Psixologiyada voqelikdagi narsa va hodisalarni rejali, uzluksiz



Yüklə 111 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.05.2020
ölçüsü111 Kb.
#31460
Kuzatish - Vikipediya


Kuzatish

Kuzatish (psixologiyada) — voqelikdagi

narsa va hodisalarni rejali, uzluksiz,

batartib, mukammal idrok qilish;

voqelikni hissiy bilish uslubi. K. Aristotel

zamonidan hozirgi davrgacha

kuzatuvchilarning asosiy tadqiqot

vositalaridan biri sanaladi. U hissiy

bilishning omillari, xususiyatlari,

qonuniyatlari toʻgʻrisida dastlabki

tasavvurlar hosil qilishga qaratilgan

inson faoliyati shaklidir. K.ning qay

darajada boʻlishi qoʻyilgan maqsadning



aniqligiga, kuzatilayotgan narsa va

voqealar haqida oldindan bilimga ega

boʻlishga, kuchli, barqaror diqqat bilan

faol fikrlashga va h.k. ga bogʻliq. K.da

idrok va tafakkur uzviy bogʻlanadi. K.da

tegishli xulosalar chiqariladi, fakt,

voqealar nazariy tahlil etiladi, farazlar

olgʻa suriladi. K.ning obʼyektiv (tashqi K.)

va subʼyektiv (ichki, oʻzinioʻzi K.) turlari

mavjud. K. orqali odamlarning diqqati,

his-tuygʻulari, imoishoralari, sezgirligi,

xulq-atvori, nutqi, faoliyati, muomala

maromi va boshqa oʻrganiladi. Oʻzini-oʻzi

K. (introspeksiya)dan foidalangan

psixolog oʻzining xulqi, muomalasi

toʻgʻrisida ilmiy, haqqoniy xulosa chiqara

biladi. Vyursburg psixologiya maktabi


(Germaniya) namoyandalari K. Byuler

(1879— 1922), A. Messer (1867-1937), O.

Kyulpe (1862—1915) psixologik

tajribalarni dastavval oʻzini-oʻzi K. metodi

yordamida oʻzlari ustida oʻtkazganlar.

K. voqelik sodir boʻlishini, atrof muhitni,

inson shaxsini muayyan qismlarga,

yoʻnalishlarga fikran ajratish; K.ning

koʻlami, xususiyati va oʻziga xosligini

aniqyaash; barcha holat, alomat, tashqi

koʻrinishning oʻziga xosligini qayd qilish;

toʻplangan materiallarni matematik

statistik hisoblash yoʻli bilan amalga

oshiriladi.

K.ning sistemali, epizodli, dala sharoitli,

laboratoriyaviy, tabiiy, davriy (bir martali)



koʻrinishlari, shuningdek, turli vositalari

va shakllari mavjud. K.da R. Beylzaning

interaksiya (oʻzaro taʼsir) uslubini (bahs,

munozara chogʻida oʻzaro taʼsir imkonini

aniqlash maqsadida) qoʻllash ijobiy

natijalar beradi.

Ergash Gʻoziyev.

[1]


1. 

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-

yil

Manbalar


Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga

ishorat yoʻq. 

Siz ularni topib va ushbu maqolaga

qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz

mumkin.

 

 



Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

 

 



  Last edited 4 years ago by Ximik1991Bot  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin. 

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Kuzatish&oldid=1809581



dan olindi 



Yüklə 111 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin