Kino. Eng miqyosli zamonaviy san‘at turi, bu – kino. Bugungi kunda u hamma erda «hoziru nozir». Uni
kinoteatrlarda jamoaviy, televidenie va videomagnitafon orqali esa oilaviy yoki individual tomosha qilish mumkin.
Hozirgi paytda kino o‘zining dastlabki «harakatdagi fotografiya» holatidan shu qadar uzoqlashib ketganki, endi
uning ovozsiz davridagi montaj dramaturgiyasiga suyanib qolgan san‘at sifatida tasavvur ham qilish qiyin. Hozir
aktyorlar yaratgan, murakkab psixologizmga asoslangan badiiy qiyofalar, adabiy sstenariy zaminida
ekranlashtirilgan real hayotni badiiy aks ettiradigan davomli, ko‘pchiziqli syujet birinchi o‘rinda turadi. Kinoda
teatrdagidek dinamik dramatizm hamda uning asosini tashkil etgan harakat, harakat va yana harakat (bunda fikriy
harakat ham nazardan qochirilmasligi lozim) asarning moyasini tashkil etadi. Biroq kino, teatrdan farqli ravishda,
kadrlar orqali zamondan-zamonga «sakrab» o‘tish imkoniga ega, biroq bu «sakrash», agar film rejissurasi puxta
bo‘lsa, tomoshabinga sezilmaydi, u hozirgi voqealarning ibtidosi, sababchisi – avval bo‘lib o‘tgan voqealar ekanini
his qilib turadi. Chunki o‘tgan voqealarning eng muhim, qahramonlar taqdirini belgilaydigan holatlari kadrlarda
bugungi voqealar bilan tabiiy ulanib ketadi, ya‘ni kecha – bugunga, bugun – kechaga o‘tib turishi ekran imkoniyati
doirasidagi «oddiy gap», kino san‘ati usullaridan biri. Sahnada esa bunday imkoniyat yo‘q, unda mazkur holatlar
tomoshabinga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki dekorastiya va musiqa o‘zgarishlari yordamida aktyorlar monologlarida,
ba‘zan diologlarida nutq (so‘z) orqaligina shartli ravishda etkazib beriladi.
Ekranning imkoniyatlari, haqiqatan ham nihoyatda keng: u rassomlik, teatr, adabiyot, stirk, musiqa, estrada
v.b. san‘at turlaridan bemalol foydalana oladi, ularning zarur jihatlarini o‘ziga «qo‘shib oladi». Bundan tashqari
kinoda kinematografiya tili bilan aytganda «plan»lar bor: umumiy. o‘rta, yirik M., umumiy planda film
qahramonlari yoki asosiy ob‘ekt atrof-muhitdan alohida ajratib olinmaydi, umumiy tasvirning bir qismi sifatida,
o‘rta planda – u ajratib, lekin atrof-muhit unga fon sifatida xizmat qilgan holda tasvirlanadi. Yirik planda esa
qahramon yoki ob‘ektning faqat eng muhim tomonlari – inson yuz-ko‘zi va undagi ruhiy evrilishlar yoki, deylik,
bayroqning butun ekranni tutib hilpirashi kabi holatlar «tomoshabinga qarab keladi». Bunda va umuman, kinoda
rejissyor g‘oyasi bilan birga tasvirchi – operatorning roli katta. Agar muqim suratga olishda asosan rejissyorning
«degani-degan» bo‘lsa, harakatdagi kamera orqali tushiriladigan tasvirlarda tasvirchining mahorati, tajribasi, ijodiy
fikrlash qobiliyati muhim. SHu bois iste‘dodli tasvirchilarning keyinchalik taniqli rejissyorlarga aylanganini kino
tarixida uchratishimiz mumkin. Mashhur rejissyor Malik Qayumov ko‘p yillar tasvirchi bo‘lib ishlagani bunga misol
bo‘la oladi.
Jahon kinosi bilan deyarli bir vaqtda vujudga kelgan, Hudoybergan Devonov asos solgan o‘zbek
kinematografiyasi bugungi kunda katta tarix va salohiyatga ega. N.G‘anievning «Tohir va Zuhra», K.YOrmatovning
«Alisher Navoiy» kabi filmlari kino san‘atidagi mumtoz asarlar hisoblanadi. Bugungi kunda xususiy
kinostudiyalarning ko‘plab vujudga kelishi, ijod erkinligi tufayli o‘zbek kinosi ravnaqi uchun har tomonlama etarli
sharoit mavjud.
Televidenie. Agar estrada «san‘atdagi jurnalistika» bo‘lsa, televidenieni «jurnalistikadagi san‘at» deyishimiz
mumkin. Hozir uni faqat ommaviy axborot vositasi va san‘at targ‘ibotini texnikaning eng Yangi yutuqlari asosida
amalga oshiruvchi zamonaviy omil sifatida olib qarash uni kamsatishdan boshqa narsa emas. To‘g‘ri, telejurnalistika
mavjud va uni inkor etish aqlga to‘g‘ri kelmaydi. Lekin ayni paytda ana shu real hayot real voqealar va real
odamlar ishtirokidagi «jurnalistik» syujetlarning san‘at darajasiga ko‘tarilganini, ularning estetik ahamiyat kasb
etganini yaqqol ko‘ramiz. M., Farhod Bobojonning «Bir o‘lkaki...» turkumidagi ko‘rsatuvlarini olaylik. Ularni oddiy
jurnalistik televizon reportaj deyish mumkinmi?! Bu ko‘rsatuvlarning deyarli har biri o‘ziga xos film, shunday
filmki, oldiga oddiy «hujjatli» degan sifatlashni qo‘yish nohaqlik. Ularda real haqiqat telekamera orqali badiiy
haqiqatga aylangani, real odamlar badiiy qiyofalar darajasiga ko‘tarilganini, ko‘rsatuvni olib boruvchining o‘zi
qahramonlardan biri bo‘lib xotiramizda qolishi bilan ajralib turadi. Teleko‘rsatuv muallifi, telerejissyor, tasvirchi
mahorati hamda harakatdagi kamera imkoniyatlari televidenieni san‘at, ta‘bir joyiz bo‘lsa, «hujjatli san‘at»
sifatidagi o‘rnini belgilab beradi.
204
Михалкович В.И., Стигнеев В.Т. Поетика фотографии. М., Искусство, 1989. С. 122.
Albatta, bu – televidenie faqat hujjatlilikka tayanadi degan gap emas. Uning imkoniyatlari (agar bu san‘at
kelajagini ham inobatga olsak) tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajada keng. Zero televidenie oilaviy va individual
estetik idrok etiladigan san‘at turi, u bizning uydagi kinoteatirimiz, uydagi stirkimiz, uydagi teatrimiz v.h. Ayniqsa,
uning kinodasturlari alohida ahamiyatga ega M., davomli teleseriallarni, deylik, uch oy yoki yil mobaynida qaysi
kinoteatrda ko‘rishimiz mumkin? Kinoteatrlarda bunday imkoniyat yo‘q. Bundan tashqari telekamera hamma erda -
quruqlikda ham, suv ostida ham, osmonda ham ishlay oladi, qo‘limiz, oyog‘imiz, nigohimiz etmaydigan joylardan
badiiylik darajasiga ko‘tarilgan reallikni. bizga etkazib beradi. Biroq, buning uchun eshittirish muallifi yoki yolg‘iz
teletasvirchi, Yu.Borev aytganidek, ham aktyor, ham jurnalist, ham rejissyorlik bo‘lib ishlash xususiyatlarini o‘zida
mujassamlashtirishi, bir so‘z bilan aytganda, katta iste‘dod va bilimga. hozirjavoblik va o‘tkir nigohga ega bo‘lishi
lozim.
205
Agar ta‘bir joyiz bo‘lsa, televidenieni «tashviqotchi san‘at» yoxud «estetik tashviqotchi» deyishimiz mumkin.
Ekran orqali biz sho‘rolar davrida oddiy «urf-odatlar» atamasi ostida qolib ketgan asl ma‘naviy qadriyatlarimizning
qanday qadrlanishi zarurligini anglab etamiz. M., o‘zbek televideniesining baxshilik san‘atiga bag‘ishlangan
dasturlari ko‘pchilik tomoshabinlar uchun xalq og‘zaki ijodi an‘analaridan shunchaki bahramand bo‘lish emas, balki
haqiqiy san‘at bayrami sifatida qabul qilinadi yoki «Ming bir rivoyat» kabi «lahzalik» ko‘rsatuvlardagi
falsafiylikning badiylik bilan uyg‘unlashib ketishi katta tassurot qoldiradi. SHunday qilib, televidenie san‘atlar
ichida misli yo‘q qudratli tarbiya quroli.
Biroq, shuni taassuf bilan ta‘kidlash kerakki, bu qurol «teskarisiga» ishlashi, ya‘ni televidenie xalqning
estetik didini hamma vaqt yuksaltirishga emas, balki pasaytirishga, jo‘nlashtirishga ham xizmat qilishi mumkin. M.,
O‘zbek milliy televideniesidagi (yuqoridagi yutuqlarini ta‘kidlagan holda) ba‘zi bir amallab ishga kirib olgan
saviyasi past jurnalistlarning real voqelikni badiylashtirib ko‘rsatish o‘rniga «o‘zini ko‘rsatish» uchun urinishlari
shular jumlasidan. Ayniqsa, televideniedagi estrada qo‘shiqchiligi saviyasining pastligi jihatidan ajralib turadi.
Ekranda Xudo ovozdan qisgan ( barmoq bilan sanarli iste‘dod egalaridan tashqari) horijiy qo‘shiqlar musiqalarini
o‘g‘irlab, kompyuter orqali «ovoz yasab» mashhurlikka intilayotgan kimsalarni ko‘rib, hayratga tushasan. Chunki
ular yoki tushunib-tushmay, yoki surbetlarcha o‘zlarini «biz san‘atkorlar» deb ataydilar va Nitstshe aytganidek,
o‘zining suvarak darajasidagi kichginagina «men»ini butun O‘zbekistonga yoyishga harakat qiladi. Ularning asosiy
maqsadi «televizorda chiqib», shuhrat qozonish va shu orqali to‘ylardagi otarchiligiga balandroq narx so‘rashdan
iborat. Bundaylar haqida suhbatlaridan birida buyuk xonandamiz Muyassar Razzoqova «San‘atni to‘ydagi qistiriqqa
sotadigan kimsalardan hazar qilaman», degan edi. Afsuski, televideniemiz ana shu «suvarak-san‘atkorlar»ning
ko‘payishiga xizmat qilayotgani bor gap.
Televideniemizdagi yana bir nojoyiz narsa, bu – klip muammosi. Klip, bir qaraganda, texnikaviy mo‘‘jiza,
ammo ikkinchi tomondan, san‘at asarini idrok etishda zararli hodisa. YA‘ni klipda rejissyor o‘z tasavvuridagi
manzaralarni, (ba‘zan xonandaning taklifini ham) qo‘shiqqa ilova qiladi, ko‘p hollarda qo‘shiqning o‘zi emas, ana
shu «ilova» tinglovchi-tomoshabin diqqatini tortib ketadi. Demak, klipda estetik idrok etishdagi demokratiya
yo‘qoladi, rejissyor o‘zining tasavvurini tinglovchi-tomoshabinga «tiqishtiradi» Afsuski, ko‘pchilik hozir
ishlanayotgan kliplar ana shunday salbiy tabiatga ega. Bundan tashqari, bizdagi kliplarning aksariyatini o‘ta
beodoblik deb atash mumkin. Gap «go‘zal ma‘shuqalar»ning ba‘zan salkam yarim yalang‘och chiqishida emas,
balki klipda «buyuk san‘atkor»ning dang‘illama hovli-joyi, qimmatbaho ashyolari, avtomobili v.h. ko‘z-ko‘z
qilinadi. Endi o‘ylab ko‘ring-chi, qishloqdagi qurbi bir mahallik issiq ovqatu non-choyga etadigan jo‘jabirday jon
oilaning boshlig‘i bunday klipni ko‘rgandan keyin qanday ahvolga tushishi mumkin? Maqsad qo‘shiqmi yoki
kimlarnidir o‘ksitishmi?
Xullas, televideniening buyuk qudratidan, qay tarzda foydalana bilish nihoyatda muhim masala. Uni
ko‘pyoqlama, miqyosli san‘at turi va estetik tarbiya maktabi darajasiga ko‘tarishi ham televidenie hodimlariga, ham
biz – tomoshabinlarga bog‘liq.
Endi ikki og‘ir so‘z ―ommaviy madaniyat‖ haqida. Uning kelib chiqishi, ta‘siri, tahdidi borasida mazkur
anjuman ishtirokchilarining barchasi habardor, desam Yanglishmagan bo‘laman. Lekin, bir narsaga g‘oyatda
tahdidli, u ham bo‘lsa, ommaviy madaniyat insonni ―qiyofasiz‖ oqimning bir qismiga aylantirib qo‘yishidadir.
Bu illat aksariyat hollarda haqiqat, go‘zallik, ezgulik singari muqaddas tushunchalarni umumiste‘molchilik
ehtiyoji bilan bog‘lab, iste‘mol va tovar sifatida xaridorgir bo‘lishiga qaratilgan maqsadni targ‘ib qiladi. Bu esa
pirovardida ―bozor adabiyoti‖, ―bozot san‘ati‖ degan ma‘naviyatga tahdid soluvchi hodisalarning ―gullab-
yashnashi‖uchun imkon yaratadi. Bugun turli arzonbaho ishqiy yoki detektiv sarguzashtlarning bozori chaqqon.
Didsiz, saviyasiz, ―millati‖ning tayini yo‘q ―badiiy‖filmlar ham ko‘payib ketgan. ―Bozor san‘ati‖deganda, birinchi
navbatda, ana shunaqa filmlar va bayram sahnalarida qarsillatib aytiladigan yangroq ashulalar esga tushadi
XXI asr ommaviy madaniyati zamonaviy qiyofada go‘yo rivojlangan madaniy dunyoga integratsiyalashish
niqoblariostida namoyon bo‘lmoqda. Bu niqoblar ostidagi salbiy holatlar va ular shakllantirish mumkin bo‘lgan
illatlar bilan umuminsoniy qadriyatlar orasidagi keskin tafovutni anglay bilish zamon talabidir.
Ommaviy madaniyat eng avvalo, milliy axloqqa zarba berib, jamiyatning g‘oyaviy tizimini izdanchiqarishi
bilan xatarli ekanligini ham to‘g‘ri tushnish kerak. Bu xavf-xatarga qarshi qatiy tura oladigan shaxsni
shakllanririshda tarbiyaning barcha ko‘rinishlarini uyg‘un holda olib borishlari shart. Etetik tarbiya aynan shu
205
Qarang: Борев Ю. Эстетика. М., 2003. С. 305.
maqsad yo‘lida yosh avlodni milliylikka zid bo‘lmagan estetik ideal timsolida, yuksak didli qilib tarbiyalash bilan
dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
―Ommaviy madaniyat‖ning asl maqsadi har kuyga solish mumkin bo‘lgan olamonni shakllantirish bo‘lgani
bois, u ma‘naviy oziq beradigan, badiiy yuksak, o‘quvchini mushohadaga undab, tasavvur olamini kengayishiga
xizmat qiladigan asarlarni yaqiniga yo‘latmaydi. Shuning uchun ―ommaviy madaniyat‖ namunalarini badiiy –estetik
qimmatga ega emas. Ommaviy madaniyat xoh G‘arb xoh Sharq bo‘lsin uning ma‘naviy hayotiga sezilarli ta‘sir
ko‘rsatmoqda. U yildan-yilga inson shaxsiga, uning estetik tafakkuriga juda katta kuch bilan daxl qiluvchi hodisaga
aylanib bormoqda. Bu ayniqsa, estetik tarbiyaning eng muhim vositasi bo‘lgan san‘at orqali jamoatchilikka ta‘sir
etmoqda. Bu hodisa san‘atda behayo filmlar tuturiqsiz musiqalar ko‘rinishida namoyon bo‘lib, ularning asosida
fahsh, zo‘ravonlik, shafqatsizlik kabi axloqiy illatlar yotishini bugungi kunda jamiyatimizning ziyoli qatlami
tushunib yetmoqda.
Bu borada XX asrning 70-yillarida amerikalik bir qator sotsiologlar, faylasuflar, san‘atshunoslar ―ommaviy
madaniyat‖ning ijtimoiy taraqqiyotga, ayniqsa umumadaniy jarayonlarga ta‘siri haqida bir qator tadqiqotlarni olib
borgan edilar. Xususan, sotsiolog Ch.Reych o‘zining ―Gullayotgan Amerika‖ kitobida ―isyonkor yoshlar o‘zlarining
shaxsiy ―madaniyat‖larini yaratmoqdalarki, bu madaniyatning asosini kiyim, musiqa va narkotiklar tashkil etmoqda.
Yosh ―isyonkor‖ madaniyatning ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‘liq falsafiy axloqiy, estetik ahamiyatidan hamda
muomala va muloqat madaniyatidan yuz o‘girgan holda o‘zlariga mos qadriyatlarni yaratmoqdalar va ularni himoya
qilmoqdalar. Bu kabi ―Yangi odam‖ uchun maskur qadriyatning asosi –bu o‘zini mavjud tizimdan tashqarida his
qilishga bo‘lgan layoqatidir‖,-degan fikrni bayon etgan edi.
San‟at turlarining o‟zaro aloqadorligi va ularda – janr muammosi
San‘at turlarining o‘zaro aloqadorligi. Biz estetikaning asosiy tushunchalari haqida fikr yuritganimizda,
ularning o‘zaro dialektik aloqadorligi mavjud ekanini aytib o‘tgan edik. SHunday holatni san‘at turlarida ham
uchratamiz. O‘z holicha «sof» mavjud bo‘lgan san‘at turi yo‘q. Muayyan san‘at turi boshqasidan yoki boshqalaridan
nimalarnidir o‘ziga oladi va nimalarnidir unga yoki ularga beradi, bu-san‘at turlarining yashash sharti. M.,
me‘morlik san‘ati haykaltaroshlikdan, rassomlikdan, ko‘rgazmali-amaliy san‘atdan «foydalanadi». Biz go‘zal bino
peshtoqida bo‘rtma haykallarni, yaproqnusxa bezaklarni, devoriy rasmlarni – pannolarning me‘moriy uyg‘unlik
asosidagi yaxlitligini ko‘rib estetik zavq olamiz, yoki Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta opera va
balet teatri binosi foyesining devoriga buyuk rassomimiz Chingiz Ahmarov chizgan go‘zal monumental rasmlarni
xuddi «ikkinchi teatr»dek tomosha qilamiz. Musiqa bilan badiiy adabiyotning, teatr bilan rassomlikning v.b. san‘at
turlarining ham o‘zaro aloqadorligi shu tartibda.
Bunday aloqalarni estetikada sintezlashuv – omuxtalik deb ham atashadi. San‘at turlari sintezida bir g‘oyaviy
niyat, bir uslub va bir ijro yaxlitligida uyushgan badiiy qiyofa, yoki badiiy qiyofalar tizimi har xil san‘at turlari
qonun-qoidalarga binoan yaratilgan bo‘ladi, ya‘ni unda turli san‘atlar badiiy vositalari va majoziylik unsurlari
estetik idrok uchun uyg‘un bir yaxlitlikni tashkil etadi. Hozirgi paytda biz san‘at turlarining uch xil sintezini
uchratishimiz mumkin. Bular: plastik san‘atlar sintezi (ko‘rib o‘tganimiz me‘morlikda haykaltaroshlik, rassomlik va
ko‘rgazmali-amaliy san‘at turlarining omuxtaligi); san‘atlarning teatrlashgan sintezi (musiqa, rassomlik, raqs,
san‘atlarining teatr orqali, sahnadagi omuxtalashuvi); san‘atlarning kinomatografik sintezi (deyarli barcha san‘at
turlarining montaj tamoyili asosida ekrandagi omuxtalashuvi).
Sintezlashuv jarayonlari fan-texnika taraqqiyoti natijasida ma‘lum ma‘noda Yangi san‘at shakllarini,
Yangicha ijod turlarini vujudga keltirdi. Ularni biz sintetik san‘atlar deb ataymiz. Teatr, musiqa, raqs, estrada, stirk
v.b. shular jumlasidan. Ularda deyarli boshqa barcha san‘at turlari aktyor ijrosi, sahna dinamikasi asosida
sintezlashadi. Kino va televidenie esa ―eng sintetik‖ san‘at turlari hisoblanadi, zero ularda sintetik badiiy qiyofa
yaratiladi. Umuman, sintetik san‘at turlarini estetik idrok etar ekanmiz, bir vaqtning o‘zida ularni ham tomosha
qilishimiz, ham tinglashimiz mumkin.
Shunday qilib, ko‘rib turibmizki, san‘at turlarining o‘zaro aloqalari shu qadar mustahkam, xilma-xil va
miqyosliki, bu aloqadorlik hatto turli san‘at unsurlaridan Yangi san‘at turini yaratish qudratiga ham ega.
San’atda janr muammosi. Biz yuqorida san‘atning xillarga va turlarga bo‘linishini hamda har bir san‘at turi
voqelikni estetik in‘ikos ettirishda o‘ziga xos mavqega ega ekanini ko‘rib o‘tdik. San‘at turlarining o‘zi ham ana
shunday muayyan qismlarga bo‘linadi – ularni biz janrlar deb ataymiz. Estetikaga doir adabiyotlarda janrni
san‘atshunoslik fanlarining muammosi deb hisoblash va uning estetik mohiyati to‘g‘risida engil-elpi to‘xtalib o‘tish
hollari ko‘p uchraydi. Bu – noto‘g‘ri yondashuv: estetika san‘at xilini, undan kelib chiqadigan turlarni, badiiy asarni
atroflicha o‘rgangani holda, san‘at turi bilan badiiy asar oralig‘idagi janr muammosiga jiddiy e‘tibor qilmay, o‘tib
ketolmaydi. Chunki hech bir san‘at turi to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zini namoyon eta olmaydi, faqat janr vositasidagina
muayyan san‘at turiga oid badiiy asar vujudga keladi.
San‘at turlarining janrlarga bo‘linishi ularni tasniflashtirish singari murakkab, ―motorni yig‘ganda, doimo bir
necha murvat ortib qoladigan‖ estetik muammo, sababi, bir tomondan janrlarning nihoyatda rang-barangligi bo‘lsa,
ikkinchi tomondan, ularning san‘at turlaridagi mavqeini belgilashdagi fikrlar xilma-xilligi, ya‘ni ko‘p hollarda
muayyan janr haqiqatan ham janrmi yoki uning ko‘rinishlaridan birimi degan masala estetiklar oldida ko‘ndalang
turadi. Masalan, badiiy adabiyotdagi – janrlar bo‘linishi eng murakkab bo‘lgan san‘at turidagi she‘r janrini olib
ko‘raylik. She‘r o‘zi, qissa yoki dostondan farqli o‘laroq, alohida janr, lekin ayni zamonda u intim, ijtimoiy, falsafiy,
manzaraviy, hajviy janrlarda yozilishi mumkin. Demak, she‘r janri yana janrlarga bo‘linadi. Bunday janriy bo‘linish
ko‘proq g‘oyaviy-hissiy tabiatga ega: intim she‘r – lirik qahramonning ishqiy, sub‘ektiv kechinmalarini aks ettiradi,
falsafiy she‘rda–hikmatli xulosaga, donishmandlikka moyillik birinchi o‘rinda turadi v.h. Ayni paytda bunday
she‘rlar har xil ko‘rinishlarda yozilishi mumkin; g‘azal, sonet, ruboiy, masal v.b. Endi savol tug‘iladi: she‘r – janr,
falsafiy she‘r – janr bo‘lsa, unda hikmatli satrlardan iborat g‘azal shaklidagi she‘r nima? Uni janr nuqtayi nazaridan
falsafiy she‘r deymizmi, yoki g‘azalmi? SHuningdek, Oybekning ―Navoiy‖ asari romanmi yo tarixiy roman
janridagi badiiy ijod mahsulimi?
Bu boradagi tadqiqotlarning so‘nggi xulosasi tizimli tahlil natijalari bo‘lib, unga ko‘ra janrlar bosqichma-
bosqich bo‘linish tabiatiga ega
206
. YA‘ni, roman ham janr, tarixiy roman ham janr, hajviy roman ham janr v.h.
Darhaqiqat, hozircha san‘at turlarining bundan qulayroq janriy bo‘linishini tasavvur qilish qiyin. To‘g‘ri, ba‘zi
estetiklar, janr va uning ko‘rinishlari degan atamani qo‘llashni taklif etishadi, komediya – janr, kinokomediya –
janrning bir ko‘rinishi yoki shakli. Lekin bunday, deylik, tarixiy romanni–roman janrining tarixiy ko‘rinishi deb
atashimiz noamaliy va sun‘iy ekanini hamma yaxshi his qilsa kerak. Buning ustiga, shunday asarlar borki, ular bir
necha janrga birvarakay taalluqli bo‘lishi mumkin. Masalan, Fitratning ―Qiyomat‖ asarini ham hikoya, ham hajviy
hikoya, ham xayoliy hikoya tarzida janrlarga bo‘lishimiz mumkin. Ba‘zan ikki alohida, hatto bir-biriga qarama-
qarshi janr birlashib, Yangi janrni tashkil etganini ko‘ramiz. Masalan, teatr san‘atida tragikomediya janri mavjud.
SHuningdek, bir janr ikki va undan ortiq san‘at turiga ―xizmat‖ qilishi mumkin. Masalan, telefilm ham kino, ham
televidenie san‘atida, manzara janri esa, ham rassomlik ham badiiy adabiyotda qo‘llaniladi. Farq shundaki, ular
badiiy asarni o‘zlari taalluqli bo‘lgan san‘at turlari talablari vositasida yaratilishini ta‘minlaydilar.
Umuman, san‘at tarixida janrlarning doimiy o‘zgarib turishi–Yangilanishi, eskirishi, ko‘payishi, iste‘moldan
chiqib ketishi kabi hollarni tabiiy deb hisoblash kerak. Chunki jamiyat taraqqiyoti, inson shaxsining cheksiz
darajadagi o‘zgarib borishi an‘anaviy janrlardan kechish va Yangilarini yaratishni talab qiladi. Masalan, keyingi ikki
asr mobaynida she‘riy roman, she‘riy qissa, she‘riy novella janrlari vujudga kelgani holda, o‘nlab ―eskirgan‖ she‘riy
janrlar iste‘moldan chiqib ketdi. Biroq, bunday hodisalarning hech biri qandaydir ko‘rsatmalar yoki qonunlar talabi
asosida ro‘y bermaydi, balki san‘atning demokratik xususiyatidan kelib chiqqan holda, san‘atkor va badiiy asarni
idrok etuvchi o‘rtasidagi bir-birini tushunishning pirovard natijasi sifatida voqe bo‘ladi.
Shunday qilib, biz mazkur bob mobaynida san‘at xillari, turlari va janrlarini tasniflashtirishdek murakkab
masalalarni baholi qudrat ko‘rib o‘tdik. Bizning ba‘zi mulohazalarimiz, ilmiy xulosalarimiz umumjahoniy ildizga
ega bo‘lgan milliy estetikamizda bu boradagi dastlabki nazariy yondashuvlardir. Biroq ularni mutlaqlashtirishdan
yiroqmiz, asosiy maqsad talabalar va domlalarda mustaqil fikrlash malakasini yuksaltirishdan iborat.
Sport- estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi. Sport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni
kamol toptirishda alohida e‘tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga
ko‘tarildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat, sog‘lom, vatanning jasur himoyachisi
qilib tarbiyalashdir. Hozirda yurtimizda sportni rivojlantirishga doir ko‘plab dasturlar ishlab chiqilgan va ular
jamiyat munosabatlaridan amalda ishtirok qilmoqdalar. Keyingi kunlarda O‘zbekiston ko‘plab sport turlari bo‘yicha
jahon musobaqalarni uyushtiruvchi va o‘tkazuvchi mamlakat sifatida jahon hamjamiyatda ko‘zga ko‘rinib
bormoqda. Ana shularning barchasi muayyan ma‘noda inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini
sog‘lomlashtirishga qaratilgan. Bir so‘z bilan aytganda, sport estetik tarbiyaning muhim vositasi sifatida
―Farzandlari sog‘lom yurtning kelajagi porloq bo‘ladi‖,- degan maqsadni amalga oshirishga muhim hissa qo‘shadi.
206
Qarang: Эстетика. Словар. М., Политиздат, 1989. С.89.
|