ko‘rgan taqdirdagina uning uchun mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Eng zaruri mehnat
uning uchun moddiy va ma‘naviy qimmatga ega bo‘lishi shart. Busiz mehnatning natijasi
bo‘lishi mumkin emas.
Hozir mehnat tarbiyasining maqsadi mulkka munosabatni shakllantirishga qaratilmog‘i
zarur. Umuman mehnat insonni ijodiy fikrlashga, fidoiylikka, mustaqillikka da‘vat etmog‘i shart.
O‘quvchilarda mehnatsevarlikni tarbiyalash eng asosiy muammo. Shaxsning ma‘naviy qiyofasini
tarkib toptirishda mehnatning roli nihoyatda kattadir. Mehnatda shaxsan qatnashmay turib, degan
edi Ushinskiy, inson o‘zining axloqiy rivojlanishida olg‘a qarab borolmaydi, bir joyda ham
turolmaydi, u orqaga ketadi.
O‘quvchilarda mehnat tarbiyasini tashkil etishda shaxsiy, oilaviy va jamiyat
manfaatlarini uyg‘un shakllantirishga o‘qituvchilar alohida e‘tiboni qaratishlari shart.
O‘quvchilarni mehnatga axloqiy, psixologik va amaliy tayyorlash jarayonida
mehnatsevarlik, mehnat intizomiga bo‘ysinish odati, maqsadni amalga oshirishda
tashabbuskorlik, faollik, ijodkorlik singari irodaviy fazilatlar shakllantirib borilsa foydali bo‘ladi.
O‘quvchilarni mehnatda tarbiyalash dastlab oilada, maktablarda – o‘quv-tarbiya ishining
tizimida, bolalar tashkiloti faoliyatida, ishlab chiqarish jamoalari mehnatida ishtirok etishlari
orqali amalga oshiriladi.
Maktab o‘quvchilari mehnatning mazmuni O‘zbekiston Respublikasi oldida turgan
ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma‘naviy rivojlanish istiqbollari ehtiyojlaridan,
maktabning ichki sharoiti, imkoniyatlari va talablaridan kelib chiqib belgilanadi. Bu masalada
jahon ishlab chiqarishi, tovarlarning sifati – umumiy raqobat eng asosiy mezon hisoblanadi.
Fan va texnikaning toboro uyg‘unlashib borishi, xalq xo‘jaligi tarmoqlarida amalda
qo‘llanishi o‘quvchilar mehnat ta‘limi va tarbiyasini takomillashtirishni, o‘zgartirishni, ijtimoiy
hayotning o‘zi taqozo etmoqda.
O‘quvchilarning mehnat tarbiyasi shakllari xilma-xildir. Ular asosan o‘quv mehnati,
sinfdan tashqari ishlar jarayonidagi mehnat, ijtimoiy foydali mehnat, uy mehnati va ishlab
chiqarish mehnatlarini tashkil etadi.
O‘quv mehnati asosida barcha o‘quv fanlari mazmuni asosida mehnatning nazariy
asoslari va mehnatga munosabat, uning amaliy ahamiyati singari vazifalar o‘quvchilarga
o‘rgatiladi. O‘z-o‘ziga xizmat, sinfdan tashqari va otaliq tashkilotlarning mehnat maydonlarida,
sexlarda mehnatning amaliy ko‘nikmalari bilan qurollantirish ta‘minlanadi.
Ijtimoiy foydali mehnat maktab binosi va maydonlarini ozoda saqlash, bog‘ va sport
maydonlari
bunyod etish, tirik burchaklar tashkil etish, o‘quv
tajriba uchastkalarida, issiqxonalar,
ustaxonalardagi mashg‘ulotlarda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ishda, Vatan urishi
qaxramonlari xotirasiga o‘rnatilgan tarixiy yodgorliklarga qarash, temir-tersak va dorivor
o‘simliklar to‘plash singarilar bilan shug‘ullanadi. Hozirgi umumta‘lim maktablarida mehnat
tarbiyasi o‘quvchilarga mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda
bo‘lishni va kasb tanlashga shakllantirish kabi yo‘nalishlarni qamrab olmog‘i darkor.
Akademik liseylar, kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining kasb-hunarga moyilligi, bilim va
ko‘nikmalarini
chuqur rivojlantirish, tanlab olgan ixtisoslikni egallashga imkon beradi.
O‘quvchilar mehnatiga qo‘yiladigan pedagogik talablar:
1. Aqliy va jismoniy mehnatni bir-biri bilan almashlab turish.
2. Oilada uy-ro‘zg‘or ishlariga jalb qilish.
3. Bola mehnatda bevosita ishtirok etsa va mehnatga qanchalik erta jalb etilsa, uning
mehnat tarbiyasi shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi.
4. Mehnat bola uchun zaruriyat, burch va odatga aylanmog‘i kerak. Mehnat oson va
qo‘lidan keladigan bo‘lishi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga, tayyorgarligiga mos bo‘lishi
kerak.
5. Mehnat dam olish bilan almashlanib turishi kerak, chunki qattiq mehnat kishini,
ayniqsa o‘quvchini charchatib qo‘yishi mumkin.
6. Bolalarning mehnat faoliyati ijtimoiy ahamiyatga va iqtisodiy-ma‘naviy asosga ega
bo‘lishi kerak.
7. Har qanday mehnat topshirig‘i foydali va imkoni boricha yaqqol natija bilan
tugallanishi lozim.
8. Mehnat faoliyatini tashkil qilish aqliy, estetik, iqtisodiy, ekologik tarbiyalar bilan
mustahkam bog‘lanishi foydali.
9. Mehnat amaliy xarakter kasbetishi, ijtimoiy jihatdan kerakli va foydali bo‘lishi,
jamoaning va butun jamiyatning manfaatlariga muvofiq kelishi muhim.
10. Mehnat o‘quvchildarda ijodiylikni, faollikni, tashabbuskorlik va mustaqillikni
hamda manfaatdolikni o‘stirishi kerak.
11. Mehnatda sanitariya-gigiyena, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish darkor
va hokazi.
Dostları ilə paylaş: