalаrning jоriy
qilinishi, ishlаb chiqаrish rеsurslаridаn unumli fоydаlаnish, fаn-tехnikа
yutuqlаrining qo‘llаnishi bilаn bоg‘liqdir.
Dehqon va fermer xo‘jaliklarida ishlаb chiqаrish iqtisоdiy sаmаrа-
dоrligining аsоsiy ko‘rsаtkichi sоtilgаn mаhsulоtdаn оlingаn fоydа
summаsidаn ibоrаt. Uning dаrаjаsi qishlоq хo‘jаligi mаhsulоtlаrini
sоtishdаn оlingаn fоydаgа hаmdа mаhsulоtni yеtishtirish vа sоtish
jаrаyonidаgi хаrаjаtlаrgа bоg‘liq.
Оdаtdа, xo‘jaliklar оlаyotgаn fоydаgа sоtilаyotgаn mаhsulоtning
bаhоsi, shuningdеk, tоvаr mаhsulоt hаjmi hаm tа’sir qilаdi.
O‘z nаvbаtidа dehqon va fermer xo‘jaliklari mаhsulоtlаrining bаhо-
si аvvаlо tаlаb vа tаklif tа’siridа, shuningdеk, mаhsulоtlаrning sоtilishi
yo‘llаrigа ko‘rа shаkllаnаdi.
Sоtilishdаn оlinаdigаn fоydа miqdоri mаhsulоtning sifаt dаrаjаsigа
bоg‘liq. Nоstаndаrt vа sifаtsiz mаhsulоtlаr bоzоrdа pаst vа аrzоn bаhо
bilаn sоtilаdi, yoki sоtilmаsdаn qоlishi hаm mumkin. Shu tufаyli pахtа,
g‘аllа, qоrаko‘l tеri vа pillа sut sifаtigа аlоhidа e’tibоr bеrilаdi.
Sоtilаdigаn mаhsulоtlаr sifаtining yomоnligi sоtuvchini hаm
dаrоmаddаn mаhrum etаdi.
Оlinаdigаn pul dаrоmаdlаri miqdоrini ko‘p jihаtdаn yalpi vа tоvаr
mаhsulоt uning tоvаrlilik dаrаjаsi hаm bеlgilаydi.
Dehqon va fermer xo‘jaliklarida ishlаb chiqаrish sаmаrаdоrligining
аsоsiy yo‘llаri yalpi mаhsulоtlаrni ko‘pаytirish, ulаrning ishlаb chiqаrish
хаrаjаtlаrini kаmаytirish, shuningdеk, sоtish yo‘llаrini tаkоmillаshtirish-
dаn ibоrаt.
Bozor munosabatlari sharoitida har qanday xo‘jaliklarning asosiy
maqsadi inson ehtiyojlari uchun moddiy nemat (ish, xizmat)lar ishlab
chiqarish va foyda olishdan iboratdir. Shuning uchun fermer xo‘jaligini
moliyaviy natijalarini 20.4.1-jadval malumotlari bilan tahlil qilganimiz-
da, fermer xo‘jaligida mahsulot sotishdan sof tushum 146,34 foizga,
sotilgan mahsulotlarni tannari 132,65 foizga, mahsulot sotishning yalpi
foydasi 222,26 foizga o‘zgarganligini ko‘rish mumkin.
426
20.4.1-jadval
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani «Shuhrat o‘g‘li G‘olibjon» fermer
xo‘jaligining moliyaviy natijalari tahlili
Yillar
t/r Yozuvning
mazmuni O‘/b
2012 2013 2014
2014-yilda
2012-yilga
nisb. o‘zg. %
1
Mahsulot (tovar va
xizmat)larni sotishdan
sof tushum
ming
so‘m 90070,0 119772,0 131811,0
146,34
2
Sotilgan mahsulot (ish
va xizmat)larni
tannarxi
ming
so‘m 76303,0 83971,00 101213,0
132,65
3 Mahsulot (tovar va
xizmat)larni
sotishning yalpi
foydasi
ming
so‘m 13767,0 35801,0 30598,0
222,26
4
Davr xarajatlari
ming
so‘m 13061,0 32573,0 28526,0
218,41
sh.j.dan; Sotish
xarajatlari
ming
so‘m
3152,0 4192,0 4613,0 146,35
5
Ma’muriy xarajatlar
ming
so‘m
9909,0 28381,0 23913,0 241,33
6
Asosiy faoliyatdan
foyda
ming
so‘m
706,0 3228,0 2072,0 293,48
7
Umumxo‘jalik
faoliyatidan foyda
ming
so‘m
706,0 3228,0 2072,0 293,48
8
Favqulotda foyda va
zararlar
ming
so‘m
7560,0 9722,0 6805,0 90,01
9
Daromad (foyda)
solig‘ini to‘lagunga
qadar foyda
ming
so‘m
8266,0 12950,0 8877,0
107,39
10
Hisobot davrining sof
foydasi
ming
so‘m
8266,0 12950,0 8877,0
107,39
Manba: Qashqadaryo viloyati Kasbi tumаni “Shuhrat o‘g‘li G‘оlibjоn”
fеrmеr хo‘jаligining statistik ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Fermer xo‘jaligida davr xarajatlari 218,41 foizga, shu jumladan
427
sotish xarajatlari 146,35 foizga, mamuriy xarajatlar 241,33 foizga
o‘zgargan bo‘lib, fermer xo‘jaligida asosiy faoliyat foydasi,
umumxo‘jalik faoliyati foydasi 293,48 foizga, favqulotda foyda va
zararlar 90,01 foizga, soliq to‘lagunga qadar foyda 107,39 foizga,
hisobot davrining sof foydasi 107,39 foizga o‘zgarganligini ko‘rish
mumkin.
Jadvalda favqulotda foyda miqdori kamayishining asosiy sababi,
keyingi illarda mamlakatda paxta ishlab chiqarish va sotishdan olingan
ijobiy tafovutning bir qismi fermer xo‘jaligiga moliyaviy ko‘mak
sifatida berish yo‘lga qo‘yilgan. Buning kam yoki ko‘p bo‘lishi asosan
jahon bozorida paxta tolasi xarid baholarining o‘zgarishiga bog‘liq.
Agar davlatimiz paxta tolasini jahon bozorida qancha qimmat miqdorda
sotishga erishsa bu, o‘z navbatida, beriladigan ko‘mak pullarining
oshishiga sabab bo‘ladi.
Fermer xo‘jaligi faoliyatini o‘rganib, xo‘jalik rentabelligini oshirish
iqtisodiy faoliyatini yaxshilash uchun resurslardan oqilona foydalanish,
ishlab chiqarish vaqtlaridan samarali foydalanish, ishlab chiqarish
tannarxini pasaytirish, ya’ni muntazam ravishda daromad
keltirmaydigan xarajatlar tahlilini amalga oshirib borish, ichki va tashqi
savdolarni yanada yaxshilash, ya’ni fermer xo‘jaliklari faoliyatiga
marketing tadqiqotlari usullarini joriy qilish muhim ahamiyat kasb
etishini inobatga olib fermer xo‘jaliklarining rentabellik darajasini
oshirish uchun quyidagi modelni amaliyotga tatbiq etish yuqori
samaradorlikka erishish imkonini beradi (20.4.1-chizma).
Qishloq xo‘jaligining iqtisodiy samaradorligi sezilarli darajada
intensiv ishlab chiqarish darajasiga bog‘liq. Yuzaga kelgan sharoitlarda
ishlab chiqarishni jadallashtirishning muhim yo‘nalishi – mahsulot
ishlab chiqarishning jadal, resurslarni tejovchi texnologiyasini qo‘llash,
chorvachilikda, naslchilik ishlarini, urug‘chilikni yaxshilash, o‘simlik-
larning kelajagi bor, tez pishar, yuqori hosilli, samarali navlaridan,
chorva mollari va parrandalarning mahsuldor zotlaridan foydalanish,
mineral va organik o‘g‘itlarning gerbitsid va qishloq xo‘jaligi ekinlarini
himoyalashning optimal dozalarini kiritish, ozuqa bazalarini mustah-
kamlash va hokazolar.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda intensiv texnologiyalardan
foydalanish iqtisodiy jihatdan foydali. Ulardan foydalanib, kuzgi
bug‘doy yetishtirilganda hosildorlik 35–40 %ga ortishiga, tannarx 4–6
% pasayib, 1 ga ekin maydoni hisobiga daromad 50–60 % oshishiga
erishiladi.
428
20.4.1-rasm. Respublikada fermerchilikni rivojlantirish modeli
Fermer
xo‘jaligi
faoliyatini
barqaror-
lashtirishni
ta’minlash
modeli
Muqobil Mashina
traktor parklari
faoliyatidan samarali
foydalanish
Mineral o‘g‘itlar bilan
ta’minlashdagi mos
infratuzilmani
yaxshilash
Fermer xo‘jaliklari
uyushmasi
faoliyatini oshirish
Fermer
xo‘jaliklari
faoliyatida
huquqiy bazani
takomillashtirish
Fermer
xo‘jaligi
rahbarlarini
ma’naviy-
huquqiy
bilimlarini
oshirish
Biologik
markazlar
tomonidan
biomahsulotlar
yetkazib berish
tizimini tashkil
qilish
Moliya-kredit
tizimi va lizing
munosabatlarini
shakllantirish
Biznes reja
tuzish, hisobot
ishlarida
kompyuter
texnologiyasi va
axborot
bazasidan
foydalanishni
optimallash-tirish
Qishloqxo‘jalik
kimyo, yoqilg‘i
moylash
materiallari,
o‘simliklarni
himoya qilish
uyushmalari
faoliyatidan
unumli
foydalanish
Yer-suv
resurslarini va
elektr-energiya
resurslaridan
unumli
foydalanish
429
Moddiy mablag‘lar tanqisligi sharoitida resurslarni tejovchi texnolo-
giyalardan foydalanish zarur. Hisob-kitoblarning ko‘rsatishicha, paxta
yetishtirishda ana shunday texnologiyadan foydalanish mehnat unum-
dorligini 1,5–2 marta oshirish, yoqilg‘i va moylash materiallari sarfini
25–30 %, mahsulot birligi tannarxini esa 35-40 %ga kamaytirishga
imkon beradi.
Ishlab chiqarishni intensivlashtirishdagi muhim shart – almashlab
ekishga amal qilish. Mamlakatning ko‘pgina mintaqalarida dehqonchi-
likni jadallashtirish talablariga yarmini g‘alla, paxta, beda, makka,
texnika ekinlari va boshqa oziq-ovqat ekinlari almashlab ekilishi bilan
javob beriladi. Ammo ko‘pgina xo‘jaliklarda zarur texnika yo‘qligi bois,
bu shartga amal qilinmaydi va natijada hosil yo‘qotiladi.
Ishlаb chiqаrish hаjmini оshirish, mаhsulоt sifаtini yaхshilаsh vа
хаrаjаtlаr sаrfini qisqаrtirishdа, yo‘l-trаnspоrt хo‘jаligini rivоjlаntirish,
mаhsulоtlаrni yangichа usuldа tаrаlаrgа jоylаshtirish hаmdа tеjаmkоrlik
kаttа аhаmiyat kаsb etаdi. Quyidagi chizmada dehqon va fermer
xo‘jaliklari ishlab chiqarishida xo‘jaliklarning samaradorlikni oshirish
va yuksaltirish yo‘llari keltirilgan, (20.4.2-chizma).
Agrar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangi bosqichga
ko‘tarish masalalari shu kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylan-
moqda. Shu munosabat bilan chorvachilik, g‘allachilik, kartoshkachilik
kabi sohalarda ilg‘or mamlakatlar tajribasini o‘rganish va amalda
qo‘llash, bizning iqlim sharoitimizda g‘oyat muhim ahamiyat kasb
etadigan zamonaviy sug‘orish tizimlari, energiyani tejaydigan zamona-
viy texnologiya va agrotexnologiyalarni o‘rganish, urug‘chilik-seleksiya
ishlarini yanada takomillashtirish va dehqon va fermer xo‘jaliklari ishlab
chiqarishining mahsuldorligini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar
kompleksini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Mamlakatimiz agrar
tarmog‘ini yanada rivojlantirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya
qilish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
¾
dehqon va fermer xo‘jaliklari mahsulotlari ishlab chiqarish
hajmini 1,3 marta oshirish, uning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi
ulushini 17,5 foizdan 13,5 foizga pasaytirish;
¾
dehqon va fermer xo‘jaliklarida ilg‘or agrotexnologiyalar,
resurslarni tejaydigan usullarni joriy etish, seleksiya va urug‘chilik
tizimini rivojlantirish hisobidan ekinlar hosildorligini oshirishga
erishiladi. Bunda mineral o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligini 15
foizga oshirish, suv sarfini 12 foizga kamaytirish;
430
Dehqon va fermer xo‘jaliklari
ishlаb chiqаrishi sаmаrаdоrligini оshirish yo‘llаri
Dehqon va fermer xo‘jaliklari
mаhsulоtlаri hаjmining o‘sishi
Dehqon va fermer xo‘jaliklari ekinlar hоsilfоrligining o‘sishi
Dehqon va fermer xo‘jaliklari hаyvоnlari mаhsyldorligining o’sishi
Dehqon va fermer xo‘jaliklari mаhsulоtlаri sifаtining yaхshilаnishi vа
nоbudgаrchiligining kаmаyishi
Dehqon va fermer xo‘jaliklari
mаhsulоtlаri tоvаrlilik dаrаjаsininг o’sishi
Mаhsulоtlаrni qаytа ishlаsh, оmbоrlаrdа sаqlаshning yangi usulini jоriy qilish
Dehqon va fermer xo‘jaliklari
mаhsulоtlаrigа mоddiy-pul хаrаjаtlаrini kаmаytirish
Dehqon va fermer xo‘jaliklari
ishlаb chiqаrishining iхтisоslаshuvi,
kоnsеntratsiyalаshuvini chuqurlаshtirish
Mаhsulоtlаrni mеhnаt, mаtеriаllаr vа fоndlаr sig‘imlаrini kаmаytirish.
Sоtishning bоzоr yo‘llаri vа mаhsulоtlаrgа bаhоlаr tizimi
Mеhnаtni tаshkil qilish vа mоddiy jihаtdаn rаg‘bаtlаntirish
Umumхo‘jаlik vа umum ishlаb chiqаrish sаrflаrini qisqаrtirish
O‘simlikchilik vа chоrvаchilikdа sеrmеhnаt ishlаrni mехаnizаtsiyalаsh
dаrаjаsini оshirish
Ish unumi yuqоri tехnikа vа ilg‘оr tехnоlоgiyalаrni jоriy qilish
20.4.2-chizmа. Dehqon va fermer xo‘jaliklarining ishlаb chiqаrishi
sаmаrаdоrligini оshirish yo‘llаri
¾
meva-sabzavot tayyorlashni 1,5 barobari, kartoshka yetishtirishni
1,4 barobar, poliz va uzumni 1,3 barobar ko‘paytirish;
¾
naslchilik ishlarini takomillashtirish, ozuqa bazasini mustahkam-
lash, zamonaviy texnologiyalar va modernizatsiya natijasida naslchilik
431
xo‘jaliklari sonini 2,5 barobardan, ozuqa ekinlari maydonini 1,3 barobar
oshirish;
¾
zooveterinariya punktlarini zamonaviy jihozlash, xizmatlar
sifatini oshirish hisobidan chorva mollari sonini 1,3 barobar, go‘sht va
sut mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,3 marta oshirish;
¾
parrandachilik va baliqchilik tarmoqlari rivojiga alohida ahamiyat
qaratib, parrandalar sonini 1,8 marta oshirib, 670 ta baliqchilik xo‘jaligi
tashkil etish;
¾
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash quvvatlarini va qayta
ishlash hajmini kengaytirish tadbirlari doirasida xo‘jaliklarda zamonaviy
minitexnologiyalar negizida qayta ishlash korxonalarini ishga tushirish
orqali meva-sabzavot konservalari ishlab chiqarishni1,7 barobar, go‘sht
konservalarini 2,2 barobar, kolbasa mahsulotlarini 1,8 barobar, sut
mahsulotlarini 1,9 barobar oshirish;
¾
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘ar-
masi mablag‘lari hisobidan meliorativ inshootlarni qurish, rekonstruk-
siya qilish va ta’mirlash, tomchilatib sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish va
melioratsiya texnikalarini xarid qilish bo‘yicha qariyb 500 million
dollarga teng bo‘lgan loyihalar hisobidan 1,4 million gektar yer
maydonining meliorativ holatini yaxshilash;
¾
qishloq xo‘jaligi texnikasi parklarini kengaytirish, ularni sifat
jihatdan yangilash, fermerlarni unumli qishloq xo‘jalik texnikalari bilan
ta’minlash, xizmat sifatini yaxshilash kabi strategik ahamiyatga ega
bo‘lgan muhim prognoz vazifalari belgilangan.
I. Mavzuga oid sаvоllаr:
1. Dehqon va fermer xo‘jaliklarining yalpi dаrоmаdi dеgаndа
nimаni tushunаsiz?
2. Dehqon va fermer xo‘jaliklarining iqtisоdiy sаmаrаdоrligi
dеgаndа nimаni tushunаsiz?
3. Dehqon va fermer xo‘jaliklarining iqtisоdiy sаmаrаdоrlik
dаrаjаsini qаndаy ko‘rsаtkichlаr ifоdаlаydi?
4. Dehqon va fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish samaradorligi
nimа vа u qаndаy аniqlаnаdi?
5. Dehqon va fermer xo‘jaliklarining ijtimoiy samaradorligi nimа vа
u qаndаy аniqlаnаdi?
6. Fоydа nоrmаsi dеgаndа nimаni tushunаsiz vа u qаndаy
аniqlаnаdi?
432
7. Dehqon va fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish samara-
dorligini oshirish yo‘llarini ayting?
8. Fermerchilikni rivojlantirish modelining mohiyati nimada?
II. Mustaqil ishlash uchun test savollari:
1. Dehqon va fermer xo‘jaliklarining sof pul tushumi (sotish-
dan) nima?
A) mahsulotlar (xizmatlar) sotishdan kelib tushgan pul tushumi;
B) mahsulotlar (xizmatlar) sotishdan kelib tushgan pul tushumidan
hamma soliqlar olib tashlangandan keyin qolgani;
C) mahsulotlar (xizmatlar) sotishdan kelib tushgan pul tushumidan
qo‘shimcha qiymat soliqlari olib tashlangandan keyin qolgani;
D) to‘g‘ri javob yo‘q.
2. Xo‘jaliklarning iqtisodiy samaradorlik darajasini qaysi
ko‘rsatkich ifodalaydi?
A) tannarx darajasi, fondlar sig‘imi;
B) daromadlilik, rentabellik darajasi;
C) hosildorlik, mahsuldorlik;
D) xarajatlar darajasi.
3. Dehqon va fermer xo‘jaliklarining rentabelligi qanday aniq-
lanadi?
A) yalpi mahsulot qiymatini ishchilar soniga taqsimlab;
B) foyda summasini yer maydoniga bо‘lib;
C) foyda summasini ishlab chiqarish xarajatlariga (ishlab chiqarish
fondlari qiymatiga taqsimlab) va 100 ga ko‘paytirib;
D) yalpi mahsulotni yer maydoniga taqsimlab.
4. Ijtimoiy samaradorlik darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar?
A) mehnat unumdorligi, fondlar qaytimi;
B) oylik maosh, pensiya miqdori, aholi jon boshiga tо‘g‘ri
keladigan chakana savdoda sotilgan mahsulotlar, qilingan madaniy,
maishiy maorif va boshqa xarajatlar summasi, aholini tabiiy o‘sish
koeffitsiyenti va boshqalar;
C) madaniy, maishiy maorif, sport inshootlaridan foydalanish
koeffitsiyenti;
D) aholini uy-joy bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti.
433
5. Mamlakatimizda 2012-yilda eng kam ish haqi necha foizga
oshgan?
A)
23,5;
C)
27,5;
B)
25,5;
D)
26,5.
6. Yurtimizda, 2000-yil bilan taqqoslaganda, real daromad aholi
jon boshiga necha barobar ko‘paygan?
A)
8,6; C)
6,3;
B)
12,4;
D)
23.
7. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yurtimizda, 2000-yil bilan taqqos-
laganda, o‘rtacha ish haqi iste’mol savatchasidan necha barobar
oshgan?
A) 5,3;
B) 6 barobardan ziyod;
C) 2 barobarga yaqin;
D) 4 barobardan ziyod.
8. Mamlakatimizda aholi daromadlari tarkibida _____ 51 foizni
tashkil qiladi.
A) ish haqi;
B) tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromad;
C) mol-mulkdan olinadigan daromad;
D) ijtimoiy transfertlar.
9. Intensiv rivojlantirish haqida tushuncha?
A) ishlab chiqarish vositalaridan samarali foydalanish;
B) yer maydonlarini kengaytirish hisobiga mahsulot yetishtirish;
C) ishlab chiqarish resurslarini oshirmasdan mahsulot hajmini
ko‘paytirish;
D) mavjud yer, chorva bosh soni ko‘paymagan holda qo‘shimcha
mehnat, mablag‘ sarflash evaziga mahsulot hajmini ko‘paytirish.
10. Intensivlashtirish darajasi qanday aniqlanadi?
A) Asosiy, oborot fondlar qiymatini qishloq xо‘jalik yer maydoniga
bо‘lib;
B) Ishlab chiqarish xarajatlarini yalpi mahsulotga taqsimlab 100ga
ko‘paytirish;
C) Yalpi mahsulot summasini odamlar soniga taqsimlab;
D) Ishlab chiqarish xarajatlarini fondlar summasiga bо‘lib.
434
GLOSSARIYLAR
Аgrоsаnоаt mаjmuаsi – istе’mоlchilаrning tаlаbini qоndirish
imkоniyatigа egа bo‘lgаn mаhsulоtlаrni ishlаb chiqаrish mаqsаdidа
iqtisоdiyotning аyrim ishlаb chiqаrish, хizmаt ko‘rsаtish, qаytа ishlаsh
hаmdа sоtish bilаn shug‘ullаnuvchi sоhаlаrning iqtisоdiy uyg‘unlаshuvi
tаshkil etаdi.
Dostları ilə paylaş: |