Andijon mashinasozlik instituti



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/58
tarix24.05.2020
ölçüsü3,89 Mb.
#31471
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58
falsafa

Gipoteza 
Muammoni hal etish jarayonida ma‘lum bir gipotezalar ilgari suriladi va asoslanadi. 
                                                 
104
 I.A. Karimоv. Milliy istiqlоl mafkurasi – хalқ e‘tiқоdi va buyuk kеlajakka ishоnchdir. // Asarlar to‘plami 8 jild. – 
T.: ―O‘zbеkistоn‖, 2000, 25-bеt. 
105
 Qarang. O‘sha yerda. 
106
 Qarang. O‘sha yеrda. 

Gipoteza  –  o‘rganilayotgan  hodisaning  sabablari  va  xususiyatlarini  tushuntiradigan  asosli  taxmin  tarzidagi 
bilim shaklidir. 
Gipotezani,  avvalambor,  bilimlarning  mavjud  bo‘lish  shakli  sifatida  olib  qarash  zarur.  CHin,  ishonchli 
bilimlar  hosil  bo‘lgunga  qadar  qo‘yilgan  muammolar,  masalalar  haqidagi  fikr-mulohazalar  kuzatish,  eksperiment 
natijalarini tahlil qilish va umumlashtirishga asoslangan bo‘lib, ular turli xil taxminlar, farazlar shaklida quriladi va 
mavjud bo‘ladi. 
Masalan, Levkipp va Demokritning jismlarning atomlardan tashkil topganligi haqida bildirgan fikrlari dastlab 
gipotetik  shaklda  bo‘lib,  eng  oddiy,  kundalik  tajribada  minglab  marta  kuzatiladigan  hodisalar:  qattiq  jismning 
suyuqlikka aylanishi, hidning tarqalishi va shu kabilarni tahlil qilishga asoslangan, ularning sababini tushuntirishga 
qaratilgan. «Jismlar mayda, bo‘linmas zarrachalardan tashkil topmaganda bunday hodisalar bo‘lmas edi», degan fikr 
o‘zining ma‘lum bir mantiqiy kuchiga ega. 
Hodisaning  sababi  haqidagi  fikr  dastlab,  odatda,  gipoteza  shaklida  vujudga  keladi  va  shu  ma‘noda  u 
bilimlarning mavjud bo‘lishining umumiy mantiqiy shakllaridan biri hisoblanadi. 
Gipotezani qurish o‘rganilayotgan hodisani tushuntiradigan taxminiy fikrlarni ilgari surishdan iborat bo‘ladi. 
U  qayd  etilgan  faktlar,  ular  uchun  xarakterli  bo‘lgan  qonuniyatlar  haqidagi  hukmlar  (mulohazalar)  yoki  hukmlar 
tizimi tarzida bo‘ladi. Uni ifoda qiluvchi asosiy gap mulohazalar sistemasini hosil qiluvchi element, deb hisoblanadi. 
Ana  shu  gap  (mulohaza)da,  odatda,  gipotezaning  bosh  g‘oyasi  aks  etadi.  Muhokama  jarayoni  uning  negizida, 
atrofida  quriladi  va  ma‘lum  bir  ishchi  gipotezalar  –  vaqtincha  quriladigan,  mo‘ljalni  to‘g‘ri  olishga  yordam 
beradigan  taxminlarning  ilgari  surilishiga,  ular  yordamida  hodisaning  yanada  chuqurroq  tadqiq  qilinishiga  olib 
keladi. 
Gipotezalarni  ilgari  surishning  asosiy  mantiqiy  vositasi  ehtimoliy  xulosa  chiqarish:  analogiya,  to‘liqsiz 
indukstiya, turli ko‘rinishdagi ehtimoliy sillogizmlar – eng kamida bitta qoidasi buzilgan, asoslaridan biri ehtimoliy 
hukm bo‘lgan sillogizmlar (shartli, ayiruvchi – qat‘iy, shartli – ayiruvchi sillogizmlar shakllarida) hisoblanadi. 
SHuningdek,  gipoteza  ba‘zi  hollarda  qat‘iy  xulosa  chiqarish  shakllarida  hamda  turli  xil  xulosa  chiqarish 
usullarining ko‘p qavatli mantiqiy qurilmasi tarzida ham shakllantirilishi mumkin. 
Gipotezada  ilgari  suriladigan  mulohaza  empirik  materiallarni  tahlil  qilish,  qayta  ishlash,  tartibga  keltirish, 
umumlashtirish,  talqin  etish  natijasida  paydo  bo‘ladi.  Ana  shuning  uchun  ham  gipoteza  –  bu  har  qanday  taxmin 
emas, balki ma‘lum bir darajada asoslangan, o‘zining muayyan mantiqiy kuchiga ega mulohaza, farazdir. 
Gipoteza  qurishning  murakkab  mantiqiy  jarayon  ekanligini  quyidagi  misol  tasdiqlaydi.  Issiqlik  dvigatellari 
nazariyasi  asoschilaridan  biri  franstuz  injeneri  Sadi  Karno  birinchi  bo‘lib  faqat  issiqlikning  qattiqroq  qizigan 
jismdan sovuqroq jismga o‘tishidagina foydali ish vujudga kelishi va aksincha, issiqlikni sovuq jismdan qizdirilgan 
jismga berish uchun ish sarflanishi zarur, degan fikrni ilgari surgan. Ayni paytda Karno shu davrda keng tarqalgan  
issiqlikning  namoyon  bo‘lish  sababi  uning  tarkibida  alohida  vaznsiz  suyuqlik  –  teplorodning  bo‘lishidir,  degan 
fikrga  tayanuvchi  teplorod  konstepstiyasini  ham  to‘g‘ri,  deb  hisoblagan.  Teplorodni  suvga,  haroratlar 
(temperaturalar) o‘rtasidagi farqni – suv darajasiga qiyos qilib, Karno, xuddi suv darajasining pastga tushishida ish 
suv og‘irligining uning darajalari o‘rtasidagi farqqa bo‘linishi bilan o‘lchangani kabi, bug‘ mashinasida ish, ishchi 
moddaning (suv, spirt va boshqalar) tabiatidan qat‘i nazar, teplorod miqdorining haroratlar (temperaturalar) farqiga 
bo‘linishi  bilan  o‘lchanadi,  degan  xulosaga  keladi.  Bu  issiqlik  mashinasi  ish  hajmining  (miqdorining)  isitgich  va 
sovutgich  haroratlarining  qiymatlariga  bog‘liqligini  anglotardi.  «Karno  prinstipi»  keyinchalik  termodinamikaning 
ikkinchi qonunining yaratilishiga asos bo‘lgan. 
Keltirilgan  misolda  Sadi  Karnoning  gipotezani  ilgari  surishda  analogiyaga  asoslanganligini  payqab  olish 
qiyin emas.
107
 
Ilgari  surilgan  gipoteza,  albatta,  asoslanishi  zarur.  Bu  bosqichda  gipotezadan  ma‘lum  bir  natijalar  keltirib 
chiqariladi  va  ular  verifikastiya  qilinadi,  ya‘ni  ularning  mavjud  faktlarga  (yoki  boshqa  ishonchli  bilimlarga) 
muvofiqligi aniqlanadi. 
Bu yerda shuni unutmaslik lozimki, gipotezani ishonchli, chin bilimga aylantirish uchun unda ilgari surilgan 
fikrlarga  yetarli  asos  bo‘la  oladigan  miqdordagi  natijalar  (gipotezaning  asosiy  g‘oyasidan  kelib  chiqadigan) 
yig‘indisi verifikastiya qilinishi kerak. 
Gipotezaning chinligini asoslashning boshqa usullari ham mavjud: 1) gipotezani deduktiv yo‘l bilan chinligi 
avval  isbotlangan  bilimlardan  mantiqan  keltirib  chiqarish;  2)  asosi  ishonchli  bilim  bo‘lmasa,  uni  tasdiqlash  (bu 
ko‘proq  asoslari  ehtimoliy  hukm  bo‘lgan  sillogizmlar  vositasida  qurilgan  gipotezalarga  tegishli);  3)  gipotezaning 
asoslarini ishonchli bilim olish uchun yetarli bo‘lgan miqdorga yetkazish (bu gipoteza to‘liqsiz indukstiya vositasida 
qurilgan hollarga tegishli). 
Gipotezani tasdiqlashning qanday kechishini tasavvur qilish uchun quyidagi misolga murojaat qilamiz. 
Termodinamika asoschilaridan biri nemis fizigi R.Klazius yuqorida biz qayd etib o‘tgan ―Karno prinstipi‖ni 
unga  qilingan  ko‘p  hujumlardan  himoya  qilgan.  Bu  prinstipni  tasdiqlash  maqsadida,  uning  chinligini  intuitiv 
ravishda muqarrar deb hisoblagan postulatdan deduktiv yo‘l bilan keltirib chiqaradi. Bu postulatga  muvofiq issiqlik 
o‘z  holicha  sovuqroq  jismdan  issiqroq    jismga  o‘ta  olmaydi.
108
  Bu  yerda  urg‘u  aynan  shu  ―o‘z  holicha  o‘ta 
olmaslikka‖ beriladi, chunki amalda ―majburan‖ o‘tish ham (sovitish qurilmalarida, aralashmalarda va boshqalarda) 
                                                 
107
 Мисол қуйидаги манбаадан олинди сборник упранениий по логике пособие для вузов  /  A.С. Kлевчани 
Минск Университетское , 1990. с. 214. 
108
 Qarang. O‘sha kitоb, 220-bеt. 

mavjud  bo‘lib,  u  muayyan  kompensastiya  qiluvchi  (o‘rnini  qoplovchi)  holatning  yuzaga  kelishi  bilan  birgalikda 
kechadi. 
Gipoteza rad qilinishi ham mumkin. U gipotezadan kelib chiqadigan natijalarni falsifikastiya qilish yo‘li bilan 
aniqlanadi.  Mazkur  mantiqiy  jarayon  shartli-qat‘iy  sillogizmning  inkor  modusi  tarzida  kechadi,  ya‘ni  natijaning 
xatoligini aniqlashdan asosning xatoligini ko‘rsatishga o‘tiladi. Uning simvolik ifodasi quyidagicha: 
                                ((H→P)^דp)→ד
Gipotezaning  natijalarini  topa  olmaslik,  garchi  bu  gipotezaning  mavqeini  ancha  pasaytirsa-da,  lekin  uni  rad 
eta  olmaydi.  Gipotezaning chinligi  undan  kelib chiqadigan natijalarga  zid bo‘lgan holatlar aniqlangandagina  uzil-
kesil  rad  etiladi.  Masalan,  Ptolomeyning  Yerning  harakatlanmaydigan  markaz  ekanligi  haqidagi  gipotezasi 
Kopernikning geliostentrik nazariyasi asoslanadigan faktlarga zid kelganidan keyin rad etildi. 
SHuni  alohida  ta‘kidlash  zarurki,  o‘rganilayotgan  hodisa  haqida  bir  vaqtning  o‘zida  bir  qancha  gipotezalar 
ilgari surilishi mumkin. Masalan, hozirgi paytgacha qushlar uchayotganda to‘g‘ri yo‘lni qanday topa olishini mavjud 
gipotezalardan hech biri to‘liq tushuntira bera olmagan. Ularda turli xil fikrlar bildirilgan: qushlarni ba‘zilar magnit 
maydoniga, boshqalar Quyoshga, yulduzlarga qarab mo‘ljal olishadi, deb hisoblashgan. Ukraina olimlari esa 1980 
yillarning  ikkinchi  yarmida  qushlar  o‘z  harakati  marshrutlarini  Yerning  gravitastiya  maydoniga  asoslanib,  shu 
marshrut  davomida  og‘irlik  kuchining  o‘zgarishini  «hisoblab»  belgilashadi,  degan  fikrni  bildirganlar.  Lekin 
hozirgacha ularning birortasi uzil-kesil tasdiqlanmagan ham, rad etilmagan ham. 
Gipoteza  tasdiqlanmaguncha  o‘zining  bilishdagi  ahamiyatini  yo‘qotmaydi.  Rad  etilsa,  o‘rniga  boshqa 
gipoteza quriladi va bu hol to gipotezalardan birortasi tasdiqlanmaguncha davom etadi. 
Ilgari surilayotgan gipotezalar turli xil darajada umumlashgan bo‘lishi mumkin. Ana shunga muvofiq holda 
umumiy va juz‘iy gipotezalarni ajratish mumkin. 
Umumiy  gipoteza  deb  tabiat,  jamiyat,  bilish  hodisalarining  qonuniyatlari  haqida  bildirilgan  asosli  taxminga 
aytiladi.  Bunga  misol  qilib  neft  kelib  chiqishining  organik  va  noorganik  tabiati  haqidagi  gipotezalarni,  Yerda 
hayotning paydo bo‘lishi, ongning kelib chiqishi, ijtimoiy progress haqidagi farazlarni ko‘rsatish mumkin. Umumiy 
gipotezalar borliqning muhim qonuniyatlarini ochishga imkon bergani uchun ilmiy nazariya  «qurish materiallari», 
deb  hisoblanadi.  Isbotlangach,  bunday  gipotezalar  nazariyalarga  aylanadilar  va  ilmiy  tadqiqotlarning  strategik 
yo‘nalishlarini belgilab beradilar. 
Juz‘iy  (xususiy)  gipoteza  ayrim  faktlar,  konkret  predmet  va  hodisalarning  kelib  chiqishi,  xususiyatlari 
haqidagi  bildirilgan  asosli  taxminiy  fikrdan  iborat.  Konkret  jinoyatning  motivi  haqidagi  sud  versiyasi,  arxeologik 
qazishlarda topilgan predmetlarning tabiati, qaysi davrlarga oid ekanligi haqidagi taxminlar juz‘iy gipotezaga misol 
bo‘ladi. 
Mantiqda ishchi gipotezalar ham farq qilinadi. 
Ishchi gipoteza tadqiqotning dastlabki bosqichida ilgari suriladigan taxmin bo‘lib, o‘z oldiga o‘rganilayotgan 
hodisaning  sababini  aniqlashni  maqsad  qilib  qo‘ymaydi;  u  faqat  kuzatish  va  eksperiment  natijalarini  tasvirlashga, 
tartibga solishga yordam beradi. 
SHunday qilib, gipoteza fikrlarimizning qurilishi, bilimlarimizning mavjud bo‘lish va rivojlanish shaklidir. 
Nazariya 
«Nazariya»  termini  keng  ma‘noda  aqliy  bilish,  tafakkurni  anglatadi,  uni  amaliyotdan  farq  qiluvchi  faoliyat 
turi  sifatida  ifodalaydi.  Tor  ma‘noda  esa,  nazariya  ma‘lum  bir  sohaga  oid  tasavvurlar,  tushunchalar,  g‘oyalar, 
gipotezalarni tizimga soladigan, predmetni yaxlit tarzda anglashga imkon beradigan bilim shaklini bildiradi. 
Nazariyaning bunday talqini ilmiy bilishda empirik va nazariy bosqichlarning farq qilinishi bilan bog‘liq. 
Empirik bosqichda ilmiy faktlar to‘planadi, o‘rganiladi, tizimga solinib, turli xil jadvallar, shakllar, grafiklar 
tuziladi; muayyan bir umumlashmalar, xususan, empirik tushunchalar, farazlar, empirik qonunlar shakllanadi. 
Ilmiy  bilishning  keyingi  taraqqiyoti  empirik  bilish  bosqichida  hosil  qilingan,  lekin  bir-biri  bilan  bo‘lgan 
aloqasi  hali  aniqlanmagan  bilimlar  o‘rtasida  munosabatlarni  o‘rnatish,  ularni  umumlashtirish,  shu  asosda  Yangi 
fundamental tushunchalar, umumiy qonunlarni yaratish, ilmiy bashoratlar qilish bilan uzviy bog‘liq. 
Bilishning bu ikki bosqichi o‘rtasida zaruriy aloqadorlik mavjud. Xususan, nazariyani yaratish empirik bilish 
jarayonida  hosil  qilingan  predmetning  ayrim  tomonlari,  xususiyatlarini  aks  ettiruvchi  tushunchalar,  qonunlar, 
farazlar o‘rtasida  mantiqiy aloqalarni o‘rnatishga, predmet haqida  yaxlit  tasavvur  hosil  qilishga,  uning  mohiyatini 
tushuntirishga bo‘lgan ehtiyoj bilan belgilanadi. 
Nazariya ma‘lum bir predmet sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, gipotezalar, g‘oyalarni sistemaga solib, u 
haqida yaxlit tasavvur hosil qiladigan,  Yangi fundamental umumlashmalar yaratishga olib keladigan, shu sohadagi 
hodisalarni tushuntirish, oldindan ko‘rish imkonini beradigan ishonchli bilimdan iborat. 
Ilmiy  nazariya  quyidagi  tarkibiy  qismlardan  tashkil  topadi:  1)   empirik  asos:  nazariyaga  aloqador  faktlar, 
ularga mantiqiy ishlov berish natijalari; 2)  boshlang‘ich nazariy asos: nazariyaning asosiy tushunchalari, postulatlari 
(aksiomalari), fundamental qonunlar (prinstiplar); 3)  nazariyaning mantiqiy apparati: tushunchalarni hosil qilish va 
ta‘riflash qoidalari, xulosa chiqarish (isbotlash) qoidalari; 4)  olingan natijalar (xulosalar). 
Ilmiy  nazariya  oxir-oqibatda  real  tizimni,  ob‘ektni  aks  ettiradi,  uning  tabiatini  tushuntiradi  va  shu  ma‘noda 
o‘zining empirik asosiga ega. Lekin empirik asosining mavjudligi nazariyaning barcha tushunchalari ifoda etadigan 
predmet  va  belgilarning  hissiy  idrok  qilinishi  yoki  nazariyaning  barcha  hollarda  mavjud  hodisalarni,  ularning  real 
xususiyatlari va munosabatlarini aks ettirishini anglatmaydi. 
Nazariyada borliq, asosan, modellar yordamida ideallashgan holda in‘ikos qilinadi. Ideallashtirish jarayonida 
mavjud ob‘ektlar haqidagi empirik bilimga tayangan holda, haqiqatda mavjud bo‘lmagan va ba‘zan mavjud bo‘lishi 

mumkin  ham  bo‘lmagan,  lekin  real  mavjud  predmetlarga  ma‘lum  bir  munosabatda  o‘xshash  ob‘ektlar  haqidagi 
tushunchalar  hosil  qilinadi.  Masalan,  mexanika  yechimini  qidiradigan  ko‘p  masalalarda  jismning  shakli  va 
o‘lchamlari (eni, bo‘yi, hajmi va shu kabilar) unchalik muhim ahamiyatga ega emas. Ayni bir paytda massa muhim 
ahamiyatga ega va shuning uchun ham massasi bir nuqtaga jamlangan xayoliy jism – moddiy nuqta hosil qilinadi. 
Barcha  real  mavjud  jismlar  shaklga  va  o‘lchamlarga  ega,  moddiy  nuqta  esa  ideal  ob‘ekt  bo‘lib,  ba‘zi 
masalalarni yechishda real jismlarning o‘rnini bosadi,  ularning nazariy bilishdagi ekvivalenti bo‘lib xizmat qiladi. 
Fizikadagi  mutlaq  qattiq  jism,  geometriyadagi  nuqta,  tekislik,  to‘g‘ri  chiziq  va  boshqa  fanlardagi  shu  kabi  ko‘p 
tushunchalar ideal ob‘ektlarni ifoda qiladilar. 
Ideal  ob‘ektlar  yordamida  predmetning  hissiy  idrok  etilmaydigan  muhim  xususiyatlari,  munosabatlari 
o‘rganiladi.  Ularsiz  nazariy  bilish  o‘z  oldiga  qo‘yadigan  maqsadiga  erisha  olmaydi.  Nazariy  bilishning  zaruriy 
vositasi bo‘lganligi uchun ularni ba‘zan nazariy ob‘ektlar deb ham atashadi. 
Nazariya  ideal  xarakterga  ega  bo‘lgan  tushunchalar,  mulohazalar  tizimidan  –  konsteptual  tizimdan  iborat 
bo‘lib,  u  real  ob‘ektning  nazariy  modelini  ifoda  qiladi.  Masalan,  mexanikadagi  boshqa  tizimlar  ta‘siridan  ajratib 
qo‘yilib, yopiq tizim tarzida fikr qilinadigan mexanik tizim tushunchasi real ob‘ektning nazariy modeli hisoblanadi. 
Uning yordamida real mavjud bo‘lgan mexanik tizimning harakat qonunlari o‘rganiladi. 
Nazariy  modelning  ideal  xususiyatga  ega  bo‘lgan  ob‘ektlari,  ularni  aks  ettiruvchi  tushunchalar  o‘rtasidagi 
aloqadorlik nazariyaning fundamental qonunlari, prinstiplarida o‘z ifodasini topadi. 
Mazkur  qonunlar,  prinstiplar  boshlang‘ich  tushunchalar  va  mulohazalar  bilan  birgalikda  nazariyaning 
konsteptual  o‘zagini  tashkil  etadi.  Masalan,  klassik  mexanikaning  negizini  harakatning  uchta  qonuni  hamda  ular 
bilan  bog‘liq  bo‘lgan  fazo,  massa,  vaqt,  kuch,  tezlik,  tezlanish  tushunchalari  tashkil  etadi.  Klassik 
termodinamikaning  asosini  esa  uning  uchta  muhim  qonuni  hosil  qiladi.  Matematik  nazariyalarning  konsteptual 
o‘zagi ularning asosiy tushunchalari va aksiomalarida o‘z ifodasini topgan. 
Har  bir  nazariya  o‘zining  tushunchalarini  hosil  qilish,  ta‘riflash  qoidalariga  ega.  Bunga  misol  qilib 
formallashgan  tilni  yaratish  qoidalari,  mulohazalar  mantig‘ini  natural  xulosa  chiqarish  tizimi  sifatida  qurish 
qoidalarini  ko‘rsatish mumkin. Xuddi shuningdek, har qanday nazariya xulosalar tarzidagi o‘z natijalariga ega. 
Demak, ilmiy nazariyaning tarkibida uning har bir elementi o‘z o‘rniga ega. 
Ilmiy nazariya bilishda bir qancha muhim vazifalarni bajaradi. 
Birinchidan, nazariyada birorta sohaga oid barcha bilimlar yaxlit bir tizimga birlashtiriladi. Bunday tizimda, 
odatda,  bilimlarning  katta  qismini  nazariyaning  nisbatan  kamroq  bo‘lgan  boshlang‘ich  tushunchalaridan  keltirib 
chiqarishga  harakat qilishadi.  Ular  matematikada aksiomalar, tabiatshunoslikda gipotezalar, deb yuritiladi. Bundan 
ko‘zlangan asosiy  maqsad  –  qayd etilgan faktlarni ayrim  boshlang‘ich prinstiplar,  gipotezalarning  natijasi sifatida 
talqin  etish.  Nazariy  tizimda  har  bir  fakt,  har  bir  tushuncha,  har  bir  qonun  yoki  faraz  boshqalariga  nisbatan  o‘z 
o‘rniga  ega  bo‘lishi,  ana  shundan  kelib  chiqib,    talqin  qilinishi  (yoki  qayta  talqin  qilinishi)  zarur.  Talqin  etish 
jarayonida mavjud nazariyalar hamda Yangidan qurilayotgan nazariyaning elementlariga murojaat qilinadi. Bu esa, 
bir tomondan, mavjud faktlarning tabiatini to‘g‘ri tushunishga yordam bersa, ikkinchi tomondan, bevosita empirik 
usul yordamida qayd etib bo‘lmaydigan Yangi faktlarni topishga imkon beradi. 
Ikkinchidan,  nazariyani  qurish  berilgan  sohaga  oid  bilimlarni  aniqlashtirish,  kengaytirish  va 
chuqurlashtirishga  yordam  beradi.  Buning  sababi  shundaki,  nazariyaning  boshlang‘ich  asoslari  –  aksiomalar, 
postulatlar,  qonunlar,  prinstiplar,  gipotezalar  nazariyadagi  boshqa  ilmiy  bilimlarga  nisbatan  mantiqan  kuchliroq 
hisoblanadi.  Ana  shuning  uchun  ham  nazariyani  qurish  mavjud  bilimlarni  tartibga  solishdan,  ya‘ni  koordinastiya 
qilishdangina  iborat  bo‘lib  qolmaydi.  Bunda  mantiqan  kuchli  bilimlardan  mantiqan  kuchsiz  bilimlar  keltirib 
chiqariladi, ya‘ni subordinastiya qilinadi. U esa mazmunan chuqurroq bo‘lgan tushunchalar, qonunlar, prinstiplarga 
murojaat  qilishga,  ular  yordamida  mavjud  tushunchalarni  talqin  etishga,  Yangi  fundamental  umumlashmalar  hosil 
qilishga  olib  keladi.  Masalan,  Nyutonning  harakatning  uchta  qonuni  hamda  butun  olam  tortishish  qonuniga 
tayanadigan  klassik  mexanikasi  Galileyning  jismlarning  erkin  tushishi  qonuni  va  Keplarning  planetalar  harakati 
qonunini  tushuntirish  va  aniqlashtirish  imkonini  berdi.  Xususan,  Galiley  qonunining  jismning  gravitastiya  kuchi 
ta‘sirida  harakat  qilishining  juz‘iy  holini  ifoda  etishi  ma‘lum  bo‘ldi.  Gravitastiya  ta‘siridan  tashqarida,  ya‘ni  Yer 
radiusi  uzunligidan  ortiq  bo‘lgan  masofada  Galiley  kashf  etgan  qonun  amal  qilmaydi.  Xuddi  shuningdek, 
Keplerning  Quyosh  sistemasida  harakat  qiluvchi  planetaning  elliptik  orbita  bo‘yicha  harakat  qilishi  qonunining 
boshqa planetalarning ta‘sirini hisobga olmasligi va ana shuning uchun ham unchalik aniq emasligi ma‘lum bo‘ldi. 
Uchinchidan,  nazariya  o‘rganilayotgan  hodisani  ilmiy  asosda  tushuntira  oladi.  To‘g‘ri,  birorta  hodisani 
tushuntirish uchun, odatda, uni tavsiflaydigan qonunga murojaat qilishadi. Lekin shuni yoddan chiqarmaslik zarurki, 
fanda  qonunlar  o‘z  holicha  emas,  balki  ma‘lum  bir  nazariya  tarkibida  mavjud  bo‘ladi.  Bunda  empirik  qonunlar 
ma‘lum bir nazariy qonunlardan keltirib chiqariladi. Hatto, alohida olingan nazariy qonun ham hodisani tushuntirish 
uchun  yetarli  bo‘lmasligi  mumkin.  Ilmiy  tajriba  shuni  ko‘rsatadiki,  hodisaning  mohiyatini  tushuntirish  uchun 
nazariyaning barcha g‘oyalari yig‘indisi, qonunlar jalb etiladi. 
Nazariyaning  ilmiy  bilishdagi  alohida  ahamiyati  yana  uning  Yangi,  ilgari  kuzatilmagan  hodisalarning 
mavjudligini  oldindan  ko‘rish  imkonini  berishidadir.  Masalan,  Maksvellning  elektromagnit  nazariyasi  radio 
to‘lqinlarining mavjudligini oldindan aytishga imkon bergan. Bu to‘lqinlarni ancha vaqt o‘tgandan keyin G. Gerst 
eksperimental  yo‘l  bilan  qayd  etgan.  Xuddi  shuningdek,  Eynshteynning  umumiy  nisbiylik  nazariyasi  gravitastiya 
maydonida yorug‘lik nurining og‘ishini bashorat qilishga olib kelgan. 

To‘rtinchidan, ilmiy nazariya o‘zida o‘rganilayotgan predmet sohasiga oid barcha bilimlar o‘rtasida mantiqiy 
aloqalarni  o‘rnatgani,  yaxlit  bir  tizimda  mujassamlantirgani  va  umumlashtirgani  uchun  uning  ob‘ektiv  haqiqatlik 
darajasi va demak, ishonchliligi ortadi. 
Beshinchidan, nazariya muammoni qo‘yish, gipotezalarni yaratish, qonunlarni shakllantirish, g‘oyalarni ilgari 
surish  va  asoslashdan  iborat  bilishning  uzoq  va  mashaqqatli  yo‘lini  bosib  o‘tishning  natijasi  bo‘lganligi  uchun  u 
bilishga xos qonunlarni aniqlash, ularni o‘rganish imkonini beradi. 
Nazariyani qurish murakkab jarayon bo‘lib, ko‘p hollarda bir qancha olimlarning hamkorlik qilishini taqozo 
etadi. 
Dastlabki  bosqichda  nazariyaning  predmet  sohasi  va  tadqiqot  yo‘nalishi  aniqlanadi.  Amaliy  hayotimiz 
ehtiyojlari,  u  bilan  uzviy  bog‘liq  bo‘lgan  tadqiqot  maqsadi  va  vazifalari  bunda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 
SHuningdek, predmet sohasi va tadqiqot aspektini aniqlashda berilgan sohaga oid bilimlarning ko‘lami, chuqurligi 
katta rol o‘ynaydi. 
Nazariyani  qurishning  keyingi  zaruriy  bosqichi  boshlang‘ich  asosni  aniqlashdir.  U  o‘rganilayotgan  sohaga 
oid  eng  asosiy  tushunchalar,  aksiomalar,  gipotezalar  yig‘indisidan  iborat  bo‘ladi.  Nazariyaning  boshqa  barcha 
tushunchalari,  gipotezalari  va  qonunlari  ana  shu  boshlang‘ich  asosdan  deduktiv  yo‘l  bilan  keltirib  chiqariladi. 
Bunda,  albatta,  nazariyaning  barcha  tushunchalari  –  asosiylari  va  keltirib  chiqariladiganlari,  Yangidan  hosil 
qilinadiganlari muhim g‘oya (yoki g‘oyalar tizimi) negizida birlashtirilishi kerak. 
Tabiiyki,  nazariya  ma‘lum  bir  metod  yordamida,  ya‘ni  metodologik  prinstiplar,  usullarni  qo‘llash  asosida 
quriladi. 
Qurilgan  nazariya  bilishning  keyingi  bosqichlarida  aniqlashtiriladi,  Yangi  faktik  materiallar  asosida 
mazmunan boyitiladi, qayta talqin qilinadi. 
Nazariyaning turlari 
Ilmiy nazariyaning juda ko‘p turlari mavjud. Ularni turli xil asoslarga ko‘ra tasniflash (turkumlash) mumkin. 
Xususan,  qurilish  metodiga  ko‘ra  nazariyalarni  to‘rt  turga  ajratish  mumkin:  1)   tajriba  bilan  ish  ko‘radigan 
fanlarning  mazmundor  nazariyalari;  2)   gipotetik-deduktiv  (yoki  yarim  aksiomatik)  nazariyalar;  3)   aksiomatik 
nazariyalar; 4)  formallashgan nazariyalar. 
«Mazmundor»  nazariyalarda  ma‘lum  bir  sohaga  oid  faktlar  tizimga  solinadi,  umumlashtiriladi  va 
tushuntiriladi.  Ular  asosan  tajriba  natijalari,  empirik  materiallarga  tayanadi,  ularni  tahlil  qiladi,  tartibga  soladi  va 
umumlashtiradi. Ana shuning uchun ham ularni «tajribaga tayanuvchi nazariyalar», deb atashadi. «Mazmundor» deb 
atalishiga  sabab,  ularni  matematika  va  mantiqdagi  formallashgan  nazariyalardan  farq  qilishdir.  Mazmundor 
nazariyalarni  sof  empirik  nazariyalar  deb  bo‘lmaydi.  Ular  faqat  empirik  materiallargagina  emas,  balki  nazariy 
qonunlarga  ham  tayanadi.  Masalan,  mazmundor,  deb  hisoblanadigan  CH. Darvinning  evolyustiya  nazariyasi, 
I.P. Pavlovning  oliy  asab  faoliyatining  shartli  reflektorlik  nazariyasi  va  shu  kabilar  chuqur  nazariy  g‘oyalarga 
suyanadi, ular yordamida to‘plangan materiallarni rastional usul bilan anglaydi, qayta ishlaydi va tushuntiradi. 
Gipotetik-deduktiv  nazariyalar  tabiatshunoslikda  uchraydi.  U  turli  xil  mantiqiy  kuchga  ega  gipotezalar 
tizimidan  iborat  bo‘lib,  unda  mantiqan  kuchlilaridan  mantiqan  kuchsizroqlari  dedukstiya  qilinadi.  Gipotetik-
deduktiv  tizimni  gipotezalar  zanjiri  (ierarxiyasi)  tarzida  olib  qarash  mumkin.  Bunda  empirik  asosdan  uzoqlashgan 
sari  gipotezaning  kuchi  ortib  boradi,  chunki  har  bir  keltirilib  chiqarilgan  gipoteza  o‘zidan  avvalgi  gipotezalarda 
mavjud bo‘lgan bilimlarni sintez qilish natijasi sifatida gavdalanadi. 
Gipotetik-deduktiv  nazariyalarning  o‘ziga  xos  jihatlaridan  biri  undagi  gipotezalarning  darajalari  bo‘yicha 
qat‘iy izchil joylashishidir. Gipotezaning darajasi qanchalik  yuqori bo‘lsa,  xulosalarni  mantiqiy  yo‘l bilan keltirib 
chiqarishda uning ishtiroki shunchalik ko‘p bo‘ladi. 
Nazariyaning gipotetik-deduktiv modeli empirik materiallarni ishlashda ko‘p qulayliklarga ega bo‘lishi bilan 
bir qatorda ayrim kamchiliklardan ham xoli emas. Xususan, boshlang‘ich gipotezalar qanday tanlab olinishi kerak, 
degan savolga haligacha aniq, qat‘iy holdagi javob yo‘q. 
Aksiomatik  tizimlarda  nazariya  elementlarining  katta  qismi  kichkina  boshlang‘ich  asosdan  –  asosiy 
aksiomalardan deduktiv yo‘l bilan keltirilib chiqariladi. Aksiomatik nazariyalar asosan matematikada quriladi. 
Aksiomatik  metod  birinchi  marta  Yevklid  tomonidan  elementar  geometriyani  qurishda  muvaffaqiyatli 
ishlatilgan. Mazkur geometriyaning asosiy aksiomatik tushunchalari «nuqta», «to‘g‘ri chiziq», «tekislik» bo‘lib, ular 
ideal fazoviy ob‘ektlar sifatida olib qaralgan; geometriyaning o‘zi esa fizikaviy fazoning xususiyatlarini o‘rganuvchi 
ta‘limot  sifatida  talqin  qilingan.  Yevklid  geometriyasining  qolgan  barcha  tushunchalari  ular  yordamida  hosil 
qilingan. 
Quyidagi  misolga  murojaat  qilaylik:  «Tekislikdagi  bitta  nuqtadan  baravar  uzoqlikda  yotadigan  nuqtalar 
to‘plamiga aylana deyiladi», unda «aylana» tushunchasi «nuqta va tekislik» tushunchalari yordamida hosil qilingan, 
ya‘ni ulardan dedukstiya qilingan. 
Matematikaning taraqqiyoti davomida aksiomatik metod takomillashib borgan, uni qo‘llash mumkin bo‘lgan 
sohalar doirasi kengaygan. Xususan, asta-sekin Yevklid aksiomalarining faqat geometrik ob‘ektlarnigina emas, balki 
boshqa matematik va hatto, fizik ob‘ektlarni ham tasvirlash uchun yaroqli ekanligi ma‘lum bo‘ldi. Masalan, nuqtani 
haqiqiy  sonlarning  uchtasining  to‘plami  –  to‘g‘ri  chiziq  va  tekislikni,  chiziqli  tenglamalarni  bildiradi,  deb  qabul 
qilinganda, mazkur nogeometrik ob‘ektlar xossalarining Yevklid geometriyasi aksiomalari talablariga javob berishi 
aniqlangan. 

SHuni  aytish  kerakki,  aksiomatikaga  bunday  abstrakt  tarzda  yondashishga  ma‘lum  bir 
darajada   N.I. Lobachevskiy,  B. Riman  va  boshqalar  noevklid  geometriyalarining  yaratilishi  yaxshi  imkoniyat 
yaratdi. 
Hozirgi  zamon  matematikasida  abstrakt  aksiomatik  tizimlar  keng  qo‘llaniladi.  Bunday  tizimlarning  muhim 
xususiyatlari ularning  yopiq tizimdan iborat  bo‘lishi,  ya‘ni  miqdor jihatidan cheklangan aksiomalar, tushunchalar, 
prinstiplardan  tashkil  topishi,  ular  qatoriga  ixtiyoriy  ravishda,  asossiz  Yangi  aksiomalar,  tushunchalarni  qo‘shib 
bo‘lmaslik; tizimlarning  mantiqan ziddiyatsiz  va  ma‘lum bir darajada  to‘la  bo‘lishi  va  shu  kabilardan iborat. Ana 
shuning  uchun  ham  ular  uzoq  vaqt  davomida  o‘zining  barqarorligini  saqlaydi,  Yangi  bilim  olishning  ishonchli 
vositasi bo‘lib qoladi. 
Aksiomatika  tabiatshunoslikda  ham  qo‘llaniladi.  Tajriba  bilan  bog‘liq  bo‘lganligi  va  shuning  uchun  ham 
zaruriy  ravishda  empirik  talqinga  muhtoj  ekanligi  sababli  tabiatshunoslikning  faqat  o‘zagini  tashkil  etadigan 
tushunchalarnigina aksiomalashtirish mumkin. 
Abstrakt matematik strukturalar faqat aksiomatik tizimlardagina emas, balki formallashgan nazariy tizimlarda 
ham tasvirlanishi va tushuntirilishi mumkin. 
Formallashgan  nazariyalar  mantiqda  keng qo‘llaniladi.  Bunga  misol qilib  mulohazalar  mantig‘i,  predikatlar 
mantig‘ini ko‘rsatish mumkin. SHuningdek, u matematikada ham uchraydi. 
Nazariyaning  yuqorida  biz  ko‘rib chiqqan turlari va  boshqalari nazariy bilishning  muhim vositalari sifatida 
fanda nihoyatda qadrlanadi. Ular tafakkurning strukturasi va qonuniyatlarini yaxshi bilib olishga imkon beradi. 
Savol va javob 
Bilimlarimiz  predmet  va  hodisalar  haqida  avvalgi  hosil  qilingan  hukmlar  (mulohazalar)dan  Yangi,  ularni 
to‘ldiradigan,  kengaytiradigan  hukmlarni  yaratishga  qarab  taraqqiy  etib  boradi.  Bu  jarayon  ma‘lum  bir  savollarni 
qo‘yish va ularga javob qidirish tarzida sodir bo‘ladi. 
SHuni  aytish  kerakki,  savol  so‘roq  gap  yordamida  ifoda  qilingani  uchun  hukmni  ifoda  qila  olmaydi.  Ular 
bilishda  turlicha  vazifalarni  bajaradi.  Xususan,  hukmning  vazifasi  predmet  haqidagi  mavjud  bilimlarni  qayd 
qilishdan iborat bo‘lsa, savol uning Yangi xususiyatlari, aloqalarini qidirib topishga, o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi. 
Savol  bir  qancha  muhim  mantiqiy  xususiyatlarga  ega.  Birinchidan,  savolda  ma‘lum  bir  boshlang‘ich  bilim 
mujassamlangan  bo‘ladi.  Masalan,  «Qanday  sabablarga  ko‘ra  GFR  va  GDR  yagona  davlatga  birlashdi?»  degan 
savolda  mustaqil  Germaniya  Federativ  Respublikasi  va  Germaniya  Demokratik  Respublikasining  mavjud 
bo‘lganligi,  ularning  yagona  davlatga  birlashishidan  avval  qandaydir  voqealarning  sodir  bo‘lganligi  haqida 
ma‘lumot berilgan. Ikkinchidan, savolda mavjud bo‘lgan bilim noaniq bo‘ladi. YUqorida keltirilgan misolda yagona 
nemis davlati  – GFR haqida ma‘lum bir ma‘lumot mavjud bo‘lsa-da, u fikrlash predmetini tushunish uchun yetarli 
emas. SHuning uchun ham savol qo‘yish va unga javob qidirish yo‘li bilan yagona nemis davlatining paydo bo‘lish 
shart-sharoitlari haqida bilim hosil qilinishi zarur. Uchinchidan, savolda predmet haqida to‘laroq bilimga ega bo‘lish 
ehtiyoji o‘z ifodasini topadi. 
Ana  shundan  kelib  chiqib,  savol  bilimlarimizdagi  noaniqliklarni,  shubhalarni  yo‘qotish,  hamda  aniqroq  va 
to‘laroq  bilimlar  hosil  qilishga  bo‘lgan  ehtiyojni  qondirishga  xizmat  qiladigan  fikrlash  vositasidir,  deb  aytishimiz 
mumkin. 
Savol o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. U o‘zining asosiga (datum questioins), bazisiga ega. Savolning asosini 
unda mujassamlashgan bilim (axborot) tashkil etadi. 
Savollarning bir qancha turlarini farq qilsa bo‘ladi. Xususan, savol o‘zining asosiga ko‘ra to‘g‘ri va noto‘g‘ri 
qo‘yilgan  savollarga  bo‘linadi.  Asosi  chin  va  ziddiyatsiz  bilimdan  iborat  bo‘lsa,  savol  to‘g‘ri  qo‘yilgan  bo‘ladi. 
«Milliy  g‘oya  nima?»  degan  savol  bunga  misol  bo‘la  oladi.  Xato  va  ziddiyatli  asosga  ega  savol  esa,  noto‘g‘ri 
qo‘yilgan savol hisoblanadi. Masalan, «Arvoh qanday kun kechiradi?» desak, savol noto‘g‘ri qo‘yilgan bo‘ladi. 
Bilishdagi funkstiyasi savollarni bo‘yicha aniqlovchi va to‘ldiruvchi savollarga ajratish mumkin. «I. Prigojin 
haqiqatan  ham  sinergetikaning  asoschisimi?»  degan  savol  aniqlovchi  savol,  «O‘zbekiston  Respublikasi 
Konstitutstiyasi qachon qabul qilingan?» to‘ldiruvchi savol hisoblanadi. 
Tarkibiga  ko‘ra  oddiy  va  murakkab  savollar  mavjud.  Agar  tarkibida  boshqa  savol  bo‘lmasa,  oddiy  savol, 
bo‘lsa – murakkab savol deb yuritiladi. Masalan, «Suv necha gradusda muzlaydi?»  – oddiy savol, «Assimilyastiya 
va dissimilyastiyalar organizmning mavjud bo‘lishida qanday o‘rin tutadi?» – murakkab savoldir. 
Masala  –  savolning  alohida  bir  turi  bo‘lib,  uni  hal  qilish  savolning  asosini  mantiqan  o‘zgartirishni, 
yetishmayotgan  ma‘lumotlar  bilan  to‘ldirishni,  muhim  tomonlarini  ajratishni,  muhim  bo‘lmaganlarini  chiqarib 
tashlashni taqozo etadi. 
Savolni to‘g‘ri qo‘yish uchun ma‘lum bir qoidalarga rioya etish zarur: 
1. Savol til talablariga javob berishi kerak. 
2. Savol aniq, ravshan, qat‘iy holda ifoda qilingan bo‘lishi kerak. 
3. Savolning asosi (bazisi) chin hukmlardan iborat bo‘lishi kerak. 
Javob  –  predmet  haqidagi  avvalgi  bilimni  qo‘yilgan  savolga  muvofiq  holda  aniqlashtiradigan,  to‘ldiradigan 
Yangi hukm (mulohaza) dan iborat. U savolning asosini (bazisini) tashkil etuvchi bilimga tayanilgan holda,  Yangi 
bilim olishga imkon beradi. Javobning mohiyatini savolda mavjud bo‘lgan noaniqlikni kamaytirish (yoki yo‘qotish) 
tashkil etadi. 
Savolga  javob  qidirish  davomida,  odatda,  bilimlarning  konkret  sohalariga  murojaat  qilinadi.  Ular  javobni 
qidirish sohasi, deb ataladi. 

Mantiqda  javobning  bir  qancha  turlari:  bevosita  (to‘g‘ri)  va  bilvosita  javoblar,  to‘liq  va  to‘liqsiz  javoblar, 
chin va xato javoblar, qisqa va batafsil javoblar, aniq va noaniq javoblar ajratiladi. 
Bevosita  (to‘g‘ri)  javob  –  savolda  ko‘rsatilgan  noma‘lum  sohaga  taalluqli  mulohazalar  to‘plamidan  iborat. 
Masalan,  «O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitustiyasi  (Asosiy  qonuni)  qachon  qabul  qilingan?»  degan  savolga 
«O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitustiyasi  (Asosiy  qonuni)  1992   yil  8   dekabrda  qabul  qilingan»,  deb  berilgan 
javob bevosita javob hisoblanadi. 
Bilvosita javob – javobni qidirish sohasidan chetga chiqib, qo‘shimcha ma‘lumotlarga murojaat qilish asosida 
hosil qilinadigan mulohazalar to‘plamidan iborat bo‘lib, bevosita (to‘g‘ri) javob ulardan xulosa chiqarish yo‘li bilan 
hosil  qilinadi.  Masalan,  «Mantiq  falsafiy  fanmi?»  degan  savolga  «Mantiq  tafakkurning  shakllari  va  qonunlarini 
o‘rganuvchi fan», deb beriladigan javob bilvosita javob bo‘ladi. 
To‘liq va  to‘liqsiz  javoblar javobda  beriladigan  ma‘lumotlar  miqdori bo‘yicha  farq qilinadi. To‘liq javob  – 
o‘zida  savolning barcha  elementlari (qismlari)  haqida  ma‘lumotlarni  mujassamlashtirgan  mulohazalar to‘plamidir, 
«O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasini kim yozgan?» degan savolga «O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi matnini 
A. Oripov  yozgan,  uning  musiqasini  esa,  M.   Burxonov  bastalagan»,  deb  berilgan  javob  to‘liq  javob  bo‘ladi. 
To‘liqsiz  javob  –  savolni  tashkil  etuvchi  elementlarning  bir  qismi  haqidagina  ma‘lumotni  ifoda  etgan 
mulohazalardan  iborat.  Masalan,  «Jamiyatni  demokratiyalashning  mohiyati  nimada?»  deb  qo‘yilgan  savolga 
«Jamiyatni  demokratiyalash  xalqning  davlatni  boshqarishda  ishtirok  etishini  taqozo  etadi»,  deb  berilgan  javob 
to‘liqsiz bo‘ladi, chunki unda jamiyatni demokratiyalashtirishning boshqa mezonlari haqida ma‘lumotlar yo‘q. 
Mantiqiy qiymati bo‘yicha, ya‘ni borliqqa munosabatiga ko‘ra chin va xato javoblar farq qilinishi mumkin. 
Agar javobda ifodalangan  fikr-mulohazalar borliqqa  muvofiq kelsa, uni adekvat  holda aks ettirsa,  u chin javob va 
aksincha, borliqqa muvofiq kelmasa, adekvat tarzda aks ettirmasa, u xato javob bo‘ladi. Masalan, «Tib qonunlari» 
asarining muallifi kim?» deb berilgan savolga «Tib qonunlari» asarining muallifi Ibn Sinodir», deb berilgan javob – 
chin, «Tib qonunlari» asarining muallifi Ar-Roziydir», deb berilgan javob esa, xato hisoblanadi. 
Grammatik  shakliga  ko‘ra,  javoblar  qisqa  yoki  batafsil  bo‘ladi.  Qisqa  javob  «ha»  yoki  «yo‘q»  tarzida 
beriladigan  tasdiq  yoki  inkor  shaklidagi  bitta  so‘zdan  iborat.  Batafsil  javob  savolning  har  bir  elementi 
takrorlanadigan  mulohazadir.  Masalan,  «Muhammad  payg‘ambar  tarixiy  shaxsmi?»  degan  savolga  «Ha»,  deb 
berilgan  javob  –  qisqa  javob,  «Ha,  Muhammad  payg‘ambar  tarixiy  shaxs»,  deb  berilgan  javob  –  batafsil  javob 
bo‘ladi. 
Javobning aniq yoki noaniq bo‘lishi savolning sifatiga, uning mantiqiy tarkibiga bog‘liq. Ma‘lumki, savol va 
javob mantiqan bog‘langan bo‘ladi, ya‘ni javobning mazmuni qo‘yilgan savolning sifatiga bog‘liq. SHuning uchun 
ham bahs  yuritish jarayonida  «savoliga  yarasha  javob» degan qoida  amal  qiladi. Noaniq, ko‘p  ma‘noli savollarga 
aniq javob olish qiyin. 
Aniq  javob  –  mantiqan  to‘g‘ri  qo‘yilgan  savolga  bildiriladigan  mulohazadan  iborat  bo‘lib,  unda 
ishlatilayotgan  tushunchalar,  so‘zlarning  mazmuni  va  ma‘nosi  konkret  va  ravshan  bo‘ladi.  Noaniq  javobni  ifoda 
etuvchi  mulohazalar  ikki  xil  ma‘noli  tushunchalar,  so‘zlarni  ishlatish  natijasida  hosil  bo‘ladi.  U  ko‘pincha 
sofizmlarda uchraydi. Masalan, «uyum» sofizmida sofistning «agar qum uyumidan bir dona qumni olib tashlansa, 
uyum saqlanadimi?» degan savoliga «ha»,  deb javob berishadi. Uning «YAna bir qum donasini olib tashlasak-chi? 
Unda  ham  qum  uyumi  saqlanib  qoladimi?»  degan  navbatdagi  savoliga  ham  «Ha»,  javobi  beriladi.  Bu  hol,  ya‘ni 
tasdiqlovchi javob birorta ham qum donasi qolmaguncha berilaveradi. Bu yerda mantiqiy xato «uyum» tushunchasi 
mazmunining  noaniqligidan  kelib  chiqadi.  Mazkur  tushuncha  faqat  uyumning  ma‘lum  bir  miqdordagi  qumlar 
to‘plamini  ifoda  qilishi,  ya‘ni  o‘zining  hajmiga  ega  bo‘lishi  bilangina  emas,  balki  sifatiy  tavsifiga:  shakliga, 
ko‘lamiga  va  shu  kabilarga  ham,  ya‘ni  mazmuniga  ham  ega.  Sofist  esa  urg‘uni  uning  miqdoriga  beryapti.  Ana 
shuning uchun ham javob oxir-oqibatda xato bo‘lib chiqadi. 
Beriladigan  javob  to‘g‘ri  bo‘lishi  uchun  ma‘lum  bir  metodologik  talablarga  rioya  qilish  zarur.  Ular 
quyidagilardir: 
1.  Javob aniq, ravshan va, iloji boricha, ixcham bo‘lishi shart. 
2. Javob mantiqan ziddiyatsiz bo‘lishi zarur. 
3. Javob yetarli darajada asoslangan bo‘lishi kerak. 
4. Javob savoldagi noaniqlikni kamaytirishi, iloji boricha to‘la bo‘lishi zarur. 
Mantiq fanining nazariy va amaliy ahamiyati 
Mantiq fanining ilmiy ishonch – e‘tiqodning shakllanishida tutgan o‘rni 
Faktlar  va  boshqa  dalillarga  tayanib  yuritiladigan  fikr  yuksak  ishontirish  kuchiga  ega  bo‘ladi,  kishilarda 
ishonch-e‘tikodni  mustahkamlaydi. Bilishning  maqsadi ilmiy asosga ega bo‘lgan e‘tiqodni  yaratishdan iborat. Ana 
shuning  uchun  ham  yoshlarda  ilmiy  asosga  ega  ishonch-e‘tiqodni  yaratish  muhim  ahamiyat  kasb 
etadi.Argumentlash  ishonch-e‘tiqodni  shakllantirish  vositasidir.  Ishonch-e‘tiqod  esa,  insonning  komillik 
mezonlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Ishonch  –e‘tiqod-  bu  kishillarning  xulq-atvori  va  hatti  –harakatini  belgilab  beradigan  qarashlari  va 
tasavvurlaridir. 
Vatanimizning  gullab-yashnashi,  barqaror  rivojlanishi  ma‘lum  bir  darajada  yoshlarning  chuqur  bilimga, 
mustahkam  ishonch-e‘tiqodga  va,  umuman,  komil  inson  bo‘lishlariga  bog‘liq.  Bu  haqda  Prezidentimiz   I.  A. 
Karimov shunday deb ta‘kidlagan: «Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-
atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘la oladigan, bilimli, ma‘rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamlarni oldi-

qochdi gaplar bilan aldab bo‘lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko‘radi. O‘z fikr-o‘yi, xulosasini 
mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam bo‘ladi».
109
 
CHuqur  tahlilga,  mantiqqa  asoslanmagan  bir  yoqlama  fikr  odamlarni  chalg‘itadi.  Faqat  bahs-munozara, 
tahlilga asoslangan to‘g‘ri xulosalargina haqiqatni bilishga yo‘l ochadi. 
Bahs, munozara yuritishning, chin fikrlarni isbotlay bilishning, xato fikrlarni rad etishning o‘ziga xos qonun-
qoidalari  mavjud.  Bu  qoidalarni  bilish  har  bir  insonga,  shu  jumladan,  talabalarga  chin  fikrni  xato  fikrdan  ajrata 
bilish, to‘g‘ri tafakkurlash madaniyatini shakllantirish imkonini beradi. 
Mantiq ilmining fan va texnika taraqqiyoti uchun ahamiyati 
Mantiqiy  kategoriyalarning  universal  harakterga  ega  bo‘lishi  ularni  bilishda,  ishlab  chiqarish  jarayonlarida, 
texnika tarmoqlarida ixtisoslashtirilgan holda tadbiq etish imkoniyatini tug‘diradi. Bu esa, mantiqdan turli fanlarning 
konkret masalalarini hal qilishda foydalanishning keng imkoniyatlarini vujudga keltiradi.  
Fanning  tobora  rivojlanib  borishi,  borliqning  murakkab  qonunlarining  kashf  etilishi  ilmiy  bilish  metodi  va 
mantiq  apparatini  shunga  moslashtirishni,  tafakkurning  har  bir  konkret  masala  xaqida  aniq,  xatosiz,  tez  hulosalar 
bera olishini talab qiladi.  
Ilmiy va texnik jarayonning bunday talabi natijasida turli fanlarga ixtisoslashgan mantiq tarmoqlari vujudga 
keldi.  
Fan qadriyatlar tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega. U katta ilmiy saloxiyatni, ijodiy kuch – quvvatni birlashtiradi
millat  dunyoqarashini  shakllantiradi,  ta‘lim  –  tarbiya,  axloq  me‘yorlarini  vujudga  keltiradi,  ma‘naviy  barkamol 
insonni tarbiyalaydi, mamlakatda qudratli ilmiy potenstialni yaratishga xizmat qiladi.  
Mantiqni  bilish,  ayniqsa,  ilm  fan  bilan  shug‘ullanish,  ilmiy  -  tadqiqot  ishlarini  olib  borish,  borgan  sari 
ko‘payib borayotgan ilmiy axborotlarni tartibli ravishda o‘zlashtirish, ilmiy masalalarning tuzilishini tez bilib olish 
uchun ham muhim rol o‘ynaydi. Mantiqning ilmiy – nazariy ishlar hamda insonning amaliy faoliyati uchun bo‘lgan 
ahamiyatini  alohida  uqtirish  bilan  birga,  chin  hulosa  chiqarishning  hal  qiluvchi  sharti  –  hayotni  chuqur  o‘rganish, 
har bir voqelikdagi hollarni mantiq talablari asosida bilish zarur.  
Mantiq fanining fikr yuritish madaniyatini o‘stirishdagi ahamiyati 
Mantiq  inson  tafakkuri  madaniyatini  ko‘tarish  va  insoniyatning  uzoq  tajribasi  natijasida  takomillashgan 
tafakkur shakllari, qonunlari va qoidalarini bilish uchun xizmat qiladi. U inson fikrining ketma – ket, ziddiyatsiz va 
asosli  bo‘lishini  ta‘minlaydi.  Mantiq  fani  mazmunini  chuqurroq  o‘rganish  kishilarning  o‘z  tafakkuri  va  o‘zgalar 
tafakkuri natijalariga tanqidiy qarash xislatlarini rivojlantiradi. Tafakkurning bu sifatlari esa insonning turli ilmiy va 
amaliy faoliyatlari sohasidagi ishi uchun katta ahamiyatga  ega. Mantiqiy usullardan to‘g‘ri foydalana olish, ta‘lim 
tarbiya  jarayonida  isbot  va  raddiyaning  mantiqiy  tomonlarini  bilish  talabalarda  o‘z  nutqining  asosli  bo‘lishini 
ta‘minlaydi, fikrdagi ziddiyatlarni ochishga yordam beradi. 
Mantiqni yaxshi bilish turli ilmiy uchrashuvlar, munozaralar, muhokamalarda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Xususan,  bunday  hollarda  fikrlash  sub‘ekti  haqiqatni  aniqlash  yoki  uning  sofligini  saqlab  qolish,  asoslash  uchun 
mantiqiy qonun – qoidalarni to‘g‘ri tadbiq eta bilishi, suxbatdoshining fikridagi xatolarni tez topa olishi, o‘z fikrini 
dalilli qilib bayon etishi zarur. Bu esa  uning mantiq fanini yaxshi bilishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. 
 
Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin