Andijon mashinasozlik instituti



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/58
tarix24.05.2020
ölçüsü3,89 Mb.
#31471
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58
falsafa

Analogiya 
Analogiya (grek. – moslik, o‘xshashlik) bavosita xulosa chiqarishning bir turidir. deduktiv xulosa chiqarishda 
fikr  umumiylikdan  juz‘iylikka  qarab,  indukstiyada  juz‘iylikdan  umumiylikka  qarab  harakatlansa,  analogiyada  bir 
juz‘iy holatdan boshqa juz‘iy holatga qarab harakatlanadi. 
Analogiyada predmetlarning o‘xshash xossalariga asoslanib xulosa chiqariladi. Tabiat va jamiyatda ob‘ektiv 
turli-tumanlik  bilan  bir  qatorda,  ob‘ektiv  o‘xshashlik  ham  mavjuddir.  Ular  inson  ongida  o‘z  ifodasini  topadi. 
Ob‘ektiv  reallikning  turli  sohalariga  oid  qonun  va  qoidalar  tuzilishi  jihatidan  o‘xshash  bo‘lsa,  ular  aks  ettirgan 
voqelikdagi turli narsa va hodisalar ham ma‘lum ma‘noda o‘xshash bo‘ladi. 
Analogiya bo‘yicha  xulosa chiqarish ob‘ektiv reallikning cheksiz  ko‘rinishlari hamda  unda  mavjud bo‘lgan 
turli  sistemalarning  xossalari,  munosabatlari,  tarkiblaridagi  o‘xshashliklarga  asoslanadi.  Masalan,  sayyoralar, 
davlatlar, ijtimoiy tuzumlar mohiyatida o‘xshashlik bor. Bilishda muhim va nomuhim xossalar o‘xshashligi asosida 
analogiya bo‘yicha xulosa chiqariladi. 
Analogiya vositasida bir predmetdan (modeldan) boshqa predmetga (prototipga) axborot o‘tkaziladi. Xulosa 
asoslari  modelga,  xulosa  prototipga  taalluqli  bo‘ladi.  Masalan,  qadimgi  greklarning  «Dedal  va  Ikar»  afsonasida 

aytilishicha, ota va bola qullikdan ozod bo‘lish uchun o‘zlariga qanot yasashadi va uchib ketishadi. Bunda xulosa 
chiqarish quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: 
Qush tirik mavjudot, uning qanoti bor, u uchadi. 
Inson ham tirik mavjudot, uning qanoti yo‘q, u uchmaydi. 
Insonning ham qanoti bo‘lsa, u, ehtimol, uchadi. 
Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish boshqa xulosa chiqarishlar kabi asoslardan, xulosadan va asoslar hamda 
xulosa o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan iboratdir. Uning xulosasi ehtimoliy shaklda bo‘lib, keyingi tekshirishlarni talab 
qiladi.  Aniq asoslardan ba‘zan aniq, ba‘zan ehtimoliy xulosa chiqadi. 
Analogiya  o‘zining  ob‘ektiv  asosiga  ega.  Bular  predmetlar,  ularning  xossalari  o‘rtasidagi  aloqalar  va 
munosabatlardir. 
Xususiyatlar va munosabatlar analogiyasi 
Modeldan  prototipga  o‘tkazilayotgan  axborotning  tabiatiga  ko‘ra  analogiyaning  ikki  turi  farqlanadi: 
xususiyatlar analogiyasi va munosabatlar analogiyasi. 
Xususiyatlar  analogiyasida  ikki  yakka  predmet  yoki  bir  turdagi  ikki  predmetlar  sinfi  o‘xshash  belgilariga 
ko‘ra o‘zaro taqqoslanadi. O‘xshash belgilarga asoslanib, birida mavjud bo‘lgan belgining boshqasida ham bo‘lishi 
mumkinligi haqida  xulosa  chiqariladi.  Masalan, Yer va  Quyosh qator  muhim  xossalariga  ko‘ra  o‘xshashdir,  ya‘ni 
ular bir sayyoralar tizimiga kiruvchi osmon jismlaridir, ikkisi ham harakatda, kimyoviy tarkibi ham o‘xshash. Ana 
shu  o‘xshashliklarga  asoslanib  olimlar  Quyoshda  topilgan  Yangi  element  –  geliy  Yerda  ham  bo‘lsa  kerak,  degan 
xulosaga kelganlar. Analogiya yo‘li bilan chiqarilgan bu xulosaning chinligi ko‘p o‘tmay tasdiqlandi  – Yerda ham 
geliy elementi topildi. 
Bu  misolda  ikki  predmetning  o‘xshashligiga  asoslanib,  birida  mavjud  bo‘lgan  belgining  boshqasida  ham 
borligi haqida xulosa chiqarildi. O‘xshatilayotgan predmetlarni A va V harflari bilan, belgilarni a, v, s harflari bilan 
ifoda qilsak, xususiyatlar analogiyasini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin: 
A predmet a, v, s, d belgilarga ega. 
V predmet a, v, s belgilarga ega. 
Ehtimol, V  predmet d belgiga egadir. 
Bu  analogiya  bo‘yicha  xulosa  chiqarishning  keng  tarqalgan  shaklidir.  Unda  bir  predmet  haqidagi  bilim 
shunga o‘xshash boshqa predmet haqidagi bilimdan xulosa shaklida keltirib chiqariladi. 
Munosabatlar  analogiyasida  ikki  yakka  predmet  yoki  bir  turdagi  ikki  predmetlar  sinfi  o‘rtasidagi 
munosabatlarning o‘xshashligiga asoslaniladi. Ikki turdagi (a R b) va (m R1 n) munosabatlarni taqqoslasak, a m ga, 
b n ga o‘xshash emas, lekin ular o‘rtasidagi R-R1  munosabatlarning o‘xshashligi bizga xulosa chiqarish imkonini 
beradi. Masalan, I. Kepler planetalar harakatining qonunini ochganda, samoviy jismlarning o‘zaro tortishish kuchini 
insonlar o‘rtasidagi muhabbatga taqqoslaydi, shu asosda astronomiyaga tortishish kuchi tushunchasini kiritadi.  
Munosabatlar analogiyasida ikki predmetlar o‘xshashligi haqida emas, ikki predmet o‘rtasidagi munosabatni 
o‘rganish asosida boshqa ikki predmet o‘rtasidagi munosabat haqida xulosa chiqariladi. 
Analogiyani turlarga ajratganda xulosaning aniqlik darajasiga ham e‘tibor beriladi. SHu jihatdan analogiyani 
qat‘iy (aniq), qat‘iy bo‘lmagan, noaniq va  xato analogiyaga ajratamiz. Qat‘iy analogiyaning o‘ziga  xos xususiyati 
shundaki,  ko‘chirilayotgan  va  o‘xshatilayotgan  belgilar  o‘rtasidagi  aloqa  zaruriy  bo‘ladi.  Aniq  fanlarda, 
modellashtirishda fikr qat‘iy analogiya shaklida yuritiladi. 
Qat‘iy bo‘lmagan analogiyada o‘xshash bo‘lgan va ko‘chirilayotgan belgi o‘rtasidagi zaruriy aloqa ehtimollik 
darajasiga  ega  bo‘ladi.  Ijtimoiy,  tarixiy  voqealarni  o‘rganishda  va  aniq,  tabiiy  fanlarda  ilmiy  tadqiqot  ishlari  olib 
borilganda  fikr  yuritish  qat‘iy  bo‘lmagan  analogiya  tarzida  bo‘ladi.  Masalan,  nemis  olimi  SHpenglerning 
ta‘kidlashicha, jamiyat ham tirik organizmlar kabi to‘rtta rivojlanish bosqichini bosib o‘tadi. Bular: paydo bo‘lish, 
rivojlanish, yetuklik davri va yemirilish davri. 
Agar yolg‘on hukmni 0  bilan, chin hukmni 1  bilan, xulosaning ehtimollik darajasini R (a) bilan belgilasak, 
qat‘iy analogiyada R (a)=1; qat‘iy bo‘lmagan analogiyada 1>R (a)>0  bo‘ladi. 
Analogiya bo‘yicha chiqariladigan xulosaning aniqlik darajasini oshirish uchun, ya‘ni xulosaning chin bo‘lish 
ehtimolini oshirish uchun ma‘lum shartlarga rioya qilish zarur. Bular quyidagilardan iborat: 
1. Taqqoslanayotgan  predmetlarning  imkoni  boricha  ko‘proq  o‘xshash  belgilari  aniqlanishi  lozim.  SHunda 
xulosaning chinlik darajasi, chin xulosa chiqarish imkoni ortadi. 
2. Taqqoslanayotgan  predmetlarning  o‘xshash  belgilari  predmetlar  uchun  muhim  belgilar  bo‘lishi  kerak. 
SHunda xulosa chin fikrga yaqinlashadi. 
3. Taqqoslanayotgan  predmetlarning  ko‘chirilayotgan  belgisi  bilan  boshqa  belgilari  zaruriy  aloqada  bo‘lishi 
kerak. SHunda xulosaning ishonarli, aniq bo‘lish shartlari bajarilgan bo‘ladi. 
4. Taqqoslanayotgan predmetlarning ko‘chirilayotgan belgisi bilan o‘xshash belgilari bir turda bo‘lishi kerak. 
5. Taqqoslanayotgan predmetlarning farq qiluvchi belgilarining miqdori kam bo‘lishi va bu belgilar zaruriy, 
muhim  bo‘lmasligi  shart.  Agar  predmetlar  muhim,  zaruriy  belgilari  bilan  bir-biridan  farq  qilsa,  analogiyaning 
xulosasi xato bo‘ladi. 
YUqoridagi qoidalarning buzilishi yolg‘on analogiyaga, ya‘ni xulosaning xato bo‘lishiga sabab bo‘ladi.  
Analogiya  modellashtirish  metodining  mantiqiy  asosini  tashkil  etadi.  Modellashtirishda  (konkret  yoki 
abstrakt) ob‘ektlar modellarda, ya‘ni shartli obrazlar, shakllar, ob‘ektning kichraytirilgan nusxalarida tadqiq etiladi. 
Ma‘lum sabablarga ko‘ra tekshirilayotgan ob‘ektni tabiiy sharoitlarda o‘rganish qiyin bo‘lganda yoki mumkin 
bo‘lmaganda modellashtirishdan foydalaniladi. Bu o‘z navbatida bilish jarayonini yengillashtiradi. 

Modellarni uch turga bo‘lish mumkin: 
1. Tabiiy modellar – o‘rganilayotgan ob‘ekt bilan bir turda bo‘ladi va undan faqat o‘lchamlari, jarayonlarining 
tezligi va ba‘zi hollarda yasalgan materiali bilan farq qiladi. 
2. Matematik modellar – prototip (asl nusxa)dan jismoniy tuzilishi bilan farq qiladi, lekin prototip bilan bir xil 
matematik tasvirga ega bo‘ladi. 
3. Mantiqiy matematik modellar – belgilardan iborat bo‘lib, abstrakt model hisoblanadi va tafakkur jarayonini 
o‘rganishda qo‘llaniladi. 
Modellarning bu turlaridan alohida-alohida va birgalikda foydalaniladi. 
So‘nggi  vaqtlarda  modellashtirish  ko‘pincha  kompyuter  vositasida  amalga  oshirilmoqda.  Masalan,  Yangi 
avtomobilning  modeli  kompyuterda  yasalib,  uning  o‘lchamlari,  turli  afzalliklari  matematik  modellashtirish 
vositasida aniqlanadi. 
 
12-mavzu: Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari 
Reja: 
1. Isbotlash va rad etishning umumiy tavsifi, turlari.  
2. Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari: muammo, gipoteza, nazariya.  
3. Savol va javobning muhokama yuritishdagi ahamiyati.  
4. Mantiq ilmining nazariy va amaliy ahamiyati.  
 
Isbotlash  bir  hukmning  chinligini  u  bilan  bog‘langan  boshqa  chin  hukmlar  yordamida  asoslashdan  iborat 
bo‘lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argumentlar (asoslar), isbotlash usuli 
– demonstrastiya. 
Tezis – chinligi asoslanishi lozim bo‘lgan hukm, u isbotlashning markaziy figurasi hisoblanadi; butun diqqat-
e‘tibor uning chinligini  ko‘rsatishga  qaratiladi.  Tezis bir  mulohazaning o‘zidan,  yoki  mulohazalar tizimidan,  yoki 
teoremalardan,  yoki  aniq  faktlarni  umumlashtirish  natijalaridan,  yoki  hodisalarning  sababini  ko‘rsatuvchi 
mulohazalardan va shu kabilardan iborat bo‘ladi. 
Argumentlar  –  tezisning  chinligini  asoslash  uchun  keltirilgan  hukmlar.  Argumentlar  bo‘lib  faktlarni  qayd 
qiluvchi  hukmlar,  ta‘riflar,  aksiomalar,  teoremalar,  qonunlar  hamda  boshqa  empirik  va  nazariy  umumlashmalar 
xizmat  qiladi.  Argument  sifatida  keltirilgan  faktlar,  albatta,  o‘zaro  bog‘langan  va  tezisning  mohiyatiga  aloqador 
bo‘lishi lozim. 
Ta‘riflar ham chin hukmlar bo‘lib, ulardan argument sifatida foydalanish mumkin. Masalan, «Harakat  – bu 
har qanday o‘zgarishdan iborat», degan ta‘rif chin hukmdir. 
Aksiomalar  chinligi  o‘z-o‘zidan  ravshan  bo‘lgan,  isbotlashni  talab  qilmaydigan  fikrlardir.  Inson  tajribasida 
ko‘p martalab takrorlanganligi uchun ham ularni isbotlash zarur emas. 
Teoremalar  va  qonunlarning  chinligi  isbotlangan  bo‘ladi,  ularni  hech  ikkilanmasdan  argument  qilib  olish 
mumkin. 
Isbotlash  usuli  –  demonstrastiya  tezis  bilan  argumentlar  o‘rtasidagi  mantiqiy  aloqadan  iborat.  U  xulosa 
chiqarish shaklida bo‘ladi, ya‘ni tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqan keltirib chiqariladi. 
Isbotlashning ikki turi mavjud: bevosita isbotlash, bavosita isbotlash. Bevosita isbotlashda tezisning chinligi 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri  argumentlar  bilan  asoslanadi,  unda  tezisga  zid  bo‘lgan  hukmlardan  foydalanilmaydi.  Tezis  ko‘p 
hollarda  yakka  hodisani ifoda qilib keladi va  ma‘lum bir umumiy bilimdan, masalan, qonundan argument sifatida 
foydalanilib,  uning  chinligi  asoslanadi.  Masalan,  «O‘zbekiston  –  mustaqil  davlatdir»,  degan  hukm  (tezis)ning 
chinligi «O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e‘lon qilinishi, uning xalqaro miqyosda e‘tirof etilishi» kabi asoslar 
yordamida isbotlanadi. 
Bavosita  isbotlashda  esa  tezisning  chinligi  unga  zid  bo‘lgan  hukmning  (antitezisning)  xatoligini  ko‘rsatish 
orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bo‘lishiga qarab apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash 
farq  qilinadi.  Apagogik  isbotlashda  tezis  (a)  va  antitezis  (

a
)  o‘rtasidagi  munosabatga  asoslaniladi.  Masalan, 
«Materiya  harakatsiz  mavjud  emas»,  degan  hukmning  chinligini  asoslash  uchun  unga  zid  bo‘lgan  «Materiya 
harakatsiz mavjud», degan hukm olinadi. 
Apagogik  isbotlashda  antitezis  topilib  (1-bosqich),  vaqtincha  chin  deb  qabul  qilinadi  va  undan  ma‘lum  bir 
natijalar  keltirib  chiqariladi  (2-bosqich),  so‘ngra  bu  natijalarning  xatoligi  ko‘rsatiladi  (3-bosqich)  va  demak, 
tezisning  chinligi  isbotlanadi.  Masalan,  «Materiya  harakatsiz  mavjud»,  degan  hukm  chin  bo‘lsa,  «Moddiy 
predmetlar strukturasiz mavjud», degan fikr (antitezisdan kelib chiqqan natija) ham chin bo‘ladi. Bizga ma‘lumki, 
moddiy predmetlar tarkibsiz  (uni tashkil qiluvchi elementlar va  ularning o‘zaro aloqasisiz) mavjud emas.  Demak, 
«Materiya  harakatsiz  mavjud»,  degan  fikr  xato,  shu  tariqa  «Materiya  harakatsiz  mavjud  emas»,  degan  fikrning 
chinligi asoslanadi. 
Ayiruvchi  isbotlashda  tezis  sof  ayiruvchi  hukmning  (kuchli  diz‘yunkstiyaning)  bir  a‘zosi  bo‘lib,  uning 
chinligi boshqa a‘zolarining (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish orqali asoslanadi. Masalan, ―Jinoyatni yo A, yo V, 
yo  S  shaxslar  sodir  etgan»,  degan  fikr  tekshirilib,  «Jinoyatni  V  shaxs  ham,  S  shaxs  ham  sodir  etmagan‖ligi 
aniqlanadi  va  shu  tariqa  «Jinoyatni  A  shaxs  sodir  qilgan»,  degan  hukmning  chinligi  asoslanadi.  Bu  misolda 
ayiruvchi  isbotlash  ayiruvchi  –  qat‘iy  sillogizmning  inkor  etib,  tasdiqlovchi  modusi  bo‘yicha  qurilgan.Ayiruvchi 
isbotlashda barcha muqobil variantlar to‘liq olingandagina xulosa chin bo‘ladi,ya‘ni tezis isbotlanadi. 

Raddiya.  Rad etish usullari. 
Raddiya – isbotni buzishga qaratilgan mantiqiy amaldir. 
Birorta  fikrning  chinligini  rad  etish  ayni  paytda  unga  zid  bo‘lgan  fikrning  xatoligini  ko‘rsatishdan  iborat 
bo‘lganligi  uchun  raddiyani  isbotlashning  xususiy  ko‘rinishi,  deb  hisoblash  mumkin.  Raddiya  ham  isbotlash  kabi 
tezis  (rad  qilinishi  lozim  bo‘lgan  hukm),  argumentlar  (tezisni  rad  qiluvchi  hukmlar)  va  demonstrastiya  (rad  etish 
usuli)  dan  tashkil  topgan  bo‘ladi.  Raddiya  birorta  masalani  muhokama  qilish,  ya‘ni  bahs,  munozara  jarayonida 
uchraydi. Bahs qatnashchilaridan biri ma‘lum bir tezisni ilgari surib, uni himoya qilsa (proponent), boshqasi unga 
qarshi  chiqadi  (opponent).  Hal  qilinmagan,  Munozarali  masalalar  bo‘yicha  olib  boriladigan  bahslar  polemika 
hisoblanib, unda qarama-qarshi tezislar asoslanibgina qolmay, balki tanqidiy analiz ham qilinadi. 
Raddiya uch xil usul bilan amalga oshiriladi: 
I)  Tezisni rad etish
II) 
 Argumentlarni rad etish; 
III) 
 Demonstrastiyani rad etish. 
I. Tezisni rad etish. 
Tezisni rad etishning quyidagi usullari mavjud: 
1.Faktlar  orqali  rad  etish.  Bu  eng  ishonchli  va  samarali  usuldir.  Bunda  bo‘lib  o‘tgan  voqealarga,  statistik 
ma‘lumotlarga  asoslanib  tezis  rad  etiladi.  Masalan,  «Sovet  davrida  O‘zbekiston  to‘laqonli  mustaqil  respublika 
bo‘lgan»,  degan  tezisni  rad  etish,  ya‘ni  uning  noto‘g‘ri  ekanligini  isbotlash  uchun  tarixiy  faktlarga  asoslanamiz. 
O‘sha davrda respublika rahbariyati birorta muhim masalani Moskvaning ruxsatisiz hal qila olmaganligiga dalillar 
keltirib, tezisni rad etamiz. 
2.Tezisdan  kelib  chiqadigan  natijalarning  xatoligini  (yoki  ziddiyatli  ekanligini)  ko‘rsatish  orqali  rad  etish. 
Bunda  tezisdan  kelib  chiqadigan  natijalarning  chin  emasligi  asoslab  beriladi.  Bu  usul  «bema‘nilikka  olib  kelish», 
deb  ataladi.  Rad  etilayotgan  tezis  vaqtincha  chin  deb  tan  olinadi,  undan  kelib  chiqadigan  natijalar  aniqlanib,  bu 
natijalarning haqiqatga zid, noto‘g‘ri ekanligi isbotlanadi. CHin asosdan xato natija kelib chiqmaydi, aks holda bu 
bema‘nilik bo‘ladi. «Bema‘nilikka olib kelish» usulining formulasi quyidagicha(a→b)→((a→b)→a) 
3.Tezisni  antitezisni  isbotlash  orqali  rad  etish.  Rad  etilayotgan  tezisga  zid  bo‘lgan  Yangi  tezis  (antitezis) 
olinadi  va  isbotlanadi.  Uchinchisi  istisno  qonuniga  muvofiq,  antitezisning  chinligidan  tezisning  xatoligi  keltirib 
chiqariladi. Masalan, Prezidentimiz  I.A. Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» nomli maqolasida «Amir Temur 
buyuk  sarkarda  bo‘lgan  va  yovuzliklar  qilgan»,  degan  tezisni  shunday  rad  etadi:  «Inson  bir  paytning  o‘zida  ham 
bunyodkor, ham yovuz bo‘lishi mumkin emas. Ne-ne madrasayu masjidlar, oliy koshonalarni qurgan, ne-ne olimu 
fuzalolarning  boshini  silagan,  Qur‘oni  karimni  yod  bilgan  inson  yovuz  bo‘lmaydi.  Qonxo‘r  odam  «Kuch  – 
adolotda», deyishi mumkinmi?» 
II.Argumentlarni rad etish. 
Tezisni  isbotlash  uchun  opponent  tomonidan  keltirilgan  argumentlar  tanqid  qilinib,  ularning  xatoligi  yoki 
tezisni isbotlash uchun yetarli emasligi aniqlanadi. 
Argumentlarning xatoligi tezisning ham xato ekanligini isbotlamaydi, bunda tezis chin bo‘lishi ham mumkin: 
Argumentlarni rad etish orqali tezisning isbotlanmaganligi asoslab beriladi. 
III.Isbotlash usulini tanqid qilish orqali rad etish. 
Rad  etishning  bu  usulida  isbotlashda  yo‘l  qo‘yilgan  xatolar  aniqlanadi.  Bunda  rad  etilayotgan  tezisning 
chinligi uni asoslash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chiqmasligi asoslab beriladi. Isbotlash usulida 
yo‘l qo‘yilgan xato aniqlanganda tezis rad etilmaydi, uni qayta isbotlash talab qilinadi. 
Rad etishning yuqorida ko‘rsatilgan usullari ko‘pincha birgalikda, bir-birini to‘ldirgan holda qo‘llaniladi. 
Isbotlash va rad etish qoidalari, ularni buzganda kelib chiqadigan mantiqiy xatolar 
Tezisga aloqador qoidalar: 
1. Tezis  mantiqan  aniq  va  ravshan  bo‘lishi  kerak.  Bu  qoida  buzilsa,  isbotlash  yoki  rad  etish  o‘zining  aniq 
predmetiga ega bo‘lmay qoladi, uni amalga oshirishga urinish behuda ish hisoblanadi. 
2. Tezis  isbotlash  yoki  rad  etishning  boshidan  oxirigacha  o‘zgarmasligi  kerak.  Bu  qoida  buzilsa,  «tezisni 
almashtirish» degan xato kelib chiqadi. 
Argumentlarga nisbatan qoidalar: 
1. Tezisni asoslash uchun keltirilgan argumentlar chin hukmlar bo‘lishi va bir-biriga zid bo‘lmasligi lozim. 
2. Argumentlar tezisni asoslash uchun yetarli bo‘lishi kerak. 
3. Argumentlar tezisdan mustaqil holda chinligi isbotlangan hukmlar bo‘lishi lozim. 
Isbotlash usulining qoidasi: 
1. Tezis argumentlardan mantiqiy tarzda kelib chiqadigan xulosa bo‘lishi lozim. Buning uchun isbotlash yoki 
rad etishda xulosa chiqarish qoidalariga rioya qilish zarur. 
Isbotlash va rad etish qoidalarining buzilishi mantiqiy xatolarga olib keladi. Bu xatoliklar uch turga bo‘linadi: 
I. Isbotlanayotgan tezisga aloqador xatoliklar: 
1.Tezisni almashtirish. Tezis isbotlash yoki rad etish davomida o‘zgarmasligi shart, degan qoidaning buzilishi 
tezisning almashtirilishiga  sabab bo‘ladi.  Tezis ataylab  yoki bilmasdan boshqa  tezis bilan almashtiriladi va  bunda 
Yangi tezis  isbotlanadi  yoki rad etiladi. Tezis mazmunining toraytirilishi  yoki  kengaytirilishi ham bahs jarayonida 
tezisning  o‘zgarishiga  olib  keladi.  Masalan,  respublikamiz  taraqqiyoti  uchun  milliy  mafkura,  milliy  g‘oyaning 
ahamiyati  to‘g‘risidagi  tezisni  isbotlash  davomida  umuman  jamiyatga  mafkura  kerakmi  yoki  yo‘qmi,  degan 
masalani isbot etishga harakat qilinsa, unda tezisning mazmuni kengayib ketadi va tezis almashinadi. 

2.Insonning  shaxsiy  sifatini  bahona  qilib  tezisni  almashtirish.  Bahs  jarayonida  mavzudan  chetga  chiqib, 
opponentning shaxsiy, ijtimoiy hayoti, yaxshi fazilatlari yoki kamchiliklari xususida fikr yuritib, shu asosda tezisni 
isbotlangan  yoki  rad  etilgan,  deb  ta‘kidlash  tezisning  almashinishiga  sabab  bo‘ladi.  Bunday  xatoga  ataylab  yo‘l 
qo‘yiladi. Tinglovchilarning his-tuyg‘ulariga ta‘sir qilish orqali isbotlanmagan tezisning chin deb qabul qilinishiga 
urinish ham tezisni almashtirish hisoblanadi. 
3.Ortiqcha  yoki  kam  isbotlashga  urinish  natijasida  tezisning  almashinishi.  Fikr  ortiqcha  isbotlansa,  berilgan 
tezis  o‘rniga  undan  kuchliroq  tezisni  isbotlashga  harakat  qilinadi.  Agar  A  hodisadan  V  kelib  chiqsa,  lekin  V 
hodisadan  A kelib chiqmasa,  unda  A  hodisani ifodalovchi tezis V hodisani ifodalovchi tezisdan kuchliroq bo‘ladi. 
Masalan, «A shaxs birinchi bo‘lib janjalni boshlamagan» degan tezis (V) o‘rniga, «A shaxs umuman janjal bo‘lgan 
yerda  yo‘q  edi»  degan  tezisni  (A)  isbotlashga  harakat  qilinadi.  Ikkinchi  tezisni  isbotlab  bo‘lmaydi,  chunki  A 
shaxsning janjalda qatnashganligini ko‘rgan guvohlar bor. 
II. Argument (asos)larga taalluqli xatolar: 
1.Asoslarning  xatoligi.  Tezis  isbotlanganda  yoki  rad  etilganda  xato  argumentlarga  chin  deb  asoslanish 
natijasida  ataylab  yoki  bilmasdan  mantiqiy  xatoga  yo‘l  qo‘yiladi.  Masalan,  Qadimgi  grek  faylasufi  Fales  o‘z 
ta‘limotini hamma narsa suvdan paydo bo‘lgan, degan fikrga asoslanib yaratgan. 
2.Asoslarni  avvaldan  taxminlash  shaklidagi  xato.  Tezis  isbotlanmagan  argumentlarga  asoslansa,  bunday 
argumentlar tezisning chinligini isbotlamaydi, balki tezisning chinligi taxminlanadi, xolos. 
3.«Aylanma  isbot  etish»  deb  nomlanuvchi  xato.  Tezisning  chinligi  argumentlar  orqali,  argumentlarning 
chinligi  tezis  orqali  isbotlansa  mantiqiy  xatoga  yo‘l  qo‘yiladi.  Masalan,  «So‘zning  qudrati  fikr  bilan  o‘lchanadi», 
degan tezisni «Fikrning qudrati so‘z bilan o‘lchanadi», deb isbotlasak, yuqorida aytilgan xatoga yo‘l qo‘yiladi. 
III. Isbotlash usuli (demonstrastiya) bilan bog‘liq xatolar. 
1.«YOlg‘on  (soxta)  isbotlash».  Agar  tezis  uni  isbotlash  uchun  keltirilgan  argumentlardan  bevosita  kelib 
chiqmasa, mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Bunda tezisga aloqador bo‘lmagan argumentlarga asoslaniladi. Masalan, 
«A  shaxs  yomon  odam»,  degan  tezis  «Tunda  yomon  odamlargina  ko‘chada  yuradi»,  «A  shaxs  ko‘chada  tunda 
yuribdi» degan argumentlar bilan asoslansa, fikr yuzaki (soxta) isbotlangan bo‘ladi. 
2.Shartlangan  fikrdan  shartlanmagan  fikrga  o‘tish.  Muayyan  vaqt,  munosabat  doirasida  chin  bo‘lgan 
(shartlangan) fikrni, doimiy, o‘zgarmas chin fikr deb qabul qilish natijasida mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. 
3.Xulosa chiqarish qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan xatolar: 
a)   deduktiv  xulosa  chiqarishda  uchrashi  mumkin  bo‘lgan  mantiqiy  xatolar.  Bu  haqda  deduktiv  xulosa 
chiqarish mavzusida batafsil ma‘lumot berilgan
b)  induktiv xulosa chiqarishda uchrashi mumkin bo‘lgan mantiqiy xatolar. Bular  «shoshib umumlashtirish» 
va  «undan  keyin,  demak,  shuning  uchun»,  deb  ataluvchi  xatoliklardir.  Masalan,  bir-ikki  talabaning  darsga 
mas‘uliyatsizlik  bilan  munosabatda  bo‘lishini  umumlashtirib,  «hamma  talabalar  mas‘uliyatsiz»,  deb  ta‘kidlash 
xatodir; 
v)   analogiyada  uchrashi  mumkin  bo‘lgan  mantiqiy  xatolar.  Bular  «yolg‘on  analogiya»  bilan  bog‘liq 
xatolardir.  Unda  tasodifiy  belgining  zaruriy  deb  olinishi,  faqat  birgina  o‘xshash  belgiga  asoslanishi  yoki  mutlaqo 
taqqoslab bo‘lmaydigan hodisalarning o‘zaro taqqoslanishi natijasida fikrda chalkashliklar yuzaga keladi. 
Mantiqiy xatolar tafakkur qonunlarini buzish, xulosa chiqarish qoidalariga amal qilmaslik  natijasida  yuzaga 
keladi.  Mantiq  tarixida  isbotlash  jarayonida  ataylab  (qasddan)  xatoga  yo‘l  qo‘yuvchilar  –  sofistlar  deb,  ularning 
ta‘limoti esa sofizm (grek. – ayyorlik) deb ataladi. Fikr yuritish jarayonida bilmasdan mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yilsa, 
paralogizm  deyiladi.  CHinligini  ham,  xatoligini  ham  birday  isbotlash  mumkin  bo‘lgan  fikrlar  esa  paradoks  deb 
ataladi. 
Bahs yuritish san‘ati (eristika) o‘ziga xos qonun-qoidalarga amal qilishni talab etadi. 
Bularga asosan quyidagilar kiradi: 
– zaruriyatsiz bahslashmaslik; 
– mavzusiz bahs yuritmaslik va bahs davomida mavzudan chetga chiqmaslik yoki mavzuni o‘zgartirmaslik; 
– bahs mavzusi yuzasidan o‘zaro zid yoki qarama-qarshi fikrlar bo‘lmasa, bahsni to‘xtatish; 
– mavzuni yaxshi biladigan, aqlli odamlar bilangina bahslashish
– bahs yuritishda mantiqiy qonun-qoidalarga amal qilish, o‘zining va muxolifining fikrlaridan xulosa chiqara 
olish, mantiqiy ziddiyatlarni aniqlash va bartaraf etish, asoslar to‘g‘ri bo‘lsa, isbotlashning ham to‘g‘riligini e‘tirof 
etish va  h.k.; 
– bir bahs doirasida bahslashish usullarini aralashtirib yubormaslik. 
Argumentlashning  mantiqiy  asoslarini  bilish  va  bahs  yuritish  qoidalariga  amal  qilish  tafakkur  madaniyatini 
yuqori darajaga ko‘tarish imkonini beradi. 
Muammoni qo‘yish va hal etish 
Muammoli vaziyatni tahlil qilish Yangi muammoni qo‘yishga olib keladi. 
Muammo – javobi bevosita mavjud bilimda bo‘lmagan va yechish usuli noma‘lum bo‘lgan savoldir. 
SHuning  uchun  ham  muammoni  qo‘yish  va  hal  qilish  mavjud  bilimlarni  qayta  ishlash,  ba‘zi  hollarda  esa, 
hatto,  ular  doirasidan  chetga  chiqishni,  Yangicha  yechish  usuli,  metodlarini  qidirishni  taqozo  etadi.  Qanday 
muammolarni  ilgari  surishni,  uni  muhokama  qilishning  xususiyatini  amaliy  faoliyatimiz  va  bilishimiz  ehtiyojlari 
belgilab beradi. 

Muammoni  muvaffaqiyatli  hal  qilishning  zarur  shartlaridan  biri  uni  to‘g‘ri  qo‘yish  va  aniq  bayon  qilishdan 
iborat.  To‘g‘ri  qo‘yilgan  savol,  V. Geyzenberg  aytganidek,  muammoni  yechishning  yarmidan  ko‘prog‘ini  tashkil 
etadi. 
Muammoni  to‘g‘ri  qo‘yish  uchun  muammoli  vaziyatni  aniq  tasavvur  qilishning  o‘zi  yetarli  emas.  Buning 
uchun muammoni hal qilishning turli xil usullari va vositalarini ham oldindan ko‘ra bilish kerak. 
Muammolarni  qo‘yishda  kishilarning  hayotiy  tajribasi,  bilimlari  va  talanti  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘ladi. 
SHuning  uchun  ham,  odatda,  ko‘p  hollarda  Yangi  muammolar  ilmiy  bilishning  u  yoki  bu  sohasining  yirik 
mutaxassislari, boy tajribaga ega va chuqur bilimli olimlari tomonidan ilgari suriladi hamda ular ba‘zan uzoq yillar 
davomida  tadqiq  qilinadi.  Buni,  masalan,  milliy  g‘oya  va  milliy  mafkurani  yaratish  muammosining  qo‘yilishi  va 
tadqiq etilishi misolida ko‘rish mumkin. Jahon tajribasiga murojaat qilsak, «millatning mafkurasi bir emas, balki bir 
necha avlodning umri davomida ishlab chiqilishi va takomilga erishuviga guvoh bo‘lishimiz mumkin»
104

Uni  shakllantirish  uchun  kuchli  iste‘dod  va  «yorqin  tafakkur»ga  ega  bo‘lgan  Konfustiy,  Maxatma  Gandi, 
Forobiy, Bahouddin Naqshband kabi buyuk zotlar zahmat chekkanlar
105

Hozirgi  paytda  esa  Prezidentimiz   I.A. Karimov  ta‘kidlaganidek,  «Milliy  g‘oya,  milliy  mafkurani  ishlab 
chiqish,  uni  shakllantirish  uchun  har  qaysi  millatning  eng  ilg‘or  vakillari,  kerak  bo‘lsa,  mutafakkirlari,  ziyolilari 
mehnat qilishi lozim»
106

Muammoli  vaziyatni  tahlil  qilishga  turli  xil  munosabatda  yondashish  mumkin  bo‘lganligi  uchun  ham  hal 
qilinishi lozim bo‘lgan vazifa turli xil muammolar tarzida bayon qilinishi mumkin. Bunda ba‘zi muammolar asosiy 
vazifani ifoda qilsa, ba‘zilari bu vazifaning ayrim tomonlarini aks ettiradi va shuning uchun ham juz‘iy xususiyatga 
ega  bo‘ladi.  Ko‘p  hollarda  bir-biri  bilan  bog‘lanib  ketgan  mana  shunday  juz‘iy  muammolar  hal  qilingandan 
keyingina asosiy muammoni aniqroq bayon qilish va yechish imkoniyati vujudga keladi. 
Muammolarni  to‘g‘ri  qo‘yish  va  bayon  qilish  ularni  yechishdan  kam  ahamiyatga  ega  emas.  Muammoni 
to‘g‘ri qo‘yish uchun uning ilmiy bilish taraqqiyotida tutgan o‘rni va ahamiyatini to‘g‘ri baholash, uni hal qilishning 
metodlarini  topish  zarur.  Bu  amalda  qo‘yilishi  mumkin  bo‘lgan  turli  xil  muammolar  ichidan  eng  muhimi  va 
to‘g‘risini  tanlab  olishni  bildiradi.  Muammoni  tanlash  ma‘lum  bir  darajada  tadqiqotning  umumiy  yo‘nalishini  va 
xususiyatlarini belgilab beradi. 
Oxir-oqibatda  qaysi  muammoni  qo‘yish  amaliy  faoliyatimiz  ehtiyojlariga  bog‘liq.  CHunki  faqat  amaliy 
faoliyatdagina  kishilarning  ehtiyojlari  va  maqsadlari  bilan  ularni  hal  qilish  vositalari  o‘rtasidagi  ziddiyat  yaqqol 
namoyon bo‘ladi, ilmiy izlanish predmeti aniqlanadi va shu asosda bilish oldiga konkret vazifalar qo‘yiladi. 
Ilmiy muammo, odatda, ma‘lum bir nazariya doirasida vujudga keladi  
(Nazariya haqida bobning oxirida kengroq ma‘lumot beriladi). 
Nazariya  keyinchalik  ilgari  surilishi  mumkin  bo‘lgan  muammoni  umumiy  holda  belgilashga  va  uni  to‘g‘ri 
tanlashga yordam beradi. SHuningdek, har bir muammo ma‘lum bir nazariya yordamida hal qilinadi. Ba‘zi hollarda 
esa muammo mavjud nazariyani modifikastiya qilishni, muammoni yechishga moslashtirishni talab qiladi. 
Muammoni yechish uchun dastlabki tayyorgarlik ishlari qilinadi. Ular quyidagilardan iborat: 
a)  mavjud nazariyalar doirasida tushuntirib bo‘lmaydigan fakt va hodisalarni aniqlash; 
b)  muammoni hal qilish g‘oyalari va metodlarini tahlil qilish va ularga baho berish
v)  muammoni hal qilish turini, maqsadini, olingan natijani tekshirish yo‘llarini belgilash
g)  muammoning negizi bilan uni yechish uchun ilgari surilgan g‘oyalar o‘rtasidagi aloqaning xususiyatlarini 
ko‘rsatish. 
Bu dastlabki ishlar amalga oshirilib bo‘lgandan keyin muammoni yechishga bevosita kirishiladi. 
Shuni  alohida  qayd  qilib  o‘tish  kerakki,  muammoning  yechilishi  nisbiy  xususiyatga  ega.  Boshqacha 
aytganda, muammoning mutlaq to‘la yechimini topish qiyin. Chunki o‘rganilayotgan hodisaning barcha tomonlarini 
qamrab olib bo‘lmaydi. SHuning uchun ham ilmiy izlanish davomida  Yangi  muammolar vujudga  kelishi mumkin 
bo‘lib,  u  mavjud  muammoni  boshqacha  talqin  qilishni  taqozo  etadi.  Bunga  misol  qilib  I. Nyuton  tomonidan 
jismlarning o‘zaro tortishishi muammosining qo‘yilishini ko‘rsatish mumkin. Butun olam tortishish qonunini kashf 
qilib, u faqat tortishuvchi jismlar o‘rtasidagi miqdoriy aloqalarnigina topganligini uqtirib o‘tgan edi. 
A. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi jismlarning o‘zaro tortishishi muammosini boshqacha talqin qiladi va 
bu muammo haqidagi tasavvurlarimizni ma‘lum bir darajada kengaytiradi. 
Jismlarning  o‘zaro  tortishishining  tabiati,  amalga  oshish  mexanizmi  hozirgacha  to‘la  ochib  berilmagan. 
Boshqacha aytganda, muammo uzil-kesil hal bo‘lmagan. 
Ba‘zi hollarda muammolarning yechimini uzoq vaqtgacha topib bo‘lmaydi. Masalan, rak kasalining sababini 
o‘rganish bilan bog‘liq muammo hozirgacha to‘la hal bo‘lmagan. 
Bu, albatta, ayrim  muammolar butunlay  yechimiga ega emas, degan  fikrni bildirmaydi,  balki ularni  mavjud 
metodlar,  vositalar  yordamida  yechib  bo‘lmaslikni  ko‘rsatadi  xolos,  va  shu  tariqa  yechishning  Yangi  vositalarini 
qidirib topishga undaydi. Demak, muammo hal qilinmaguncha ilmiy izlanish davom etadi. 

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin