4.4. Joydan joyga ko’chishlar
Bu guruhga turli harakatdagi joydan joyga ko’chish bilan
bog’liq bo’lgan mashqlar kiradi.
Saf qadam - oyoqni poldan 15-20 sm baland ko’tarib
oldinga qo’yiladi (tovonni gorizontal tutish va polga to von ning
butun yuzasini qattiq qo’yish zarur), qo’llar oldinga
harakatlantirilganda ularni beldan bir qarich balandga (tanadan
har bir qarich uzoqlikka) ko’tarib, tirsaklarda bukiladi; qo’llar
orqaga yo’naltirilganda ularni to’ppa-to’g’ri tutib yelka
bo’g’inidan oxirigacha uzatiladi, panjalar musht qilib tugiladi.
Buyruq «Shaxdam QADAM BOS!».
64
Saf qadamining quyidagi turlari ham borki, unda qo’l
harakati katta ko’lamda bajariladi (oldinga yelka balandligigacha,
orqaga oxirigacha va tanadan chetroqda), oyoqlar bilan harakat
xuddi saf qadamdek bo’ladi. Saf qadamining bu turi ommaviy
gimnastika chiqishlari va sportchilarning tantanali o’tislilarida
keng qo’llaniladi.
Oddiy qadam saf qadamidan erkinroq harakat qilish bilan
farq qiladi. Buyruqlar:
“QADAM-BOS!”. Har qanday qadam bilan harakat
qilishda (hatto bir qadamga ham) beriladigan buyruq;
“Oddiy qadam bilan (yugurib) QADAM-BOS!”.
Yurishning, yugurislrning bir turidan boshqa turiga o’tishda va
harakat chog’ida bajariladigan mashq tugagandan so’ng oddiy
yurishga o’tish uchun beriladi. Bajarilishi kerak bo’lgan buyruq
chap oyoqqa mo’ljallab beriladi.
Turgan joyda harakatlanish. Buyruqlar:
“Joyda (yugurib) QADAM-BOS!”;
“Yetakchi,
JOYIDA!”
buyrugi
yurib
(yugurib)
borayotgan guruhni bir qadamli masofaga yig’ish zamr bo’lganda
beriladi, chunki mashq bajarganda, odatda, masofa uzoqlashadi.
Joyda turib harakatlanishdan yurishga o’tish. Buyruqlar:
“TO’G’RIGA!”. Chap oyoqdan beriladi. O’ng oyoq bilan
turgan joyda qadam bosib, chap oyoq bilan oldinga harakat
boshlanadi;
“Ikki (ikki, uch, to’rt va h.k.) qadam oldinga (ortga,
yonga) QADAM-BOS!”.
Harakatni to’xtatish uchun “Guruh TO’XTA!”buyrug’i
(chap oyoqdan) beriladi. O’ng oyoq bilan bir qadam bosiladi va
chap oyoqni o’ngga juftlashtiriladi.
Joydan joyga ko’chishning ifodasini o’zgartirish uchun
quyidagi buyruqlar beriladi: “Bir-birining QADAMIGA MOS
kelmagan!”, “Bir-birining QADAMIGA MOS!”. Bu buyruqni
65
bergandan keyin, butun guruh bajargunga qadar sanab borish
zarur.
Qadam kengligi va harakat tezligini o’zgartirish uchun
bunday buyruqlar beriladi: “Shaxdam QADAM bilan”, “Kichik
QADAM bilan!”, “Tez, to’liq QADAM bilan!”, “Yarim QADAM
bilan!”.
Yugurish harakatidagi buyruqlar: “YUGURIB!”.Agar
yurishdan yugurishga o’tilsa (musiqa bilan), bajariladigan
buyruqlar chap oyoqdan beriladi, o’ng oyoq bilan qadam tashlab,
chap
oyoqdan
yugurish
boshlanadi,
Musiqa
jo’rligida
yugurishdan yurishga o’tishda bajariladigan harakat ham xuddi
shunday “QADAM BOS!” buyrag’i beriladi. Agar musiqa jo’r
bo’lmasa, “QADAM BOS!” buyrugVi o’ng oyoqdan beriladi.
Harakat сhog’ida burilish. Turgan joyda burilishda
qanday buyruqlar berilsa (orqaga burilishda beriladigan
buyruqlar bundan mustasno), harakat chog’ida burilishda ham
shunday buyruqlar beriladi. O’ngga burilish uchun bajariladigan
buyruq o’ng oyoq qo’yilgan paytda beriladi, shundan so’ng
talaba chap oyoqni bir qadam oldinga tashlab, chap oyoqning
uchida buriladi va o’ng oyoq bilan yangi yo’nalishda harakat
qilishni davom ettiradi.
Chap tomonga burilish uchun bajariladigan buyruq chap
oyoq qo’yilgan paytda beriladi; burilish o’ng oyoqning uchida
amalga oshiriladi.
Orqaga burilish uchun ushbu buyruq beriladi: “ORT-
GA!”. Ijro buyrug’i o’ng oyoq qo’yilgan chog’da beriladi,
shundan so’ng talaba chap oyoq bilan bir qadam oldinga tashlab
turib, shu oyoq uchida buriladi hamda chap oyoq bilan yangi
yo’nalishda harakat qilishni davom ettiradi. Harakat chog’ida
burilishni (ayniqsa, orqaga burilishni) bajarish buyrag’i
berilgandan so’ng, harakat ritmini saqlash uchun sanoq olib
borish maqsadga muvofiqdir.
66
Talabalar o’ngga va chapga burilishni yaxshi o’rganib
olganla- ridan so’ng, orqaga burilishni o’rgatish uchun, ularni
bo’limlarga bo’lib o’rgatgan ma’qul.
Qanot bilan oldinga yurib front yo ‘nalishini o’zgartirish.
Buyruqlar:
(boshlanishi) “Oldinga o’ng (chap) yelka bilan
QADAM
BOS!” (harakatlanishvaqtida “QADAM” so’zi
aytilmaydi). Bu buyruq bo’yicha guruh qatordagi safini
buzmasdan, chap qanotdagi talabaning atrofida yuradi, chap
qanotdagi talaba esa turgan joyida odimlab, qatordagi tekislikni
saqlagan holda butun qator bilan birgalikda buriladi;
(tugashi) “TO’G’RIGA!” yoki “JOYDA!” yoki guruh
“TO’XTA!”, “JOYDA!” yoki guruh “TO’XTA!”.
Aylanib yurish. Buyruq: “CHAPGA (o’ngga) aylanib
o’tishga QADAM BOS!”. Agar buyruq talabalar harakat
qilayotgan paytda berilsa, bu holda “QADAM BOS!”ijro
buyrug’i zalning burchagidan berilishi kerak (16-rasm).
Diagonal bo’ylab harakat qilish. Buyruq “Diagonal
bo’ylab QADAM BOS!” (17-rasm).
Teskari yo’nalishda harakatlanish. Butun ketma-ket
safning yetakchisi orqasidan teskari yo’nalishda harakat qilishdir.
Buyruq«O’ng (chap)ga qarama-qarshi QADAM BOS!» (18-
rasm).
«Ilon izi»bo‘lib yurish. Birin-ketin bajarilgan bir nechta
teskari yo’nalishlardan iborat yurish dir. Buyruqlar: “O’ng
(chap)gaQARAMA-QARSHI QADAM BOS!”, “Ilonizi yo’nalish
bo’yicha QADAM BOS!” (19-rasm).
Doira yasab yurish. Buyruq “Doira bo’ylab QADAM
BOS!”. Ijro buyrug’i zalning yoki maydonning o’rtasidan
beriladi. Doiraning hajmini belgilash uchun oraliq masofa
aytiladi.
67
116-ram.
117-rasm.
118-rasm.
119-rasm.
Dostları ilə paylaş: |