1.7. Sport gimnastikasi Olimpiada o’yinlarida
Gimnastika sporti yangi davr Olimpiada o’yinlarining
birinchi dasturidan o’rin olgan edi. Biroq uni o’tkazish shakli ho-
zirgi kundagi gimnastika sport musobaqalari dasturidan farq
qiladi.
1896-yil - Afina (Gretsiya). I-Olimpiada o’yinlarida 10
mamlakat ishtirok etgan bo’lsa, shulardan 5 tasi gimnastika
musobaqasida qatnashgan.
Qo’shpoyada -3 mamlakatdan 18 ishtirokchi: 1-o’rinni
A.Flatov (Germaniya), 2-o’rinni J.Sutter (Shvetsiya), 3-o’rinni
X.Vayngyortner (Germaniya) egalladi. Jamoalar o’rtasida 2
mamlakatdan 67 ishtirokchi qatnashib, 1-o’rinni Germaniya, 2-
o’rinni Gretsiya-1 jamoasi, 3-o’rinni Gretsiya-2 jamoasi egalladi.
Yakkacho’pda - shaxsiy birinchilikda 4 mamlakatdan 15
ishtirokchi qatnashib, 1-o’rinni X.Vayngyortner, 2-o’rinni
A.Flatov egalladi.
Jamoalar o’rtasida mutlaq I-o’rinni Germaniya terma
jamoasi egalladi.
Yog’och otda - besh mamlakatdan 15 ishtirokchi
qatnashib,va 2-o’rinlarni J. Sutter hamda X. Vayngyortner
(Germaniya) egalladi.
Halqada - 3 mamlakatdan 8 ishtirokchi qatnashib, 1-
o’rinni Mitropulos (Gretsiya), 2-o’rinni X. Vayngyortner
(Germaniya) va 3-o’rinni Persakis (Gretsiya) egalladi.
Tayanib sakrashda - 5 mamlakatdan 15 ishtirokchi
qatnashib, 1-o’rinni K.Shuman (Germaniya), 2-o’rinni J. Sutter
(Shvetsiya) egalladi.
20
Arqonga tirmashib chiqishda 4 mamlakatdan 5 ishtirokchi
qatnashib, 1-o’rinni N.Andriakopulos va 2-o’rinni T. Ksenakis
(Gretsiya) egalladi.
1900-yil - Parij (Fransiya). II-Olimpiada o’yinlaridagi
gimnastika musobaqasida 6 mamlakatdan 866 sportchi ishtirok
etgan. Fransiya MOQ taklifi bilan musobaqa quyidagi dasturda
o’tkazildi. Shaxsiy birinchilikda - qo’shpoya, yakkacho’p, halqa,
yog’och otda tayanib sakrash, erkin mashqlar, yugurib kelib
uzunlikka sakrash, turgan joyidan uzunlikka vabalandlikka
sakrashlar, langarcho’p bilan sakrash, arqonga tirmashib chiqish
va 50 kg og’irlikni ko’tarish bo’yicha: 1-o’rinni G. Sandra
(Fransiya), 2-o’rinni N. Ba (Fransiya), 3-o’rinni L.Demane
egalladi. Bundan ko’rinib turibdiki, Olimpiada o’yinlarida
sportning bu turida fransuzlar us- tunlik qilishgan. Musobaqada
gimnastikaga oid turlar ham bo’lgan. Ushbu dastur, asosan, 1924-
yilgacha davom etib kelgan.
1904-yil-Sent Luis (AQSH). III-Olimpiada o’yinlarida 13
mamlakatdan 119 ishtirokchi qatnashgan.
Jamoali-uchkurash-uzunlikka sakrash, yadro irg’itish, 100
yardga yugurish, oltikurash, yakkakurash, qo’shpoya, tayanib
sakrash, ko’ndalang turgan yog’och otdan sakrash, yadro
irg’itish, 100 yardga yugurish shaxsiy musobaqa dasturiga
kirgan.
Dastakli otda - 1-o’rinni A.Xeyda, 2-o’rinni J.Eyser, 3-
o’rinni U.Mers (hammasi AQSH) egallagan.
Halqada - 1-o’rinni X.Gless, 2-o’rinni U.Mers, 3-o’rinni
E.Foyt (hammasi AQSH) egallagan.
Qo’shpoyada - 1-o’rinni J.Eyser, 2-o’rinni A.Xeyda, 3-
o’rinni J.Dyuxa (hammasi AQSH) egallagan.
Yakkacho’pda - 1-o’rinni A.Xeyda, 2-o’rinni E.Xennig,
3-o’rinni J.Eyser (hammasi AQSH) egallagan.
Arqonga tirmashib chiqishda - 1-o’rinni J.Eyser, 2-o’rinni
21
Ch.Kraus, 3-o’rinni E.Foyt (hammasi AQSH) egallagan.
Tayanib sakrashda - 1-o’rinni A.Xeyda, 2-o’rinni J.Eyser,
3-o’rinni U.Mers (hammasi AQSH) egallagan.
To’qmoqlar bilan mashqda - 1-o’rinni E.Xennig, 2-o’rinni
E.Foyt, 3-o’rinni R.Uilson (hammasi AQSH) egallagan.
7 ta ginmastika jihozlarida shaxsiy birinchilikda - 1-
o’rinni A.Xeyda, 2-o’rinni J.Eyser, 3-o’rinni U.Mers egallagan. 9
ta gimnastika jihozlarida shaxsiy birinchilikda - 1-o’rinni
A.Shnipler (Shveysariya), 2-o’rinni Y.Lenxard (Avstriya), 3-
o’rinni V.Veber (Germaniya) egallagan. Ushbu ma’lumotdan
ko’rinib turibdiki, Amerika qit’asida o’tkazilgan Olimpiada
o’yiniarida gimnastika musobaqalari dasturi boshqacha bo’lgan.
Chunki xalqaro olimpia qomitasi (XOQ)ning qaroriga ko’ra,
musobaqa qabul qiladigan mamlakat sportning uch turiga o’z
dasturini kiritadi.
1908-yil - London (Angliya). IV Olimpiada o’yinlarida
12 mamlakatdan 97 ishtirokchi qatnashgan.
Shaxsiy birinchilikda - yakkacho’p, qo’shpoya, yog’och
ot, halqa, arqonga tirmashib chiqishda 317 ball bilan 1-o’rinni
A.Bralya (Italiya), 312 ball bilan 2-o’rinni S.Tusel (Angliya),
297 ball bilan 3-o’rinni L.Segyura (Fransiya) egallagan.
1912-yil - Stokgolm (Shvetsiya). V Olimpiada o’yinlarida
9 mamlakatdan 44 ishtirokchi qatnashgan.
Ko’pkurash, yakkacho’p, qo’shpoya, yog’och ot, halqada
865 ball bilan 1-o’rinni A.Bralya (Italiya) , 862,5 ball bilan 2-
o’rinni L.Segyura (Fransiya), 861,5 ball bilan 3-o’rinni A.Tunezi
(Fransiya) egallagan.
Ixtiyoriy, jihozlar tartibini va mashqlarni bajarish tartibini
sportchilarni o’zi tan lagan. Terma jamoa o’rtasida 187,25 ball
bilan 1-o’rinni Norvegiya, 109,25 ball bilan 2-o’rinni Finlandiya,
3-o’rinni 106,25 ball bilan Daniya egallagan.
Shvedlar tizimi: 1-o’rinni Shvetsiya, 2-o’rinni Daniya, 3-
22
o’rinni Norvegiya jamoalari egallagan.
1920-yit-Antverpen (Belgiya). VI Olimpiada o’yinlarida
5 mamlakatdan 119 ishtirokchi qatnashgan.
Shaxsiy birinchilikda yakkacho’p, qo’shpoya, yog’och ot,
halqada 88,35 ball bilan 1-o’rinni J. Dzampori (Italiya), 87,62
ball bilan 2-o’rinni M. Torres (Fransiya), 87,45 ball bilan 3-
o’rinni J. Guno (Fransiya) egallagan.
Yevropa tizimi: 1-o’rinni Italiya, 2-o’rinni Belgiya, 3-
o’rinni Fransiya egallagan.
Shvedlar tizimi: 1-o’rinni Shvetsiya, 2-o’rinni Daniya, 3-
o’rinni Belgiya terma jamoasi egallagan.
Ixtiyoriy tizim: jihoz va mashqlarni o’zi tanlaydi.
1-o’rinni Daniya, 2-o’rinni Norvegiya terma jamoalari
egallagan.
1924-yil - Parij (Fransiya). VII Olimpiada o’yinlarida 9
mamlakatdan 82 ishtirokchi qatnashgan.
Ko’pkurash - yakkacho’p, dastaldi ot, qo’shpoya, tayanib
sakrash, ko’ndalang turgan yog’och otdan sakrash, halqa,
arqonga tirmashib chiqish mashqlari kirgan. Bundan tashqari,
sportchilar shaxsiy birinchiligida:
Qo’shpoyada - 1-o’rinni A.Gyuttinger (Shveysariya), 2-
o’rinni R.Prajak (Chexoslovakiya), 3-o’rinni J.Dzampori (Italiya)
egallagan.
Yakkacho’pda - 1-o’rinni L.Shtukel (Yugoslaviya), 2-
o’rinni J.Gutveniger (Shveysariya), 3-o’rinni A.Ijlen (Fransiya)
egallagan.
Dastakli ot - 1-o’rinni Y. Velxelm (Shveysariya), 2-
o’rinni J.Gutveniger (Shveysariya), 3-o’rinni A. Rebete
(Shveysariya) egallagan.
Halqada - 1-o’rinni F.Martino (Italiya), 2-o’rinni R.Prajak
(Chexoslovakiya), 3-o’rinni L.Vaxa (Chexoslovakiya) egallagan.
Tayanib sakrash - 1-o’rinni F.Kris (AQSH), 2-o’rinni
23
Y.Koutni, 3-o’rinni B. Moijkovskiy (Chexoslovakiya) egallagan.
Ko’ndalang yog’och otdan sakrash - 1-o’rinni A.Segen,
2-o’rinni F.Ganglof, 3-o’rinni J.Guno (Fransiya) egallagan.
Arqonga
tirmashib
chiqish
-
1-o’rinni
Shubchik
(Chexoslovakiya), 2-o’rinni A.Segen (Fransiya), 3-o’rinni
L.Vaxa (Chexoslovakiya) egallagan.
1928-yil - Amsterdam (Niderlandiya). VIII Olimpiada
o’yinlarida 11 mamlakatdan 88 sportchi ishtirok etgan. Xalqaro
gimnastika federatsiyasining qaroriga ko’ra, Olimpiada o’yinlari
musobaqasi dasturiga o’zgartirish kiritildi, ya’ni gimnastika
klassik turlari bo’yicha bellashuvlar o’tkazila boshlandi. Shu
qarorga asosan, ilk bor gimnast ayollar jamoa tarkibida ishtirok
etgan.
Erkaklar:
ko’pkurashda,
dastakli
otda,
halqada,
qo’shpoyada, yakkacho’pda va tayanib sakrash mashqlarida
shaxsiy o’rin uchun keskin kurash olib borishdi. Ayollar esa
ko’pkurash bo’yicha jamoa birinchiligida quyidagi o’rinlarni
egalladilar: 316,75 ochko bilan 1-o’rinni Niderlandiya, 289
ochko bilan 2-o’rinni Italiya, 258,25 ochko bilan 3-o’rinni Buyuk
Britaniya, 256,5 ochko bilan 4-o’rinni Vengriya va 247,5 ochko
bilan 5-o’rinni Fransiya terma jamoalari egallagan.
1932-yil
-
Los-Anjeles
(AQSH).
IX
Olimpiada
o’yinlarida 5 mamlakatdan 24 sportchi ishtirok etgan. 1932-
yildan boshlab, bugun bizga ma’lum bo’lgan sport gimnastika
musobaqalari dasturi bo’yicha bellashuvlar Olimpiada dasturidan
o’rin oldi. Shu bilan birga, badiiy gimnastika va trampolin ham
Olimpiada o’yin- lari dasturiga kiritildi.
Dostları ilə paylaş: |