37
III. BOB. MASHG’ULOT О‘TKAZILADIGAN JOYLAR VA
ULARNING JIHOZLANISHI
3.1. Gimnastika zallari
Gimnastika o’quv-mashg’ulot darslari, odatda, maxsus
jihozlar bilan jihozlangan gimnastika zallarida yoki ochiq
maydonchalar (gimnastika shaharchalari)da o’tkaziladi.
Gimnastika mashg’ulotlarini zallarda o’tkazish uchun:
Umumta’lim maktablari, maxsus maкtab internatlari,
akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va nihoyat, oliy ta’lim
muassasalaridagi zallarda gimnastikaga oid jihoz, jihozlar uchun
qo’shimcha xonalar, yo’riqchilar xonalari, yechinib-kiyinadigan
xonalar (erkak va ayollarga), yuvinish xonalari va hojatxonalar
bo’lishi shart. Ular mashg’ulotdarsga qatnashuvchilar uchun
qulay joylashgan bo’lishi kerak.
Kiyinib-yechinish
xonalari
shug’ullanuvchilarning
kiyimlari saqlanadigan ikki qavatli javonlar (0,3x0,50 m) va
o’rindiqlar bilan jihozlangan bo’lishi lozim. Maktablardagi majlis
zallaridan boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan jismoniy tarbiya
mashg’ulotlari o’tkazishda foydalanish mumkin.
Maxsus ta’lim talabalari uchun:
Dostları ilə paylaş: