Olamning paydo bo‟lishi va evolyutsiyasi. Notirik tabiat o‘z shakllari va holatlarining son-sanoqsizligi
va rang-barangligi bilan aqlni lol qoldiradi. U turli jismlar, predmet lar, zarralar, gazlar, maydonlar, xossalar,
hodisalar ko‘rinishida amal qilar ekan, muttasil harakat va o‘zgarishlar jarayonini boshdan kechiradi.
Dunyoning paydo bo‘lishi va evolutsiyasi haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar so‘nggi 400 yil ichida vujudga
keldi, galaktikalar va ularning to‘dalari, makro va mikrodunyoning hayratomuz rang-barangligi haqida odamlar XX
asrdagina xabar to‘dilar. Olamning cheksiz bo‘shlig‘i qarshisida bizning dunyo haqidagi tasavvurlarimiz hozir ham
dengizdan bir tomchi bo‘lib tuyuladi. Lekin, shunga qaramay, bugungi kunda biz bilgan va tushungan narsalar butun
Olam va uning ayrim qismlari evolutsiyasi va muttasil o‘zgaruvchanligi haqida ancha asosli xulosa chiqarish
imkonini beradi. Boshqacha aytganda, dunyo u yoki bu bosqichda ma‘lum narsalar vujudga kelib, o‘z borlig‘ini
kasb etadigan va qachondir yo‘q bo‘ladigan, ya‘ni o‘zining avvalgi borlig‘ini yo‘qotib, modda va energiyaning
saqlanish qonuniga binoan boshqa narsaga aylanadigan muttasil davom etuvchi jarayondir.
Notirik tabiatning hozirda mavjud bo‘lgan butun rang-barangligi o‘z asosiga ega, ya‘ni u qachondir
vujudga kelgan. Bu fikrni kengayib borayotgan Olam haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar ham tasdiqlaydi. Biroq,
olimlar fikriga ko‘ra, biz yashayotgan Olam tarixi boshlanishiga asos bo‘lgan Katta ‗ortlash nazariyasi dunyoning
mohiyati va uning tuzilishi xususida yangi va yangi masalalarni kun tartibiga qo‘ymoqda. Tabiiy fanlarning
ma‘lumotlari taxminan 15 milliard yil muqaddam ayrim osmon jismlari mavjud bo‘lmagani, bizning Olam deyarli
bir jinsli kengayib borayotgan ‗lazmadan tashkil to‘ganidan dalolat beradi. Endilikda bir-biridan uzoqlashayotgan
galaktikalar tarkibiga kiruvchi yulduzlar, sayyoralar, asteroidlar va boshqa ko‘plab kosmik jismlar mavjud bo‘lib, bu
galaktikalarning to‘dalarida vaqti-vaqti bilan fanga ma‘lum bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ulkan tadrijiy va inqilobiy
o‘zgarishlar yuz beradi.
Harakat - materiyaning yashash sharti. Bizni qurshagan dunyoning yana bir muhim xususiyati –
Koinotda va uning barcha tarkibiy qismlarida yuz beradigan tinimsiz o‗zgarishlardir.
Tabiatning o‗zgaruvchanligi falsafa paydobo‗lishidan ancha oldin yaxshi ma‘lum bo‗lgan, falsafa vujudga
kelgach esa, masalalarning mazkur doirasi alohida o‗rganish predmet iga aylandi va vaqt o‗tishi bilan uning negizida
falsafiy bilimlarning maxsus bo‗limi – dialektika yuzaga keldi. Uning (yaxlit ta‘limot sifatidagi) ildizlari qadimgi
yunon falsafasiga, xususan «Hamma narsa oqib, o‗zgarib turadi», «Ayni bir daryoga ikki marta tushib bo‗lmaydi»
kabi mashhur iboralar muallifi Geraklit ijodiga borib taqaladi. Shundan beri ob‘ektiv borliqning turli-tuman miqdor
va sifat o‗zgarishlarini ifodalash uchun «harakat» va «rivojlanish» kategoriyalari qo‗llaniladi. «Keng» ma‘noda
umuman har qanday o‘zgarish haqidagi tasavvur sifatida talqin qilinadi. Harakatni umuman o‘zgarish sifatida
tushunish harakat turlarining butun rang-barangligini uning muayyan bir turiga bog‘lash to‘g‘ri emasligi haqida
ogohlantiradi va harakat shakllarining umumiy xususiyati va bir-biriga aylanish qobiliyatiga ishora qiladi.
«Umuman o‘zgarish» deganda, bizning ular haqidagi fikr-mulohazalarimizdan qat‘iy nazar, ob‘ektiv mavjud
bo‘lgan barcha o‘zgarishlar, turli jarayonlar nazarda tutiladi.
O‘z-o‘zidan harakat yo butun tabiatga, yo uning yuksak darajada uyushgan tarkibiy qismi – tirik organizm va
jamiyatga xos xususiyatdir. Qotib qolgan materiyaga mansub ayrim narsa yoki ob‘ektga nisbatan o‘z-o‘zidan
harakat, o‘z-o‘zidan rivojlanish holati xos deb aytish o‘rinli emas. CHunki, ushbu ob‘ektni muayyan element
sifatida o‘z ichiga olgan tabiat o‘z-o‘zidan rivojlanuvchi yaxlit tizim hisoblanadi.
O‘z-o‘zidan harakat biron-bir narsaning unga ichdan (immanent tarzda) xos bo‘lgan omillar ta‘sirida
o‘zgarish va rivojlanish jarayonlarini ifodalovchi kategoriya sifatida amal qiladi. «O‘z-o‘zidan harakat»
tushunchasi butun borliqning substantsional negizi sifatidagi materiya harakat va o‘zgarish jarayoni yuz
berayotganida o‘z faolligining pirovard sababi sifatida amal qiladi. O‘z-o‘zidan harakat shakli sifatidagi faollik
sirtdan olib kirilgan tashqi kuch sifatida tushunilmasligi kerak. SHu munosabat bilan: «Bu qanday yuz berishi
mumkin?», degan savol yaxshi rivojlanmagan, nodialektik tafakkur uchun ancha mushkul masala hisoblanadi.
SHakllanish jarayonini qadimgi mashhur «panta rei» – «hamma narsa oqadi» ta‘rifida ifodalagan Geraklit
an‘anasiga, shuningdek, nemis faylasufi F.Gegelga xos yetuk metodologiyaga ko‘ra, o‘z-o‘zidan harakatning
manbai ziddiyat hisoblanadi. Bunda ziddiyat narsalar, hodisalar va jarayonlarning qarama-qarshi tendentsiyalari
hamda tomonlarini taqozo etuvchi, nazarda tutuvchi, ayni vaqtda, inkor etuvchi o‘zaro ta‘sir sifatida tushuniladi.
O‘z-o‘zidan harakat tabiatshunoslik va falsafaning eng qadimgi g‘oyasi hisoblanadi. Uning yuzaga kelishi
borliq harakatining sababini tushuntirish, o‘z-o‘zidan yuz berayotgan doimiy umumiy o‘zgarishni tan olish asosida
butun olamdagi o‘zgarish jarayonlarining manbaini aniqlashga urinishlar bilan bog‘liq. Antik falsafada barcha
jismlarga xos bo‘lgan, chetdan aralashuvsiz yuz beradigan tabiiy harakatni belgilovchi intilish to‘g‘risida atroflicha
so‘z yuritilgan. Dunyo zamirida materiya bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan qandaydir intilish, qandaydir haqiqiy, lekin
g‘ayritabiiy kuch yotadi va uning o‘z-o‘zidan harakatiga turtki beradi, deb qaralgan. Ayni vaqtda, o‘z-o‘zidan
harakat g‘oyasi barcha faylasuflar tomonidan yakdillik bilan qabul qilinmaganini ham qayd etib o‘tish lozim.
Parmenidning: «Borliq mavjud, yo‘qlik mavjud emas», degan mashhur tezisi barqarorlik, o‘zgarmaslik,
muayyanlikning mutlaqligini tan olishni anglatgan. Boshqacha aytganda, bunda o‘zining boshqa holatiga aylanish
sifatidagi o‘z-o‘zidan harakat g‘oyasiga o‘rin yo‘q bo‘lgan dunyo tan olingan. Keyinroq ta‘riflangan neoplatonik
Proklning tezisi uning muqobili sifatida amal qilgan. Prokl harakat, o‘z-o‘zidan harakat va harakatsizlikni farqlashni
taklif qildi. U «Mavjud hamma narsalar yo harakatsiz, yo harakatdadir, – degan. – Agar narsa harakatda bo‘lsa, u
o‘zi bilan o‘zi yoki boshqa narsa bilan harakatdadir. Agar u o‘zi bilan o‘zi harakatda bo‘lsa, o‘z-o‘zidan harakatda,
boshqa narsa bilan harakatda bo‘lsa – boshqacha harakatdadir. Binobarin, hamma narsalar yo harakatsiz, yo o‘z-
o‘zidan harakatda, yo boshqacha harakatda bo‘ladi»
34
.
SHunday qilib, o‘z-o‘zidan harakat g‘oyasi dunyoni tushunish kontseptsiyalari maydonida bir necha muqobil
yondashuvlar bilan birga amal qiladi. Butun borliqning to‘xtovsiz harakati haqidagi tezis o‘z-o‘zidan harakat
g‘oyasining «sherik-raqiblari»dir. «Qarama-qarshiliklar birligi» sifatidagi rivojlanishdan farqli o‘laroq, rivojlanishga
«kamayish va ko‘payish sifatida, takrorlanish sifatida» qarovchi yondashuv ikkinchi muqobilga aylandi. Birinchi
muqobil metafizik, ikkinchisi – dialektik kontseptsiya deb nomlandi va u mutlaqlashtiriladi. Sobiq sovet davri
falsafasida bunday mutlaqlashtirish quyidagicha izohlangan: «Harakatning birinchi kontseptsiyasida o‘z-o‘zidan
harakat, uning harakatlantiruvchi kuchi, manbai va sababi panada qoladi. Ikkinchi kontseptsiyada asosiy e‘tibor
aynan «o‘z-o‘zi»dan harakat manbaini bilishga qaratiladi. Birinchi kontseptsiya jonsiz, bo‘sh, yuzaki. Ikkinchisi –
hayotiy. Faqat ikkinchi kontseptsiya «butun borliq»ning o‘z-o‘zidan harakatini tushunib etish, «sakrashlar»,
«tadrijiylikning uzilishi», «qarama-qarshilikka aylanish», «eskining yo‘q bo‘lishi va yangining vujudga kelishi»
mohiyatini anglash imkonini beradi»
35
. Aslida bu qarashlarni falsafiy tafakkur rivojida qo‘lga kiritilgan
yondashuvlar sifatida tushunish ma‘qul.
Abadiy harakat, o‟zgarish va harakatsizlikning o‟zaro nisbati. Falsafada harakat nafaqat turli
jismlarning makonda mexanik siljishi sifatida, balki tabiiy jarayonlar va hodisalar holatlarining har qanday
o‘zgarishi sifatida ham tushuniladi. Kengayib borayotgan Metagalaktika ham, o‘zaro ta‘sirga kirishayotgan
elementar zarralar ham, ko‘payayotgan, moddalar almashinuvini amalga oshirayotgan tirik hujayralar ham, ijtimoiy
jarayonlar va hokazolar, shu jumladan fikrlash faoliyati jarayonlari ham harakatda bo‘ladi.
Agar biz biron-bir tabiiy ob‘ekt yoki hodisani ularning tabiiy holatida anglab yetmoqchi bo‘lsak, «harakat»
tushunchasini chetlab o‘tishimiz mumkin emas. Bir qarashda, oddiy ong nuqtayi nazaridan bu noto‘g‘ri, zero, Alp
tog‘lari yoki Misr ehromlarini kuzatar ekanmiz, biz ular abadiy harakatsizlik holatida ekanligining guvohi bo‘lamiz.
Ammo bu harakatsizlik nisbiydir. Umuman olganda, butun Koinot ulkan aylanma harakat holatida bo‘lib, bu yerda
34
Prоkl // Vsеmirnaya ensiklоpеdiya. –M.: Sоvrеmеnniy litеratоr, 2001.-S.236.
35
Чумаков А.Н. Буччило Е. Философия. -М.: Современний литератор, 2007.-С.54
bizning sayyoramiz Quyosh atrofida, u bilan birga – bizning galaktikamiz markazi atrofida, u bilan birga esa –
galakatik sistema markazi atrofida aylanadigan kichik bir zarradir.
Harakatsizlik holatidagi narsalar strukturasi ham tinimsiz o‘zgarish jarayonini boshdan kechiradi, chunki
uzluksiz harakatda bo‘lgan elementar zarralardan tashkil to‘adi. Temperatura o‘zgarishlari, kimyoviy tarkib
o‘zgarishlari va shu kabilar bunday harakatning tashqi ko‘rinishlari hisoblanadi. SHuningdek, atomlar va
molekulalar ham Koinotda yuz bergan evolutsiya jarayonlari mahsulidir. Ular bizning Metagalaktikamiz
mavjudligiga zamin hozirlagan Katta portlashdan keyingina vujudga kelgan. Buning ustiga hozirgi zamon
geografiyasi qit‘alar bir-biriga nisbatan siljishini isbotladi. Ular ajralgan muz bo‘laklari kabi Yerning qaynoq
magmasi bo‘ylab yiliga bir necha santimetr tezlikda harakatlanadi.
SHunday qilib, harakat abadiy va yo‘q bo‘lmas, materiyadan ajralmas va mutlaqdir. Harakatsizlik esa nisbiy
bo‘lib, o‘tkinchi xususiyatga ega. Harakat shuning uchun ham mutlaqki, u umumiy ahamiyat kasb etadi va
(harakatsizlikdan farqli o‘laroq) biron-bir tashqi omilga bog‘liq bo‘lmaydi. Oqilonalik nuqtayi nazardan u boqiydir,
chunki dunyoda uning boshi ham, oxiri ham ko‘rinmaydi va zamirida kamida ikki kuch – tortish va itarish yotuvchi
har qanday borliqning o‘z-o‘zidan harakati sifatida amalga oshadi.
Harakatning tiplari va shakllari. Harakat shakllarini tasniflashda qaysi tamoyillarga rioya qilinishiga qarab
bunday shakllarning har xil miqdori farqlanadi. Masalan, XIX asrda materiya tashkil topishining turli darajalariga
asoslanib, materiya harakatining besh asosiy shakli: mexanik, fizik, kimyoviy, biologik va ijtimoiy harakat qayd
etgan.
Harakatning mazkur shakllari bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bunda har bir keyingi harakat o‘zidan oldingi
harakatdan kelib chiqadi, unga asoslanadi, biroq, shunga qaramay, quyi shakl bilan bog‘lanmaydi. Harakatning
murakkab shakllarini soddaroq shakllarga bunday bog‘lashga urinishlar falsafa tarixida «mexanitsizm»,
«reduktsionizm» (lot. reductio – ortga surish) degan nom olgan, harakat ijtimoiy shakllarini biologik shakllar
darajasigacha soddalashtirish biologizatorlik kontseptsiyalarida mavjud.
Dunyoning kelib chiqishi va rivojlanishi haqidagi hozirgi tasavvurlar nuqtayi nazaridan ko‘rsatilgan shakllar
harakatning mavjud va taxmin qilingan usullarining butun rang-barangligini aks ettirmaydi. Xususan, elementar
zarralarning o‘zgarish jarayonlari, XIX asrda noma‘lum bo‘lgan mikro- va makrodunyo darajasidagi boshqa
o‘zgarishlar materiya harakati mexanik, fizik va kimyoviy shakllarining o‘zaro nisbatiga doir masalani endi
yangidan qo‘ymoqda. Bu yerda mexanik shakl endi barcha fizik jarayonlar negizi sifatida qaralmaydi. Endilikda
biologik harakatning elementar zarralari, ilgari taxmin qilinganidek, oqsilli molekulalar emas, balki XX asrda kashf
etilgan DNK va RNK hisoblanadi. Ayrim olimlar yer po‘sti hamda Yer ostida yuz berayotgan jarayonlar haqidagi
hozirgi tasavvurlarga asoslanib harakatning geologik shaklini farqlamoqdalar.
XIX asr oxirlarida materiyaning harakat shakllari tasnifi ishlab chiqilayotganida, ilmiy davralarda fanlarni
tasniflashga nisbatan kontcha yondashuv shakllangan edi. pozitivizm asoschisi O.Kont har bir fan predmet ini
materiya harakatining alohida shakli tashkil etishi, turli fanlarning ob‘ektlari esa bir-biridan keskin farq qilishiga
ishonchi komil edi (mexanika, fizika, kimyo, biologiya, sotsiologiya va hokazo). Mazkur muvofiqlik fanlarni
muvofiqlashtirish tamoyili deb nomlandi. Bunda turli fanlar o‘rganadigan ob‘ektlar bir-biri bilan qanday
bog‘langanligi va bir-biriga o‘tishiga e‘tibor berildi. Quyidan oliyga, oddiydan murakkabga sari yuksalib boradigan
harakatlanuvchi materiyaning progressiv rivojlanish jarayonini aks ettirish g‘oyasi tug‘ildi. Mexanika fizika bilan
bog‘lanishi va unga o‘tishi, fizika kimyoga, kimyo biologiya va ijtimoiy fanlarga o‘tishini nazarda tutuvchi
yondashuv (mexanika
fizika
kimyo
biologiya
ijtimoiy fanlar) subordinatsiya tamoyili deb nomlanadi.
Darhaqiqat, qaerga nazar tashlamaylik, biz harakatning boshqa shakllariga mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan biron-bir
harakat shaklini to‘a olmaymiz, hamma joyda bir harakat shaklining boshqa harakat shakliga aylanish
jarayonlarigina mavjud. Materiya harakat shakllarining o‘zaro ta‘siri va bir-biriga aylanishi uzluksiz-uzlukli
jarayonida mavjud bo‘ladi.
O‘sha davrda noorganika sohasiga nisbatan tatbiq etilgan (mexanik, fizik, kimyoviy) «energiya» tushunchasi
fandan mustahkam o‘rin olgan edi. Ammo vaqt o‘tishi bilan jonli va jonsiz tabiat o‘rtasida aniq chegara bo‘lishi
mumkin emasligi ayon bo‘ldi. O‘tuvchi shakl va jonli ziddiyat - virus buning yorqin dalili bo‘ldi. U organik muhitga
tushgach, o‘zini xuddi tirik jism sifatida tuta boshlaydi. Holbuki, noorganik muhitda virus o‘zini bunday namoyon
etmaydi. XIX asrda materiyaning bir harakat shakli boshqa harakat shakliga o‘tishi olimlar tomonidan bashorat
qilingan, deb aytish mumkin, chunki bu davrgacha mexanik va issiqlik shakllari o‘rtasidagi o‘tishlargina o‘rganilgan
edi. Tez orada buyuk kashfiyotlar aynan fanlar tutashgan joyda, chegaradosh sohalarda yuz berishi haqidagi taxmin
ham diqqatga sazovor bo‘ldi. Ba‘zi faylasuflar tomonidan tabiat va jamiyatni bog‘lovchi shunday chegaradosh
sohalardan biri o‘rganilib, antro‘osotsiogenezning mehnat bilan bog‘liq nazariyasi taklif qilindi. O‘z vaqtida Darvin
inson va maymunni anatomik jihatdan qiyosiy o‘rganish asosida insonning sof hayvoniy nasl-nasabi haqidagi
xulosaga kelgan edi. Boshqalar esa ijtimoiy omillar roliga, xususan, inson va kishilik jamiyatining shakllanishi –
antro‘osotsiogenez jarayonida mehnatning alohida roliga baho berdilar. Bu asosda materiyaning harakat shakllarini
tasniflashning quyidagi tamoyillari ishlab chiqilgan;
- materiya harakatining har bir shakli muayyan moddiy tashuvchi bilan bog‘liq bo‘lishi lozim;
- materiyaning harakat shakllari sifat jihatidan turlicha va o‘zaro bog‘lanmaydi;
- tegishli shart-sharoitlarda ular bir-biriga aylanadi;
- materiyaning harakat shakllari murakkablik darajasiga ko‘ra farq qiladi, oliy shakl quyi shakllar sintezi
sifatida tushuniladi. Bunda oliy shakllarning quyi shakllardan uzoqlashishiga ham, oliy shakllarning quyi shakllarga
mexanik bog‘lanishiga ham yo‘l qo‘ymaslik muhimdir;
- moddiy tizimlarning har bir turida bosh, oliy va ikkinchi darajali va quyi shakllar farqlanishi lozim;
- materiya harakat shakllarining tasnifi fanlar tasnifining negizi hisoblanadi.
Materiya harakat shakllarining tasnifi: materiya harakatining mexanik shaklini boshqa har qanday shaklga
kiruvchi eng sodda shakl sifatida;
- fizika o‘rganuvchi issiqlik, yorug‘lik, elektr kuchini;
- kimyoviy jarayonlarni;
- organik hayotni qamrab oladi. Ular tabiatdagi asosiy shakllar hisoblanadi. Ulardan yuqorida ijtimoiy-tarixiy
jarayon, materiya harakatining ijtimoiy shakli, shuningdek, fikrlash jarayonlari turadi.
Materiya harakati asosiy shakllarining keltirilgan tasnifi fan tabiat rivojlanishining teran aloqalarini endigina
aniqlay boshlagan XIX asrning saksoninchi yillarida yaratilgan edi. O‘sha davrda hali ko‘p narsa noma‘lum, ko‘p
narsalarni aniqlash lozim edi
Makon va vaqt - borliqning fundamental shakllari. Bizni qurshagan dunyo mazmuni, borliqning
umumiy xossasi bo‘lgan borliq haqida so‘z yuritar ekanmiz, makon va vaqt tushunchalarini chetlab o‘tishimiz
mumkin emas. Zero, har qanday jism, narsa, hodisa doim borliqning boshqa predmetlari va hodisalari bilan yonma-
yon keladi, ko‘lamlilik xususiyatiga ega bo‘ladi. SHuningdek ular o‘z ichki va tashqi holatlarini bir-biriga nisbatan
o‘zgartiradi va bu turli hollarda har xil tezlik, marom, sur‘at va davomlilik bilan yuz beradi. Alohida holda ayrim
yagona deb qaraladigan bu ko‘rsatkichlar majmui bizga vaqt haqida tasavvur beradi. Makon va vaqt o‘z rang-
barangligida cheksiz borliqning shakllari sifatida amal qiladi.
Falsafa tarixida makon va vaqtga substantsional va relyatsion yondashuvlar. Makon va vaqt mohiyati
haqida odamlar o‘z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq fikr yuritganlar va o‘tmishning aksariyat
mutafakkirlari ularning tabiatini aniqlashga harakat qilganlar. Bu avvalo inson amaliyoti va bilishining rivojlanishi
bilan bog‘liq bo‘lgan. Zero ular kengayib va takomillashib, mazkur kategoriyalarni yanada aniqroq va teranroq
tushunishni talab qilgan. Xususan, antik davrdayoq falsafadan ko‘lamli shakllar va ularni o‘lchash usullari haqidagi
fan sifatida ajralib chiqqan geometriya ilk aniq fanlardan biriga aylandi. Vaqtga astronomik kuzatishlar hamda
koinotning boqiyligi va inson hayotining tezoqarligi haqidagi mulohazalar nuqtayi nazaridan ham alohida e‘tibor
qaratilgan. Keyinchalik «makon» va «vaqt» kategoriyalariga qiziqish hech qachon susaymagan. Ular bilan bog‘liq
ko‘p sonli masalalar yuzaga kelgan. Ularning eng muhimlaridan biri quyidagicha yangraydi: makon va vaqt
mustaqil mohiyatlarmi yoki ular faqat nimagadir bog‘liq holda keladimi? Shu munosabat bilan falsafa tarixida
shakllangan ikki muhim va bir-biridan butunlay farq qiladigan yo‘nalish – substantsional va relyatsion
yo‘nalishlarni farqlash mumkin.
Substantsional yo’nalishda makon va vaqt materiya va ongga bog’liq bo’lmagan mustaqil mohiyatlar
sifatida qaralgan. Substantsional kontseptsiya asoschilari Demokrit (makon muammosi bo‘yicha) va Platon (vaqtga
nisbatan yondashuvlarda) makon va vaqtni materiyaga ham, bir-biriga ham bog‘liq bo‘lmagan mustaqil mohiyatlar
sifatida talqin qilganlar. Demokrit atomlar harakatlanuvchi bo‘shliq amalda mavjudligi haqidagi yondashuvni ilgari
surgan. Uning fikricha, bo‘shliqsiz atomlar harakatlanish imkoniyatidan mahrumdir. Demokrit va Epikur makonni
atomlardan iborat joy deb tasavvur qilgan va uni bo‘shliq bilan tenglashtirgan. Makon mutlaq, bir jinsli va
harakatsiz bo‘ladi, vaqt esa bir tekis oqadi deb hisoblangan. Demokrit, Epikur va Lukretsiy Kar ta‘limotiga ko‘ra,
makon ob‘ektiv, bir xil va cheksiz. U atomlar joylashadigan joy. Vaqt (zamon)ni abadiyat bilan tenglashtirish
mumkin –u o‘tmishdan kelajak sari bir maromda kechuvchi sof davomlilikdan iborat. Vaqt - voqealar yuz beruvchi
joy. Qadimgi yunon faylasuflari materiya, harakat, makon va vaqtni mustaqil substantsiyalarga ajratuvchi bu
g‘oyalar keyinchalik Nyuton klassik mexanikasida rivojlantirildi. XVIII-XIX asrlarda substantsional kontseptsiya –
mutlaq makon va vaqt kontseptsiyasi falsafada tabiatshunoslikda yetakchilik qildi. Bu o‘z mohiyatiga ko‘ra
metafizik kontseptsiya edi, chunki u harakatlanuvchi materiya, makon va vaqtning aloqadorligini e‘tiborga olmas
edi. Mazkur kontseptsiyaga ko‘ra, materiyadan tashqarida sof makon yoki moddiy jarayonlar bilan mutlaqo bog‘liq
bo‘lmagan vaqt mavjud bo‘lishi mumkin edi. SHunga qaramay, makon va vaqt haqidagi bu tasavvurlar muayyan
empirik asosdan xoli emas edi. Odatdagi tajriba va past tezliklar sohasida, makrodunyoda (makrodunyo esa inson
yashaydigan asosiy muhitdir) makon, vaqt va harakatlanayotgan narsa o‘rtasida bevosita aloqa kuzatilmaydi. Ob‘ekt
muayyan joydan uzoqlashishi mumkin, lekin buning natijasida makon o‘zgarmaydi va yo‘qolmaydi. Vaqt ham
shunday tushuniladi, u ob‘ektlarga bog‘liq emas. SHuning uchun ham bunday yondashuvlar saqlanib qolgan,
ayniqsa, tabiatshunoslik mikrodunyoni o‘rganishga hali yaqinlashmagan sharoitda keng tarqalgan.
Ammo dialektik tafakkur sohibi bo‘lgan F.Gegel bunday yondashuvlarni qat‘iy inkor etgan. U makon
mustaqil bo‘lishi mumkin emasligini qayd etgan, vaqt haqida esa shunday degan: «hamma narsa vaqtda yuzaga
kelmaydi va yuz bermaydi, balki vaqtning o‘zi shu shakllanish, yuzaga kelish va yuz berishdir»
36
va bu e‘tirozlarida
F.Gegel haq edi. Umuman, Gegelning ob‘ektiv idealizmida makon va vaqtga e‘tibor qaratmagan, chunki u vaqtdan
tashqari, boqiy, «sof mantiqiy» xususiyatga ega bo‘lgan bilimlarning mutlaq tizimini yaratishga harakat qilgan.
Relyatsion (lot. relativus – nisbiy) yo’nalish makon va vaqtni mustaqil mohiyatlar sifatida emas, balki real
dunyo ob’ektlari va jarayonlari o’rtasidagi alohida munosabatlar sifatida tushunish bilan bog’lanadi. «Vaqt
nima?», degan savolga javob berar ekan, Aristotel shunday mulohaza yuritadi: harakatda ham, vaqtda ham doim
muayyan «oldin» va undan farq qiluvchi «keyin» mavjud. Aynan harakat tufayli biz har xil, o‘zaro mos
kelmaydigan «hozir»ni farqlaymiz. Vaqt shu «hozir»ning ketma-ketligi, ularning almashuvi, sanog‘i, hisobi,
36
Гегел Г. Наука логика. -М.: Наука, 1994. –С.161
«oldingi va keyingiga bog‘langan harakatlar soni»dir
37
. Aristotelda makon harakatsiz yulduzlar sohasi bilan
cheklangan, ularning ortida – makon va vaqtdan tashqarida yotuvchi va hamma narsani harakatga keltiruvchi boqiy,
harakatsiz, ilohiy osmon joylashgan.
Mazkur nuqtayi nazardan ko‘rsatilgan munosabatlar doirasidan tashqarida makon va vaqt mavjud bo‘lmaydi.
Bu yo‘nalishning atoqli namoyandasi G.Leybnits (1646-1716) hisoblanadi.
Makon va vaqt talqinidagi bu ikki tendentsiya, ya‘ni makon va vaqt borliqning mustaqil, ob‘ektiv hamda
moddiy mazmunga bog‘liq bo‘lmagan asoslari sifatida yoki harakatlanuvchi materiyaning ajralmas qismi sifatida
talqin qilish keyinchalik o‘z rivojini to‘di. Birinchi substantsional kontseptsiya ayrim o‘zgarishlar bilan yigirma
asrdan ko‘proq davr amal qildi. Nyutonning materiya joylashadigan harakatsiz, uzluksiz va bir xil uch o‘lchovli joy
sifatidagi makon to‘g‘risidagi fikri o‘z mohiyatiga ko‘ra, Demokritning makon haqidagi g‘oyalari bilan bir edi.
Nyuton kontseptsiyasiga ko‘ra, makon absolyut bo‘lib, cheksiz ko‘lamga ega. SHuning uchun u o‘zida barcha
materiyani sig‘dira oladi va turli jarayonlarga bog‘liq emas. Ushbu kontseptsiyaga ko‘ra, vaqt ham absolyut bo‘lib,
turli o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lmagan holda kechadigan teng davriylikdir. Unda barcha narsalar paydova yo‘q
bo‘lib turadi. Muxtasar qilib aytganda, Nyuton makon va vaqt bir-biridan ajralgan va materiya bilan harakatga
bog‘liq bo‘lmagan mustaqil narsa, deb tushungan.
Dostları ilə paylaş: |