Monizm. Dunyoning narsalar va hodisalar rang-barangligi bir substantsiyadan iborat degan ta‘limot
«monizm» (yunon. monos – bitta, yagona) deb ataladi. Dunyoning kelib chiqishi va mohiyati haqidagi hozirgi ilmiy
tasavvurlar, shuningdek birinchi asos muammosiga nisbatan falsafa tarixidagi eng salmoqli yondashuvlar kurashi
nuqtayi nazaridan substantsiya tabiatini tushunishga nisbatan ancha keng tarqalgan ikki yondashuv – materialistik va
idealistik monizmni qayd etish lozim.
Materialistik monizm dunyo yagona va uzviy, u azaldan moddiy va dunyoning birligi zamirida ayni shu
moddiylik yotadi, deb hisoblaydi. Bu kontseptsiyalarda ruh, ong va ideallikdan emas, balki moddiylikdan keltirib
chiqariladi. Bunday yondashuvlarning o‘ta rivojlangan ko‘rinishlariga biz Fales, Geraklit, Spinoza va uning
izdoshlari asarlarida duch kelamiz.
Idealistik monizm esa, materiyani har qanday borliqning boqiy mavjudligi, yo‘q bo‘lmasligi va birinchi
asosiga ega bo‘lgan qandaydir ideal narsaning mahsuli deb hisoblaydi. Bunda ob‘ektiv-idealistik monizmni
(masalan, Platonda – bu o‘lmas g‘oyalar, zardo‘shtiylikda olov, o‘rta asr falsafasida – Xudo, Gegelda –
yaratilmaydigan va o‘z-o‘zidan rivojlanadigan «mutlaq g‘oya») va sub‘ektiv-idealistik monizmni (masalan,
borliqning barcha jismoniy va ruhiy holatlarini «neytral» asosdan – dunyoning qandaydir mavhum konstruktsiyalari,
«elementlari»dan keltirib chiqargan Max) farqlash mumkin.
Dualizm birinchi asos sifatida ikkita substantsiya olingan falsafiy yondashuv (lot. dualis – ikki yoqlama).
Nemis faylasufi X.Volf XVIII asr boshida «dualizm» atamasini falsafiy muomalaga kiritgan. X.Volf dunyoda
barqaror tartibning shakllanishida tafakkur, g‘oyalar va aql-idrokning alohida o‘rnini aniqlashga harakat qilgan.
X.Volfning falsafaga oid qo‘llanmalari barcha o‘quv yurtlarida o‘qitilgan va eskirgan (sxolastik) jihatlarni siqib
chiqargan. Ular universitet ta‘limining asosiy manbalari sifatida amal qila boshlagan.
Frantsuz materialist faylasufi J.Lametri (1709-1751) o‘zining «Ruhning tabiiy tarixi» deb nomlangan asarida
dualizmni inkor qiladi. U o‘zida tajriba o‘tkazgan – bezgak kasalligiga chalingach, uning kyechishini kuzatgan,
pirovardida, insonning ruhiy holati uning jismoniy vujudiga bog‘liq, degan xulosaga kelgan. J.Lametri monistik-
materializmni himoya qilib, cheksiz takomillashuvchi yagona moddiy substantsiya mavjud, degan g‘oyani ilgari
surgan. Substantsiyaga xos sezish va fikrlash qobiliyati vujudli jismlarda mavjud bo‘ladi. Sezish va fikrlash
qobiliyatining o‘zi tashqi jismlarning miyaga ta‘siri bilan bog‘liq. SHu sababli aynan tashqi dunyo insonning «miya
ekrani»da aks etadi, tana ehtiyojlari esa, J.Lametrining fikriga ko‘ra, «aql mezoni» sifatida amal qiladi.
Ikki asos, aytaylik, muhabbat va nafrat, yaxshilik va yomonlik, erkinlik va zaruriyatning teng huquqliligi
g‘oyasi ilgari surilgan har qanday falsafiy nazariya dualistik nazariya sifatida amal qilgan.
Rene Dekart falsafa tarixidan dualizmning yorqin vakili sifatida o‘rin oldi. R.Dekartning radikal
mexanitsizmi uni materiyaning butunlay ruhsizligi haqidagi yondashuvga olib keldi. R.Dekart nazarida, moddiy
jismoniy substantsiya o‘z atributi sifatida uzunlik, kenglik va chuqurlik ko‘lamigagina ega. U mutlaq bo‘shliqni
istisno etadi, harakatlanish, ya‘ni jismoniy zarralarni bo‘lish, joydan-joyga ko‘chirish va o‘zgartirish qobiliyatiga
ega.
Ma‘naviy hayot faylasuf nazarida moddiy hayotdan alohida, o‘zining bilish va fikrlash faoliyati, intellektual
intuitsiya va deduktsiya kabi o‘ziga xos ko‘rinishlarida namoyon bo‘ldi. U ruhiy substantsiyaning butunlay
jismsizligini e‘tirof etdi. Garchi R.Dekart yangi falsafa va fan asoschilaridan biri bo‘lsa-da, uning g‘oyalarida o‘rta
asr falsafasidan meros qolgan «substantsiya» atamasining alohida narsani tushunish uchun qo‘llanilishiga,
shuningdek, u ikki muhim - universal va cheksiz substantsiya – fikrlash va ko‘lamni alohida erkin maqomga ega,
deb e‘lon qilganiga duch kelish mumkin. R.Dekartning «cogio ergo sum» – «men fikrlayapman, demak,
mavjudman», degan iborasi falsafiy tafakkurni barcha narsalarning negizi sifatida tan olganligidan dalolat beradi.
R.Dekart fikrlovchi substantsiyaning uzviyligini va har bir «Men», ya‘ni aqlli jonzotga bevosita, ko‘lamli
substantsiya esa – bilvosita ochiqligini isbotladi. Ajralmas substantsiya (aql) metafizikaning o‘rganish predmet ini,
ajraluvchi substantsiya (ko‘lam) esa fizika predmet ini tashkil etadi.
Ikki substantsiya – ma‘naviy va moddiy substantsiyalarni farqlash, bu mantiqiy nuqtayi nazardan noto‘g‘ri va
ratsional ma‘noda juda ko‘p qiyinchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Fikrlash va ko‘lamga ikki substantsiya tarzida,
ya‘ni bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil asoslar sifatida yondashilganida, «ruh» va «tana» o‘z harakatlarida
qanday uyg‘unlashishi, umuman, «tana» qanday qilib fikrlash qobiliyatini kasb etishi mumkinligini tushunish qiyin.
Mohiyat-e‘tiboriga ko‘ra, substantsiya butun mavjudot asosi, hamma narsani o‘z ichiga oluvchi va o‘zini namoyon
qilish uchun hech narsaga muhtoj bo‘lmagan yagona birinchi asos sifatida namoyon bo‘lgan
Plyuralizm dunyoning negizida ikkita emas, balki undan ko‘proq mohiyat borligini tan oluvchi ta‘limotdir.
«plyuralizm» (lot. – ko‘plik, ko‘p xillik, ko‘p sonlik) atamasini ham X.Volf 1712 yilda taklif qilgan. Bu tushuncha
ontologiyada ayniqsa, jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirgan. CHunki ayni shu ta‘limotda borliqning ko‘p sonli mustaqil va
o‘zaro bog‘lanmaydigan asoslari ilgari surilgan.
Leybnitsning «monadologiyasi», ya‘ni monadalar haqidagi ta‘limoti plyuralizmning klassik ko‘rinishi
hisoblanadi. Ushbu ta‘limotga ko‘ra, dunyo son-sanoqsiz ruhiy substantsiyalardan tashkil to‘adi. Ammo, plyuralistik
yondashuvning bundan oldinroq ilgari surilgan ko‘rinishlari ham mavjud. Masalan, Em‘edokl yaratgan dunyoning
to‘rt asosi haqidagi ta‘limot plyuralistik ontologiyaning turlaridan biri sifatida amal qiladi.
Ba‘zan plyuralizmga mustaqil ta‘limot sifatida emas, balki dualizmning o‘zgargan ko‘rinishi sifatida qaraladi.
Lekin plyuralistlar o‘z nazariyasining asosiy vazifasini dualistik munozaralarda yechimini to‘magan ruh va tabiat
o‘rtasidagi qarama-qarshilik masalasidan farq qiladi, deb biladilar.
Substantsiyani barcha o‘zgarishlar va o‘z-o‘zining sababchisi -causa sui sifatida tushunish I.Kant tomonidan
qabul qilinib, yuksak baholangan. U substantsiyani «hodisalarning vaqtdagi barcha munosabatlarini aniqlashga
yordam beruvchi o‘zgarmas asos», deb ta‘riflagan. Uningcha, substantsiya har qanday tajriba va har qanday idrok
etishning asosiy shartidir. U barqaror holatda bo‘ladi, har qanday mavjudlik va vaqtdagi o‘zgarish uning modusi,
ya‘ni o‘zgarmas narsaning mavjudlik usuli sifatida qaralishi mumkin.
Substrat borliqning eng quyi va asosiy qatlami sifatida tushuniladi. Falsafada «Substantsiya» kategoriyasi
«substrat» (lot. – to‘shama, negiz) tushunchasiga yaqin turadi, deb qaraladi. Qadimgi atomistik ta‘limotlarda atomlar
ana shunday asos hisoblangan. Har qanday substrat muayyan vujudga kelish jarayonining o‘ziga xos xususiyatini
ifodalaydi. Hozirgi talqinda, muayyan fizik jarayonlarning substrati sifatida elementar zarralar va fundamental
(kuchli, kuchsiz, elektromagnit va gravitatsion) o‘zaro ta‘sirlar amal qiladi. Turli moddalarning hosil bo‘lish va
o‘zgarish jarayonlarida o‘zining barqaror holatini saqlab qoluvchi atomlar kimyoviy jarayonlarning substrati sifatida
namoyon bo‘ladi. Elementar «hayot birliklari» sifatida amal qiluvchi nuklein kislotalar (DNK va RNK) va oqsil
moddalarining molekulalari biologik jarayonlar substrati bo‘lib xizmat qiladi. Barcha ijtimoiy o‘zgarishlar zamirida
maqsadga muvofiq faoliyati mavjud bo‘lgan inson ijtimoiy hayot substrati hisoblanadi.
Hozirgi zamon falsafasida substantsiya kategoriyasining ontologik mazmuni o‘zaro ta‘sir sifatida tushuniladi.
CHunki aynan o‘zaro ta‘sir dunyo yaralishining haqiqiy va pirovard sababchisi – narsalarning o‘z-o‘zini yakuni
(causa finalis) hisoblanadi. Narsalarni substantsiyalilik nuqtayi nazaridan o‘rganish ularning mavjudligini ichki
sabablar va o‘zaro ta‘sirlar nuqtayi nazaridan yoritish, demakdir. SHu ma‘noda, substantsiyani ichki birlik nuqtayi
nazaridan, uning cheksiz va rang-barang o‘zgarishlaridan qat‘iy nazar, qaraladigan ob‘ektiv borliq sifatida,
harakatning barcha shakllari, mazkur harakat jarayonida yuzaga keluvchi va yo‘q bo‘luvchi tafovut va qarama-
qarshiliklar nuqtayi nazaridan yondashiladigan materiya sifatida ta‘riflash mumkin.
Substantsiyaning asosiy xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- o‘z-o‘zini belgilash (o‘z-o‘zining sababchisi hisoblanadi, uni yaratib va yo‘q qilib bo‘lmaydi);
- universallik (hech narsaga bog‘liq bo‘lmagan, barqaror, o‘zgarmas va mutlaq birinchi negizni ifodalaydi);
- kauzallik (barcha hodisalarning umumiy sababiy bog‘liqligini o‘z ichiga oladi);
- yagonalik (birinchi negizning yagonaligini nazarda tutadi);
- yaxlitlik (mohiyat va mavjudlikning birligini ko‘rsatadi).
Materiya tushunchasi va uning tashkillashuv darajalari. Materiya» tushunchasi qadimgi mutafakkirlar
bizni qurshagan dunyoning barcha rang-barang narsalari yaratib va yo‘q qilib bo‘lmaydigan, odamlarga ham,
xudolarga ham bog‘liq bo‘lmagan umumiy va yagona «birinchi asos»dan kelib chiqqani haqidagi g‘oyani ilgari
surgan paytdan e‘tiboran falsafiy kategoriya sifatida ishlatila boshlagan. Bu «birinchi asos»ni ular barcha narsalarni
yaratish uchun asosiy material bo‘lib xizmat qiluvchi qandaydir modda sifatida tasavvur qilgan. Ayni shu material
materiya deb atalgan.
« Materiya» atamasi lotincha materia so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, modda degan ma‘noni anglatadi.
SHunga qaramay, falsafa tarixida «materiya» tushunchasining mazmuni bir necha marta o‘zgargan,
tabiatshunoslikning va falsafaning rivojlanishiga muvofiq rivojlangan.
Qadimgi yunon falsafasida materiyaning etimologik talqinidan keng foydalanilgan. «Materiya» tushunchasini
asosiy falsafiy kategoriya sifatida ilk bor Platon ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi
va shakl-shamoyili har xil jismlar paydobo‘lishiga asos bo‘lib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum substrat
(material)ni ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan bo‘lib, har qanday geometrik shakl
ko‘rinishini kasb etishi mumkin bo‘lgan makon bilan tenglashtiriladi.
Darhaqiqat, hamma narsalarning asosi bo‘lgan birinchi modda haqidagi tasavvur materiya bilan bog‘langan.
Materiya yuzaga keluvchi hamma narsalarning substrati sifatida namoyon bo‘lgan.
Materiya haqidagi tasavvur shakllanishining quyidagi bosqichlari farqlanadi.
I - bosqich Antik falsafa. Materiya birlamchi material (suv, olov, atom va sh.k.) sifatida. Falsafa tarixida
materiya haqidagi tasavvurlarning shakllanishini «dastlabki stixiyali materializm»deb ataladi. Ushbu materializm o‘z
rivojlanishining birinchi bosqichida tabiat hodisalarining cheksiz rang-barangligiga asoslangan birlikni tabiiy hol deb
hisoblaydi va uning sabablarini muayyan moddiy, o‘ziga xos narsadan izlaydi (xuddi Fales bu asosni suv deb
izohlaganidek).
Antik qarashlarga ko‘ra materiya – jismlar va narsalarning o‘zagini belgilovchi birlamchi materialdir.
Masalan, qadimgi yunon faylasufi Fales suv o‘simliklar, hayvonlar va odamlarga zarurligini qayd etib, suvni barcha
narsalar asosi deb e‘lon qilgan. Geraklit quyosh, yulduzlar va boshqa jismlarni yaratuvchi olovni hamma narsaning
asosi deb hisoblagan.
Tabiatni ilmiy bilishning samarali dasturi yaratilishiga olib kelishga qodir bo‘lgan materiyaning birinchi
kontseptsiyasini miloddan avvalgi V asrda qadimgi atomistlar (Demokrit va boshqalar) taklif qilgan.
II - bosqich XVI-XVII asrlar metafizik materializmi. Materiya muayyan o‘zgarmas xossalar yig‘indisi sifatida
tahlil qilingan. O‘sha davrda materiya tushunchasi fizikada qabul qilingan muayyan o‘zgarmas xossalar yig‘indisi
sifatidagi «modda» tushunchasi bilan ayniylashtirilgan. Masalan, ingliz materialistlari F.Bekon va T.Gobbs bunday
xossalar qatoriga ko‘lamlilik, shakl, og‘irlik va hokazolarni kiritgan. Ba‘zan materiya tushunchasi bitta muayyan
«birlamchi» xossa, masalan ko‘lamlilik yoki massa bilan ayniylashtirilgan ( R.Dekart, I.Nyuton ).
III - bosqich XVIII-XIX asrlar. Materiya inson sezgi a‘zolari orqali idrok etishga qodir bo‘lgan ob‘ektiv
borliq sifatida talqin qilingan. Bu davrda «materiya» tushunchasi tabiiy fanlarning rivojlanish jarayonida olimlar
bilimning muayyan sohalarida aniqlagan belgilar bilan boyib bordi. Masalan, mexanikada makrojismlarning alohida
xossasi – massa aniqlandi. U materiyaning eng muhim belgisiga aylandi, materiya massa bilan bir xil, deb hisoblana
boshlandi.
IV - bosqich Hozirgi zamon falsafasi. Ob‘ektiv borliqni ifodalash uchun mo‘ljallangan falsafiy kategoriya
bo‘lib, uni inson o‘z sezgi a‘zolari orqali idrok etadi, uni tushunishi mumkin va tushunishga harakat qiladi, lekin
bunda materiya insondan qat‘iy nazar mavjuddir. Bu davrda materiyani tushunishda tabiiy ilmiy jihat emas, balki
falsafiy jihat birinchi o‘ringa qo‘yildi. Bu materiyaga narsalar va hodisalar butun rang-barangligining ichki
yagonaligi zamirida yotuvchi mohiyat – substantsiya sifatida yondashuvdir. Bu esa materiyaga ob‘ektiv borliq
sifatida yondoshuv ifodasidir. XIX va XX asrlar chegarasida falsafa va tabiatshunoslikda yuzaga kelgan vaziyatni
tahlil qilgan faylasuflar (ularni faqat sobiq marksizm vakillaridan iborat, deb tushunmaslik lozim), xususan,
«materiya» tushunchasidan voz kyechish yo‘lidan emas, balki unga tabiatshunoslikdagi ixtirolarni umumlashtirish
orqali chiqarilgan yangi va yangi xulosalarni kiritish yo‘lidan borishni taklif qildilar. «Materiya» falsafiy
kategoriyasining vazifasi amalda mavjud materiya turlarining butun cheksiz rang-barangligini qamrab olish va uni
ong bilan bog‘lash mumkin emasligiga urg‘u berishdan iborat. Muammoga falsafiy munosabatni uning tabiiy-ilmiy
talqinidan farqlash imkonini beruvchi mazkur yondashuv juda muhim ahamiyat kasb etadi, aks holda mazkur
sohadagi tadqiqotlar va bilish imkoniyatlari doirasi asossiz ravishda torayadi. Bunga, masalan, neo‘ozitivizm
yo‘nalishlaridan biri – lingvistik falsafada duch kelishimiz mumkin. Uning taniqli namoyandalari J.Mur,
L.Vitgenshteyn va boshqalar hamonki «materiya» va «ong» kabi tushunchalarga ilmiy nuqtayi nazardan aniq ta‘rif
berish mumkin emas ekan, ulardan voz kyechish lozim, deb hisoblaydi.
Materiyaning tarkibiyligi g‘oyasining ildizlari antik falsafaga, xususan, Demokrit, Epikur va Lukretsiy
Karning atomistik ta‘limotiga borib taqalsada, bu g‘oya tabiatshunoslikning rivojlanishiga kuchli ta‘sir ko‘rsatgan.
Hozirgi zamon falsafasida u ancha salmoqli va ilmiy asoslangan materiyaning tizimli tuzilishi kontseptsiyasida
mujassamlashgan.
Keyinchalik materiya haqidagi tasavvurlar asosan uning muayyan xossalari - massa, energiya, ko‘lam bilan
bog‘langan va uning muayyan turlari - modda, atomlar, korpuskulalar va sh.k. bilan tenglashtirilgan.
Bu masalalarga nisbatan hozirgi yondashuvlar ancha o‘zgargan va materiya haqidagi tabiiy-ilmiy, masalan,
fizik yoki kimyoviy tasavvurlar bilan bir qatorda uni anglab etishning falsafiy darajasini ham nazarda tutadi. Boshqa
hozirgi falsafiy yo‘nalishlarning aksariyatida bu tushunchalar faol qo‘llaniladi va muhim metodologik rol o‘ynaydi.
Xususan, uning substantsiyalilik, cheksizlik, yo‘q bo‘lmaslik, harakat, makon, vaqt kabi uzviy xossalari farqlanadi.
Materiyaning tuzilishiga nisbatan kim qanday yondashmasin, u bir qancha alohida va katta guruhlarga
bo‘linadi. Zero, barcha moddiy ob‘ektlar tartibga solingan, izchil ichki tuzilishga ega.
Materiyaning cheksizligini hozirgi zamon tabiatshunosligi ham tasdiqlaydi. Materiyaning notirik, tirik va
ijtimoiy kabi tarkibiy darajalari farqlanadi. Ular borliqning asosiy shakllari bilan mos keladi. Bunda turli darajalar
bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ayni vaqtda ularning tarkibida muayyan ierarxiya va soddaroq shakllardan (jonsiz
materiyadan) murakkabroq shakllar (jonli va ijtimoiy materiya) sari yuksalish kuzatiladiki, bugungi kunda ularning
mavjudligi faqat sayyoramizga nisbatan o‘zining ilmiy tasdig‘ini to‘gan. Jonsiz tabiatning tuzilishi va rang-
barangligi haqidagi tasavvurlar esa, mikro, makro va megadunyolarni qamrab olib, tinimsiz kengayib va teranlashib
bormoqda.
XX asrda bu borada ayniqsa katta yutuqlarga erishildi. Asr boshida modda diskret zarralardan iborat
qandaydir uzluksiz narsa sifatida, maydon esa uzluksiz moddiy muhit sifatida tushunilar edi. Endilikda, kvant
fizikasi, nisbiylik nazariyasi va boshqa tabiiy-ilmiy g‘oyalarning rivojlanishi bilan modda va maydon o‘rtasidagi
farq nisbiy tus oldi, kashf etilayotgan elementar zarralar esa o‘zining rang-barangligi bilan kishini hayratga
solmoqda. Bu sohada yechilmagan muammolar hali bisyor bo‘lsa-da, fan materiya tashkil to‘ishining
«subelementar» darajasini o‘rganib, elementar zarralarning yagona tabiatini tushunishda sezilarli darajada yutuqqa
erishdi. Bu yerda so‘nggi yillarda plazma, materiyaning alohida holati sifatidagi fizik bo‘shliq hodisalari va
materiyaning cheksizligi haqidagi g‘oyani tasdiqlovchi boshqa jarayonlar kashf etildi va o‘rganilmoqda.
Hozirgi davrda materiyaning uch tarkibiy darajasi farqlanadi:
- mikrodunyo – atomlar va elementar zarralar dunyosi. ( bunda ...dan tashkil to‘adi» tamoyili amal qilmaydi)
- megadunyo – koinot dunyosi (sayyoralar, yulduzlar komplekslari, galaktikalar, megagalaktikalar);
- makrodunyo – barqaror shakllar va insonga mos kattaliklar dunyosi (unga molekulalarning krisstallashgan
komplekslari, organizmlar, organizmlarning hamjamiyatlari ham kiradi);
Materiya tarkibiy darajalarining aniq chegarasini aniqlash mushkul. Uni fan doimo qayd etavermaydi.
Bizning bilimlarimiz tobora chuqurlashib, darajalarning yangi va yangi sifat chegaralarini aniqlaydi. Materiyaning
tarkibiy darajalari to‘g‘risida so‘z yuritilganida, subelementar, mikroelementar, yadroviy, atom, molekular,
makroskopik va kosmik darajalar ham tilga olinadi. Materiyaning mikroskopik darajasida fizika taxminan 10-15 sm
uzunlikda taxminan 10-22 ga teng vaqt ichida yuz beruvchi jarayonlarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Megadunyoda esa, kosmologiya taxminan 1010ga teng vaqt (Koinot yoshi) ichida yuz beruvchi jarayonlarni
o‘rganadi. Materiyaning tarkibiy darajalari g‘oyasi metodologiya mutaxassislari tomonidan sababiyat va dunyoni
bilish mumkinligi g‘oyasi bilan bir qatorda juda yuksak baholanadi.
Ayni vaqtda shuni qayd etish zarurki, materiyaning tarkibiy darajalari tasnifi zamirida chiziqli ierarxiya
tamoyili yotadi. Bu yerda «qism butundan kichkina» tamoyili amal qiladi. Lekin bu dunyolarning biri soddaroq,
ikkinchisi murakkabroq, degan ma‘noni anglatmaydi. Dunyolar qism va butun sifatida taqqoslanmaydi, ular
universumning o‘ziga xos teran o‘zgarishlarini ifodalaydi. SHu bois bu tasnifni mutlaqlashtirish kerak emas.
Yuqorida aytilganlarga ishonch hosil qilish uchun misol keltiramiz. Butun sonlar qatori 1, 2, 3, 4 , 5, 6 , 7, 8,
9, ... n ni olamiz, bu to‘plamdan kichik to‘plam – juft sonlar qatori 2, 4, 6, 8, 10, 12, 14, ...n ni ajratamiz. Dastlab juft
sonlar qatori butunning, ya‘ni butun sonlar qatorining bir qismigina bo‘lib tuyuladi. Ammo ularni taqqoslasak, juft
sonlar qatori butun sonlar qatori kabi cheksiz ekanligini ko‘ramiz. Binobarin, bu yerda qism butun bilan teng.
Bundan tashqari, mikrodunyoda o‘tkaziluvchi barcha eks‘erimentlar g‘ayrioddiy natijaga olib keladi.
Mikrodunyo azaldan jumboqlarga to‘la, deb aytish mumkin. Ikki elementar zarra to‘qnashuvidan keyin hech qanday
kichikroq elementar zarralar hosil bo‘lmaydi. To‘qnashgan zarralar bilan bir xil, ya‘ni elementar zarralar, masalan,
ikki ‗roton to‘qnashuvidan keyin boshqa ko‘plab elementar zarralar, shu jumladan, protonlar, mezonlar, giperonlar
vujudga keladi. Zarralarning «ko‘plab tug‘ilishi» hodisasini Geyzenberg quyidagicha tushuntirgan. Elementar
zarralar to‘qnashganida ko‘p miqdordagi kinetik energiya moddaga, paydobo‘luvchi zarralarga aylanadi va biz
zarralarning ko‘plab tug‘ilishi jarayonini kuzatamiz. yarim asr muqaddam elementar zarralarning atigi uch turi -
moddaning eng kichik elementlari – elektron va proton hamda energiyaning eng oz portsiyasi hisoblangan foton
ma‘lum bo‘lsa, hozir 200 dan ortiq elementar zarralar kashf etilgan. Oddiy ob‘ektlar tarkibini aniqlash uchun,
«qandaydir kichikroq elementlardan tashkil topadi» formulasi mos kelsa, bu mikrodunyoni tavsiflashga mos
kelmaydi.
Mikrodunyoning boshqa bir g‘ayrioddiy effekti mikrozarraning ikki yoqlama tabiati, ya‘ni u ham korpuskula,
ham to‘lqindan iborat ekanligi bilan bog‘liq. SHu sababli bunday zarra makon va vaqtda aniq o‘rin olishi mumkin
emas. Bu xususiyat Geyzenbergning nomuayyanliklarning o‘zaro nisbati tamoyilida o‘z aksini to‘gan.
Materiyaning tarkibiy darajalari ierarxiyasida inson markaziy o‘rinni egallaydi. Qadimdayoq protagor «Inson
hamma narsalarning o‘lchovidir», degan edi. Dunyoni o‘zlashtirishda inson qadriyatlari shkalasini andoza sifatida
qabul qiluvchi falsafiy ta‘limot – «Antropologizm» zamirida ana shu tezis yotadi. Materiya tuzilishining inson
tomonidan kuzatiluvchi darajalari odamlar yashovchi muhitning tabiiy shart-sharoitlarini, ya‘ni bizning dunyoviy
qonuniyatlarimizni hisobga olgan holda o‘zlashtiriladi. Lekin bu bizdan ancha olisdagi darajalarda materiyaning
mavjud shakllari va holatlaridan butunlay farq qiluvchi, mutlaqo boshqacha xossalar bilan tavsiflanuvchi
«g‘ayritabiiy» shakl hamda holatlari mavjud bo‘lishi mumkin, degan taxminni istisno etmaydi. SHu munosabat
bilan olimlar geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlarni farqlay boshladi.
SHunday qilib, materiya kategoriyasining funksiyalari qo‟yidagilar:
ongga, ma‘naviy kuchlarga bog‘liq bo‘lmagan ob‘ektiv borliqning mavjudligi haqidagi fikrni ifodalaydi;
barcha narsalarda mavjud bo‘lgan umumiy xossalarni tavsiflaydi;
barcha narsalarni bilishga eltuvchi yo‘lni, ularni bilishda amal qilish lozim bo‘lgan umumiy dastur yoki
strategiyani umumiy ko‘rinishda belgilaydi.
Bu funksiyalarni materiya kategoriyasi falsafaning keyingi rivojlanishi jarayonida saqlab qoldi.
Materiya tuzilishining inson tomonidan kuzatiluvchi darajalari odamlar yashovchi muhitning tabiiy shart-
sharoitlarini, ya‘ni bizning dunyoviy qonuniyatlarimizni hisobga olgan holda o‘zlashtiriladi. Lekin bu bizdan ancha
olisdagi darajalarda materiyaning mavjud shakllari va holatlaridan butunlay farq qiluvchi, mutlaqo boshqacha
xossalar bilan tavsiflanuvchi «g‘ayritabiiy» shakl hamda holatlari mavjud bo‘lishi mumkin, degan taxminni istisno
etmaydi. SHu munosabat bilan olimlar geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlarni farqlay boshladi.
Dostları ilə paylaş: |