Zahiriddin muxammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti toirjanov elyor isaqovich


 XX asrning birinchi yarmida O’zbekistonda



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/48
tarix02.01.2022
ölçüsü1,41 Mb.
#37610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48
02gimnastikapdf

1.5. XX asrning birinchi yarmida O’zbekistonda 
gimnastikaning ravnaq topishi 
1918-yilda 
«Bolalar  sport  klubi»  ochilib,  Linda 
gimnastika 
mashqlari 
va 
o’yinlar  o’tkazilardi.  1919-yil 
Toshkentda Turkiston Olimpiya o’yinlari o’tkazildi. 1920-yil 10-


16 
 
oktabrda  O’rta  Osiyo  o’yinlari  O’zbekiston  gimnastlari  yutug’i 
bilan yakunlandi. 1921-yilda Turk-frontning  «Yangi savodxonlik 
boshqarmasi»  qoshida  jismoniy  tarbiya  markaziy  sho’rolari 
tashkil  topdi.  Uning  maqsadi  turli  jismoniy  tarbiya  va  sport 
tashkilotlarini  birlashtirish 
va  Turkiston  mehnatkashlarini 
jismonan  tarbiyalashni  rejaga  timvofiq  boshqarish  edi.  1921-
yilda  2-O’rta  Osiyo  Olimpiada  o’yinlari  ochildi,  gimnastika 
ushbu o’yindan o’rin olgan edi. 
1920-yilda  Farg’ona  viloyat  harbiy  qо’rnitasi  qoshidagi 
«Всеобуч»  bo’limi  «Besh  yillik  maktablarning  1  va  2-sinflarida 
jismoniy tarbiyadan ta’lim berish bo’yicha qisqa dastur»ni ishlab 
G.Konovalova,  A.Borodin,  N.Tarasov  va  V.Merkulovlar  esa  o’z 
davrining ilg’or sportchilari edi. 
1935-yili  Toshkentda jismoniy  tarbiya  texnikumi  ochilib, 
unda  Moskva  institutining  bitiruvchisi  Yan  Xalilovich  Murtazin, 
Rashid  Hamidov  va  Umar  Asadovlar  gimnastikadan  saboq 
berishgan.  1936-yilda  texnikum  talabalari  R.Hamidov  va 
P.Zaviruxa Respublika chempionlari unvoniga sazovor bo’lishdi. 
Shu  texnikum  bitiruvchilari:  dotsent  Muhammadali 
Tojiyev,  G.D.Jorjaladze  -  O’zDJTIda  «Gimnastika»  kafedrasi 
mudiri, Karim Jo’rayev, Rixsi Olimova-Qoziyeva, A. Yefemenko 
-  ToshDU  «Jismoniy  tarbiya»  kafedrasi  mudiri,  1990-2000-
yillarda  O’zbekiston  Respublikasi  Ginmastika  federatsiyasining 
raisi, 
dotsent 
Y.A.Ishoqov 
va 
boshqalar 
O’zbekiston 
Respublikasida  sport  gimnastikasi  rivojlanishiga  salmoqli  hissa 
qo’shishgan. 
1936-yilda  O’zbekistonda  ilk  bor  sport  gimnastikasidan 
bolalar orasida birinchilik bo’lib o’tdi. V.Lebedev  va R.Tomilina 
Respublika  chempioni  unvoniga  sazovor  bo’lgan.  Bu  hoi 
respublikada  gimnastikaning  kelgusida  rivojlanishi  uchun  katta 
ahamiyat  kasb  etib,  ginmastika  bo’yicha  Olimpiada  o’yinlari 
ishtirokchilari  va  chem-  pionlarini,  sobiq  Ittifoq  va  O’zbekiston 


17 
 
mutlaq  chempionlari  -  G.Shamray,  A.Markov,  S.  Chuksiyeva, 
V.Xrimpach, 
E.Sirkin, 
Bondarenko, 
R.Bolshakovava 
P.Pankratyev  kabi  yuksak  mahoratli  sportchilarning  o’sib 
chiqishiga sabab bo’ldi. Leningrad shahrida 1938-yili o’tkazilgan 
Butunittifoq musobaqalarida Respublikamizning yosh gimnastlari 
5-о’rinni, 1939-уili esa 4-o’rinni egallashgan. 
Ikkinchi  Jahon  urushidan  oldingi  yillarda  mahalliy 
millatga mansub gimnastlar bilan ishlash yaxshi yo’lga qo’yilgan 
edi. 1940-yilda respublika terma jamoasi tarkibida 4 nafar o’zbek 
yigiti  va  3  nafar  qizlar  bo’lgan.  Ularni  tarbiyalashda  Toshkent 
shahri-  dagi  90-maktab  o’qituvchisi  L.Vapoyevning  xizmatlari 
beqiyosdir.  1943-yil  1-yanvardan,  hatto  o’rta  maktabning 
boshlang’ich  sinf-  larida  harbiy-jismoniy  tayyorgarlik  bo’yicha 
darslar joriy qilingan. 1943-yil sentabr oyida maktabdan tashqari 
muassasalarni tiklash to’g’risida maxsus qaror qabul qilingan. 
1944-yilda  118  ta  maktabdan  tashqari  muassasa,  shu 
jumladan,  16  pionerlar  uyi,  11  BSM,  7  bolalar  o’yingohlari  va 
bog’lari,  markaziy  sayyohlar  stansiyalari  barpo  etilib,  ular 
mablag’  bilan  ta’minlangan.  BSMda  2000  dan  ortiq  maktab 
o’quvchilari shug’ullangan. 

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin