30
boshlanishi va tugallanishidagi dastlabki va pirovard holatlarni
o’zlashtirishga mo’ljallangan mashqlarni esa o’quv vazifalarining
ikkinchi marta takrorlanishi o’z ichiga olishi lozim.
O’quv vazifalarining birinchi va ikkinchi takrorlanishi bir
vaqtda yoki boshqa-boshqa vaqtda o’zlashtirilishi mumkin.
O’quv vazifalarining uchinchi takrorlanishi asosiy harakatlar
bajarilishini nazarda tutadi. Masalan, qo’shpoyalarda qo’llarga
tayanib turib, oldinga siltanib ko’tarilishni o’zlashtirish uchun
talaba siltanib turishni va oldinga qarab zarur bo’lgan
balandlikka siltanishni bajara bilishi kerak.
To’rtinchi takrorlashga bajarishni ayrim qismlarga fazo,
vaqt, mushaklarning zo’riqish darajasiga qarab baholash bilan
bog’liq bo’lgan o’quv vazifalari kiradi. Differensiatsiyalash
miqdori
va
aniqlik
darajasi
o’rganiladigan mashqning
murakkabligiga bog’liq.
O’quv vazifalarining beshinchi takrori yordamchi
mashqlarni o’z ichiga oladi. O’quv vazifalarining takrorlari
bajarilgandan
keyin,
harakat
osonlashtirilgan
sharoitda
(trenajorda, o’qituvchi yordamida, texnika vositalaridan
foydalanib va h.k.) yaxlit o’rganiladi. Har bir o’quv vazifasini
o’rganayotganda topshiriqlar qanchalik to’g’ri bajarilayotganini
nazorat qilish orqali o’quv jarayonini faol boshqarish imkoniyati
yaratiladi.
Yaxlit o’rgatish usulini qo’llashning iloji bo’lmaganda
yoki samarasi kam bo’lganda algoritmik turdagi topshiriqdan
foydalanish kerak. Bu turdagi topshiriqdan, odatda, texnik
jihatdan mu- rakkab mashqlarni o’rganishda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: