3-rasm. a)erkaklarqo ‘shpoyalari)
(3-rasm,b) ayollar qo’shpoyalari yer sahnidan (balandligi
har xil) pastki yog’ochi 130-150 sm, yuqori yog’ochi 190-249 sm
43
balandlikda bo’ladi. Yog’ochlar oralig’i 43-55 sm. Umumta’lim
maktablari o’quvchilari uchun, ko’lami katta bo’lmagan
musobaqalarda eski ramali qo’shpoyalardan foydalanish hollari
ham uchraydi.
3-rasm,b) ayollar qo’shpoyalari
Bundayholda qo’shpoyalarda mashq bajarishda xavf
tug’diradigan bo’rtib chiqqan shikastlangan joylari bo’lmasligi
kerak. Yangi zamonaviy qo’shpoyalar (103-rasm, b) qulayroq.
Bundan tashqari yangi gimnastika xodasi va gimnastika «stoli»
ham mavjud (4-rasm, a, b);
44
4-a rasm. Gimnastika xodasi. Faqat ayollar o’rtasidagi
musobaqalarda qo’llaniladi.
4-b rasm. Gimnastika «stoli». Faqat tayanib sakrashda
qo’llaniladi (ayollar va erkaklar).
d) past (yordamchi) qo’shpoyalarning yog’ochlari yer
sahnidan
130-150
sm
balandlikda
bo’ladi.
Erkaklar
qo’shpoyalarida yog’ochlarni muayyan balandlikda tutib
turadigan moslama (lo’kidonlar, qisqichlar, vint)lar bo’ladi.
Yog’ochlarning balandligini, oralig’ini o’zgartirishda oyoq-qo’1
45
bilan yog’ochni ushlab, ikkinchisi bilan prujinani burab
chiqariladi yoki mahkamlanadi. Mashg’ulot oldidan yog’ochlar
mahkamlagichlarining
qanchalik
mustahkamligi,
tashqi
sirllafining tekisligi, shikastlanmaganligini tekshirib ko’riladi.
Ko’chma qo’shpoyalar omborlarda yoki gimnastika jihozlari
qo’yiladigan maxsus xonalarda saqlanadi. Ularni tashishda
maxsus aravachalardan foydalanish kerak.
Yakkacho‘p
(5-rasm)
tortqichlar
yordamida
mustahkamlangan tik tirgovuchlarga gorizontal mahkamlangan,
silliqlangan, diametri 28 mm temir tayoqdan iborat. Mashg’ulotni
mavzusiga qarab yakkacho’pning balandligini yer sahnidan 120
sm.dan 240 sm.gacha o’matsa bo’ladi. Gimnastika inashg’ulotlari
bilan shug’ul- lanishni yaqinda boshlagan yosh sportchilar,
mashg’ulotlarni devor yonida o’rnatiladigan yakkacho’pda
o’tkazishlarini tavsiya etamiz.
Yakkacho’pning tirgovuchlari aniq vertikal, temirdan
yasalgan cho’pi esa gorizontal holatda o’matiladi. Bunda uning
hamma mahkamlagichlari, ayniqsa, poldagi ilgaklar mahkam
bo’lishiga e’tiborni qaratish lozim. Yakkacho’pni tez o’matish
uchun uni yerga (polga), tirgovuchlari o’matiladigan joyga
to’g’rilab yotqizib qo’yiladi.
Tortqichlari bilan troslarini tekshirib ko’rib, ikki kishi uni
tik holatda ushlab turadi-da, boshqa ikki kishi tortqichlarini
mahkamlaydi.
Bir
tomonini
to’g’rilab olgandan so’ng,
tirgovuchlar bilan yakkacho’pning aniq turishini e’tibordan
chetda qoldirmay, tutashtiruvchi mufta yordamida ikkinchi
tomonidagi tortqichlarini tortishmumkin, jihozning kerakli
balandligini tezroq aniqlash uchun tirgovuchlarga belgilar
(bo’yoq bilan) qo’yiladi. Devor yonidagi yakkacho’pni o’matish
bundan ham oson, devorga mahkamlab qo’yilgan tirgovuchga
qarab ikkinchi (ko’chma) tirgovuch holati belgilanadi va tezgina
o’matiladi.
46
Mashg’ulot oldidan tirgovuchlar qanchalik to’g’riva
mustahkam turganligi, troslarning tortilish darajasi, temir
tayoqning ustki tomoni tekshirib ko’riladi. Temir tayoqni
mashg’ulot oldidan texnik soda eritmasi yoki benzinda
ho’llangan latta bilan (moyi ketkiziladi), mashg’ulotdan keyin
esa jilvir qog’oz va sochiq bilan artib chiqiladi.
Erkin mashqlar maydonchasi (gilami)ning olchami 12x12
m bo’lib, aylanma oq hoshiyasi bo’ladi. Hoshiya tashqarisida
kamida yana 1 m qo’shimcha joy qolishi kerak. Elastik to’shama
eng yaxshi qoplama hisoblanadi.
5-rasm. Yakkacho‘p
«Ko’prik»cha sakrash uchun, xoda va qo’shpoyalarda
mashq bajarish uchun qo’llaniladi (6-rasm). Uning balandligi 12
sm, eni 60 sm, bo’yi 120 sm. Pmjinali ko’prikcha (tramplin)
balandligi 40 sm, bo’yi 120-130 sm bo’ladi. Mashg’ulotga
ko’prikcha yoki prujinasimon moslamani, odatda, oldingi chetini
gimnastika to’shagiga taqab, polga mahkam turadigan qilib,
rezina yo’lagiga qo’yiladi.
47
6-rasm. «Ko’prik»cha
Gimnastika xodasi muvozanat mashqlari bajarish uchun
qo’llaniladi. Uning uzunligi - 5 m, qalinligi (pastdan yuqoriga)
16 sm, ustki va ostki sathining eni 10 sm. Tashqi sirti tekis va
sirg’anmaydigan bo’lishi shart.
Xoda pol sathidan 120 sm balandlikda bo’ladi. Birinchi
mash- g’ulotlarda mushaklar chigilini yozish va yangi mashqlarni
o’zlashtirishda pastroq -50 sm balandlikda yoki polga yotqizib
qo’yilgan xodadan foydalaniladi.
Mashg’ulot oldidan xodaning qanchalik gorizontal va
mahkam o’matilganligini tekshirib ko’riladi. Uning tashqi sirtiga
katta e’tibor beriladi, magneziya yoki kanifol bilan tozalanadi.
Batut - ramaga rezina amortizator bilan tortib bog’langan
yuqoriga sakratuvchi gorizontal to’r.
Sakrash uchun tirgovuchlar kvadrat taxta kesim lari dan
iborat bo’ladi. Ularning balandligi 2,5 m. Planka (tizimcha)ning
balandligi tirgovuchlar muftasidagi «panja» (turtib chiqqan
joy)lar yordamida o’rnatiladi.
Tirgovuchlar (стоянки) parallel o’matilgan yog’ochlar
bo’lib, pastdagi tirgovuchlarga (yoki har qaysisi alohida
tirgovuchga) yaxshilab qotirilgan bo’ladi.
To’shaklarning bo’yi 200 sm, eni 125 sm, qalinligi 60-65
sm bo’lib, sportchining yerga kelib qo’nadigan joyiga ikki qavat
qilib to’shab qo’yiladi, Ayrim paytlarda bir qavat qilib ham
tashlanadi. Murakkab mashqlarni o’rganish paytlarida parolon
48
to’shaklardan foydalaniladi.
Pastlikka sakrash maydonchasi (o’lcham 45x50 sm)
ilgaklar yordamida gimnastika devorchasiga o’rnatiladi.
Musobaqa
o’tkazishga
mo’ljallangan
gimnastika
jihozlarining shakli, o’lchamlari, egiluvchanligi va polga m ah k
a m la na dig an joylarining qayerda bo’lishi musobaqa o’tkazish
qoidalarida belgilab qo’yilgan mezonlarga mos bo’lishi kerak.
Umumta’lim maktablarida, quyi jamoalarda o’tkaziladigan
ommaviy (saralash toifasiga ega bo’lmagan) musobaqalarda eski
jihozlardan foydalanilsa ham bo’ladi, lekin ular ishchi holatda
bo’lishi shart.
Dostları ilə paylaş: |