G‘arb Yevropa feodalizmi sharoitida ham xristian dini hukmronlik qilgan. U o‘zining odamlar aqli va qalbini
nazorat qilish markazlashtirilgan tizimini ko‘p sonli tarqoq feodal davlatlarga qarshi qo‘ygan. Bu nazoratni avvalo
Rim papasi boshchiligidagi katolik cherkovi amalga oshirgan. Ayni vaqtda cherkov qadimgi dunyoning
«majusiycha» falsafasiga, ayniqsa materialistik ta‘limotlarga yot ko‘z bilan qaragan. SHu sababli antik davrning
falsafiy merosini o‘zlashtirishga nisbatan xolisona yondashilmagan, bu meros qismlarga bo‘lib o‘zlashtirilgan,
asosan diniy aqidalarni mustahkamlovchi idealistik g‘oyalarni tarqatishga yo‘l qo‘yilgan.
Ilk o‟rta asrlar falsafiy tafakkur rivojida appologetika va patristika, sxolastika.
Yevropada, Vizantiyada, Old Osiyo va SHimoliy Afrikaning ellinlashgan markazlarida xristianlikning
tarqalishi boshqa diniy va falsafiy oqimlar bilan qattiq kurash jarayonida yuz bergan. Bunda xristianlikka qarshi
neoplatonizm falsafasidan keng foydalanilgan. Ayni shu davrda apologetika, ya‘ni xristianlikni asoslash va himoya
qilish falsafasi sifatida vujudga kelgan.
Apologetika ortidan «cherkov otalari»ning falsafiy ta‘limoti – patristika (lot. pater – ota) paydo bo‘lgan.
patristikaning eng yorqin vakili Gippon (SHimoliy Afrika)dagi yepiskop
Avliyo Avgustin (354-430)dir. U o‘rta
asrlar falsafasiga, shuningdek falsafiy ijodning keyingi davrlardagi ko‘pgina vakillariga kuchli ta‘sir ko‘rsatgan.
Sxolastika (yunon. schole – maktab) – maktab ta‘limida hukmronlik qilgan va ilohiyotga to‘la bog‘liq
bo‘lgan o‘rta asrlar xristian falsafasi. XI asrda sxolastik falsafa doirasida nominalizm va realizm o‘rtasida kurash avj
olgan. Dastavval: «Xudo bir, lekin siymolarda uchta: Xudo-ota, Xudo-o‘g‘il va Xudo-muqaddas ruh, degan fikrni
qanday tushunish kerak?», degan sof sxolastik savol o‘rtaga tashlangan. Ammo bu savol atrofida avj olgan bahs-
munozara uning chegarasidan chetga chiqqan va tom ma‘noda falsafiy xususiyat kasb etgan: amalda yakkalik va
umumiylik dialektikasining muhokamasiga aylangan. Realistlar «umuman inson», «umuman uy» kabi umumiy
tushunchalar – «universaliyalar» mavjudligi to‘g‘risida so‘z yuritganlar. Ular ayrim narsalarning mohiyati sanalgan
universaliyalar narsalargacha amalda mavjud bo‘ladi va narsalarni vujudga keltiradi, deb hisoblaganlar. Bu ashaddiy
realizm zamirida Platonning «g‘oyalar dunyosi» va «narsalar dunyosi» haqidagi ta‘limoti yotadi.
Nominalizm va realizm. Nominalistlar «universaliyalar narsalardan keyin vujudga kelgan nomlardir»,
degan fikrni ilgari surganlar. Ayrim narsalar, masalan, odamlar, uylargina realdir, «umuman inson» yoki «umuman
uy» esa faqat so‘zlar yoki nomlar bo‘lib, ularning yordamida odamlar ayrim predmetlarni umumlashtiradilar.
Mo‘tadil nominalistlar insoniy tushunchalarda ayrim narsalardagi o‘xshash jihatlarning in‘ikosi sifatida umumiylik
mavjudligini taxmin qilganlar.
Realizm umumiylikka narsadan oldin paydo bo‘luvchi ideallik sifatida yondashgan, ya‘ni amalda umumiy va
yakkaning aloqasi to‘g‘risidagi idealistik kontseptsiyani ishlab chiqqan bo‘lsa, nominalizm bu muammoni
materialistik yo‘l bilan yechishning o‘ziga xos timsoli bo‘lgan.
SHunday qilib, realistlar va nominalistlar o‘rtasidagi bahs falsafiy tus olgan, chunki unda umumiy va
yakkaning tabiati muammolari, ularning dialektikasi amalda muhokama qilingan.
Foma Akvinskiy ta‟limoti.
Foma Akvinskiy (1225-1274) katolik teologiyani yaratgan va sxolastikani
tizimga solgan mutafakkir sifatida e‘tirof etiladi. Uning eng mashhur asarlari: «Teologiya yig‘indisi», «Falsafa
yig‘indisi», «Majusiylarga qarshi yig‘indi». Ularda muallif asosan Aristotel asarlariga tayanadi. Foma Akvinskiy
Aristotel ijodi bilan SHarqqa salb yurishi chog‘ida tanishadi. Uning ontologiyasida borliq ham ehtimol tutilgan, ham
amalda mavjud deb qaraladi. Borliq - ayrim narsalarning mavjudligi, ya‘ni substantsiyadir. Foma Akvinskiy
imkoniyat va voqelik kabi kategoriyalar bilan bir qatorda materiya va shakl kategoriyalarini ilmiy muomalaga
kiritadi. Bunda materiya imkoniyat
sifatida, shakl esa – voqelik sifatida qaraladi.
Foma Akvinskiy Aristotelning shakl va materiya haqidagi asosiy g‘oyalaridan foydalanib, din haqidagi
ta‘limotni ularga to‘la bo‘ysundiradi. Materiya shaklsiz mavjud bo‘lmaydi, shakl esa oliy shaklga yoki «shakllarning
shakli» - Xudoga bog‘liqdir. Xudo esa sof ma‘naviy mavjudot. SHaklning materiya bilan birikuvi moddiy dunyo
uchungina zarur. Boz ustiga materiya (Aristoteldagi kabi) ‗assivdir. Unga shakl faol tus beradi.
Foma Akvinskiy «ilohiy borliq», hamonki u o‘z-o‘zidan ravshan narsa emas ekan, tafakkurimiz anglashga
qodir bo‘lgan narsalar orqali isbotlanishi lozim. U Xudo borligining hozirgi vaqt katolik cherkovi ham
foydalanuvchi o‘z dalil-isbotini taklif qiladi.
Foma Akvinskiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari ham diqqatga sazovor. U shaxs - «oqilona tabiatdagi eng
olijanob» hodisa, deb hisoblagan. Uning fikricha, shaxs aql-zakovat, sezgilar va iroda bilan tavsiflanadi. Aql-
zakovat irodadan ustun turadi. Ammo Xudoni bilishni Foma Akvinskiy Xudoga bo‘lgan muhabbatdan keyingi
o‘ringa qo‘yadi, ya‘ni sezgilar, agar ular oddiy narsalarga emas, balki Xudoga qaratilgan bo‘lsa, aqldan ustun
bo‘lishi mumkin.
Foma Akvinskiy o‘zining «podsholar boshqaruvi haqida» asarida insonga avvalo ijtimoiy mavjudot sifatida,
davlatga esa xalq farovonligi haqida g‘amxo‘rlik qiluvchi tashkilot sifatida yondashadi. Hokimiyatning mohiyatini u
axloq, xususan yaxshilik va adolat bilan bog‘laydi va hatto xalqning adolatsiz podsholarga qarshi bosh ko‘tarish
huquqi to‘g‘risida so‘z yuritadi.
Foma Akvinskiy ikki qonun: Xudo odamlar ongi va qalbiga joylagan «tabiiy qonun» va cherkovning davlat
va fuqarolik jamiyatidan ustunligini belgilovchi «ilohiy qonun» haqidagi muammoni ham muhokamaga kiritadi.
Uning fikricha, dunyoviy hayot bo‘lg‘usi ma‘naviy hayotga tayyorgarlikdir. Podshoning hokimiyati oliy – ma‘naviy
hokimiyatga bo‘ysunishi lozim. Bu hokimiyatni osmonda – Iso Masih, Yerda – Rim papaasi boshqaradi. Foma
Akvinskiy siyosiy hokimiyat shakllarini muhokama qilar ekan, Aristotel kabi monarxiyani afzal ko‘radi.
Foma Akvinskiy falsafasi XIV asrdan boshlab dominikan sxolastlarining bayrog‘iga aylandi, XVI asrdan
e‘tiboran iezuitlar tomonidan targ‘ib qilina boshladi. Iezuitlarning mafkurachilari Foma Akvinskiy falsafiy tizimini