3.2. Gimnastika jihozlari
Zalda o’matilgan gimnastika devori umumrivojlantiruvchi
mashqlar bajarish va tirmashib chiqish uchun qo’llaniladi. Uning
balandligi 320 sm, ustunlarining orasi 100 sm. Gorizontal
zinapoyalar (reykalar) ustunlarga mahkamlangan bo’ladi (1 -
rasm).
1 –rasm. gimnastika devori
Gimnastika narvoni tirmashib chiqish va tirmashib o’tish
mashqlarini bajarish uchun qo’llaniladi. Uning bo’yi 5 m, eni 48
sm,
zinapoyalar
(reykalar)ning
diametri
1-rasm.3,5
sm,
zinapoyalar oralig’i 25 sm bo’ladi.
Gimnastika o’rindig’i umumrivojlantimvchi mashqlar,
muvozanat saqlash, tayanish, tirmashib chiqish va h.k.
mashqlarni guruhlarga bo’lib bajarish uchun, shuningdek,
shug’ullanuv- chilarning mashqlar orasida dam olishi uchun
qo’llaniladi. Uning bo’yi 4 m, eni 24 sm, balandligi 30 sm
bo’ladi. Uning pastki tomonida boshidan oxirigacha eni 5
santimetrli to’rt qirrali yog’och qoqib qo’yilgan bo’ladi. Bu esa
40
uni ag’darib qo’yib, muvozanat saqlash mashqlarini bajarishda
foydalanish imkonini beradi.
Tirmashib chiqadigan arqon (yoki langarcho’pni)
shipdagi to’sinlarga yoki maxsus «tirsaklarga» osib qo’yiladi.
Uning yo’g’onligi qo’l ushlash uchun qulay, uzunligi esa 4-6 m
bo’lishi kerak. Foydalanish oson bo’lishi uchun har yarim metr
oraliqda rangli tasmalar (qiytiqlar) belgilab qo’yiladi.
Halqalar, odatda, maxsus «tirsak»larga, maktab zallarida
ba’zan ship to’sinlariga (shipi baland zallarda esa ilgakka)
osiladi. Ularning osilgan joyi poldan 5,5 m baland bo’ladi.
Halqalarning o’zi poldan 2,5 m balandlikda, ikki halqa orasidagi
masofa esa 50 sm.ni tashldl etadi. Devorga mahkamlanadigan
halqalarda maxsus quit»bo* lib. ana shu qulf yordamida zanjirni
devorga qoqilgan qoziqqa mahkamlab qo’yiladi.
Mashg’ulotlar oldidan halqalarning poldan qancha
balandligini, ular orasidagi masofani, har ikki halqaning baland-
pastligini, shuningdek, tasmalarning mustahkamligini, arqonlar,
qayishlar hamda to’qalarning, halqalarning sirti qay holatda
ekan- ligini tekshirish kerak.
Oyoq siltash uchun dastakli ot. Bo’yi 160 sm, eni 36 sm,
dastaklari 40-45 sm oraliqda simmetrik o’rnatilgan dastaklarning
dastakli ot sathidan balandligi 12 sm, poldan balandligi esa 120
sm bo’ladi (2-rasm). Dastakli otning usti charm yoki sun’iy
charm bilan qoplangan bo’ladi.
41
2-rasm. Sakrash uchun dastakli ot
Uning o’lchamlari ham yuqoridagi dastakli otdagi singari
bo’ladi-yu, faqat dastaklari bo’lmaydi. Dastakli ot uzunasiga
qo’yilib, tortqichlar yordamida mahkamlanadi. U uzoqdagi va
yaqindagi qismlarga (o’rtasidan) bo’lingan bo’ladi.
Dastakli otning poldan balandligi 110-150 sm. Ayollar
uchun bu jihoz 110 sm balandlikda ko’ndalang qo’yiladi.
«Eshak». 100 sm.dan 160 sm.gacha bo’lgan balandlikda
ko’ndalang yoki uzunasiga qo’yiladi, bo’yi 60 sm, qalinligi 40
sm. Uning ustiga charm yoki sun’iy charm qoplangan bo’ladi,
hozirgi kunda bu gimnastik jihoz qo’llanilmaydi.
Gimnastikaga oid jihozlarni ikki kishi mashg’ulot
o’tkazadigan joyga olib borib qo’ysa bo’ladi. Bunda ulardan biri
dastakli otning oldiga, ikkinchisi orqasiga o’tib, har ikki si ham
oldinga qarab turadi va jihozning tanasiga yaqin joydan
oyoqlaridan ushlab ko’tarib, bir xil qadam bosib yuradilar.
Jihozni ko’tarayotganda yoki yerga qo’yayotganda, uni bir
42
tomonga og’dirib turib, oyoqlarini kerak belgilarigacha
chiqariladi, keyin narigi tomoniga og’dirib, qolganlari
chiqariladi. Oyoqlar rangli bo’yoq bilan belgilangani ma’qul.
Mashg’ulot oldidan jihozning qanchalik mahkam turganligi,
qoplamasining
butunligi,
dastaklarining
sirti
(kertiklar,
magneziya qotib qolgan joyiari va h.k.) tekshirib ko’riladi.
Qo ‘shpoyalar: a) erkaklarning qo’shpoyalari (3-rasm, a).
Yog’ochlarning uzunligi 350 sm (tuxumsimon shaklda).
Yog’ochlar
poyaga
mahkamlab
qo’yilgan
moslamalar,
tirgovuclilarga sharnirda biriktirilgan bo’ladi. Yog’ochlar poldan
160-170 sm balandlikda o’rnatilib, ular oralig’i 42-62 sm bo’ladi;
Dostları ilə paylaş: |