2.3. Boshlang’ich sinfda masalalarni o’rganishda zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Ma’lumki, 1-sinf o’quvchilari darsda yechiladigan masala mazmunini
to’g’ridan-to’g’ri tushunmaydilar, chunki ular hamma narsaga qiziquvchan
bo’lganligi uchun ham ularning fikrlari tarqoq bo’ladi. Shuning uchun ham
masalalar yechish jarayonida o’quvchilar fikrini to’la qila olish va masala
mazmunini yanada tushunarliroq bayon qilish kerak bo’ladi.
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalgam oshirish yo’llaridan biri darsda
ko’rsatilgan qurollardan o’rinli foydalanish bilan birga yaxshi tashkil etilgan
og’zaki suhbat hisoblanadi. Fikrimizning dalili uchun bir necha masalaning
yechilishi namunasini ko’rib o’tamiz:
1. Simyog’ochga 4 ta qaldirg’och qo’ngan edi. Yana 3 ta qaldirg’och kelib
qo’ndi, so’ngra 2 ta qaldirg’och uchib ketdi. Simyog’ochda nechta qaldirg’och
qoldi?
O’qituvchi kartochkani ko’rsatib suhbat o’tkaziladi.
Simyog’ochga qo’nib turgan qaldirg’ochlar 4 ta
Bor edi-4 ta q.
Qo’ndi- 3 ta q
Uchdi -2 ta q.
Qoldi – 2 ta q.
- Bolalar simyog’ochda avval nechta qaldirg’och bor edi?
- 4 ta qaldirg’och bor edi.
- Yana nechta qaldirg’och kelib qo’ndi?
- 3 ta qaldirg’och kelib qo’ndi.
- Simyog’ochda hammasi bo’lib nechta qaldirg’och bo’ldi?
- 7 ta qaldirg’och bo’ldi.
- Shundan nechtasi uchib ketdi.
~ 44 ~
- 2 ta qaldirg’och uchib ketdi.
- Simyog’ochda nechta qaldirg’och qoldi.
Kartochkadagi qaldirg’ochning usti qog’oz bilan berkitiladi. Bunday
tushuntirish orqali o’quvchilar faqat masala mazmuniga tushunibgina qolmasdan
balki, o’gzaki yechishga ham yetib boradilar. Shundan so’ng masala sharti yana
bir marta o’quvchilar bilan birgalikda takrorlanadi va shartiga ko’ra quyidagi
tartibda ifoda tuzib yechiladi.
Simyog’ochda 4 ta qaldirg’och bor edi. Yana 3 ta qaldirg’och kelib qo’ndi:
3+4. Shundan 2 tasi uchib ketdi: 4+3-2
Endi bu ifoda osonlikcha yechiladi. Ya’ni avval 4 va 3 sonlari qo’shiladi.
Yig’indi(7) hosil bo’ladi. Yig’indidan 2 soni ayriladi. Natijada izlangan son (5)
hosil bo’ladi.
Javob: 5 ta qaldirg’och qoldi.
Shundan so’ng o’quvchilar yuqoridagilarni daftarlariga yozib oladilar.
2. Nasibada 4 ta olma bor edi. Onasi unga yana 3 ta olma berdi. U 2 ta olmani
yedi. Uning nechta olmasi qoldi?
Bor edi-4 ta
Onasi berdi- 3ta
O’zi yedi – 2 ta
Qoldi-?
Kartochkani bolalarga ko’rsatib, suhbat o’tkaziladi.
- Bolalar siz kartochkadan nimani ko’ryapsiz?
- 2 qator olmalarni.
- Nechta olma rasmini ko’rdingiz?
- 4 ta olma va 3 ta olmani
- Nasibaga onasi nechta olma berdi?
- 3 ta olma berdi.
~ 45 ~
- Nasiba nechta olma yedi?
- U olmalardan 2 tasini yedi.
- Uning nechta olmasi qoldi?
- O’zida 4 ta, onasi 3 ta olma bergan edi. Jami 4+3=7 ta olma bo’ldi. 2 ta olmani
yeganidan keyin 4 + 3 = 7 – 2 = 5 ta olma qoldi.
O’quvchilar o’qituvchilar yordamida ifoda tuzib masalani boshqa usulda
yechishlari ham mumkin. 4+3-2=4-2+3=2+3=5. Javob: 5 ta olma qoldi.
Bu safar masala ayirmaga sonni qo’shish usuli bilan yechiladi.
3. Akvariumning bir tomonida 4 ta baliq yuribdi, 2-tomonida 3 ta baliq
yuribdi. Nodira 2-tomondagi baliqlardan 2 tasini oldi. Akvariumda nechta baliq
qoldi?
Masala sharti o’qib tushuntiriladi va akvarium haqida tushuncha beriladi.
- Akvarium bu – baliqchalar solib qo’yilgan idish. Ko’rgazma bolalarga
ko’rsatiladi va og’zaki yechiladi.
- Bolalar akvariumning bir tomonida nechta baliq bor ekan?
- 4 ta baliq bor ekan.
- Ikkinchi tomonida-chi?
- 3 ta baliq.
- Nodira nechta baliq oldi, qaysi tomondagidan?
- 2 ta baliq oldi, ikkinchi tomondagidan.
- Akvariumda nechta baliq qoldi?
Shundan keyin bironta o’quvchini darstaxtaga chiqarib, ifoda tuzdiriladi va
hosil bo’lgan ifodaning son qiymati topiladi.
(4+3)-2=4+(3-2)=4+1=5 ta Javob: 5 ta baliq qoldi.
~ 46 ~
4. Gulnorada 4 ta lola bor edi. Nigora unga yana 2 ta lola sovg’a qildi.
Shundan keyin bolalardan birining guli to’kildi. Gulnorada nechta lola qoldi?
O’qituvchi ko’rgazmani bolalarga ko’rsatadi. So’ngra masala shartini o’qib
tushuntiradi.
Bor edi- 4 ta
Berildi – 2 ta
Qoldi-?
O’quvchilar savol-javob orqali masalani og’zaki yechadilar.
- Gulnorada nechta lola bor edi?
- To’rtta lola bor edi.
- Nigora unga nechta lola berdi?
- Ikkita lola berdi.
- Qani, Baxtiyor ifodani tuzchi?
- Baxtiyor darstaxtaga chiqib ifodanituzadi: 4+2
- Gulnoraning lolasi nechta bo’ldi?
- Oltita bo’ldi
- Nechta lolaning guli to’kildi?
- Baxtiyor: ,,Bittasining” deb javob beradi va (4+2)-1 ifodani tuzib, uning
qiymatini hisoblaydi. Bolalar daftarlariga yozadilar.
Javob: Gulnorada 5 ta lola qoldi.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, shunday rasmli qog’oz lavhachalar orqali
masalalar ifodasini tuzish va yechish oson bo’ladi. Oz vaqt ichida ko’p masala
yechiladi. O’quvchilar qog’oz lavhalardagi masalaga mos rasmli o’z ko’zlari bilan
ko’rib, masalaning mazmunini tez tushunadilar va uni oson yechadilar, fanga
qizqadilar, dars jarayonida o’quvchilarning faolligi ortadi.
~ 47 ~
2.4. Pedagogik tajriba-sinov natijalari va uning tahlili.
Tajriba sinov ishlari natijasi.
Men tajriba sinov ishlarini pedagogik amaliyot o’tkazgan Namangan
shahridagi 13-umumta’lim maktabida olib bordim. Tajriba sinov ishlarini ikki
bosqichda olib bordik. Birinchi bosqichda darslarni an’anaviy shaklda olib borildi.
Tajriba - sinov ishlarini ikki bosqichda olib borilgandan oldingi dars
natijalari tahlil qilindi. Nazorat sinfi natijalari: masalaning mohiyatini
tushunganligiga ko’ra 7 ta, amallarning masala shartiga mos kelishiga ko’ra 9 ta,
amallar tartibining to’g’ri tanlanganiga ko’ra 8 ta, masalaning qisqa yozuvini tuza
olganligiga ko’ra 2 ta,
Tajriba sinfi natijalari: masalaning mohiyatini tushunganligiga ko’ra 7 ta,
amallarning masala shartiga mos kelishiga ko’ra 10 ta, amallarning to’g’ri
tanlanganiga ko’ra 7ta, masalaning qisqa yozuvini tuza olganligiga ko’ra 2 ta.
Dars jonli, qiziqarli va ishchanlik ruxida o’tdi. Har ikki darsni solishtirdim.
Sinfi
O’quvchi
lar soni
Qatnash
di
masalaning
mohiyatini
tushunganli
giga ko’ra
amallarning
masala
shartiga
mos
kelishiga
ko’ra
amallarni
ng to’g’ri
tanlangan
iga ko’ra
masalaning
qisqa
yozuvini
tuza
olganligiga
ko’ra
4-«A»
sinf-
26
26
7
9
8
2
4-«V»
sinf
26
26
7
10
7
2
Yuqoridagi jadvalni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, tajriba sinflarida
o’quvchilarni o’zlashtirish darajalari nazorat sinfiga qaraganda 8-10 % yuqoriroq
ekanligini ulardan olingan yozma ish natijalaridan ko’rish mumkin.
~ 48 ~
Olingan natijalarni quyidagi diagrammada tasvirlash va taqqoslash mumkin.
Pedagogik amaliyot davomida dars o’tishning noan’anaviy metodlaridan
deyarli hamma darslarimda foydalanishga harakat qildim. Matematika
darslarida yangi zamonaviy pedagogik texnalogiyalardan foydalandim.
Amaliyot yakunida yana tajriba sinov ishlarini o’tkazdim.
4- sinfda “ Ikki xonali va uch xonali songa bo’lish” mavzusida ochiq
dars o’tkazdim. Deyarli har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi foydalanadigan
metod bilan o’tdim. Dars uchun maxsus tayyorgarlik ko’rdim. Bu kabi
26→100
26→100
16→x
17→x
26·x=16·100
26·x=17·100
x=1600:26≈61%
x=1700:26≈65%
~ 49 ~
o’tilgan darslarda, oddiy o’tilgan darslarga qaraganda dars samaradorligi va
o’quvchilarning bilim sifati 8-10 % gacha o’sib ketadi .
Bo’lim: Ikki xonali va uch xonali songa bo’lish
Mavzu: 839- 845-misol va masalalar
Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy: Ikki xonali va uch xonali sonlarni ko’paytirish va bo’lishga oid
bilimlarni rivojlantirish;
b) Tarbiyaviy: Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish, kitobga mehr uyg’otish
d) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning mantiqiy fikrlash ko’nikmasini
rivojlantirish, og’zaki nutqini o’stirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars jihozi: ko’rgazmalar, rasmli plakatlar, tarqatmali materiallar.
Dars metodi: suhbat, savol-javob,
Fanlar bilan bog’lanishi: odobnoma, o’qish, tabiat
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) salomlashish:;
b) o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
c) ma’naviyat daqiqasi
O’qituvchi: --- O’quvchilar bugun sinfda kim navbatchi? Darsda kim
qatnashmayapti?
O’quvchi: --- Bugun sinfda men navbatchiman. Darsda 26 ta o’quvchidan
hammasi qatnashyapti.
O’qituvchi: --- Juda yaxshi. Endi sizlar bilan siyosiy bilimlarimizni takrorlab
olamiz-a?!
O’qituvchi: --- Bu yil prezidentimiz tomonlaridan qanday nomlandi?
O’quvchi: --- “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlandi.
~ 50 ~
O’qituvchi: --- Shu yilning boshida prezidentimizning 1-kitoblari qanday nom
bilan chiqdi?
O’quvchi: ---“ Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir
rahbar faoliyatining kundalik mezoni bo’lishi lozim”
O’qituvchi: ---Juda yaxshi. Endi bizga 451-sonli qarorni kim eslatib o’tadi?
O’quvchi: --- “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy- ma’rifiy ishlar samaradorligini
oshirish”.
O’qituvchi: --- Barakalla. Yaqinda biz qaysi bobomiz tavalludlarini nishonladik?
O’quvchilar: ---Buyuk sohibqiron Amir Temur bobomizning tavalludlarini
nishonladik!
O’qituvchi: --- Yaxshi, Bu bobomizning necha yillik tavalludlarini nishonladik?
O’quvchi: --- 681 yillik tavalludlarini nishonladik!
O’qituvchi:--- Endi kim aytadi, 681 sonida nechta yuzlik, nechta o’nlik va nechta
birlik bor?
O’quvchi: --- 6 ta yuzlik, 8 ta o’nlik va 1 ta birlik bor.
O’qituvchi: --- 410 sonini kim tahlil qiladi?
O’quvchi:--- 4 ta yuzlik, 1 ta o’nlik.
O’qituvchi: --- Konstitutsiyada biz hozir bilishimiz kerak bo’lgan 41-42-
moddalarni kim eslatadi?
O’quvchilar moddalarni aytib o’tadilar.
41-modda. Har kim be’pul ta’lim olish huquqiga ega.
42-modda. Har kim malakali, bepul tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
O’qituvchi: ---Yaxshi, hammamiz bu moddalarni bilamizmi?
O’quvchi: --- Haaa!
O’qituvchi: --- Judayam yaxshi, Respublikamizning muhim siyosiy kunlari va
qarorlaridan xabardorsiz…
O’qituvchi: ---Endi mana shunday muhim siyosiy ma’lumotlardan chetlashmagan
holda darsni davom ettiramiz.
II. Asosiy qism:
1) Uyga vazifa tahlili;
~ 51 ~
O’qituvchi: --- Uyga topshiriq qilib nima berilgan edi?
O’quvchi: ---Uyga vazifa qilib 837-838-misol va masalalarni bajarib
kelish berilgan.
O’qituvchi: --- Yaxshi, hammamiz bajarganmizmi?!
O’quvchilar: --- Ha-a-a!
O’qituvchi: --- Uyga vazifani tekshirish uchun sizlar bilan “piramida” o’yinini
o’tkazamiz. Hozir sizlarni 3 guruhga ajrataman. Har bir guruh o’zi uchun
belgilangan plakatdagi tarqatmali savollarga javob beradi. Qay darajada vazifani
bajarganingizni savolga bergan javobingizdan bilib olamiz.
2) Yangi mavzu bayoni
O’qituvchi: ---Juda yaxshi, endi sizlar bilan “ Ikki xonali va uch xonali songa
bo’lish” mavzusinidagi 839-845-misol va masalalarni o’rganamiz.
Mavzuni boshlashdan oldin kim qanday kasb egasi bo’lmoqchi ekanini aniqlab
olamiz.
O’quvchilardan egallamoqchi bo’lgan kasblari so’raladi.
O’qituvchi: --- Yaxshi. Endi mana shu kasblarimizni egallash uchun biz oladigan
bilimlar juda muhim ekanini bilib olamiz.
O’qituvchi: ---Hamma 839-masala shartiga e’tiborini qaratsin.
1112:16
96*28
6666:66
3012:12
2688:96
324*20
334*34
~ 52 ~
839-masala: Masalalarni yeching .
Bog’dan o’quvchilar 3012 kg olma terishdi. Olmalarni 96 ta yashiklarga teng
taqsimlab chiqishdi. Shundan so’ng 324 kg olma qoldi. O’quvchilar har bir
yashikka necha kg dan olma solishgan.
Jami---- 3012kg
Yashik---- 96 ta
Qoldi----324 kg
Bitta yashikda ---- ? kg
Yechish: 1) 3012 – 324= 2688
2) 2688 : 96 = 28
Javob: har bir yashikda 28 kg olma bor
O’qituvchi: --- masalamizda o’quvchilar olmalarni terishibdi. Biz ham maktab
bog’iga yordamga chiqqanmizmi?
O’quvchilar: --- ha-a-a!
O’qituvchi: --- Mana shu vaqtda siz jonivorlarga, daraxtlarga shikast
yetkazmaganmizmi? Ehtiyotkorlik bilan harakat qilganmizmi?
O’quvchilar: --- Tabiatga zarar yetkazmay yordam berganmiz!
O’qituvchi: --- Juda yaxshi. Tabiatni asrasak, u bizga ham shunday mehribonlik
ko’rsatadi.
Hamma yozib bo’ldimi? Endi sizlar bilan 840-841-misolni og’zaki va doskada
ko’rib chiqamiz.
840-misol: (47926 + 50378) : (2101- 1845)=384
1) 47926 + 50378=98304
2) 2101 – 1845= 256
3) 98304 : 256=384
841-masala:
Maktab kutubxonasiga 4321 ta kitob olib kelindi. Tuman kutubxonasida esa
undan 20 marta ortiq kitob bor. Tuman kutubxonasida jami qancha kitob bor?
Maktab kutubxonasida----4321 ta kitob
Tuman kutubxonasida ---? ta, 20 marta ortiq
~ 53 ~
Yechish: 4321 * 20= 86420
Javob: tuman kutubxonasida 8642 ta kitob bor
O’qituvchi: --- Bu masalamiz biz sevib o’qiydigan kitoblarimiz haqida ekan-a?
Chindan ham kitobni sevamizmi?
O’quvchi: --- Ha-a-a! Chunki u bizga doim hamroh bo’ladi.
O’quvchi: --- Bizni to’g’ri yo’lga yetaklaydi.
O’qituvchi: --- Barakalla! Doim kitoblar bilan oshno bo’lishimiz kerak.
Endi 842-843 masala bilan tanishamiz.
842- masala:
Yuk mashinasiga umumiy massasi 3115 kg bo’lgan 17 ta motoroller va 24 ta
velosiped ortildi. Agar bitta motorollerning massasi 107 kg bo’lsa, velosipedning
massasini toping?
Yechish: 1) 107 * 17= 1819
2) 3115 – 1819= 1296
3) 1296 : 24= 54
Javob: velosipedning masssasi 54 kg.
843-misol: Tengsizliklar tuzing va ularni tekshiring:
1) 7020 va 90 sonlarining bo’linmasi 5030 va 4961 sonlari ayirmasidan katta.
7020 : 90 > 5030-4961
2) 704 va 42 sonlari ko’paytmasi 26470 va 3704 sonlari yog’indisidan kichik.
704 * 42 < 26470+3704
O’quvchilar mustaqil ravishda bajaradilar. Bajarib bo’lganlaridan so’ng o’qituvchi
birma –bir aytadi, ular tekshirib boradilar.
Yuqoridagi har bir masalada har bir guruhdan 3 tadan birinchi va to’g’ri bajargan
o’quvchini baholashi aytiladi.
Dars davomida o’zlashtirishi qiyin bo’layotgan o‘quvchilarga: tarqatmali
materiallar orqali nisbatan soddaroq bo’lgan savollar beriladi.
1) eng katta to’rt xonali sonni eng kichik uch xonali songa bo’ling
2) 75 km masofani 15 km/soat tezlik bilan necha soatda bosib o’tish mumkin
3) 234 sonini shu sondagi yuzlar xonasidagi songa bo’ling
~ 54 ~
3) Yangi mavzuni mustahkamlash.
O’qituvchi:--- mavzuni mustahkamlash uchun sizlar bilan kim topqir o’yinini
o’ynaymiz.
Iqtidorli o’quvchilarga:Matematikadan eng yaxshi biladigan o’quvchilar chiqishi
aytiladi, ular 2 ga karrali bo’lgan sonlarni tashlab, qolgan sonlarni aytishlari kerak
bo’ladi. Qolgan o’quvchilar kuzatib, diqqat qilib boradilar. Yutqizgan o’quvchi
o’yinni tark etadi.
III. Yakuniy qism.
a) Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantirilib, baholari e’lon
qilinadi.
b) Uyga vazifa berish.
844-845-misol va masalalarni bajarib kelish beriladi. O’qituvchi tomonidan
tushuntiriladi.
Baholash natijalari quyidagicha bo’ldi.
27
25
23
21
19
17
15
13
11
9
7
5
3
1
2
~ 55 ~
masalaning mohiyatini tushunganligiga ko’ra 8 ta, amallarning masala
shartiga mos kelishiga ko’ra 10 ta, amallarning to’g’ri tanlanganiga ko’ra
7ta, , masalaning qisqa yozuvini tuza olganligiga ko’ra 1 ta.
Yuqoridagi noan’anaviy darsdan so’ng esa quyidagicha baho oldilar.
masalaning mohiyatini tushunganligiga ko’ra 9 ta, amallarning masala
shartiga mos kelishiga ko’ra 11 ta, amallarning to’g’ri tanlanganiga ko’ra 5
ta, masalaning qisqa yozuvini tuza olganligiga ko’ra 1 ta.
Dars jonli, qiziqarli va ishchanlik ruhida o’tdi. Har ikki darsni
solishtirdim.
Sinfi
O’quvchi
lar soni
Qatnashdi
masalaning
mohiyatini
tushunganli
giga ko’ra
amallarning
masala
shartiga mos
kelishiga
ko’ra
amallarning
to’g’ri
tanlanganig
a ko’ra
masalaning
qisqa
yozuvini
tuza
olganligiga
ko’ra
4-«A»
sinf-
26
26
8
10
7
1
4-«V»
sinf
26
26
9
11
5
1
Yuqoridagi misol va masalalarni yechish o’quvchilarda ana shu masalani
tuzilishiga qarab ishlash uchun sodda va qulay hamda turli usullar bilan yechish
metodikasini o’zlashtirish qobiliyatlari shakllanganligini ko’ramiz.Tajriba sinfida
o’quvchilarni o’zlashtirish darajalari nazorat sinfiga qaraganda 10-13 % yuqoriroq
ekanligini ulardan olingan test va yozma ish natijalaridan ko’rish mumkin.
~ 56 ~
26→100
26→100
18→x
19→x
26·x=18·100
26·x=19·100
x=1800:26≈69%
x=1900:26≈73%
Yuqoridagi ikkita diagrammalarni taqqoslasak, o’quvchilarni matematika
fani bo’yicha oladigan bilimlari yanada chuqurlashganligi va samaradorlik
oshganini ko’ramiz. Nazorat sinfida samaradorlik 61 foizda 69 foizga, tajriba
sinfida esa 65 foizdan 73 foizga o’sdi. Dars samaradorligi 7-8 % ga oshganligini
aniqladim. Demak , ta’lim tizimida zamonaviy dars berish usullaridan foydalanish
ta’lim samaradorligini oshishiga olib kelar ekan.
~ 57 ~
X U L O SA
Matematika o’qitishda tashkil etilgan sodda masalalarni yechish
o’quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, misol va
masalalarni yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan bog’liq bo’lgan
tomonlarini tushunishlariga imkon beradigan faoliyat turlaridan biridir.
Hozirgi paytda yangi axborot va pedagogik texnologiyalar rivojlangan bir
paytda boshlang’ich sinf o’quvchilarini majburiy itoatkorlikka asoslangan
an’anaviy usulda o’qitish emas, balki o’quvchilarning o’qishga, bilim
o’zlashtirishga bo’lgan ongli munosabatini tarbiyalashni amalga oshirishga
qaratilgan o’qitishning noan’anaviy shakllarini ta’lim jarayoniga tadbiq etishdek
muhim vazifalar qo’yilgan.
Masala ustida
og’zaki ishlagandan keyin masala mazmunini matematik
atamalar tiliga o’tkazish kerak va uning matematik tuzilishini qisqa yozuv
shaklida ifodalash kerak.
Shuni nazarda tutish kerakki, hamma hollarda ham qisqacha yozishni
bajarish bilan birga masala sharti analiz ham qilinadi. Qisqacha yozishning vazifasi
ana shundan iborat. Haqiqatdan, masalani qisqacha yozish o’quvchi xotirasiga
tayanch bo’lib, sonli ma’lumotlarni tushunish va yaratish imkonini beradi, bu
ma’lumotlarni masalada nima berilganligini va nimani izlash kerakligini aniqlashga
yordam beradi. Shunday qilib matematik masalalar yechish o’quvchilarning
matematik bilimlarini rivojlantirish usullaridan biri sifatida qaralishi lozim. Shu
bilan birga murakkab va qiziqarli masalalar o’qitish samaradorligini oshirishning
eng yaxshi usullaridan biri sifatida bo’lishi ham mumkin. Shu sababli boshlang’ich
sinf matematika darslarida masalalar yechish usullarini to’g’ri tashkil etish, undan
oqilona foydalanish, masalaning turli shakllarini tashkil etish va unda turli didaktik
vositalardan imkon darajasida foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishning
muhim omillaridan biri sifatida qaralmog’i maqsadga muvofiqdir.
~ 58 ~
Foydalanilgan adabiyotlar:
I. Iqtisodiy-siyosiy adabiyotlar.
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T., 2014.
2. “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim
standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 6-
apreldagi 187-son qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risida”gi Qonuni.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997- yil. 9-son, 225-
modda.
4. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Axborotnomasi, 1997- yil. 11-12-son, 295-modda.
5. “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”
dagi PQ – 2909 – sonli qarori 2017- yil 20- aprel
“Ilmiy-uslubiy adabiyotlar”.
6. Alixonov S, “ Matematika o’qitish metodikasi “ Toshkent.: “O’qituvchi”
2001-yil
7. Аlixonov S, “Boshlang’ich sinflarda matеmatika o’qitish mеtodikasi”,-
Namangan: “Мaruzalar to’plami”, 2010-yil
8. Bikboyeva A. U, Yangiboyeva E, “ Matematika 1-4 sinflar uchun “
Toshkent.: 2003-yil
9. Matematika. 3-sinf. N. U. Bikbayeva, E. Yangabayeva. 2010 yil.
10. M.E.Jumayev, Z.G’.Tadjiyeva, O.Toshmetova, Z.Yunusova
“Boshlang’ich sinflarda matematikadan fakultativ darslarni tashkil etish
metodikasi” Toshkent 2005 – y.
11. Jumayev M.E., „Matematika o’qitish metodikasidan praktikum“-
Toshkent.: O’qituvchi, 2004, 328 bet.
12. Jumayev M.E., Tadjiyeva Z „Boshlang’ich sinflarda matematika
o’qitish metodikasi“ Toshkent.: Fan va texnologiya, 2005, 312 bet.
~ 59 ~
13. N.U.Bikbaeva, R.I.Sidel’nikova, G.A.Adanbekova „Boshlang’ich
sinflarda matematika o’qitish metodikasi“ Toshkent.: O’qituvchi, 1996 yil 74-240
betlar
14. Jumayev M.E. Bolalarda matematika tushunchalarni shakllantirish
nazariyasi.-T.: ”Ilm-Ziyo”, 2005,
15. Jumayev M. „Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish
metodikasidan labaratoriya mashg’ulotlari “ Toshkent.: Yangi asr avlodi, 2006,
256- bet.
16. Jumayev M.E. ”O’quchining ijodiy shaxs sifatida rivojlanishida
bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining metodik – matematik tayyorgarligi” –
Toshkent.: Fan, 2009, - 240 b.
17. Levenberg L.Sh. Axmadjonov L.G. ”Boshlang’ich sinflarda
matematika o’qitish metodikasi” Toshkent O’qituvchi 1985 yil.
18. Tadjiyeva Z.G’. Boshlang’ich sinflarda fakultativ darslarni tashkil
etish.-T.: 2005, 68- bet.
19. Mardonova G’.I. „Matematikadan test to’shiriqlari 1-sinf”- Toshkent.:
O’qituvchi, 2007, 48 bet.
20. Mardonova G’.I. „Matematikadan test to’shiriqlari 2-sinf”- Toshkent.:
O’qituvchi, 2007, 60 bet.
21. Mardonova G’.I. „Matematikadan test to’shiriqlari 3-sinf”- Toshkent.:
O’qituvchi, 2007, 64 bet.
INTERNETDAN FOYDALANILGAN SAYTLAR
1.
www.pedagog.uz
2.
www.ziyo.uz
3.
www.edu.u
z
4.
www.ziyonet.uz
~ 60 ~
M U N D A R I J A
Kirish. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 3
I bob. O’quvchilarni masalalar yechishga o’rgatishning nazariy asoslari
1.1. Boshlang’ich sinf matematika kursida matnli masalalar. . . . . . . . . . . . . .10
1.2. Masalani yechishga o’rgatishning asosiy bosqichlari. . . . . . . . . . . . . . . . 16
II bob Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga
o’rgatish metodikasining umumiy masalalari. . . . . . . . . . . . . . . . . .21
2.1. Matematik masalalar va ularning turlari. . . . . . . . . . . . . . . . . . 21
2.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida masala yechish ko’nikmasini
shakllantirish metodikasi. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 35
2.3. Boshlang’ich sinfda masalalarni o’rganishda zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan foydalanish. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 43
2.4. Pedagogik tajriba-sinov natijalari va uning tahlili. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .47
Xulosa. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 57
Foydalanilgan adabiyotlar. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 58
Dostları ilə paylaş: |