2. ikkinchi muammo. Estetika fani san'atning mazmun va shakli singari masala ham muxim o‘rin tutadi.
Estetika fani.
3. Estetikaning yana bir muxim muammolardan biri badiiy obraz muammosidir. Badiiy obraz hayotni aks
ettirishni , uni umumlashtirishning san'atga xos spesifik xususiyatidir.
4. Va nixoyat yana bir muammo badiiy diddir.
Badiiy did-kishining adabiyot va san'at asarlaridan ma'naviy quvonch olishi uning badiiy didida namoyon
bo‘ladi. Negaki, kishilar san'at va adabiyotni sevadilar. Badiiy ijodiyotsiz insoniyat hayotini tasavvur etish qiyin.
San'at asarlarini idrok etganda inson ko‘ngil ila vujudga kelgan tuyg‘ular o‘zini kuchli turkuni , ijtimoiy mazmuni
bilan ajralib turadi. Chunki,
badiiy ijodiyotdagi har bir obraz, har bir xarakter ma'lum ijtimoiy idealni ifodalaydi,
ma'lum axloqiy va estetik g‘oyani ilgari suradi. Bu jihatdan san'atning ijtimoiy ong formalaridan biri sifatida
kishilaming tushunchasiga, ijtimoiy faoliyatiga ko‘rsatadigan ta'siri nixoyatda kattadir. San'at universal
xususiyatlarga ega bo‘lib, barcha ijtimoiy guruxlarni, voqe'likni estetik jihatdan o‘zlashtirishga da'vat etadi.
Estetika tuyg‘ularning ma'naviy tus olishi uchun yetakchi omilga aylanadi. Estetika ishlab chiqarish,
kishilarning mehnatiga tobora ko‘proq kirib bormoqda. Endilkda korxonalarda Yangi xil stanoklar, sex
jihozlarining estetik sifatini ta'minlash, korxonalarning barcha binolari estetik talablarga javob berishi, go‘zallik
tuyg‘ularini uyg‘ota olishi va qondirish uchun g‘amxo‘rlik qilish bilan bevosita mutaxasislar paydo bo‘lmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi talabalaridan yana biri o‘quv
yurtlari, binolari va o‘quvxonalarini yosh
avlodning badiiy didiga, hamda estetik ehtiyojlariga javob beradigan tarzda jixozlantirishdir.
Maxsus fan ishlab chiqarish estetikasi, texnika estetikasi fani paydo bo‘ldi. Ilgari ishlab chiqarishda
uchramagan «texnika estetikasi», «dizayn» kabi tushunchalar hayotimizga kirib keldi.
Hozirgi zamon sanoat ishlab chiqarishning estetik tomonining o‘rganadigan fani texnika estetikasi deyiladi.
Bu bilan mutaxassis rassomlar shug‘ullanadi. Ularning san'ati «dizayn» degan nom bilan yuritiladi.
Dizayn nima? Dizayn - bu ishlab chiqarishda rassomlar, «dizaynerlar» tomonidan bo‘lajak buyum
loyixasining yaratilishini o‘z ichiga oladigan estetik faoliyatning turi hamda ijod natijasi sifatga, ega bo‘lgan tayyor
sanoat buyumi.
Predmetlartarning vazifasi: 1) Predmetlartar tibsizligiga barham berish 2) predmetlar olamini tartibga
keltirish 3) texnika estetikasi va dizayn, uning nazariya va amaliyotining vazifasi ana shubdan iborat.
Har qanday texnik shaklga dizayn tomonidan qo‘yiladigan asosiy talab - foydalilik qulaylik va go‘zallikdir
.
Masalan : Dastlabki avtomobil shakl jixatidan oddiy qadimgi ekipajni eslatgan. Uning havo qarshiligiga
kamroq uchraydigan, o‘qlarining past tushishi kabi sifatlari bilib olingandan so‘ng, bizning bugungi kunda
zavqlantiradigan va ko‘zimizni quvontiradigan o‘sha dinamik shakli yaratilgan .
Hozirgi zamon avtomobilining go‘zalligini uning amaliy vazifasidan ajratib bo‘lmaydi .
Yaqin kelajak texnikasi yanada mukammalroq va go‘zalroq mashinalar yaratadi. Buning guvohi qudratli
kemalar va laboratoriyalarda ranglar tanlab, operatorlik posti signalizasiyasini soddalashtirib, dizayner unga Yangi,
go‘zal qiyofa beradi. U avtomobil, samolyot, teploxod, sex, zavodning ichki salonining jihozlashi mumkin.
18-mavzu: Estetikaning zamonaviy muammolari.
Reja:
1. Estetik tarbiyaning turlari va yo'nalishlari.
2. Insonning tabiiy, axokiy va estetik didining mutanosibligi. ―Ommaviy madaniyat‖ning yoshlar estetik didiga
ta'siri.
3. Sport va uning ma'naviy-estetik jihatlari.
4. Olamni estetik anglashda texnologiyalarning roli. Reklamaning estetik jihatlari va g'ayriestetik xolatlar.
Estetik tarbiya – jamiyatda ma‘naviy muhitni paydo qilishga ko‘mak beruvchi muhim unsur bo‘lib, u inson
didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi
kuchdir.
Hozirda estetik tarbiyaning ko‘lami tobora kengaymoqda. Shunga ko‘ra, u o‘z oldiga talaygina muhim
vazifalarni qo‘ygan. Bular: -kishilarda san‘at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o‘zlashtirish balki,
ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;
-jamiyat a‘zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch
tuyg‘usini uyg‘otish;
- tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg‘u bilan munosabatda bo‘lishga va ularni ravnaq
toptirish yo‘lida astoydil faoliyat olib borish ko‘nikmalarini hosil qilish;
- o‘tmish ma‘naviy merosimizga hurmat hissini uyg‘otish, milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘ularini
shakllantirish uchun zamin yaratish;
- ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf
keltiradigan tomonlarini targ‘ib qilishga undashdir.
Estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga- san‘at, information texnologiyalar, tabiat, mehnat, sport
kabi sohalarni kiritish mumkin.
San‘at- estetik tarbiyaning muhim vositasi. Bugungi kunda jamiyatimizda inson faoliyatini boshqarib
borishdan ko‘ra, ushbu jarayonni insonning o‘zi tashkil etishi kerakligi bot-bot uqtirilmoqda. Bu jarayonda san‘at
mohiyatan shaxsning his-tuyg‘ulariga ta‘sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan muhim vosita sifatida insonni doimo o‘ziga
jalb etib kelgan. San‘at insonning ehtiroslar va tuyg‘ular olamiga singib borib ularni yig‘latadi, kuldiradi, o‘ylashga
majbur qiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak san‘at barcha davrlarda insonga hamroh bo‘lib kelgan.
San‘at o‘zining estetik bisotini to‘laligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas
bog‘lanadi. Chunonchi, inson tafakkurini go‘zallashtirish estetikaning tadqiqot obyekti hisoblansa, estetik
tarbiyaning predmeti esa ma‘naviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi.
San‟at xillari va turlarini tasniflashtirish muammosi
Tasniflashtirish avvalo san‘atni xillashdan boshlanadi. San‘at an‘anaviy tarzda uch xilga bo‘lib kelinadi: 1) epos; 2)
lirika; 3) drama.
«Epos» atamasi qadimgi yunonchadan olingan bo‘lib, so‘z, hikoya, qissa ma‘nolarini anglatadi. Unda
muallifning o‘zi aralashmagan holda voqeanavislik qilishi, ya‘ni ijodkor-sub‘ektdan voqelik-ob‘ekt alohidalik
tabiatiga egaligi eng muhim belgi hisoblanadi. U dastlab badiiy adabiyot doirasida qo‘llanilgani uchun hozir ham
ba‘zilar uni faqat og‘zaki va yozma adabiyot namunalariga nisbatan tadbiq etishga urinadilar. Bunga qo‘shilib
bo‘lmaydi. Chunki san‘at turlari ravnaq topib borishi natijasida hozir eposni epiklik ma‘nosida qo‘llash, boshqa
san‘at turlariga ham nisbat berish mumkin. Endilikda faqat Homerning «Iliada»si, «Alpomish», «Kalevala»
dostonlarigina, roman janrining vujudga kelishi bilan, L.Tolstoyning «Urush va tinchlik», Abdulla Qodiriyning
«O‘tgan kunlar» romanlari singari asarlar ham san‘atning epos xiliga kiradi. Bugina emas, keyingi paytlarda
rangtasvir, musiqa v.b. san‘at turlariga ham eposni tadbiq etish mumkin bo‘lib qoldi. M., Rixard Vagnerning
«Nibelunglar uzugi» operasini, Bahodir Jalolovning panno-polotnolarini, xalq qahramonligiga bag‘ishlagan
haykaltaroshlik majmularini v.b. shu kabi miqyosli asarlarni misol qilib keltirish mumkin.
Lirika eposdan ko‘pincha qat‘iy syujet chiziqlariga ega emasligi, voqelikni ob‘ektda emas, sub‘ektda
berilishi, bevosita muallifning «aralashuvi» bilan shartlanganligi tufayli vajralib turadi. Ayni paytda ko‘lam nuqtayi
nazaridan ham uni farqlash mumkin; lirikadagi voqelik muallifning hissiyotlari prizmasidan o‘tib, idrok etuvchiga
etib boradi; unda hajm eposdagidek katta ham bo‘lishi mumkin, lekin miqyos, ko‘lam sub‘ektlashtirilgan ob‘ekt
tarzida, sub‘ektning bir qismi sifatida nisbatan torayadi va kichrayadi. Lekin idrok etuvchi dunyosini eposdagidan
kam boyitmaydi, voqeiylikning kambag‘allashuvi hissiyotlarning mo‘lligi orqali o‘z rasamadini topadi. Xullas,
eposda muallif idrok etuvchini olisdan kuzatib borsa, lirikada u bilan yonma-yon «suhbatlashib» boradi. SHuning
uchun muallifni odatda «lirik qahramon» deb ataydilar. Lekin lirik qahramonni muallif «men»i bilan hamma vaqt
ham aynanlashtirish maqsadga muvofiq emas. Bu «men» umuman inson, m., u yo kosib, yo qari, yoki yosh, yo
o‘tkinchi, yo bevafo sevgilisini o‘ldirgan kishi v.h. Muallif esa, aslida ularning birortasi ham emas, butunlay boshqa
odam bo‘lishi mumkin. Bu erda «men»ning kimligi masalani hal qilmaydi, balki uning idrok etuvchiga beradiga
lirik kayfiyati muhim. Zero lirikaning asosiy vazifasi aynan ana shu. Mohiyatan lirik kayfiyat bag‘ishlashga
qaratilgan asarlarni biz faqat she‘riyatda, badiiy adabiyotda emas, san‘atning rangtasvir, qo‘shiqchilik, musiqa kabi
turlarida ham uchratamiz. Ya‘ni, lirikani yaratishda so‘zdan tashqari rang, ohang, ovoz singari badiiy asar
«tillari»ning ishtiroq etishini e‘tirof qilmoq lozim.
Drama (yunonchada-harakat degani) sahnada ijro etishga mo‘ljallangan, matni qatnashuvchilarning dialog va
monologlari asosiga qurilgan, voqelikdagi hayotiy qarama-qarshiliklarni zididiyat holati (konflikt) orqali
ifodalaydigan, san‘atning nisbatan «sof» adabiy xili. Dramada lirikadagi sub‘ektivlashish hodisasi yo‘q, eposdagi
voqeanavislikni ham uchratmaymiz: hamma narsani ishtirok etuvchilarning xatti-harakatlari va nutqlari hal qiladi.
SHuningdek, unda eposdagi «og‘ir karvonlikni», lirikadagi «oniy kayfiyatni» ham ko‘rmaymiz: qahramonlar taqdiri
dinamik tarzda rivojlanib boradigan fojeaviy azob-uqubatlar, og‘ir ko‘rgiliklar yoki tanqidiy kulgi vositasidagi
echim bilan nihoya topadi. Kino san‘ati vujudga kelganidan keyin kinokomediya, kinodramaturgiya kabi atamalar
ham estetikaga kerib keldi.
San‘at o‘ziga xos yaxlitlikka ega ekanini ko‘rib o‘tgan edik. SHu jihatdan olganda, uning bu uch xilini juda
qat‘iy chegaralab, ajratib tashlash mumkin emas: ular muayyan yaxlitlikning uch qismi sifatida harakat qiladi, bir-
biri bilan dialektik aloqada voqe bo‘ladi. Eposda lirika va drama unsurlarini, lirikada epik va dramatik holatlarni,
dramada – lirizmni ko‘p uchrtamiz. Chunonchi, «liro-epik doston», «lirik drama», «dramatik doston», «she‘riy
darama», singari janriy ko‘rinishlar, epik asarlardagi lirik chekinishlar – ularaning o‘zaro aloqadorlignini ta‘kidlab
turadi.
Shunday qilib, san‘atni xillash borasida qisqacha fikrlashib oldik. Endi eng og‘ir muammo - san‘at turlarini
tasniflashtirishga o‘tamiz. Bu haqda o‘nlab ilmiy taklif-mulohazalar mavjud. Ba‘zi olimlar - voqelikning in‘ikos
ettirilishi, boshqalar - asarning idrok qilinishi, yana birovlar - badiiy mazmunning o‘ziga xos «til»da ifodalanishi
nuqtayi nazaridan tasniflashtirshga yondashganalar. M., so‘z san‘ati, tovush san‘ati, plastik san‘at yoki tomoshaviy
san‘at, tasviriy san‘at, ifodaviy san‘at v.h. Eng so‘nggi Yangilik sifatida ularning bor-yo‘g‘i ikki turkumga
bo‘linishini keltirish mumkin.: tasviriy san‘at va notasviriy san‘at. Afsuski, bularning birortasini ham
turkumlashtirishdagi to‘g‘ri yo‘l deb atash qiyin. M., badiiy adabiyot – so‘z san‘ati. Lekin mohiyatan u so‘z orqali
tasvirlash san‘ati. Xuddi shuningdek, musiqa – ohang orqali, haykaltaroshlik – substrat orqali, raqs – harakat orqali
tasvirlash san‘ati emasmi?! YOki boshqa bir misol. Teatr, kino – tomosha san‘ati. Lekin tasviriy san‘at turkumiga
kiradigan rassomlikni, haykaltaroshlikni tomosha qilmaymizmi?! YOki bemalol hamma san‘at turlarini ifodaviy
degan bir turkumga kiritish mumkin emasmi?! Axir, hammasi muayyan mazmunni «o‘z tili» - rang, ohang, so‘z,
substrat v.h. bilan ifodalamaydimi?! Xullas, bunday tasniflashtirishda manaman degan estetik-faylasufning ham,
motorni echib, bir chekkadan ochib, so‘ng yiqqan paytida ancha muncha gayka, bolt, vint kabi murvatlari ortib
qolib, ularni qayoqqa joylashtirishni bilmay boshi qotgan haydovchining ahvoliga tushishi hech gap emas. Bizning
nazarimizda, bu borada mantiqiy yondashuv tamoyili yaxshi ish bermaydi. Chunki san‘atda shartlilik ustuvor rol
o‘ynaydi, uning alohida o‘z mantiqi – badiiy mantiq bor, shu bois doim ham unga doir mulohazalar, oddiy mantiq
ilmi qoidalariga amal qilavermaydi.
Mazkur muohazalarni hisobga olgan holda, biz, san‘atning mavjudlik shartidan, ya‘ni uning ma‘naviy borliq
sifatida namoyon bo‘lish holatidan kelib chiqib, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan makon (me‘morlik,
haykaltaroshlik v.h.), zamon (badiiy adabiyot, musiqa v.h.) va makon-zamon (teatr, stirk v.h.) bo‘yicha
tasniflashtirishni ma‘qul deb hisoblaymiz. Biroq san‘at tarixiy hodisa ekanini, u qadimdan tadrijiy rivojlanib
kelganini, taraqqiyoti mobaynida o‘zgarishlarga uchraganini va ma‘lum bir tarixiy davrda muayyan san‘at turi faol,
etakchi bo‘lganini nazarda tutib, ayni paytda yuqoridagi birgina turkumlashtirish hamma tomonni qamrab
olomasligini hisobga olib, masalaga tarixiylik tamoyili asosida yondashuvni ham maqsadga muvofiq deb
o‘ylaymiz. Shundan kelib chiqqan holda, biz taklif etayotgan tasnif san‘at turlarini uch turkumga bo‘lib o‘rganishin
taqozo qiladi. Bular: 1) arxaik - endilikda tarixga aylangan, hozirga paytda real hayotda amalda bo‘lmagan; 2)
an‘anaviy - qadimdan hozirgi kungacha o‘z o‘rnini va ahamiyatini yo‘qotmay kelayotgan; 3) zamonaviy – ilmiy-
texnik taraqqiyot natijasida vujudga kelgan «texnikaviy», Yangi san‘at turlari.
Ushbu tasnifga ko‘ra, arxaik san‘at turlari – badihago‘ylik va xattotlikni; an‘anaviy san‘at turlari – badiiy
adabiyot, baxshilik, me‘morlik, ko‘rgazmali amaliy san‘at, haykaltaroshlik, rangtasvir, grafika, musiqa, teatr, raqs,
qo‘shiqchilik, estrada, stirk va askiyani; zamonaviy san‘at turlari – fotosan‘at (badiiy suratkashlik), kino,
televidenieni o‘z ichiga oladi.
Mazkur ikki yo‘nalishdagi turkumlashtirish ma‘lum ma‘noda san‘at turlarini tasniflashtirishni estetik
boshqotirmaga aylanib ketishdan saqlashga xizmat qiladi, deb o‘ylaymiz.
Arxaik san‟at turlari
Arxaik turga qaysi san‘at turlari kirishi sizga ma‘lum. SHu bois to‘g‘ridan-to‘g‘ri ular, imkon doiramizdan
kelib chiqqan holda, qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Badihago‟ylik. Bu san‘at turi asosan lirik yoki didaktik she‘rlarni o‘z ichiga oladi. Badihago‘ylarni ba‘zan
maddohlar deb ham atashgan. U asosan Sharqda vujudga kelgan va taraqqiy topgan. Uni g‘arb adabiyotidagi
imporovizastiya yoki ekspromt san‘atkorlar bilan chalkashtirish kerak emas. Chunki ular muayyan san‘at turi
ichidagi hozirjavoblik, xolos. Badihago‘ylik – og‘zaki ijod qiluvchi san‘atkor. Uning baxshidan farqi o‘z mavzuiga
ega ekanligi, she‘rlarning jamoaviy, halq og‘zaki ijodi variantlari yoki versiyalari emas, balki mustaqil asar sifatida
idrok etish bilan bog‘liq. Badihaqigo‘y buyurtmaga binoan ko‘pincha bozorlarda, ba‘zan saroylarda she‘r o‘qigan,
goho she‘rni musiqiy asbob jo‘rligida ijro etgan. Badihaning bahosi uning qay darajada originalligi, tashbehlarning
quyuqligi, buyurtma egasining qalbida etib borishi, ya‘ni ta‘sirchanligi kabi xususiyatlariga qarab belgilangan. Idrok
etuvchi (buyurtmachi) ba‘zi misralar yoqmasa, uni badihago‘ydan o‘zgartirishni talab qilgan va uning talabi albatta
bajarilishi kerak bo‘lgan. Bu qoidaning azaldan mavjudligini Imom G‘azzoliy ―Ihyo ulum ad din‖ asarida Qur‘on
oyatlari bilan she‘riy misralarni solishtirish asnosida misol tariqasida keltirganini eslaylik. Badihago‘ylik faqat
musulmon Sharqida emas, balki budhaviylik mintaqasida ham qadimdan keng yoyilgan. U nafis, inja bir san‘at turi
tarzida zadogonlar oilasida katta e‘tibor qozongan, yuqori baholangan. SHu sababli badihago‘ylik iste‘dodiga ega
bo‘lgan a‘yonlar Xitoy hoqonlari saroyida g‘oyatda qadrlanganlar. Biroq yozma adabiyotning keng yoyishdagi
natijasida badihago‘ylik mustaqil san‘at turi sifatidagi mavqeini asta-sekin yo‘qota bordi, keyinchalik baxshilik
san‘ati bilan singishib ketdi. Afsuski, u jamoaviy ijod emas, balki individual og‘zaki ijod bo‘lgani uchun uning
namunalari saqlanib qolmagan, faqat tarixiy va falsafiy-tasavvufiy asarlarda uchratishimiz mumkin.
Xattotlik. Yozma adbiyotning keng yoyilishi bir tomondan, badihago‘ylik ravnaqiga chek qo‘ygan bo‘lsa,
ikkinchi tomondan Yangi san‘at turi xattotlikning vujudga keltirdi. Xattotlik Xitoy, YAponiya, Suriya va musulmon
mintaqasida va Yevropada keng yoyildi, dastlab unga qimmatbaho kitoblarni chiroyli yozuv bilan ko‘chirib
ko‘paytirish xunari sifatida qaralgan. Keyinchalik u mustaqil san‘at turiga aylandi. Xattotlik quroli sifatida
musulmon Sharqida qamish qalam, Budha Sharqida mo‘yqalam, Yevropada –patqalam qo‘llanilgan. Xattotlikda
harf yoki ieroglif ham aniq, ham chiroyli yozilishi bilan go‘zallikni namoyon etadi. Har bir xattot san‘atkor sifatida
o‘z yozish uslubiga ega bo‘lgan. Bizning mintaqamizda ushbu san‘at tufayli arab yozuvining turli xil go‘zallashgan
ko‘rinishi vujudga keldi. Nasta‘liq, nasx, suls, kufiy, Rayhoniy va b. shular jumlasidandir.
Hukumdorlar devonlaridagi mirzalar ham chiroyli yozuv sohiblari bo‘lgan. Lekin ular farmonlar,
ko‘rsatmalar, rasmiy maktublar bilan shug‘ullanganlar, ularda real, diplomatik talablar ifoda topgan. Xattotlikda
harflar go‘zalligi, birinchi o‘rinda turgan. Bunga misol tariqasida Sultonali Mashhadiy ko‘chirgan Navoiy
devonlarini keltirish mumkin. Xattotlik san‘atining ravnaqi O‘rta asarlarga to‘g‘ri keladi. Tabriziy, Sultonali
Mashhadiy, Majnun ibn Kamoliddin Rafiqiy, Munis Xorazmiy singari xusnixatning yirik san‘atkorlari ayni paytda
xattotlik san‘ati to‘g‘risida estetik risolalar ham bitganlar.
Xattotlikning san‘at tarixidagi yana bir muhim xizmati shuki, u musulmon Sharqida rangtasvir san‘ati
rivojiga, xususan uning minatyura janri taraqqiyotiga ulkan xissa qo‘shdi. Kitoblar nafaqat o‘simliksimon tasvirlar
bilan bezatila boshlandi, balki ko‘chirilayotgan asar syujetlariga mos minatyuralar ham rusm bo‘ldi. Bularning
hamasi Navoiy davrida Hirotda ―Nigoriston‖ miniatyura maktabining vujudga kelishiga olib keldi. SHuningdek,
keyinchalik Buxoro, Hindiston, SHeroz minatyura ham paydo bo‘ldi va endi miniatyura maktablari alohida, faol
janr sifatida ma‘naviy hayotda katta o‘rin egalladi. M., SHafiiy Abbosiyning ―Uxlayotgan darvish‖ (Isfaxon, 1650),
Mirza Alining ―SHaxmat o‘yini‖ (Mashhad 1556 – 65) Buxoro maktabida yaratilgan ―Ustoz va shogird kurashi‖
(XVIasr), ―CHashma bo‘yidagi bazm‖ (1578) kabi minatyuralar ana shunday mustaqil maktablar namunalaridir.
Ko‘rib o‘tganimizdek, xattotlik san‘ati kitobat, ya‘ni kitobni o‘quvchiga go‘zal shaklda etkazish bilan
bog‘liq. SHu bois bosma tarzda kitob chop etish vujudga kelgach, xattotlikka ehtiyoj qolmadi va tez orada u san‘at
sifatida faollikni yo‘qotib, tarixga aylandi.
An‟anaviy san‟at turlari.
Avval aytganimizdek, barcha san‘at turlari dastlab vujudga kelganida, ularda bevosita manfaatdorlik,
fidoyilik jihatlari ustuvor bo‘lgan, hunar sifatida qabul qilingan: yuqoridagi badihago‘ylik ham, xattotlik ham
tekinga bajarilmagan. Keyichalik ularda estetik xususiyatlar, xususan, go‘zallik asosiy maqsadga aylangan.
An‘anaviy san‘at turlarining ba‘zilarida ana shu ikki tomon baravar, bevosita tarzda saqlanib qolgan. Bunday san‘at
turlari sirasiga me‘morlik va ko‘rgazmali san‘at kiradi.
Me‟morlik. Bu san‘at turining paydo bo‘lishi insonning turar joyiga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan va
odamning estetik tabiati uni tobora go‘zallashtirib borishni talab etgan. Keyinchalik bu talab o‘limdan keyingi ―turar
joyga‖ maqbarlarga tadbiq etilgan. Undan so‘ng hukumdorlar saroyilari, devonxonalar turli rasmiy va norasmiy
xizmat binolari, ibodatxonalar ham ana shu go‘zallik qonuniga binoan qurilgan. Ispaniyadagi Al-Humro masjidi,
Olmoniyadagi Kyoln jomesi, Xivadagi Nurillavoy saroiy v. b. shular jumlasidan.
Me‘morlik – mavjudligi makon bilan shartlangan san‘at turi. Unda hajm, makonni egallash xususiyati
birinchi o‘rinda turadi, deyishadi, aslida ―xajm‖ emas, mahobat atamasini qo‘llash maqsadga muvofiq, zero mahobat
ulug‘vorlik ifoda topgan hajmdir. Me‘morlikning san‘at sifatidagi estetik mohiyati uning kulgililik xususiyatini
inkor qilishi va ulug‘vorlik xususiyatini barqaror etishi bilan bog‘liq, hech bir san‘at turida ulug‘vorlik bu qadar
o‘zini yaqqol namoyon qilmaydi. Ayni paytda unda tasviriylik, noziklik, injalik kabi go‘zallik unsurlari katta
ahamiyatga ega, ular mahobatning tarkibiy qismini tashkil etgani holda, xandasaviy yoki bargsimon naqshlarda,
stirkor narsalarda, devoriy yozuvlarda, peshtoqiy tasvirlarda o‘z aksini topadi. Masalan, Samarqanddagi Registon
majmuyiga kiruvchi SHerdor madrasasini 1619-1939 olib ko‘raylik. Madrasa peshtoqidagi koshinkorli bezak
orasida qora zamini koshinga oq harflar bilan me‘mor Abdujabbor nomi bitilgan. Peshtoq ravog‘ining tepasida
qizg‘ish zarhal tusli sher oq kiyikni quvib bormoqda. Quyosh bodomqovoq, qiyiq ko‘zli tarzda tasvirlanib, yuzi
zarhal yog‘duga yo‘g‘rilgan
197
. Binoga sinchikovlik bilan qarar ekanmiz, uning bir paytlar mulavachchalar
(talabalar) o‘qiydigan oliy o‘quv yurtlaridagi madrasa bo‘lganiga hatto ishongingiz kelmaydi..
Albatta zamonaviy me‘morlikda bunday jihatlarining hammasini, tasviriy to‘kiislikni uchratish qiyin.
Ayniqsa sho‘rolar davridagi o‘quv yurtlari, rasmiy va turar-joy binolari qurilishlari vaqt nuqtayi nazaridan an‘anaviy
me‘morlikdan qanchalik uzoqlashgan sari, shunchalik san‘atlik xususiyatini yo‘qotib bordi. Masalan, ikkinchi jahon
urushi davridagi me‘morlik qurilishlari (Alisher Navoiy nomidagi katta akademik teatr binosi) bilan 60-80 yillarda
tiklangan binolarni solishtirishda bu farq yaqqol ko‘rinadi. Ayniqsa turar joy binolarining bir xilligi, xususan,
to‘qqiz qavvatli ―quti‖larga me‘morlik san‘ati haqida o‘ylashing o‘zi g‘ayritabiiy tuyuladi. Buni mashhur rus
kinorejisyori E.Razyanov o‘zining hammamiz yaxshi biladigan ―Qushday engil bo‘ling‖ filmida ko‘rsatib bergan.
Filmning premerasida dastlab ekranda meksikancha shlyapa kiygan, qo‘lida ulkan qamchi tutgan, qavog‘i soliq
haybatli kishi paydo bo‘lgan. U me‘morlik san‘ati qo‘llangan turli ko‘rinishdagi binolarni har qamchilaganida
yalong‘ochlab (avval tomlardagi va peshtoqlardagi, keyin derazalardagi va devorlardagi bezaklarni ko‘chirib
tushirish asnosida) bir xildagi ―quti‖larga aylantirib chiqadi(keyinchalik «qamchili hukmdor» olib tashlandi). Ana
shundan so‘ng bir xildagi «qutilarga joylashgan» sovet kishilarining kulgili sarguzashtlari boshlanar edi.
Insonga asosan ishlab chiqaruvchi kuch sifatida qaragan, har bir shaxsning noyob hodisa, takrorlanmas oliy
qadriyat ekanligi tan olinmagan totalitar tuzum me‘morlikka san‘at, ya‘ni ma‘naviy qadriyat tarzida munosabatda
bo‘lmasdi ham. Ne-ne me‘moriy yodgorliklarning – yuzlab qadimgi, takrorlanmas sa‘nat namunalari hisoblangan
madrasalar, maqbaralar va cherkovlarning portlatib tag-tugi bilan yo‘q qilib tashlanganini eslang. Mustaqillikka
erishganimizdan so‘ng me‘morlik yana o‘zining san‘atligiga qaytdi. Respublikamiz prezidenti Islom Karimovning
tashabbusi bilan qator me‘moriy majmular, loyihalar yaratildi, qadimgi yodgorliklar ta‘mirlandi. Shuning natijasi
o‘laroq, bugun biz Imom Buxoriy me‘moriy majmui kabi ulug‘vor san‘at namunalariga egamiz. Yakka tartibdagi
binolar ham, jamoat binolari ham, ishlab chiqarish inshoatlari ham endilikda har xil original loyihalar asosida,
me‘morlik san‘ati qoidalariga binoan bunyod etilmoqda.
Zero har bir binoni umumiy qolip asosida emas, alohida me‘mor – arxitektor taklif qilgan loyiha vositasida
bunyod etilishi me‘morlikning san‘at ekanini belgilaydigan eng muhim omil hisoblanadi. Chunki me‘mor –
quruvchi-injener emas, san‘atkor. Uning uchun bino loyihasi shunchaki hisob-kitob qilingan chizmalar emas,
ilhom, iste‘dod natijasi bo‘lgan ijodiy ish, bo‘lajak asarning g‘oyasi va rejasidir. Shu bois ba‘zi bizgacha etib kelgan
ulug‘vor, go‘zal me‘moriy obidalar Amir Temur, (Samarqanddagi Amir Temur Jome masjidi), Ulug‘bek (Ulug‘bek
madrasasi, Observatoriya) kabi hukmdorlar loyihalari asosida qurilgani bejiz emas.
Hozirgi paytda zamonaviy materiallar asosida qurilayotgan binolar ham san‘atlik xususiyatiga ega ekani bilan
diqqatga sazovor. Ularda ko‘rgazmali-amaliy san‘at, atrof-muhit go‘zallashtirish estetikasi binoning mahobati bilan
uyg‘unlashib ketadi. Natijada bino yanada ulug‘vorroq ko‘rinish kasb etadi. M., «SHeraton» mehmonxonasi, Oliy
Majlis binosi kabi inshootlarni shunday zamonaviy me‘morlik namunalari qatoriga kiritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |