~ 1 ~
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
“Himoyaga ruxsat etildi”
Pedagogika fakulteti dekani
_______ f.-m. f.n., dots., X. Mavlyanov
“___”___________ 2017 yil
5111700 – Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish
ta’lim yo’nalishi, BT-46-2013 guruh bitiruvchisi
Xakimova Dildora Maxamadsoli qizining
“BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI SODDA MASALALAR
YECHISHGA O’RGATISH METODIKASI” mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
“Himoyaga tavsiya etildi” BMI rahbari: o’qituvchi
Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri A. Toshxonov
_______ f.-m. f.n., T. Abdullayev
“___”___________ 2017 yil
Namangan – 2017
~ 2 ~
Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini sodda masalalar yechishga
o’rgatish metodikasi
REJA:
I. Kirish.
II. Asosiy qism:
I bob. O’quvchilarni masalalar yechishga o’rgatishning nazariy asoslari.
1.1. Boshlang’ich sinf matematika kursida matnli masalalar.
1.2. Masalani yechishga o’rgatishning asosiy bosqichlari.
II bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga o’rgatish
metodikasining umumiy masalalari.
2.1. Matematik masalalar va ularning turlari.
2.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida masala yechish ko’nikmasini
shakllantirish metodikasi.
2.3. Boshlang’ich sinfda masalalarni o’rganishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan foydalanish.
2.4. Pedagogik tajriba-sinov natijalari va uning tahlili.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
~ 3 ~
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: Mustaqil huquqiy demokratik
jamiyat qurish haqida fikr yuritganda bu jamiyatda uning to’laqonli a’zosi shaxs
qanday bo’lish kerakligi va unda ta’lim jarayoni qanday ro’l o’ynashi haqida jiddiy
o’ylash lozim bo’ladi. Hurmatli birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning 1997-
yil 29-avgustda O’zbekiston Oliy Majlisining IX sessiyasida “Ta’lim
to’g’risida”gi qonunga asoslangan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “ qabul
qilindi.
1
O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da o’quv
jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o’zlashtirish yuzasidan
maqsadli innovatsiya loyihalarini shakllantirish hamda amalga oshirish orqali ilm-
fanning ta’lim amaliyoti bilan aloqasini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab
chiqish, ilg’or axborot va pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish uchun tajriba
maydonchalari barpo etish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga
o’z vaqtida joriy etish mexanizmini ro’yobga chiqarish, zamonaviy axborot
texnologiyalari, kompyuterlashtirish va matematik ta’lim tizimini rivojlanib borishi
belgilab berilgan.
«Ta’lim to’g’risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi
O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o’qitishning
uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish,
umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini
kompetentsiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o’quv-metodik
majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil
etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilidi.
Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash
mazmunini tubdan qayta ko’rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy
ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash
maqsadida:
1
I.A.Karimov «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” . 1997-yil Toshkent
~ 4 ~
1. Oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks
rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar etib quyidagilar belgilansin:
Har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari
bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatish, o’quv jarayoniga xalqaro ta’lim
standartlariga asoslangan ilg’or pedagogik texnologiyalar, o’quv dasturlari va
o’quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o’quv-pedagogik faoliyatga, master-
klasslar o’tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim
muassasalaridan yuqori malakali o’qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish,
ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant,
yosh o’qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o’tashlarini, professor-
o’qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
2
Bugungi kunda o’quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish
maqsadida bir qator yangi qarorlar qabul qilinmoqda. O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi 2017- yil 20- apreldagi PQ – 2909 – sonli qarori oliy ta’lim tizimini
tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-
mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy
malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul
qilingan.
Professor-o’qituvchilarning kasb mahoratini, pedagog xodimlarning
malakasini oshirish, shuningdek, ularning xorijiy hamkor oliy o’quv yurtlarida
malaka oshirishi, magistratura, doktoranturada ta’lim olishi hamda
respublikamizning tayanch oliy o’quv yurtlari qoshida qayta tayyorgarlikdan
o’tishi va malaka oshirishi.
Mazkur dasturda, asosan, mamlakatimizning har bir oliy ta’lim muassasasi
bilan AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Rossiya, Yaponiya,
Janubiy Koreya, Xitoy va shu kabi boshqa davlatlarning yetakchi ilmiy-ta’lim
2
“Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” dagi PQ – 2909 – sonli qarori 2017 -yil 20-
aprel
~ 5 ~
muassasalari bilan hamkorlik aloqalarining o’rnatilgani o’ta muhim ahamiyat kasb
etadi. Shu asosda har yili 350 nafardan ortiq xorijlik yuqori malakali pedagog va
olimlarning mamlakatimiz oliy o’quv yurtlari o’quv jarayoniga jalb etilishi ko’zda
tutilmoqda.
3
Akademik litseylarda o’quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish,
akademik litseylarda umumta’lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini
jamlash, umumta’lim maktablari bitiruvchilarining tanlangan kasblar va
mutaxassisliklarni egallab olishga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-
sharoitlarni yanada kengaytirish maqsadida “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
2017- yil 14- martdagi PQ – 2829 - sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori, umumiy o’rta ta’limga qo’yilayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan
holda umumiy o’rta ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish to’g’risidagi
normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, umumiy o’rta ta’limning o’rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzviy aloqadorligini ta’minlash maqsadida
“Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2017- yil 15-
mart 140 -sonli O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining qarori, “Ta’lim
to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi O’zbekiston
Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o’qitishning uzluksizligi
va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o’rta va
o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini kompetentsiyaviy
yondashuv asosida takomillashtirish, o’quv-metodik majmualarning yangi avlodini
ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida “Umumiy o’rta
va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash
to’g’risida”gi 2017- yil 6- apreldagi 187-sonli O’zbekiston Respublikasi vazirlar
mahkamasining qarori qabul qilindi.
Respublikamizda “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi” talablari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, pedagogik
3
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
qaroriga sharh
~ 6 ~
kadrlarning kasbiy tayyorgarligini tarkib toptirish va orttirish muammosiga
bag’ishlangan tadqiqot ishlari keng qamrovda olib borilmoqda.
An’anaviy o’qitish metodikasida o’quv materiallari asosan matn va
formulalar ko’rinishida berilib, o’quv materiallarini namoyish qilish imkoniyati
deyarli mavjud emas. Bunday ko’rinishda berilayotgan o’quv materiallarini
o’quvchi tomonidan o’zlashtirish asosan ketma-ket ravishda amalga oshiriladi, shu
sababli ularni esda qoldirish va o’zlashtirish juda sust bo’ladi.
Yangi o’qitish metodikasida o’quvchilarga berilayotgan materiallarni qayta
kodlashtirish va o’zlarining modelini yaratish masalalari yuklanmaydi. Bu o’qitish
metodikasida o’quv materiallari matn va formula ko’rinishi bilan bir qatorda,
obrazlar ko’rinishida ham taqdim etiladi. Bu ma’noda axborot texnologiyalari
asosida o’quv materiallarini obrazli ko’rinishda taqdim etishda ularga har xil
ko’rinishdagi ranglar, harakat, ovoz kabi elementlarni kiritish o’quvchilarning
o’quv materiallarini qabul qilish jarayoni samaradorligini oshirish bilan birga,
berilayotgan materiallarni tahlil qilish, taqqoslash hamda abstraksiyalash kabi
muhim sifatlarni rivojlantiradi. O’quv materiallarini obrazlar ko’rinishida taqdim
etish uchun ularni axborot texnologiyalaridan foydalanib, elektron-didaktika asosida
elektron kitob, darslik, kurs va virtual stend ko’rinishida yaratish yuqorida qo’yilgan
masalalarni ijobiy hal etishga olib keladi.
Xorij va vatanimizdagi axborot-pedagogik texnologiyalarning pedagogik
asoslari bo’yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, axborot-
pedagogik texnologiyalar elektron-didaktik (animatsiya) ko’rinishidagi
funksiyalarga asoslanib ular:
- qulay ko’rinishda bo’lgan o’quv materiallarini tushunib yetishga, berilgan
ma’lumotlar haqida tushuncha va tasavvur hosil qilishga;
- ko’p ma’lumotlarni olish, ya’ni ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri olish
imkoniyati mavjudligiga;
- o’quv jarayonini yengillashtirishga, ya’ni kam vaqt sarf qilib ko’p
ma’lumotlarga ega bo’lishga;
- moslashtiruvchanligiga, ya’ni o’quv jarayonini tashkil qilish uchun qulay
~ 7 ~
bo’lgan animatsiyalarni ko’rsatish, mustaqil ishlash uchun kompyuter
texnologiyalaridan foydalanish va guruh-guruh bo’lib bilim olishni
tashkillashtirish masalalarining yechimini topishga qaratilganligini va ularda
ikki turdagi, ya’ni informatsion va pedagogik yondashishlarni ko’rish mumkin.
Ta’lim tizimida axborot-pedagogik texnologiyadan foydalanish uning yangi sohasi,
ya’ni ta’limning elektron didaktik shakli paydo bo’lishiga asos solib, unda: o’quv
fanlarining boblarini ajratib, elektron ko’rinishda tasvirlash, elektron o’quv
adabiyotning ma’ruza va amaliy darslar qismini ularning vazifalaridan kelib chiqqan
holda ishlab chiqish, elektron o’quv adabiyotni baholash mexanizmini yaratish va
tadbiq etish, elektron o’quv adabiyotlar asosida virtual stendlar yaratish va o’quv
jarayoniga qo’llash, elektron o’quv adabiyotni qo’llash orqali o’qitishning umumiy
saviyasini aniqlash kabi imkoniyatlar yaratilishi ko’rsatilgan.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematika darsligida juda ham ko’p
uchraydigan masalalar va ularning yechimlarini topish haqidagi ma’lumotlarni biz
1-sinfdayoq ularga o’rgatib, ulardagi bilish va fikrlash qobiliyatini o’stirib
borishimiz juda ham muhimdir. Masala yechishga o’rgatishning muhimligi
shundan iboratki, o’qituvchi o’zining asosiy e’tiborini matnli masalalar mazmunini
matematika tiliga ko’chirishga qaratmog’i lozim. Avvalo, mukammal matematik
tushunchalarni shakllantirish, ularning dasturda belgilab berilgan nazariy
bilimlarni o’zlashtirishlarida favqulodda muhim ahamiyatga ega. Masalan, agar biz
o’quvchilarda qo’shish haqida to’g’ri tushuncha shakllantirishni xohlasak, buning
uchun bolalar yig’indini topishga doir yetarli miqdorda sodda masalalarni deyarli
har gal to’plamlarni birlashtirish amalini bajarib borishi lozim.1-sinfda bir va ikki
amalli masalalar o’rgatiladi. Masalalar yechishdagi hisoblash ishlari sonli
masalalarni yechish malakalarini shakllantirish mashq qilishga nisbatan kamroq
vaqtni talab qiladi. Masalan, biz o’quvchilarga masalaning yechimlari haqida to’liq
tushuncha berganimizdan so’ng, bu yechgan masalamizning o’quvchi tushunib
yecha olishi uchun biz masalaning eng ratsional qismini aniqlab va shu usulda
masala yechishga ko’proq o’quvchini jalb qilishimiz kerak.
~ 8 ~
Masalalalarni yechishning jadval usuli, masalalar va ularni taqqoslashni
ikkinchi sinfda o’rgatiladi. Bu davrda o’quvchilarning fikrlash doirasi yanada
kengayadi, ularni jadvalga qarab masala tuzishga, o’zaro teskari masalalar tuzishga
va ularni taqqoslashga undaladi. Bоshlang’ich sinflarda o’rganiladigan masalalar
yеchishning u yoki bu nazariy matеriallarni o’zlashtirish jarayonidagi muhim
o’rnini ta’kidlab, dasturda shunday dеyiladi: “Natural sоnlar arifmеtikasi, nоlni
o’rganish maqsadga muvоfiq masalalar va amaliy ishlar sistеmasi asоsida tuziladi.
Bu dеgan so’z har bir yangi tushunchani tarkib tоptirish har dоim bu tushuncha
ahamiyatini tushuntirishga yordam bеradigan, uning qo’llanishini talab qiladigan u
yoki bu masalani yеchish bilan bоg’lanadi”. Sоdda masalalar o’quvchilarni
matеmatik munоsabatlar bilan tanishtirishning muhim vоsitalaridan biri bo’lib
хizmat qiladi. Sоdda masalalardan ulushlar, qatоr gеоmеtrik tushunchalar va
algеbra elеmеntlarini o’rganishda ham fоydalaniladi. Sоdda masalalar
o’quvchilarda murakkab masalalarni yеchish uchun zarur bo’ladigan bilimlar,
malakalar va ko’nikmalarni tarkib tоptirish uchun asоs bo’lib хizmat qiladi.
Yechilishi uchun bir nеchta o’zarо bоg’liq amallarni bajarish talab qilinadigan
masalalar murakkab masalalar dеyiladi.
Boshlang’ich sinflar uchun matematika dasturida bolalarni masalalarni
yechishga o’rgatishga katta ahamiyat bergan. Bu dasturda bolalarga masalalarni
yechishda ular oldindan o’rgangan arifmetik amallarning xossalaridan foydalanishi
va o’zlariga ma’lum bo’lgan usullardan eng ratsionalini tanlay olishga o’rgatish
zarurligi ta’kidlangan. Shunday qilib, masalani yеchish uchun bеrilgan sоnlar va
izlanayotgan sоn оrasidagi qatоr bоg’lanishlarni aniqlash va ularga muvоfiq
ravishda arifmеtik amallarni tanlash, so’ngra bu amallarni bajarish zarur. Shuning
uchun biz ushbu mavzu ya’ni boshlang’ich sinflarda matematikadan sodda
masalalarni yechishda o’quvchilar qiziqishini shakllantirish yo’llarini ushbu bitiruv
malakaviy ishimizda ishlab chiqishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik.
Yuqorida aytib o’tilgan fikrlar ushbu mavzuning dolzarbligini ifoda etadi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari: Boshlangich sinflarda
matematikani o’qitish samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik
~ 9 ~
texnologiyalar va ularni qo’llash usullarini ishlab chiqish, dastur materiallariga
mos matnli masalalarni o’rganishning samarali usullarini aniqlash yangi
pedagogok texnologiyalardan foydalanib masala yechishni amalga oshirish
yo’llarini izlashdan iborat. Bitiruv malakaviy ishning vazifalari quyidagilarni
tashkil etadi.
1. Boshlang’ich sinflarda zamonaviy texnologiyalar asosida matematika
darslarini tashkil etishning mavjud holatini o’rganish .
2. Matematika darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tashkil
etishning ob’yektiv va sub’yektiv omillarni aniqlash .
3. Boshlang’ich sinflarda matematika darslarini zamonaviy texnologiyalar
asosida tashkil etishga xizmat qiluvchi maqbul shakl, metod va vositalarni
belgilash.
4. Boshlang’ich sinf matematika darslarini ta’limning zamonaziy interfaol
metodlari asosida tashkil etishda maxsus metodlarni tajriba -sinovdan o’tkazish va
uning samaradorligini aniqlash.
Bitiruv malakaviy ishining obyekti: Umumiy o’rta ta’lim maktablarining
boshlang`ich sinf matematika darslaridagi o’qitish jarayoni.
Umumta’lim maktablarining boshlang`ich sinf matematika darslarida
masalalar haqidagi tushunchalarni shakllantirish mazmuni, usullari va samarali
vositalari.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi: Bitiruv malakaviy ishi kirish,
asosiy qism boblari, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatlaridan
iborat.
~ 10 ~
I bob. O’quvchilarni masalalar yechishga o’rgatishning nazariy
asoslari.
1.1. Boshlang’ich sinf matematika kursida matnli masalalar
Turmushda sonlar bilan bog’liq bo’lgan cheksiz ko’p hayotiy vaziyatlar
vujudga keladiki, bu sonlar ustida turli arifmetik amallar bajarish talab qilinadi.
Yechilishi uchun bitta arifmеtik amal bajarilishi zarur bo’lgan masala sоdda
masala dеyiladi.
Bular quyidagilardir:
1. Yosh tabiatshunoslarga 15 tup olma ko’chati va 10 tup olxo’ri ko’chati
ajratildi . Yosh tabiatshunoslarga qancha ko’chat ajratilgan?
2. Yengil mashina yo’lda 4 soat bo’ldi va soatiga 56 km tezlik bilan yurdi.
Mashina qancha masofani bosib o’tdi?
3. Do’konda 2 bo’lak chit sotildi. Birinchi bo’lak uchun 180 so’m, ikknchi
bo’lak uchun ikki marta ko’p pul berishdi, ikkinchi bo’lak uchun qancha pul
berishgan?
Ta’lim maqsadlarida ko’pincha obstrakat vaziyatlardan foydalaniladi va
muhim masalalar deb ataluvchi masala hosil qilinadi. Masalan: 8 ni hosil qilish
uchun 12 dan qaysi sonni ayirish kerak? Biz marta arifmetik masalalarni ko’rib
chiqdik. Ularda qanday umumiylik bor?
Avvalo har bir masala berilgan va noma’lum sonlarni o’z ichiga oladi.
Masaladagi son to’plamlar sonini yoki miqdorlarning qiymatini harakterlaydi,
munosasbatlarini ifodalaydi yoki berilgan mavhum sonlar bo’ladi. Masalan 1-
masalada 15 soni olma ko’chatlari to’plamini sonini haraterlaydi. 2-masalada 56
soni miqdor uzunlikning qiymatidir. 3-masalada 2soni ikki sonning munosabatini
2 va 1-bo’lakdagi chitning bahosini ifodalaydi. 4-masalada 12, 8 mavhum sonlar
berilgan bo’lib , bular mos ravishda kamayuvchi va ayirmadir. Har bir masalada
shart va savol bo’ladi. Masala shartida berilgan sonlar orasidagi va berilgan sonlar
bilan izlanayotgan sonlar orasidagi bog’lanish ko’rsatiladi, bu bog’lanishlar
~ 11 ~
tegishli arifmetik amallarni tanlashni belgilab beradi. Savol esa qaysi son
izlanayotgan son ekanligini bildiradi.
Masalan, 2-masalaning sharti: yengil mashina yo’lda 4 soat bo’ldi va soatiga
56 km tezlik bilan bosib o’tdi? Masalani yechish bu masala shartida berilgan
sonlar va izlanayotgan son orasidagi bog’lanishni ochib berish va bu asosda
arifmetik amallarni tanlash, keyin esa ularni bajarish hamda masala savoliga javob
berish demakdir.
Yuqorida keltirilgan masalaning yechilishini ko’ramiz. 1-masala sharli
olma va olxo’ri ko’chatlari to’plamlar birlashmasi amalini aniqlaydi. Masala
savoli mazkur to’plamlar birlashmasi amali masala yechilishi uchun zarur bo’lgan
berilgan sonlarni qo’shish amaliga mos keladi. 15+10=25 masala savoliga javob:
yosh tabiatshunoslarga 25 tup ko’chat ajratilgan.
2-masala shartidan mashinaning tezligi va uning harakaty vaqti ma’lum.
Mashina bosib o’tgan yo’lni topish talab etiladi. Bu kattaliklar orasidagi mavjud
bog’lanishdan foydalanib masalani yechamiz: 56∙4=224 masala savoliga javob:
mashina 224 km yo’l bosgan.
3-masalani yechamiz uchun 2 marta ko’p ifodani ma’nosini bilishdan
foydalaniladi. 18∙2=36 masala savoliga javob: 2-bo’lak 36 so’m turadi.
Ko’rib turibmizki, hayotiy vaziyatdan arifmetik amallarga o’tish turli
masalalarda berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi turli bog’lanishlar bilan
belgilanar ekan.
Masalalarning turlari haqidagi masalaga to’xtalamiz: hamma arifmetik
masalalar ularni yechish uchun bajariladigan amallar soniga qarab soda va
nurakkab masalalarga bo’linadi. Yechilishi uchun bitta arifmetik amal bajarilishi
zarur bo’lgan masala sodda masala deyiladi. Yechilishi uchun bir-biri bilan bog’liq
bo’gan bir nechta ular bir xil amal bo’lishidan qat’iy nazar amaliy bajarish zarur
bo’lgan masala murakkab masaladir.
Sodda masalalarni qanday amal yordamida yechilishiga qarab (qo’shish,
ayirish, ko’paytirish, bo’lish bilan yechiladigan sodda masalalar) yoki ularning
~ 12 ~
yechilashi davomida shakillantiriladigan tushunchalarga bog’liq ravishda turlarga
ajratish mumkin.
Masalalar yechish jarayonining o’zi ma’lum metodika o’quvchilarning aqliy
rivojlanishiga ancha ijobiy ta’sir ko’rsatadi, chunki u aqliy operatsiyalarni analiz
va sintez, konkretlashtirish va abstraklashtirish, taqqoslashi, umumlashtirilishi
talab etiladi. Masalan, o’quvchi istalgan masalani yechayotganida analiz qiladi,
savolni masala shartida ajratadi, yechish planini tuzayotganida sintez qiladi, bunda
konkretlashtirishdan (masala shartini hayolan chizadi) so’ngra abstraklashdan
foydalanadi (konkret situatsiyadan kelib chiqib arifmetik amalni tanlaydi) biror bir
turdagi masalalarni ko’p marta yechish natijasida o’quvchi bu turdagi masalalarda
berilgan va izlanayotgan sonlar orasidagi bog’lanishlar haqidagi bilimni
umumlashtiradi, buning natijasida bu turdagi masalalarni yechish usuli
umumlashtiriladi.
Bolalarni masala yechishga o’rgatish – bu berilgan va izlanayotgan sonlar
orasidagi bog’lanishni aniqlashni va buning asosida arifmetik amallarni bajarishni
o’rganish demakdir.
Masalalarni yechish uquvida o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan markaziy
zveno berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi bog’lanishni o’zlashtirishdir.
Bolalarning masalalr yecha olish uquvlari va bu bog’lanishlarni qanchalik yaxshi
o’zlashtirganliklariga bog’liqdir. Shuni hisobga olgan holda boshlang’ich sinflarda
yechilishi berilgan sonlari va noma’lumlar orasidagi bir xil bog’lanishlarga
asoslangan konkret va mazmuni va soni berilganlari bilan esa farq qiluvchi
masalalar gruppasi bilan ish ko’riladi. Bunday masalalar gruppasini bir turdagi
masalalar deb ataymiz.
Masalar ustida ishlash o’quvchilarni avval bir turdagi masalalarni yechishga,
so’ngra boshqa turdagi masalalarni uechishga, so’ngra boshqa turdagi masalalarni
yechishga majburlashga olib kelinishi kerak emas. Uning asosiy maqsadi
o’quvchilarni turli hayotiy vaziyatlardagi berilgan sonlar va izlanayotgan son
orasidagi ma’lum bog’lanishlarni ularni murakkablashib borishini ko’zda titgan
holda aniqlay olishga o’rgatishdir. Bunga erishish uchun o’qituvchi bu turdagi
~ 13 ~
masalalarni yechishni o’rgatish metodikasida ma’lum maqsadlarni ko’zlaydigan
bosqichlarni ko’zda tutish lozim.
Birinchi bosqichda o’qituvchi ko’rilayotgan turdagi masalalarni yechishga
tayyorgarlik ishini olib boradi. Bu bosqichda o’quvchilar mazkur masalalarni
yechishda tegishli amallarni tanlash uchun asos bo’ladigan bog’lanishlarni
o’zlashtirishlari lozim.
Ikkinchi bosqichda o’qituvchi ko’rilayotgan turdagi masalalarni yechilishi
bilan o’quvchilarni tanishtiradi. Bunda o’quvchilar berilgan sonlar va noma’lum
son orasidagi bog’lanishni aniqlash, buning asosida arifmetik amallarni tanlashni
o’rganadilar, ya’ni masalada ifodalangan konkret, vaziyatdan tegishli arifmetik
amalni tanlashga o’tishni o’rganadilar. Bunday ishlarni olib boorish natijasida
o’quvchilar ko’rilayotgan turdagi masalalarni yechish usuli bilan tanishadilar.
Uchinchi bosqichda o’qituvchi ko’rilayotgan turdagi masalalarni yechish
uquvini shakllantiradi. O’quvchilar bu bosqichda ko’rilayotgan turdagi istalgan
masalani uning konkret mazmunidan qat’iy nazar yechishni o’rganishlari kerak,
ya’ni bu turdagi masalalarni yechish usullarini umumlashtirishlari lozim.
Yuqorida qayd qilingan bosqichlar ustida ishlash metodikasini mufassalroq
qarab chiqamiz.
U yoki bu turdagi masalalarni yechishga tayyorgarlik ko’rishi arifmetik
amallarni tanlashda berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi qanday
bog’lanishning tayanishga bog’liq. Shunga muvofiq ravishda maxsus mashqlar
o’tkaziladi.
1. Ko’p hollarda – masalalar yechishga qadar to’plamlari ustida amallar
bajaradi. Masalan, ko’p sodda masalalarni yechilishi bilan tanishtirish oldidan
to’plamlar ustida amallarga doir mashqlar berish lozim. Bunda to’plamlarning
elementlari konkret predmetlar bo’lishi kerak (cho’plar, qog’ozlar, qiyilgan
geometrik figuralar, rasmlar va hokazolar). Masalan, yig’indini topishga doir
mashqlar taklif qilinadi.
Quyonchalar solingan savatlarni oling. (bolalar buni bajaradilar). O’tloqda 4
ta quyon sakrab yurardi. Ularning yoniga yana 3 ta quyoncha kelib qo’shildi. (yana
~ 14 ~
3 ta suratni olib qo’yadilar). Hammsi bo’lib nechta quyoncha bo’ldi? (bolalar
suratlarni sanaydilar). Biz 4 ga 3 ni qo’shdik: (suratlarni korsatadilar ) va 7 ni hosil
qildik.
Ayirishga doir masalalarni yechishda to’plamning bir qismini ajratish
ko’paytirishda teng sonlar to’plarini birlashtirish, bo’lishda to’plamni teng sonli
to’plamlarga ajratish tayyorgarlik ishi bo’ladi.
To’plamlar ustida amallar yordamida ,, … ta katta, ortiq’’ , ,, … ta kichik’’ ,
,, … marta katta’’ , ,,… marta kichik’’ ifodalarning ma’nosi ochib beriladi, bu
ayirma va karrali munosabat bilan bog’langan masalalarni kiritishga tayyorgarlik
bo’ladi.
2. Arifmetik masalalar kattalikdan (uzunlik, massa), hajm, vaqt va boshqalar
bilan bog’langan, shuning yoki bu masalaga yangi kattalik bilan tanishtirish kerak.
Bundan keyingi ishlarda foydalanish uchun ba’zi kattaliklarni bolalar ayrim
daftarga yozib borishlari foydali bo’ladi.
3. Ko’p masalalarni yechishda amallar bu kattalikdan orasidagi mavjud
bog’lanishlarga asoslanib tanlanadi. Amallarni tanlashda o’quvchilar bu
bog’lanishlarni idrok qila olishlari va foydalana bilishlari uchun kattaliklar
orasidagi bog’lanishlarni masalalarni bu kattaliklarning konkret ma’nosi asosda
yechish yo;li bilan ochib berishi kerak. Masalan, quyidagi masalani yechish
kerak: ,,Har donasi 4 so’mdan 3 ta otkritka sotib olindi. Qancha pul to’langan?’’
Bu masalani yechish uchun ushbu bog’lanishdan foydalaniladi: agar tovar bahosi
va soni ma’lum bo’lsa, uning (hajmi) jamini ko’paytirish amali yordamida topish
mumkin.
O’quvchilar u yoki bu bog’lanishni o’zlashtirishlari uchun maqsadga
qaratilgan, kuzatishlarni tashkil qilish lozim. Masalan, baho, miqdor va jami puli
biln tanishtirish maqsadida do’konga sayohat tashkil qilish mukin, bunda
o’quvchilar baho bilan tanishadilar, ba’zi tovarlarning bahosini o’z daftariga yozib
qo’yadilar, oldi-sotdi jarayonini kuzatadilar. Keyinchalik darsda bolalar ma’lum
bah ova miqdori bo’yichicha jamini topishga doir sodda masalalar tuzadilar,
so’ngra ko’paytirish amalining konkret ma’nosi haqidagi bilmga asoslanib, bu
~ 15 ~
masalani yechadilar. Masalani yechilishini ko’rganlaridan so’ng agar baho va
miqdori ma’lum bo’lsa, jami pulni ko’pytirish yordamida topish mumkinligiga
e’tibor beradilar. O’quvchilar bu bilimdan keyinchalik sodda masalalarni ham
murakkab masalalarni ham yechishda foydalanadilar.
Masalaning har bir, ayrim turi ustida ishlash o’ziga xos maxsus tayyorgarlik
ishini talab qiladi, bu haqda har bir turdagi masalalarni yechish metodikasini
qaralayotganda aytiladi.
Tayyorgarlik ishlarini ko’zda tutgan holda bolalarni ko’rilayotgan turdagi
masalalarning yechilishi bilan tanishtirishga o’tish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |