1.6. Mustaqillikdan keyingi davrda gimnastikaning
rivojlanishi
Mustaqil
O’zbekiston
Respublikasi
gimnastlari,
murabbiylari yangi sharoitda katta yutuqlarga erishishmoqda.
Sportchilarimiz xalqaro sport maydonlarida o’z kuchlarini sinab
ko’rishga puxtatayyorgarlik ko’rishyapti. Bu hol o’zbek
sportchilariga Jahon, Olimpiada o’yinlariga mustaqil ravishda
chiqishga
imkon
yaratdi.
O’zbekistonlik
gimnastlar
O.Chusovitina, R.Galiyeva sport gimnastikasi bo’yicha Jahon
chempionatlarida ishtirok etib, oltin medalga sazovor bo’lishgan.
1996-yilgi Olimpiada o’yinlarida O.Chusovitina, A.Dzyundzyak,
I.Valiyevlar gimnastika ko’pkurashida kuchlilar 10 ligi qatoridan
18
o’rin olishdi.
1993-yilda
O’zbekistonda
Sport
gimnastikasi
federatsiyasi tashkil topib, uni Xalqaro gimnastika federatsiyasi
(FIJ) o’z tarkibiga qabul qildi.
1994-yilda Xirosimada o’tkazilgan Osiyo o’yinlarida
O.Chusovitina tayanib sakrash va qo’shpoyalarda 2 ta bronza
medali ni qo’lga kiritdi.
1998-yilda
Bangkokda
o’tkazilgan
musobaqalarda
E.Gordeyeva, A.Dzyundzyak, B. Bayatanova, S. Bahriddinova,
O.Chusovitina kabi mahoratli sportchilar ishtirok etishdi.
Bugungi
kunda
respublikada
R.G.Sarkisov,
R.S.Sirkin,
A.Olushev kabi malakali sport murabbiylari ishlamoqda.
Olimpiya zaxiralari qatorida ayollar orasida V.Ochilova,
N.Almatova,
F.Xo’jayeva,
A.Kambekova,
R.Nasibulina,
A.Habibrahmonova,
erkaklardan
A.Markelov,
I.Valiyev,
A.Fokin, A. Karimjonov, R. Ailov, K. Hasanov, I. Rahmatov
kabi sportchilar o’sib chiqdi.
O’zbekiston gimnastika federatsiyasi vakillari FIJ va
Osiyo uyushmasi anjumanlarida ishtirok etishadi. Barcha ishlar
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, MOQ (milliy olimpia
qomitasi) bilan hamkorlikda olib boriladi. Muntazam ravishda
hay’at yig’ilishlari o’tkazilib, terma jamoa a’zolarini tasdiqlash
masalalari, sportchilarning bo’lib o’tgan musobaqalarda erishgan
yutuqlari muhokama etiladi. Yetakchi sport- chilarning xalqaro
musobaqalarda qatnashishlari uchun mablag’ ajratadigan
homiylar bilan ishlar olib boriladi.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi gimnastika
federatsiyasi va ushbu go’zal sport tunning ravnaq topishiga
kuchini ayamaydigan insonlar o’z hissasini qo’shib kelishmoqda.
Mahoratli gimnastlarO.Chusovitina, N.Dzyundzyak, ularning
izdoshlari
mahoratini
oshirishda
xizmat
qilayotgan
S.Kuznetsovava boshqa taniqli murabbiylar o’z ustozlari
19
V.Vnuchkova, G.Petrov, V.Aksenov, Z.Bondarenko, V.Kurlyand,
R.Sarkisovlar
qoldirgan
merosdan
unumli
foydalanib,
mamlakatimiz sport shon-sharafini xalqaro musobaqalarda baland
ko’tarishmoqda.
Dostları ilə paylaş: |