3.4. Gimnastika maydonchasi
Gimnastika maydonchasi - gimnastika mashg’ulotlari
o’tkazila- digan maxsus gimnastikaga oid jihozlar bilan
ta’minlangan joy va ko’kalamzorlashtirilgan yer uchastkasi.
Maydonchaning о‘lcham lari 40x26 m. Maktab yoshidagi bolalar
bilan mashg’ulot o’tkaziladigan maydoncha kichikroq (35x25m)
bo’lishi mumkin. Bunday maydonchani maktab hududida,
o’yingohlarda, istirohat bog’larida yoki mahalla huzurida
shug’ullanuvchilar o’z kuchi bilan jihozlashi mumkin.
Maydonchalarda gimnastika shaharchasi qurishni tavsiya
etamiz. Shaharcha, barcha asosiy jihozlardan, ayniqsa, osib
qo’yiladigan va uzoq vaqtga mo’ljallangan - qotirilgan
gimnastika mashg’ulollari o’tkazishga mos yoki yordamchi
jihozlardan tashkil topgan bitta to’plama qilib birlashtirgan
52
gimnastika moslamalaridan iborat boMadi. Bir uchi yerga
kо’rnilgan, balandligi 4,5-6,0 m, yog’och ustunga yoki temir
tirgovuchlarga mahkamlab qo’yilgan gorizontal to’sin- larga
halqalar, xoda, arqonlar, langarcho’plar, gimnastika devorchalari,
yakkacho’plar (past va baland) va h.k. buyumlar o’matiladi.
Boshqa (ko’chma) jihozlar maydonchada yuqoridagi tavsiyalarga
asosan o’rnatiladi.
Sakrash uchun va jihozlardan sakrab, yerga tushish uchun
o’lchami ko’pincha 2x3 m bo’lgan chuqur kovlab, uning ustki
qismiga toza qum aralashtirilgan qipiq solib qo’yiladi.
Shuningdek, yurish va yugurish yo’lakchasi, ko’chma jihozlar,
jihozlar,
«zaxira» yog’ochlar, ko’prikchalar va h.k.lar
saqlanadigan shiypon yoki xona, musiqa asboblari, dam oladigan
o’rindiqlar saqlanadigan shiypon bo’hshi kerak.
Bolalar
gimnastika
maydonchasida
turli
yoshdagi
bolalarga mo’ljallangan jihozlar ko’proq bo’lishi, ular ichida
tirmashib chiqish va oshib o’tish uchun muvozanat saqlash
mashqlari, turli o’yin va estafetalar uchun kerakli jihozlar ham
bo’lishi lozim.
Gimnastika
maydonchasida
guruhlar
bilan
umumrivojlantiruvchi, erkin va turli mashqlar bajarishga sharoit
bo’lishi darkor. Maydonchaning bu qismini sirti (o’lchami erkin
mashq bajariladigan joydan kichik bo’lmasligi lozim) qum-
tuproqli (yoki yalang yer) bo’lishi zarur, chunki o’t o’stirilgan
joyda yomg’ir va shocking tushganda sirg’anchiq bo’lib,
gimnastika mashqlari bilan shug’ullanib bo’lmaydi.
Gimnastika
shaharchasi
qayerda
(shahar,
qishloq,
posyolka, sog’lomlashtirish-sport inshootida, harbiy qismlar,
hordiq chiqarish, davolanish maskanlari va h.k.) joylashganligiga
qarab, unda zovur, xandaq buyumlar va shu singari ayrim tabiiy
va sun ’iy to’siqlarbo’lishi mumkin. Gimnastika maydonchasi
tevarak-atrofni o’rab turgan manzara tabiat bilan hamohang
53
bo’lsa, ko’kalamzorlashtirilsa, shug’ullanuvchilarning sog’lig’iga
ijobiy ta’sir etadi, kayfiyatini ko’taradi. Maydonchaga yaqin
joyda toza suvli chо’miladigan hovuz bo’lishi zarur. Maydoncha
yaqiniga shng’ullan uvchilar dam olishi uchun o’rindiqlar
qo’yiladi. Toza havoda gimnastika bilan shug’ullanishning
gigiyenik ahamiyati katta ekanligini hisobga olib, ta’lim
maskanlarida
jismoniy
tarbiya
darslarini,«Alpomish
va
Barchinoy» sog’liq darajasini aniqlash mezonlarini topshirishga
tayyorgarlik va boshqa sog’lomlashtirish mashg’ulotlarini iloji
boricha ochiq maydonchalarda o’tkazish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |