58
“ROSTLAN!” Bu buyruqqa ko’ra, talabalar safda tile
turadilar. Bu gimnastikada asosiy tik turish holatiga to’g’ri
keladi.
“BEKOR!” Ushbu buyruqqa ko’ra, oldingi holatga
qaytiladi.
“ERKIN!” Bu buyruqqa ko’ra, talabalar turgan joylaridan
jilmasdan, bir oyoqni tizzadan bo’shatib, erkin turadilar.
“O’NGGA!” (chapga) “ERKIN!” Talaba o’ng (chap)
oyoqni o’ng (chap)ga bir qadam qo’yib, gavda og’irligini har ikki
oyoqqa taqsimlaydi va qo’llarini orqaga tutadi.
“GURUH TARQAL!” buyrug’i berilganda, talabalar
safdan chiqib, zalda (maydonda) erkin joylashadilar.
“Guruh, oralarini o’ngga (chapga, o’rtaga) ikki yoki uch
qadamga kengaytiring!”. Bu buyruq safdagi talabalarning bir-
birlaridan oralari ochiq bo’lgan safga aytiladi.
Guruhni yig’ish uchun turgan joyda “Guruh, o’ng (chap,
o’rta)ga JIPSLAN!” buyrug’i beriladi.
“GURUH tartib bilan SANA!”, “Bo’lim, birva ikkiga,
uchga (to’rt, besh va h.k.) SANA!”va boshqalar, hisob o’ng
qanotdan boshlanadi. O’z tartib raqamlarini aytayotgan talaba
ayni vaqtda boshini tez chap tomondagi talabaga qaratib buradi
va keyin dastlabki holatga qaytadi.
Turgan joyda burilishlar (buyruqlar “O’ng-ga!”, “Chap-
ga!”, “Ort-ga!”, “Yarim chap-ga!”). Ayrim hollarda buyruqlarni
topshiriqlar bilan almashtirish mumkin, biroq qayd etilgan
mashqlar (turgan joyda burilishlardan tashqari) buyraqqa ko’ra
bajarilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: